Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Evropa chempionlar ligasi
| «S» guruhi, 2-tur, 28 sentyabr, soat 23:45 | ||
BORUSSIYa MYONXENGLADBAXTorgan Azar (34)
|
1 : 2 |
BARSELONAArda Turon (65)
Jerar Pike (74) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Yann Zommer (D) 17.Oskar Vendt 03.Andreas Kristensen 30.Niko Elvedi 13.Lars Shtindl 27.Yulian Korb 06.Kristof Kramer 10.Torgan Azar 16.Ibraima Traore 08.Maxmud Daxud 11.Raffael |
01.Mark-Andre ter Shtegen (D) 18.Xordi Alba 03.Jerar Pike 14.Xavyer Maskerano 08.Andres Inyesta 04.Ivan Rakitich 20.Serji Roberto 05.Serxio Buskets 17.Fransisko Alkaser 09.Luis Suares 11.Neymar |
|
| ZAHIRA | ||
|
21.Tobias Zippel (D) 04.Yannik Vestergor 24.Toni Yanchke 19.Fabian Jonson 23.Yonas Xofman 07.Patrik Xerrmann 28.Andre Xan |
13.Yasper Sillessen (D) 19.Lukas Din 24.Jeremi Matyo 06.Denis Suares 21.Andre Gomes 07.Arda Turon 12.Rafinya |
|
Matn
| 90+4' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "Borussiya" M - "Barselona" - 1:2 |
| 90+1' | ![]() |
Darvoza yaqiniga yetkazilgan uzatmani Ter Shtegen egallab oldi |
| 90+1' | ![]() |
Neymar sariq kartochka oldi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi |
| 89' | ![]() |
Vuuuuuh! Ajoyib uzatma natijasida Fabian Jonson deryali birga bir vaziyatga chiqdi. So‘nggi pallada Maskerano jarima maydonchasi ichida hujumchidan to‘pni olib qo‘ydi |
| 87' | ![]() |
Mezbonlar ancha jonlanib qolishdi. Andre Xan jarima maydonchasi tashqarisidan noaniq zarba yo‘lladi |
| 84' | ![]() |
Neymar katta tezlikda chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi, ammo texnikasi pand berdi shekilli, to‘pni yo‘qotdi |
| 83' | ![]() |
Mezbonlarda o‘zgarish: Shtindl o‘rniga Andre Xan tushdi |
| 83' | ![]() |
Serji Roberto jarima maydonchasiga kirayotgan Turon tomon uzatma berishga urindi, ammo noaniq |
| 80' | ![]() |
Gladbaxda o‘zgarish: Torgan Azar o‘rniga Patrik Xermann tushdi |
| 77' | ![]() |
VUUUUUH! Arda Turon darvozabonning biroz oldinga chiqib ketganini ko‘rdi va "parashyut" uslubda zarba berdi. Zommer barmoqlarining uchi bilan to‘pni maydon tashqarisiga chiqara oldi |
| 74' | ![]() |
GOOOOOL! Jerar Pike, 1:2! Mehmonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Suares 15 metrlardan kuchli zarba berdi. Zommer to‘pni qo‘lidan chiqarib yubordi. O‘sha joyda turgan Pike darvozani ishg‘ol qildi |
| 72' | ![]() |
"Barselona" ham burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Xavf bartaraf etildi |
| 71' | ![]() |
Jarima to‘pi o‘yinga kiritildi. To‘p Albaning boshidan maydonni tark etdi |
| 70' | ![]() |
Jerar Pike sariq kartochka oldi. U o‘zidan o‘tib ketib, darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqishi kutilayotgan mezbonlar futbolchisini tortib qoldi |
| 68' | ![]() |
Vuuh! Inyesta chap qanotdan jarima maydonchasi kirayotgan Albaga aniq pas berdi. Xordining uzatmasini esa himoyachilar qaytarib qolishdi |
| 65' | ![]() |
GOOOOOL! Arda Turon, 1:1! Mehmonlar raqib jarima maydonchasi atrofida pressing orqali to‘pni olib qo‘yishdi. Neymar aniq uzatma bilan Turonni birga bir vaziyatga chiqardi. Ardaning zarbasi to‘sin ostida to‘rga borib tushdi |
| 63' | ![]() |
Maskerano sariq kartochka oldi |
| 62' | ![]() |
Buskets jarima maydonchasi tashqarisidan zarba bermoqchi bo‘lgandek ko‘rsatib, Neymarga uzatma berdi. Braziliyalik hujumchi to‘pni to‘xtata olmadi va uni Zommer egallab oldi |
| 59' | ![]() |
"Barselona"da o‘zgarish: Rakitich o‘rniga Arda Turon tushdi |
| 57' | ![]() |
Vuuuuh! Suaresdan uzatma qabul qilgan Ivan Rakitich jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. Zommer to‘pni egallab oldi |
| 55' | ![]() |
Inyesta tovoni bilan pas berib, chap qanotdan jarima maydonchasiga kirayotgan Albaga uzatma berdi. Xordining jarima maydonchasiga bergan uzatmasini himoyachilar qaytarishdi |
| 54' | ![]() |
"Barselona"da o‘zgarish: Alkaser o‘rniga Rafinya tushdi |
| 51' | ![]() |
"Barsa" hujum tashkil qilmoqda, ammo raqib jarima maydonchasiga kira olmayapti |
| 48' | ![]() |
"Borussiya"da o‘zgarish: Raffael o‘rniga Fabian Jonson tushdi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45' | ![]() |
Hakam birinchi bo‘limga vaqt qo‘shmadi va jamoalarni tanaffusga taklif qildi. Hozircha "Borussiya" M - "Barselona" - 1:0. |
| 44' | ![]() |
Lars Shtindl jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘llashga muvaffaq bo‘ldi. To‘p yuqoriga ko‘tarilib ketdi |
| 42' | ![]() |
Neymar burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Himoyachilar qaytargan to‘pni Alba 20 metrlardan darvoza tomon tepdi. Ancha noaniq |
| 39' | ![]() |
Vuuuuuh! Rakitichning uzatmasini yerga tushirmasdan Suares jarima maydonchasi ichida darvoza tomon tepdi. Zommer zarbani qaytardi. |
| 38' | ![]() |
Inyesta jarima maydonchasi tashqarisidagi Suaresga pas berib, o‘zi ichkariga kirdi, ammo Luisning Andres tomon uzatmasi himoyachidan o‘tmay qoldi |
| 37' | ![]() |
Navbatdagi qarshi hujumni Maskerano bartaraf etdi |
| 34' | ![]() |
GOOOOOOOL! Torgan Azar, 1:0! Myonxengladbaxliklar ajoyib qarshi hujum tashkil qilishdi va Azar birga bir vaziyatda yaqin masofadan darvozani ishg‘ol qildi! |
| 30' | ![]() |
Mehmonlar to‘pni nazorat qilib, hujum variantlarini qidirishmoqda |
| 25' | ![]() |
Qarshi hujumda Traore raqib jarima maydonchasi burchagida to‘pni qabul qildi va markaz tomon surilib, chap oyoqda zarba berdi. Noaniq |
| 23' | ![]() |
Vuuuh! Rakitich yerlatib bergan unchalik kuchli bo‘lmagan zarbani Zommer o‘tkazib yuborishiga sal qoldi. To‘p uning qo‘lidan maydonni tark etdi |
| 21' | ![]() |
Ehhhh, Suares! Neymar jarima maydonchasi tashqarisida bir necha nafar raqib futbolchilari orasida bo‘lishiga qaramay, chiroyli pas bilan Suaresni birga bir vaziyatga chiqarib yubordi. Luis o‘zi zarba bersa bo‘ladigan vaziyatda Alkaserga uzatma berishga qaror qildi. Himoyachi to‘pni qaytarib qoldi |
| 19' | ![]() |
Borussiyaning qarshi hujumdagi yurishlari xavfli bo‘lmoqda. Raffael raqib jarima maydonchasigacha yaqinlashib keldi va zarba berdi. To‘p himoyachilarga tegib qaytdi |
| 16' | ![]() |
Maydon egalarida yaxshi imkoniyat yuzaga keldi. Qarshi hujum paytida Traore o‘ng qanotdan oldinga o‘tdi va markaz tomon surilib, chap qanotdan jarima maydonchasiga kirayotgan jamoadoshiga uzatma berdi. Ammo Raffael kutilmaganda to‘pga oyoq cho‘zdi va uzatma yo‘nalishini o‘zgartirdi. To‘p maydonni yon tomondan tark etdi |
| 15' | ![]() |
Mezbonlar qarshi hujumga o‘tayotganida Maskerano maydon markazida Torgan Azarga nisbatan fol ishlatdi |
| 14' | ![]() |
Kataloniyaliklar to‘pni nazorat qilishmoqda |
| 11' | ![]() |
Ehhh, Suares! Pike maydon markazidan jarima maydonchasi burchagi tomon uzatma berdi. Himoyachi to‘pni boshi bilan qaytarishga urindi, ammo to‘p jarima maydonchasi tomon ketdi va Luis Suares birga bir vaziyatda zarba berdi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 7' | ![]() |
Vuuuuuh! Alba chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va 11 metrli nuqta atrofiga uzatma berdi. Neymarning zarbasi natijasida to‘p mezbonlar posbonining qo‘liga borib tushdi |
| 1' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli YECHL muxlislari. "Borussiya" M va "Barselona" jamoalari o‘rtasidagi bahs boshlanib ketdi |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|