Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

APL - 2016/17

6-tur. 24 sentyabr, soat 21:30. Bosh hakam: Maykl Oliver

ARSENAL

Aleksis Sanches (11)
Teo Uolkott (14)
Mesut O‘zil (40)

3 : 0

CHELSI

JAMOALAR TARKIBI
33.Petr Chex (D)
06.Loran Koselni
20.Shkodran Mustafi
24.Ektor Bellerin
18.Nacho Monreal
19.Santi Kasorla
34.Fransis Koklen
11.Mesut Ozil
14.Teo Uolkott
07.Aleksis Sanches
17.Aleks Ivobi
  13.Tibo Kurtua (D)
02.Branislav Ivanovich
30.David Luis
28.Sesar Aspilikueta
24.Geri Kexill
22.Villian
21.Nemanya Matich
10.Eden Azar
07.N’Golo Kante
04.Sesk Fabregas
19.Diyego Kosta
ZAHIRA
13.David Ospina (D)
03.Kiran Gibbs
16.Rob Xolding
15.Aleks
29.Granit Djaka
09.Lukas Peres
12.Olivye Jiru
  01.Asmir Begovich (D)
03.Markos Alonso
29.Nataniyel Shaloba
08.Oskar
15.Viktor Mozes
23.Michi Batshuayi
11.Pedro Rodriges

Matn

90+3'
O‘yin yakunlandi. "Arsenal" o‘z maydonida "Chelsi" yirik hisobda mag‘lub etdi!
90+2'
Jarima maydonchasidagi Jiru tomon uzatma berildi. Olivye to‘pga yeta olmadi
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi
89'
"Arsenal" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Samarasiz
85'
Oho! Gibbs chap qanotdan yetkazilgan uzatmani Jiru yaqin masofadan darvozaga burishga urindi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi
84'
VUUUUUH! Batshuayi birga bir vaziyatda darvozani ishg‘ol qila olmadi! Uning zarbasi Chexning oyog‘iga tegib, maydonni tark etdi
83'
Diyego Kosta sariq kartochka oldi
82'
Pedro chap qanotdan jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Qaytarilgan to‘pni Alonso darvoza tomon tepdi. Chex to‘pni egallab oldi
80'
Vuuuuh! Chap qanotdan yerlatib yetkazilgan uzatma paytida "Arsenal" darvozasini ishg‘ol qilish uchun mehmonlarda yaxshi imkoniyat bo‘ldi. Ammo Gibs xavfni bartaraf etishga muvaffaq bo‘ldi
79'
"Arsenal"da o‘zgarish: Aleksis Sanches o‘rniga Olivye Jiru tushdi
76'
Sanchesning uzatmasidan keyin O‘zil ofsaydda qoldi
73'
Vuuuh! Pedro maydon markazida raqibdan to‘pni olib qo‘ydi va "Arsenal" jarima maydonchasiga kirishi arafasida Bellerin ajoyib podkat orqali to‘pni olib qo‘ydi
71'
"Chelsi"da ikkita o‘zgarish: Villian o‘rniga Pedro, Azar o‘rniga Batshuayi tushirildi.
69'
"Arsenal"da o‘zgarish: Ivobi o‘rniga Kiran Gibbs tushdi
69'
Vuuuuuh! Ivobining uzatmasidan keyin Teo Uolkott o‘ng tomondan raqib jarima maydonchasiga kirib keldi va birga bir vaziyatda zarba berdi. To‘p darvozabonning oyog‘idan maydonni tark etdi
63'
Villian jarima to‘pini mezbonlar jarima maydonchasiga yetkazdi, himoyachilar to‘pni qaytarishdi
60'
O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmaga Diyego Kosta bosh bilan noaniq zarba berdi
59'
Yana bir ajoyib qarshi hujum. Jarima maydonchasiga kirayotgan Uolkott tomonberilgan uzatma tezligi yuqori bo‘ldi. Teo to‘pni o‘ziga bo‘ysundira olmadi. To‘pni Kurtua egallab oldi
57'
"Arsenal" birin-ketin qarshi hujumlarni ko‘kka sovurmoqda. Foydalanish kerak bunday imkoniyatlardan
55'
"Chelsi"da o‘zgarish: Fabregas o‘rniga Markos Alonso tushdi
53'
Ehhh, Uolkott! Maydon egalari ajoyib imkoniyatdan foydalana olishmadi. Teo o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi, ammo darvozabon maydonchasidagi Sanchesga aniq uzatma bera olmadi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi
52'
Mezbonlar qarshi hujumga o‘tishdi, ammo O‘zil ofsaydda qoldi
51'
Chap qanotdan havolatib yetkazilgan uzatmani "Arsenal" vakillari qaytarishdi
49'
Konte shogirdlari ikkinchi bo‘limda hujum qilishga majbur, hozircha ular xavf vaziyat yarata olishmadi
46'
Ivobi ofsaydda qoldi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+2'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Arsenal" - "Chelsi" - 3:0. Tanaffus
45+1'
Xavfli vaziyat! Fabregas yetkazgan jarima to‘pini Chex mushti bilan yon tomonga urdi. Azar o‘tkir burchak ostida to‘pni yerga tushirmasdan darvoza tomon tepdi. To‘p to‘rga yon tomondan tegdi
45+1'
Azarga nisbatan jarima maydonchasi burchagida fol ishlatildi
45'
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shildi
43'
Bugun Venger jamoasi himoyada ham yaxshi o‘ynamoqda
40'
GOOOOOOOL! Mesut O‘ziiiil, 3:0! Qarshi hujumda O‘zil to‘pni o‘ng tomonda ochilayotgan Sanchesga yetkazdi. Aleksis Mesutning ochilayotgan joyini ko‘rdi va narigi tomon havodan uzatma berdi. Germaniyalik futbolchining zarbasidan keyin to‘p yerga urilib, Kurtuaning ustidan oshib o‘tdi va olis ustunga tegib, to‘rga tushdi!
39'
Diyego Kosta bir himoyachini aldab, jarima maydonchasiga kirdi va o‘tkir burchak ostida zarba yo‘lladi. Koselni zarba yo‘liga o‘zini tashladi
35'
Fabregas chap qanotdan uzatma berdi. Himoyachi bosh bilan to‘pni qaytardi
31'
"Arsenal"da o‘zgarish: Koklen jarohat olib, maydonni tark etmoqda. Uning o‘rniga Jaka o‘yinni davom ettiradi
29'
Aleksis Sanches jonli devor ustidan oshirib, darvoza burchagi tomon zarba berishga harakat qildi. To‘p jonli devordagi futbolchilarning boshiga tegib, maydonni tark etdi
28'
Oho! "Arsenal" tezkor qarshi hujumga o‘tdi. Ivanovich jarima maydonchasi yarim aylanasi ichida Ivobini yiqitdi va sariq kartochka oldi. Xavfli jarima zarbasi bo‘lishi mumkin
26'
Kasorla ketma-ket ikki marta burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Xavfli vaziyat yuzaga kelmadi
25'
Vuuuh! Bellerin jarima maydonchasi chizig‘i ustidan zarba berishga muvaffaq bo‘ldi. To‘p Keyxillning oyog‘idan maydonni tark etdi
24'
"Chelsi"da yana bir yaxshi kombinasiya. Diyego Kosta raqib jarima maydonchasi tashqarisida bir necha futbolchi orasida bo‘lishiga qaramay, o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kelgan Villianni to‘p bilan ta’minladi. U chaproqda turgan Azarga pas berdi. Edenning zarbasi himoyachilarga tegib qaytdi
21'
VUUUUH! "Chelsi"da ajoyib imkoniyat! Azar chap tomondan jarima maydonchasiga kirdi va Diyego Kosta uzatma berib, markaz tomon surildi va to‘pni yana qabul qilgancha Villianga berdi. Braziliyalik yarim himoyachining biroz o‘tkir burchak ostida bergan zarbasidan keyin to‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi!
14'
GOOOOOOOL! Teo Uolkott, 2:0! "Kanonirlar" qisqa paslar orqali "Chelsi" mudofaasini parcha-parcha qilib tashladi va Sanchesning uzatmasidan keyin Uolkott darvozaning bo‘sh qolgan qismini ishg‘ol qildi!
11'
GOOOOOOOL! Aleksis Sanches, 1:0! Keyxilning qo‘pol xatosidan keyin chililik futbolchi to‘pni egalladi va yakkama-yakka vaziyatda to‘pni Kurtuaning ustidan oshirib, darvozaga joyladi!
9'
Ivobi mehmonlar jarima maydonchasiga yorib kirdi, ammo himoyachilar to‘pni qaytarishdi. Qaytgan to‘pni Sanches 12 metrlardan darvoza tomon tepdi. To‘p himoyachining oyog‘idan maydonni tark etdi
8'
Azar chap qanotdan hujumga qo‘shilgan Aspilikuetani to‘p bilan ta’minladi. Seserning uzatmasini Matich jarima maydonchasi chizig‘i ustida qabul qildi, ammo himoyachilar to‘pni egallab, xavfni bartaraf etishdi
5'
"Arsenal" jarima maydonchasi o‘ng tomonida Koselni Diyego Kostaga nisbatan fol ishlatdi. Mehmonlar jarima to‘pini o‘yinga kiritishdi. Darvoza tomon zarba berilmadi
4'
Vuuuuh! Santi Kasorla 20 metrlardan zarba yo‘llashga muvaffaq bo‘ldi. Kurtua zarbani qaytardi
3'
Mezbonlar urchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Tibo Kurtua to‘pni egallab oldi
0'
O‘yin boshlandi!
'
Qadrli Angliya futboli ishqibozlari! Chempionatning 6-turidan o‘rin olgan "Arsenal" va "Chelsi" jamoalari o‘rtasidagi markaziy uchrashuv boshlanish arafasida
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.