Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Angliya Premyer-ligasi-2016/2017

7-tur, 1 oktyabr, soat 19:00

XALL SITI

0 : 2

CHELSI

Villian (61)
Diyego Kosta (67)
JAMOALAR TARKIBI
23.Devid Marshall (D)
06.Kertis Devis
03.Endryu Robertson
14.Jeyk Livermur
25.Rayan Meyson
11.Sem Klukas
07.Devid Meyler
22.Markus Xenriksen
10.Robert Snodgrass
20.Adama Diomande
18.Dyemersi Mbokani
  13.Tibo Kurtua (D)
24.Geri Kexill
30.David Luis
28.Sesar Aspilikueta
03.Markos Alonso
22.Villian
15.Viktor Mozes
21.Nemanya Matich
10.Eden Azar
07.N’Golo Kante
19.Diyego Kosta
ZAHIRA
16.Eldin Yakupovich (D)
15.Shon Maloni
05.Garri Makyuir
17.Jeyms Veyr
08.Tom Xaddlstoun
19.Uill Kin
09.Abel Ernandes
  01.Asmir Begovich (D)
02.Branislav Ivanovich
29.Nataniyel Shaloba
08.Oskar
04.Sesk Fabregas
11.Pedro Rodriges
23.Michi Batshuayi

Matn

90+4'
O‘yin yakunlandi. "Chelsi" g‘alaba qozondi va o‘z hisobiga 3 ochko qo‘shib qo‘ydi.
90'
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shildi
89'
"Chelsi"da so‘nggi o‘zgarish: Villian o‘rniga Nataniyel Shaloba tushdi
89'
Vuuuh! Alonso chap qanotdan yetkazgan uzatmani Pedro darvozabon maydonchasi chizig‘i ustida darvoza tomon burishga harakat qildi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
87'
Oho! Oskar jarima maydonchasi tashqarisidan darvoza burchagi tomon aniq zarba berdi. Marshall to‘pni qaytardi
85'
"Chelsi"da yana bir o‘zgarish: Mozes o‘rniga Pedro tushdi
81'
"Chelsi"da o‘zgarish: Azar o‘rniga Oskar tushdi
80'
Jarima maydonchasi burchagi tomonda Mozesga nisbatan qoidabuzarlik uchun bu safra hakam o‘yinni to‘xtatdi. Villian yetkazgan uzatmaga Kosta zarba berdi. Noaniq
77'
Eh, hakam! Villian jarima maydonchasi ichida bir himoyachini aldab o‘tdi va mezbonlar yotgan joyda braziliyalik yarim himoyachini ortdan chaldi va yiqitdi. Hakam negadir penalti bermadi
75'
Oho! Markos Alonso raqib jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi va zarba berdi. To‘p himoyachiga tegib qaytdi
71'
"Xall" o‘ng qanotdan jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Kurtua to‘pni egallab oldi
67'
GOOOOOOL! Diyego Kosta, 0:2! Matich jarima maydonchasiga yaqinlashib keldi va yarim aylana ichidan zarba berdi. Himoyachiga tekkan to‘p Kostaga keldi va hujumchi olis burchakni ishg‘ol qildi. Egizak gol, o‘sha joydan zarba va o‘sha burchakka to‘p borib tushdi
67'
Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Matich bosh bilan zarba berdi. Marshall to‘pni egalladi
66'
Alonso Mozesdan uzatma qabul qildi va jarima maydonchasi chap burchagidan darvozabon maydonchasiga pas berdi. To‘pni himoyachi qaytardi. Aks holda Diyego Kosta darvozani ishg‘ol qilishga tayyor edi
64'
Oho! Diyego Kosta jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba berdi. Burchakka borayotgan to‘pni Marshall qaytardi
61'
GOOOOOOL! Villian, 0:1! Braziliyalik yarim himoyachi jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi va 15 metrlardan olis burchak tomon zarba berdi. Marshall to‘pni tomosha qildi xolos
58'
VUUUUUUH! Kante maydon markazida to‘pni egalladi va Kostani birga bir vaziyatga chiqarib yubordi. Diyego jarima maydonchasi ichida darvozabonni aldab o‘tib, o‘tkir burchak ostida zarba berdi. To‘p yordamga kelgan himoyachining oyog‘idan ustunga tegib qaytdi. Qaytan to‘pga Kante 12 metrlardan zarba berdi. To‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi!
55'
Diyego Kosta o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirayotgan Mozesni oldinag boshladi. Uning darvozabon maydonchasiga yetkazgani pasini himoyachilar qaytarishdi. Takroriy hujum pavytida yana o‘sha qanotdan uzatma berildi. Bu safar Marshall to‘pni egallab oldi
54'
Londonliklar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Alonsoning zarbasidan keyin to‘p himoyachilarga tegib qaytdi
49'
"Chelsi" ketma-ket 2 marta burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Xavfni bartaraf etishdi mezbonlar
48'
Oho! Eden Azar raqib jarima maydonchasiga yaqinlashib keldi, bir himoyachini aldadi va 18 metrdan kuchli zarba yo‘lladi. Marshall to‘pni darvoza ustidan o‘tkazib yubordi
47'
Snodgrass o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirdi, Alonsoni aldadi va burchak to‘pi ishladi. Burchakdan yetkazilgan uzatmani Kurtua egalladi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+2'
To‘p burchakdan o‘yinga kiritildi va shu paytda bo‘lim yakunlandi. Tanaffus
45+2'
Oho! Meyson olis masofadan ko‘klar darvozasi tomon kuchli va aniq zarba berdi. Kurtuaning qo‘lidan to‘p maydonni tark etdi
45+1'
Burchak to‘pi yaqin ustun tomonda ochilgan Azarga yetkazildi. Edenning darvozabon maydonchasi ichiga bergan uzatmasi Diyego Kosta sakradi, ammo himoyachiga nisbatan fol ishlatdi
45'
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shildi
45'
Burchakka yaqin joyda Azarga nisbatan fol ishlatildi. Jarimadan yetkazilgan uzatmani posbon egalladi
42'
Jarimadan yetkazilgan uzatmaga David Luis bosh bilan zarba berdi. To‘pni Marshall egalladi
41'
Jeyk Livermul sariq kartochka oldi
41'
Matich ogohlantirildi
40'
"Chelsi" yaxshi hujum tashkil qildi. Mozes chap qanotdan jarima maydonchasiga kirayotgan Kostaga uzatma berdi va Diyego to‘pni jarima maydonchasida ochilgan Azarga yetkazdi. Himoyachi aniqroq harakat qilib, Edenga to‘pni egallash imkoniyatini bermadi
39'
Burchak to‘pidan keyin "Chelsi" takroriy hujum tashkil qildi. Mozes yetkazgan uzatmaga Alonso bosh bilan zarba berdi. Noaniq
38'
Mozes chap qanotdan yetkazgan uzatmaga Kosta sakradi, ammo to‘p uning ustidan o‘tdi va futbolchi to‘pni maydon tashqarisiga tepib yubordi
37'
Mehmonlar chap qanotda belgilangan jarima to‘pini o‘yinga kiritishdi. "Xall" futbolchilari to‘pni qaytarishdi
35'
Viktor Mozes sarich kartochka oldi
34'
Burchak to‘pi o‘yinga kiritilgan vaziyatda "Xall" futbolchisi Kurtuaga nisbatan fol ishlatdi
33'
Snodrgass chap qanotda belgilangan jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Burchak to‘pi
32'
Alonso chap qanotdan yaxshi uzatma berdi. To‘p Diyego Kostagacha yetib kelmadi - himoyachi qaytardi
29'
Ustunlik Konte jamoasi tomonida. Ular hozir burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Marshall to‘pni egallab oldi
26'
Alonso chap ianotdan mezbonlar jarima maydonchasiga uzatma berdi. Himoyachilar qaytargan to‘pga jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berildi, noaniq
21'
Ehh, Villian! Olis masofadan yetkazilgan to‘p uchun kurashda Diyego Kosta raqib jarima maydonchasi chizig‘i oldidan himoyachidan ustun keldi va yordamga yetib kelgan Villianga uzatma berdi. Braziliyalik yarim himoyachining zarbasi kuchsiz va noaniq chiqda
20'
Burchak to‘pini londonliklar qaytarishdi
20'
O‘ng qanotdan jarima maydonchasi yetkazilgan uzatmadan keyin Meyson "Chelsi" darvozasi tomon zarba berdi. Har safar to‘p himoyachilarga tegdi. Burchak to‘pi
16'
Villian Kantedan uzatma qabul qildi va jarima maydonchasining o‘ng tomonida himoyachini chalg‘itib, olis burchak tomon zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
14'
Mozes o‘ng qanotdan uzatma berdi. Himoyachi qaytargan to‘pni Viktorning o‘zi egalladi va himoyachilarni aldab jarima maydonchasi kirib bordi. To‘p himoyachidan maydonni tark etdi. Hakam penalti bermadi
11'
David Luis yo‘llagan zarba natijasida to‘p jonli devorga tegib qaytdi. Takroriy hujumni mezbonlar bartaraf etishdi
10'
Jarima zarbasi. Azarga nisbatan fol ishlatildi. Darvozagacha 28 metr
7'
Xavfli vaziyat! O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani Mbokani jarima maydonchasiga olib kirdi, ammo "Chelsi" posboni to‘pni egallab oldi
3'
Burchak to‘pi samarasiz chiqdi
3'
Vuuuuh! Snodgrass jarimadan yo‘llagan zarbani Kurtua qaytardi. Hattoki jonli devordagi futbolchining boshiga tegib, to‘p to‘sin ostiga kirayotgan bo‘lsada!
2'
David Luis shz jarima maydonchasi oldida Mbokanini yiiitdi. Jarima zarbasi
0'
Diqqat! APL, 7-tur. "Xall Siti" va "Chelsi" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin boshlandi!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.