Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

O‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati

Chorak final, 26 sentyabr, soat 18:30. Bosh hakam: Vang Di (Xitoy)

O‘ZBEKISTON

0 : 2

IROQ

Muhammad Davud (6, 79)
JAMOALAR TARKIBI
21.Abduvohid Ne’matov
04.Ixtiyor Xoldorov
05.Muhammadali Namozov
06.Mardon Abdullayev
07.Oston O‘runov
08.G‘ayrat Azizxo‘jayev
09.Bahromjon Soatov
10.Rasul Yo‘ldoshev
11.Asadbek Sobirjonov
15.Doniyor Abdumannopov
17.Abubakr Mo‘ydinov
  01.Ali Ibodiy Jabbor
02.Habib Muhammad
03.Ammar Muhammad
04.Ali Ahmad
05.Muntazir Abdulsada
06.Muntazir Muhammad
07.Muhammad Davud
08.Saif Xolid Sayyal (S)
10.Muhammad Rizo
11.A’lo Adnan Jabbor
15.Muomil Karim Xachi
ZAHIRA
01.Hojiakbar Jo‘rayev
12.Jasurbek Umrzoqov
02.Nursulton Kuylibayev
03.Shohzamon Xayrullayev
14.Ibrohim G‘anixonov
16.Xumoyun Abdusattorov
18.Shuhrat Ne’matov
19.Islom Karimov
20.Abdulhay Ismoilov
22.Abdug‘ani Kamolov
23.Burhon Hasanov
  12.Munzir Najm Obid
09.Ali Karim Xaniy
13.Javhar Haytam Obid
14.Yusuf Suad Mones
16.Durg‘om Muhammad
17.Muhammad Ali Abbud
18.Solih Mahdi Solih
19.Muhammad Abdulrahim
20.Ahmad Sartip Umar
21.Asadulloh Hamza
22.Abdulaziz Ammar
23.Sajjad Majid Hamid

Matn

90+4'
O‘yin yakunlandi. O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi jahon chempionatiga bora olmaydigan bo‘ldi.
90+1'
Iroqda o‘zgarish: Muhammad Rizo o‘rniga Ahmad Sartip tushdi
90+1'
Ikkinchi bo‘limga atigi 3 daqiqa qo‘shildi. Shuncha to‘xtalishlardan keyin a?
90+1'
Muhammad Dovud yakkaama-yakka vaziyatdan foydalana olmadi!
89'
Yana o‘sha tinib-tinchimas Muhammad Dovud chap qanotdan yetkazilgan uzatmaga bosh bilan zarba berdi. Noaniq
88'
Vuuuuhhhh! Dovud xet-trikka erishishi mumkin edi. Yakkama-yakak vaziyatda darvozabonimizni aldab o‘tib, o‘tkir burchak ostida bo‘sh darvozani ishg‘ol qila olmadi. To‘p to‘rga yon tomondan tegdi
87'
O‘zbekiston butun o‘yin davomida birortayam golga tortadigan vzaiyat yarata olmadi
86'
Bir kishi kam bo‘lib o‘ynayotgan O‘zbekiston olis masofadan to‘pni oldinga chiziqqa yetkazmoqda. Iroq muammosiz himoyalanmoqda
84'
O‘runov ofsaydda qoldi
80'
Shuhrat Ne’matov qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Hujumda xavfli o‘yin namoyish qildi
79'
GOOOL! Muhammad Dovud chiroyli gol urdi! Himoyachilarimizning xatosidan so‘ng futbolchi bosh bilan 15 metrlardan zarba berib, to‘pni Ne’matovning ustidan oshirib, to‘rga joyladi!
88'
Mo‘ydinov o‘z qanotida fol ishlatdi va o‘zi jarohat oldi
76'
Tavba! Darvozabonimiz Abduvohid Ne’matovga nima bo‘lgan? To‘pga chiqishda xato qilmoqda. Muhammad Dovud bosh bilan bo‘sh darvozani ishg‘ol qila olmadi
75'
Iroqda o‘zgarish: Saif Xolid o‘rniga Ali Karim Xaniy tushdi
74'
Yaxshi vaziyat. Raqib jarima maydonchasi ichida yo‘llangan 2ta zarbani himoyachilar qaytarishdi
73'
Iroq maydonni gospitalga aylantirib yubordi ochig‘i
72'
Iroq burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Himoyachilarimiz to‘pni qaytarishdi
70'
Karimov to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarba berishga qaror qildi. Noaniq
70'
Jarima zarbasi tepamiz. Darvozagacha ancha olis
69'
O‘zbekistonning hujumi. O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani darvozabon egallab oldi
66'
Vuuuh! Muhammad Dovud 11 metrli nuqta atrofidan zarba yo‘lladi. Noaniq. Iroq ketma-ket hujum qilishda davom etmoqda...
64'
O‘zbekistonda uchinchi o‘zgarish Bahromjon Soatov o‘rniga Islom Karimov tushdi
64'
Shuhrat Ne’matov sariq kartochka oldi
63'
O‘zbekistonda o‘zgarish: Asadbek Sobirjonov o‘rniga Shuhrat Ne’matov tushdi
62'
Bahromjon Soatov sariq kartochka oldi. Iroq futbolchilari har qanday dumalashni samarali foydalanib, vaqtni cho‘zimshmoqda
60'
Iroqlik futbolchilar o‘ng qanotdan jarima to‘pini o‘yinga kiritishdi. Vakillarimiz xavfni bartaraf etishdi
59'
O‘zbekistonda o‘zgarish: G‘ayrat Azizxo‘jayev o‘rniga Abdulhay Ismoilov tushirildi
57'
Futbolchilarimiz burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi va to‘p olis ustun tomon yetkazildi. Iroqlik darvozabon to‘pni qaytardi
56'
VUUUH! Muhammad Dovud jarima maydonchamiz ichida to‘pni qabul qildi va 12 metrlardan zarba berdi. Ne’matov zarbani qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.
55'
Iroqlik futbolchi olis masofadan zarba yo‘lladi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi
53'
VUUUUUUH! Doniyor Abdummanopov 20 metrlardan xavfli zarba yo‘lladi. To‘p ustun yonidan bir necha satnimetrlar masofadan o‘tib ketdi
51'
Iroq burchak to‘pini o‘yinga kiritdi, bartaraf etdik
50'
Terma jamoamizda yaxshi imkoniyat. Darvozabon maydonchasi yetkazilgan uzatma kuchli bo‘ldi, to‘p hech kimga tegmay, narigi qanotga o‘tib ketdi
49'
VUUUUUUUHHHH! Omad biz tomonda bo‘ldi! Olis masofadan berilgan zarbani Ne’matov qo‘lidan chiqarib yubordi. To‘pga iroqlik futbolchi yetib keldi va o‘tkir burchak ostida zarba berdi. To‘p olis ustunga tegib qaytdi. Muhammad Rizo 8-9 metrlardan zarba berdi. To‘p to‘singa tegib qaytdi!!!!
47'
VUUUUUH! Iroq burchak to‘pini o‘yinga kiritganidan keyin yaqin masofadan zarba berildi. To‘p ustunga tegib qaytdi!!!
46'
Ikkinchi bo‘limda to‘pni o‘yinga O‘zbekiston terma jamoasi kiritib berdi. Davom etamiz, yigitlarga omad!
45+2'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha O‘zbekiston - Iroq - 0:1. Tanaffus
45+2'
Ixtiyor Xoldorov sariq kartochka oldi. Raqib oyog‘i tagiga xavfli tashlangani bois
45'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi
43'
Burchak to‘pi o‘ta samarasiz chiqdi
43'
Jamoamiz ilk marta hujumga o‘xshash hujum tashkil qilishdi va burchak to‘pi ishlashdi
41'
Yo‘q, o‘yinimiz mutlaqo o‘xshamayapti. Na kombinasiya, na hujum
37'
Vuuuh! Iroqlik futbolchi chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va narigi tomonga uzatma berdi. Muhammad Dovudning zarbasidan keyin to‘p yuqoriga ketib qoldi
36'
Iroqliklarning hujumlari mazmunli bo‘lmoqda. O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmaga Ae’lo Adnan Jabbor bosh bilan zarba berdi. Noaniq
34'
Iroqlik futbolchining maydonda yotishidan foydalanib, o‘zbekistonliklarning barchasi tomoq xo‘llab olishmoqda
33'
Oston O‘runov sariq kartochka oldi
31'
Burchak yetkazilgan uzatmani futbolchilarimiz egallashdi, ammo qarshi hujum tashkil eta olishmadi. Uzatma noaniq
30'
VUUUUUH! Muhammad Dovud himoyachilarimizdan o‘tib ketdi va deyarli birga bir vaziyatda zarba berdi. Ne’matov bu safar jamoamizni qutqardi. Burchak to‘pi
28'
Burchak to‘pi orqaroqqa yetkazildi va qanot futbolchimiz darvoza olidag uzatma berdi. Darvozabon to‘pni egalladi
27'
Sobirjonov chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi va burchak to‘pi ishladi
26'
Iroqlik futbolchi maydonda yotibdi. Unga tibbiy yordam kerak
25'
Futbolchilarimiz uzatmalar berishda ko‘p xatoga yo‘l qo‘yishmoqda
21'
Muntazir Muhammad chap qanotda bir himoyachimizni aldab o‘tib, zarba berdi. To‘p futbolchilarimizga tegib qaytdi
19'
Oston O‘runov maydon markazida to‘pni egalladi, ikki raqibdan o‘tdi, oldinga yurdi va olis masofadan zarba berdi. Noaniq
16'
Hujumchilarimiz raqib jarima maydonchasi atrofida himoyachilarga bosim o‘tkazishdi. Iroqliklar bir amallab xavfni bartaraf etishdi
15'
Sobirjonovning zarbasini Ali Ibodiy egallab oldi
14'
O‘zbekiston chap qanotdan jarima zarbasi tepadi
12'
Vakillarimiz qarshi hujumga o‘tishdi, ammo so‘nggi pallada Abdumannopov himoyachidan o‘tib keta olmadi
10'
Iroqning o‘ng qanotdan uzatmasini Ne’matov mushti bilan urib yubordi
9'
Iroqliklar O‘zbekistonga o‘z o‘yinini topib olishga imkoniyat berishmayapti
8'
Sobirjonov ofsaydda qoldi
6'
GOL! Muhammad Davud, 0:1! Chap qanotdan yetkazilgan uzatmaga chiqishda Ne’matov xatoga yo‘l qo‘ydi va Davud bo‘sh darvozani ishg‘ol qildi.
6'
A’lo Adnan Jabbor darvozagacha 15 metrlardan chalqancha uslubda zarba berishga harakat qildi. Muvaffaqiyatsiz
5'
O‘yin asosan maydon markazida
3'
O‘zbekistonning ilk hujumi. Soatning uzatmasi kuchli bo‘ldi va unga futbolchimiz yeta olmadi
1'
Muntazir Muhammad to‘pni o‘yinga kiritdi. Himoyachilarimiz xavfni bartaraf etishdi
1'
Chap qanot himoyachimiz Mo‘ydinov fol ishlatdi.
0'
O‘yin boshlandi!
'
O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasining barcha futbolchilari va murabbiylar shtabi zaxira o‘rindig‘i oldida aylana hosil qilib, bahsga so‘nggi ko‘rsatmalarni olishdi. O‘zbekiston jangga tayyor!
'
Bugun O‘zbekiston oq, Iroq yashil rangli formada harakat qiladi.
'
Diqqat! Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Avval O‘zbekiston, so‘ngra Iroq madhiyasi yangramoqda
'
Qit’a chempionatida yarim finalga chiqqan jamoalar kelasi yili Hindistonda bo‘ladigan jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! O‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida eng muhim o‘yinlar bo‘lib o‘tmoqda. Bo‘lib o‘tgan 3ta chorak final bahslaridan keyin yarim finalga chiqqan 3ta jamoaning nomi aniq bo‘ldi. Yana yarim soatdan keyin O‘zbekiston va Iroq o‘rtasidagi so‘nggi chorak final uchrashuvi boshlanadi
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.