Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Evropa chempionlar ligasi

«F» guruhi, 2-tur, 27 sentyabr, soat 23:45. Bosh hakam: Mark Klattenburg (Angliya)

BORUSSIYa DORTMUND

Pyer-Emerik Obameyang (43)
Andre Shyurrle (87)

2 : 2

REAL MADRID

Krishtianu Ronaldu (17)
Rafael Varan (68)
JAMOALAR TARKIBI
38.Roman Byurki (D)
25.Sokratis
29.Marsel Shmelser
13.Rafael Gerreyro
26.Lukash Pishek
28.Mattias Ginter
33.Yulian Vaygl
27.Gonsalo Kastro
10.Mario Gyotse
07.Usmon Dembele
17.Pyer-Emerik Obameyang
  01.Keylor Navas (D)
02.Daniel Karvaxal
05.Rafayel Varan
04.Serxio Ramos
23.Danilo
10.Xames Rodriges
19.Luka Modrich
08.Toni Kroos
07.Krishtianu Ronaldu
09.Karim Benzema
11.Garet Beyl
ZAHIRA
01.Roman Vaydenfeller (D)
30.Feliks Pushlak
09.Emre Mor
18.Sebastyan Rode
21.Andre Shyurrle
22.Kristian Pulishich
20.Adrian Ramos
  13.Kiko Kasilya (D)
15.Fabiu Kuentrau
03.Pepe
22.Isko
16.Mateo Kovachich
17.Lukas Vaskes
21.Alvaro Morata

Matn

90+3'
O‘yin yakunlandi. Jangovar o‘yinda durang qayd etildi - "Borussiya" - "Real" - 2:2.
90+3'
Mezbonlarning xavfli qarshi hujumini Varan va Navas bartaraf etishdi
90+2'
Vuuuuuuh! "Borussiya" markaziy himoyachisi chap qanotdan berilgan uzatma paytda darvozabon maydonchasi ichida to‘pni o‘z darvozasiga burib yuborishiga sal qoldi
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi
89'
"Real"da o‘zgarish: Karim Benzema o‘rniga Alvaro Morata tushdi
87'
GOOOOOOOL! Andre Shyurrle, 2:2! Pulishich chap qanotdan bir futbolchini aldab o‘tdi va jarima maydonchasiga uzatma berdi. To‘pni Varan bosh bilan qaytardi. Shyurrle o‘zi to‘pni qabul qilib, 14 metrlardan chap oyoqda kuchli zarba berdi. to‘p to‘sin ostidan to‘rga borib tushdi
86'
O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani Navas egallab oldi
85'
Jarimadan yetkazilgan uzatmani madridliklar qaytarishdi
84'
Ramos qanotda fol ishlatdi. Mezbonlar jarima to‘pini tepishadi
83'
Vuuuuh! Emre Mor jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. Yaqin burchakka kirayotgan to‘pni Navas qaytardi
83'
Vuuuuuuh! qarshi hujumda Purishich o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirdi va zarba berdi. Navas qaytargan to‘pni Karvaxal maydon tashqarisiga chiqarishga ulgurdi
81'
Ehhhhh, Ronaldu! Jamoadoshlari uni juda qulay pozisiyaga chiqarishdi. Portugaliyalik futbolchi 14 metrlardan chap oyoqda to‘pni osmonga ravona qildi
80'
Chap qanotdan uzatma berilgan paytda to‘p jarima maydonchasi chizig‘i ustida turgan Emre Morga kelib tushdi. U darvozaga zarba berish uchun imkoniyat qidirdi, ammo zarba noaniq chiqdi
79'
Vuuh! Ronaldu chap tomondan jarima maydonchasiga kirdi va chap oyoqda zarba yo‘lladi. Roman Byurki to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
78'
"Borussiya"da o‘zgarish: Gerreyro o‘rniga Emre Mor tushdi
77'
Rafael Gerreyro sariq kartochka oldi. Qarshi hujumga o‘tayotgan Modrichni yiqitishga majbur bo‘ldi
76'
"Borussiya" bosimni oshirmoqda. Jamoa burchak zarbasi ishladi
75'
Vuuuuh! Qarshi hujumda Shyurrle chap tomondan jarima maydonchasiga kirdi va zarba berdi. To‘p Navasning qo‘lidan maydonni tark etdi
74'
Yulian Vaygl sariq kartochka oldi. Qarshi hujumga o‘tayotgan Modrichni qo‘li bilan tortib yiqitdi
73'
"Dortmund"da o‘zgarish: Usmon Dembele o‘rniga Kristian Pulishich tushdi
70'
To‘p burchakdan yetkazilgan paytda Varanga nisbatan fol ishlatildi
69'
Vuuuuuh! Rafael Gerreyro jarima maydonchasi chizig‘i ustida kuchli zarba yo‘lladi. Navas qiyinchilik bilan zarbani qaytardi
69'
"Real"da o‘zgarish bo‘ldi. Xames Rodriges o‘rniga Mateo Kovachich tushdi
68'
GOOOOOOL! Rafael Varan, 1:2! "Real" burchak to‘pini orqaroqqa yetkazdi va Ramos olis ustun tomon uzatma berdi. Benzemaning yaqin masofadan bergan zarbasidan keyin to‘p ustun va to‘singa tegib, darvozabon maydonchasi ichida turgan himoyachiga borib tushdi. Varan to‘pni darvozaga burib qo‘ydi
66'
Vuuuh! Kroos burchakdan yetkazgan uzatmaga Beyl bosh bilan zarba berdi. To‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi
66'
Ronaldu jarima maydonchasi burchagi tomondan zarba yo‘lladi va burchak to‘pi ishladi
63'
Serxio Ramos sariq kartochka oldi
62'
Vuuuuuh! Madridliklar to‘pni egallashdi va Xames o‘ng qanotdan Beylni oldinga boshladi. Garet jarima maydonchasiga kirar-kirmas darvozabon maydonchasiga yaqiniga uzatma berdi. Benzemaning zarbasidan keyin to‘p himoyachi orqali darvozabonning qo‘liga borib tushdi
61'
Vuuuuuuuh! Ramosning uzatmasidan keyin Ronaldu shundoqqina darvozabon maydonchasiga chizig‘i oldida bosh bilan zarba berdi. To‘p Krishtianuning boshiga yaxshi tegmay qoldi va ustun yonidan o‘tib ketdi
58'
"Borussiya"da o‘zgarish: Mario Gyotse o‘rniga Andre Shyurrle tushirildi
55'
Karvaxal o‘ng qanotdan mezbonlar jarima maydonchasiga uzatma berdi. To‘pga hech kim yeta olmadi
51'
Yana bitta xavfli zarba! Bu safar Obameyang jarima maydonchasiga ichida chaproqdan o‘ng oyoqda olis burchak tomon zarba berdi. Navasdan ajoyib seyv
51'
Vuuuuh! Dembele jarima maydonchasiga o‘ng tomondan kirdi, Daniloni ikki marta aldab o‘tdi va o‘ng oyoqda kuchli zarba berdi. To‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi
50'
Marsel Shmelser sariq kartochka oldi.
49'
O‘ta qizg‘in kechgan birinchi bo‘limdan keyin ikkinchi bo‘limda tomonlar ehtiyotkor o‘yin namoyish qilsa kerak. Asosan taktik bahs bo‘lishini taxmin qilish mumkin
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
'
Futbolchilar maydonga qaytishmoqda
45+2'
Voqealarga boy bo‘lgan birinchi bo‘lim yakuniga yetdi. Hozircha - 1:1. Tanaffus
45+1'
Ehhhh! Benzemaning uzatmasidan keyin Ronaldu bosh bilan raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Ammo uzatma berilayotganida Krishtianu ofsaydda qolgan ekan.
45+1'
"Real" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Byurki to‘pni egallab oldi
45'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shildi
43'
GOOOOOOOL! Pyer-Emerik Obameyang, 1:1! Gerreyro jarima zarbasini tepdi. Navas to‘pni musht bilan urdi, ammo to‘p Varanga tegib, darvoza burchagi tomon yo‘l boshladi. Chiziq ustida Pyer-Emerik Obameyang to‘pni darvozaga qattiqroq zarba bilan joyladi. U to‘pga tegmasa ham avtogol bo‘layotgandi
42'
Ramos to‘pni oldirib qo‘yib, so‘ngra fol ishlatishga majbur bo‘ldi. Darvozagacha 28 metr
41'
Chap qanotdan yetkazilgan uzatmani Varan bosh bilan qaytardi
38'
Beyl chap qanotdan yetkazgan uzatmaga Benzema bosh bilan zarba berdi. Ofsayd
36'
Ronaldudan pas qabul qilgan Danilo chap qanotdan darvoza oldiga uzatma berdi. Himoyachining oyog‘idan yuqoriga ko‘tarilgan to‘pni darvozabon egallab oldi
34'
Vuuuuh! Dembele yetkazib bergan uzatmaga mezbon futbolchilaridan biri bosh bilan aniq zarba berdi. Navas musht bilan to‘pni urib yubordi
33'
Dortmund burchak to‘pi ishladi
31'
Xames Rodriges ofsaydda qoldi
30'
Maydon markazidan Obameyang tomon uzatma berildi. Hujumchi to‘pni qabul qildi va jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. To‘p to‘singa tegib, yuqoriga ko‘tarilib ketdi, ammo biroz avval hushtak chalingandi. Ofsayd
29'
Mezbonlar uzoq vaqt to‘pni nazorat qilishdi. Obameyang tomon yetkazilgan uzatmagan hujumchi yeta olmadi
25'
VUUUUUUH! Obameyangning uzatmasidan keyin Dembele o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi, Daniloni aldab o‘tdi va chap oyoqda zarba berdi. So‘nggi pallada uning oyog‘i tagiga tashlangan Ramosning oyog‘idan to‘p yuqoriga ko‘tarilib ketdi
24'
Dortmund qarshi hujumda gol o‘tkazib yuborganidan keyin katta kuch bilan oldinga borishga qo‘rqib qoldi
22'
Gyotse raqib jarima maydonchasiga uzatma berdi. Sheriklari to‘pga yeta olishmadi
17'
GOOOOOOL! Krishtianu Ronaldu, 0:1! Xamesning uzatmasidan keyin Beyl jarima maydonchasining o‘ng tomonida to‘pni tovoni bilan ortga tepdi. To‘p himoyachining oyoqlari orasida o‘tib, zarba berishga tayyor turgan Ronalduga kelib tushdi. To‘p olis ustunga tegib, to‘rga tushdi
16'
Vuuuuh! Mezbonlarning yana bir xavfli hujumi! Dembele o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirdi va bir himoyachini aldashda xatoga yo‘l qo‘ydi
14'
Ehhhh, Benzema! Ronaldu aniq uzatma bilan jarima maydonchasiga kirayotgan Benzemani darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqarib yubordi. Ammo Karim chimga qoqilib ketdi va vaziyatni qo‘ldan chiqardi
13'
Usmon Dembele jarima maydonchasi tashqarisidan chap oyoqda zarba yo‘lladi. To‘p darvozadan yarim metr yuqoridan o‘tib ketdi
12'
Dortmundning xavfli hujumi "Real" bir amallab bartaraf etdi
11'
Oho! Klattenburg "Real" darvozasi tomon penalti belgilamadi. Obameyang jarima zarbasini tepdi va jarima maydonchasi ichida jonli devor hosil qilib turgan Ronalduni qo‘lini ko‘tardi. To‘p aynan Ronalduning qo‘liga tegdi. Bu penalti edi
10'
Tuxel shogirdlari to‘pn nazorat qilishmoqda
8'
Mezbonlar chap tomondan hujum tashkil qilib, jarima maydonchasi chizig‘i ustida ochilgan Kastroga pas berishdi. Gonsaloning zarbasi muvaffaqiyatli chiqmadi
7'
Mehmonlar qarshi hujumda xavfli vaziyat sodir etishlari mumkin edi. So‘nggi pallada himoyachi Beylga nisbatan chaqqonroq harakat qildi va to‘pni qaytarishga muvaffaq bo‘ldi
6'
"Real" jarima maydonchasi tomon uzatma berildi. Varan bosh bilan to‘pni qaytardi
4'
Oho! Deyarli "to‘qqizlik" tomon yo‘naltirilgan zarbani Navas qaytardi. O‘yin juda qizg‘in boshlandi!
4'
"Real" darvozasi tomon jarima zarbasi belgilandi. Darvozagacha 25 metrlar
3'
VUUUUUUH! Ohohoho! Ronalduning o‘ta noqulay zarbasini Byurki qaytardi. Qaytgan to‘pga Xames zarba berdi. To‘p olis ustunga tegib qaytdi. O‘sha joyda turgan Ramos ofaydda turgani uchun o‘yin to‘xtatildi
2'
Klattenburg "Borussiya" jarima maydonchasi yarim aylanasi oldidan jarima zarbasi belgiladi. To‘p dortmundlik futbolchining qo‘liga tegdi
1'
Obameyang jarima maydonchasiga kirayotgan jamoadoshi tomon uzatma berdi. Ramos to‘pni olib qoldi
0'
O‘yin boshlandi!
'
"Borussiya" sariq-qora, "Real" oq rangli formada harakat qiladi
'
Diqqat, jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda
'
"Borussiya" va "Real" o‘rtasidagi o‘yinlar amalda guruh g‘olibi nomiga aniqlik kiritib beradi.
'
"Madrid" posboni Keylor Navas mavsumdagi ilk rasmiy uchrashuvida maydonga tushmoqda
'
Xabaringiz bor, ushbu jamoalar dastlabki turda g‘alaba nashidasini surishgan. Dortmundliklar safarda "Legiya" darvozasiga javobsiz 6ta to‘p urishgan bo‘lsa, "Real" o‘z maydonida "Sporting"ni so‘nggi daqiqalarida kiritilgan 2ta to‘p evaziga mag‘lub etdi
'
"F" guruhidan o‘rin olgan "Borussiya Dortmund" va "Real Madrid" jamoalari o‘rtasida qiziqarli kechishi kutilayotgan uchrashuvdan matnli onlayn translyasiyani boshladik.
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Yevropa chempionlar ligasida bugundan 2-tur bahslari start olmoqda.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.