Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Angliya Premyer-ligasi-2016/2017

7-tur, 1 oktyabr, soat 16:30. Bosh hakam: Maykl Oliver

SUONSI

Leroy Fer (8)

1 : 2

LIVERPUL

Firmino (54)
Jeyms Milner (84-penalti)
JAMOALAR TARKIBI
01.Lukash Fabianski (D)
02.Xordi Amat
05.Mayk van der Xorn
22.Anxel Ranxel
26.Kayl Noton
08.Leroy Fer
23.Gilfi Sigurdsson
15.Ueyn Rautlej
24.Jek Kork
07.Leon Britton
10.Borxa Baston
  01.Loris Karius (D)
06.Deyan Lovren
02.Nataniel Klayn
32.Joel Matip
10.Filippe Koutinyo
05.Jorjinyo Veynaldum
11.Roberto Firmino
07.Jeyms Milner
19.Sadio Mane
20.Adam Lallana
14.Jordan Xenderson
ZAHIRA
13.Kristoffer Nordfeldt (D)
06.Alfi Mouson
03.Nil Teylor
04.Sun-Yun Ki
56.Jey Fulton
62.Oliver MakBarni
17.Modu Berrou
  22.Simon Minyole (D)
17.Ragnar Klavan
23.Emre Jan
18.Alberto Moreno
21.Lukas Leyva
27.Divok Origi
15.Daniel Starrij

Matn

90+4'
Uchrashuv tugadi. Oson kechmagan o‘yinda "Liverpul" irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi va o‘z ochkolarin 16taga yetkazib oldi
90+3'
Vuuuuuuuh! O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmaga Mayk van der Xorn darvozasiga 6-7 metrlardan zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
90+2'
Oriji jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. Fabianski to‘pni egalladi
90'
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shib berildi
84'
GOOOOOOL! "Suonsi" darvozasi tomon penalti belgilandi. Jeyms Milner 11 metrli jarima zarbasidan samarali foydalandi
82'
Mehmonlarning hujumlarini himoyachilar qaytarishdi
81'
Koutinyo olis masofadan zarba berdi. To‘p himoyachidan maydonni tark etdi. Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Matip bosh bilan zarba berdi. Yana bir burchak to‘pi
77'
Burchakdan yetkazilgan uzatma uchun Karius chiqdi, ammo uning qo‘liga tepga yetmadi. To‘p hech kimga tegmasdan maydonni tark etdi
76'
"Suonsi" futbolchilari mehmon himoyaichlarining xatosidan foydalana olishmadi. Burchak to‘pi
75'
Mezbonlar ijrosidagi burchak to‘pi ham samara bermadi
74'
Mehmonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Samarasiz
72'
"Suonsi"da o‘zgarish: Leroy Fer o‘rniga Jey Fulton tushdi
70'
Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Mane bosh bilan zarba berdi. Noaniq
69'
Ehhh, "Liverpul"! Milner raqib jarima maydonchasi ichida himoyachidan to‘pni olib qo‘yib, darvozabon maydonchasiga yaqinlashdi. O‘zi zarba bersa bo‘ladigan vaziyatda to‘pni 11 metrli nuqta ustida turgan Starrijga yetkazdi. Danielning zarbasidan keyin to‘p himoyachidan maydonni tark etdi
68'
Klayn jarima maydonchasi tashqarisidan aniq zarba yo‘lladi. To‘pni Fabianski egalladi
65'
Firmino maydon markazidan raqib jarima maydonchasi tomon yaqinlashib keldi va chap qanotdagi Koutinyoga uzatma berdi. Braziliyalik yarim himoyachining uzatmaisni Starrij darvoza tomon tepa olmadi
62'
"Suonsi"da o‘zgarish: Ueyn Rautlej o‘rniga Modu Berrou tushdi
61'
"Liverpul" bosimni oshirib bormoqda
58'
Vuuh! Koutinyo jarima maydonchasi ostonasidagi Veynaldumga uzatma berdi va Jorjinyo to‘xtatib bergan to‘pni 18 metrlardan darvoza tomon tepdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
54'
GOOOOOOOL! Firmino, 1:1! Jarimadan yetkazilgan uzatma jonli devorga tegib qaytdi, takroriy uzatmadan so‘ng Firmino bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi
53'
Leon Britton sariq kartochka oldi. U oldinga o‘tayotgan Firminoning qo‘lidan tortib qoldi
48'
Mehmonlarda yaxshi vaziyat. Starrij o‘ng tomondan uzatma berib, raqib darvozabon maydonchasiga yaqinlashayotgan Maneni to‘p bilan ta’minladi. Hujumchi to‘pni darvozabon va himoyachi orasidan o‘tkazib, darvoza oldiga uzatdi. Boshqa himoyachi to‘pni egallab, xavfni bartaraf etdi
47'
Oho! Firmino olis masofadan aniq zarba berdi. To‘pni darvozabon egallab oldi
47'
Klayn o‘ng qanotdan uzatma berdi. Starrij to‘pni qabul qilish chog‘ida himoyachini aldab o‘tmoqchi bo‘ldi, ammo to‘p maydonni tark etdi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+2'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Suonsi" - "Liverpul" - 1:0. Tanaffus
45'
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shildi
43'
Sigurdsson darvozagacha 25 metr masofadan belgilangan jarima zarbasini tepdi. Karius to‘pni qo‘lidan chiqarib yubordi, ammo to‘p yerga tushmasidan uni egallab oldi
42'
Mane o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va 11 metrli nuqta ustiga uzatma berdi. Ammo Firmino biroz oldiga o‘tib ketgani bois, to‘pni egallay olmadi
40'
"Liverpul" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Endi qarama-qarshi qanotdan aut tashlaydi
39'
Starrij ikki himoyachi orasidan o‘tib raqib jarima maydonchasiga kirayotib yiqildi. Hakam uni simulyasiyada ayblab, ogohlantirish berdi
35'
Koutinyoning uzatmasidan keyin Klayn o‘ng qanotdan raqib darvozabon maydonchasiga pas berdi. To‘p Starrijga yetib bormadi. Himoyachi to‘pni qaytardi
33'
Avvalgi o‘yinlardan farqli ravishda "qizillar"ning o‘yini mutlaqo qovushmayapti. Bunga "Suonsi" futbolchilari imkoniyat berishmayapti
27'
Eh, Koutinyo! Biroz aniqroq pas berganida Starrij darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib ketardi
25'
Xenderson sariq kartochka oldi
23'
"Liverpul"da o‘zgarish bo‘ldi. Adam Lallana o‘rniga Daniel Starrij tushdi
21'
Vuuh! Yuqoridan yetkazilgan uzatmaga Jek Kork raqib darvozabon maydonchasi burchagida zo‘rg‘a oyoq cho‘zdi va to‘pni darvoza tomon burdi. "Liverpul" posboni to‘pni egallab oldi
16'
O‘yin asosanm aydon markazida. Klopp shogirdlari raqib darvozasi tomon bosim tashkil qila olishmayapti
11'
Mane o‘ng qanotdan havolatib jarima maydonchasiga uzatma berdi. To‘pni himoyachilar qaytarishdi
8'
GOOOOOOOL! Leroy Fer, 1:0! To‘p burchakdan o‘yinga kiritildi. Mezbon futbolchilaridan biri darvozabon maydonchasining olis burchagidan to‘pni darvoza tomon burdi, ikkinchi olis ustun yonidan to‘pni yanada ichkariga o‘tkazdi. Fer darvoza chizig‘i oldida darvozani ishg‘ol qildi!
5'
VUUUUUH! O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmaga "Suonsi" hujumchisi Borxa Baston bosh bilan zarba berdi. U 7-8 metrdan darvozani ishg‘ol qila olmadi. Vaholanki, unga hech kim xalal bermayotgandi, uzatma ham juda qulay bo‘lgandi.
3'
"Liverpul" hozirda 13 ochko bilan jadvalda 5-o‘rinni, "Suonsi" esa 4 ochko bilan 17-pog‘onani band etib turibdi
2'
Klayn o‘ng qanotdan raqib jarima maydonchasiga uzatma berdi. Himoyachi to‘pni qaytardi
1'
O‘yin boshlandi!
'
Mezbonlar oq, "Liverpul" esa qizil rangli formada o‘yinni boshlamoqda
'
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.
'
Angliya Premyer-ligasining 7-turi doirasida "Liverpul" safarda "Suonsi" mehmoni bo‘lmoqda
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.