Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Angliya Premyer-ligasi-2016/2017

7-tur, 2 oktyabr, soat 16:00

MANCHESTER YUNAYTED

Antoni Marsial (69)

1 : 1

STOK SITI

Jo Allen (82)
JAMOALAR TARKIBI
01.David de Xea (D)
12.Kris Smolling
17.Deyli Blind
03.Erik Bayi
21.Ander Errera
06.Pol Pogba
25.Antonio Valensiya
14.Jessi Lingard
08.Xuan Mata
09.Zlatan Ibrahimovich
19.Markus Reshford
  33.Li Grant (D)
08.Glen Jonson
17.Rayan Shoukross
20.Jeff Kemeron
15.Bruno Martins Indi
03.Erik Piters
06.Glenn Uilan
22.Jerdan Shakiri
10.Marko Arnautovich
04.Jo Allen
12.Vilfrid Boni
ZAHIRA
20.Serxio Romero (D)
36.Matteo Darmian
07.Memfis Depay
27.Maruan Fellayni
16.Maykl Kerrik
10.Ueyn Runi
11.Antoni Marsial
  24.Shey Given (D)
02.Fil Bardsli
16.Charli Adam
25.Piter Krauch
27.Boyan Krkich
18.Mame Diuf
19.Jonatan Uolters

Matn

90+5'
Marsial chap qanotdan uzatma berdi va himoyachi to‘pni qaytardi. Shu paytda hakamning hushtagi yangradi va o‘yin yakunlandi. "MYu" o‘z uyida 2 ochko yo‘qotdi. "Stok" esa mavsumdagi uchinchi ochkosini qo‘lga kiritdi
90+2'
Navbatdagi burchak to‘pi paytida Pogba fol ishlatdi
90+1'
Runi burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Himoyachilar qaytargan to‘pni Valensiya o‘ng qanotdagi Runi yetkazdi. Ueyning uzatmasini himoyachi bosh bilan maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
90'
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shildi
90'
"Stok Siti"da o‘zgarish: Shakiri o‘rniga Fil Bardsli tushdi
89'
VUUUUUH! Takroriy hujum paytida Reshford o‘ng qanotdan uzatma berdi. Pogbaning bosh bilan zarbasidan keyin to‘p to‘singa tegib qaytdi!
89'
"MYu" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. To‘pni Krauch qaytardi
86'
Vuuuh! Ibra! Zlatan 11 metrli nuqta yaqinida to‘pni qabul qildi va zarba berdi. Grant bu zarbani qaytardi
83'
"MYu"da zudlik bilan o‘zgarish: Errera o‘rniga Memfis Depay tushdi
82'
GOOOOOOL! Jo Allen, 1:1! Mehmonlar futbolchisi jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. De Xea to‘pni qo‘lidan chiqarib yubordi va yon tomonga ketgan to‘pga birinchi bo‘lib Arnautovich yetib keldi va darvoza tomon zarba berdi. To‘p Davidga tegib, undan o‘tdi va to‘singa tegib qaytdi. Jo Allen bo‘sh darvozani ishg‘ol qildi!
81'
Chap qanotdan belgilangan jarima to‘pini Runi darvoza tomon tepdi. Li Grant to‘pni egallab oldi
77'
"Stok"da o‘zgarish: Boni o‘rniga Piter Krauch tushdi
74'
Reshford o‘ng qanotdan uzatma berdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi
73'
Oho! Burchakdan to‘p o‘yinga kiritildi va olis ustun tomon yetkazildi. Ibraning o‘tkir burchak ostida bergan zarbasini Li Grant qaytarishga muvaffaq bo‘ldi
71'
VUUUUUUH! Pogba o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib bordi va darvoza oldiga uzatma berdi. Runi to‘pga yeta olmadi, ammo narigi tomonga o‘tgan to‘pni Marsial egalladi va orqaroqqa uzatdi. Runining zarbasi himoyachiga tegib, maydonni tark etdi
69'
GOOOOOOOOL! Antoni Marsial, 1:0! Mezbonlarning hujumi paytida to‘p frnasiyalik futbolchiga keldi va u 13 metrlardan olis burchakni aniq nishonga oldi
68'
Oho! Ibra jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi
67'
"MYu"da ikkita o‘zgarish: Mata o‘rniga Runi, Lingard o‘rniga Antoni Marsial tushirildi
66'
Vuuuh! Lingard jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
64'
Mehmonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Samarasiz
61'
Zlatan ofsaydda
60'
Xuan Mata 25 metrlardan zarba berdi. Grant o‘z o‘rnida!
59'
Oho! Pogba jarima maydonchasi burchagidan aniq zarba berdi. "Stok" posboni to‘pni egallab oldi
57'
Mata maydon markazidan oldinga chiziqdagi Ibrahimovichga uzatma berdi. To‘pga Zlatan yeta olmadi, uni Grant egalladi
56'
Zlatan Ibrahimovich ogohlantirildi. Shvesiyalik futbolchi havodagi to‘p uchun kurashda raqib futbolchisining yuziga tirsak bilan urdi
55'
VUUUUUUUH! Shakiri-Arnautovich-Allen kombinasiyasidan keyin Jo 10 metrlardan zarba berdi. Zarba kuchli chiqmadi va to‘pni de Xea egalladi
55'
Ander Errera sariq kartochka oldi. Raqib futbolchisi tizzasiga butsasining tishlari bilan tepdi
54'
Mehmonlar jarima to‘pini raqib jarima maydonchasiga yetkazishdi. Mankunianliklar to‘pni egallab, qarshi hujumga o‘tishdi. "Stok" posoni xavfni bartaraf etdi
49'
Burchak uzatmasini samarali chiqmadi
49'
Lingard o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga yaqinlashdi va orqaroqqa uzatma berdi. Pogbaning zarbasidan keyin to‘p himoyachining oyog‘idan maydonni tark etdi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi. Davom etamiz
45+1'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. "Stok" dastlabki 45 daqiqa davomida mezbonlarning bosimiga dosh bera oldi va o‘yinda hisob ochilmadi. Tanaffus
45'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shildi.
44'
Pogbaning uzatmasini Valensiya jarima maydonchasining o‘ng tomonida qabul qildi va orqaroqqa uzatma berdi. Lingardning 17 metrdan bergan zarbasidan keyin to‘p mehmonlar vakiliga tegib qaytdi
38'
Mankunianliklar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Himoyachilar hushyor harakat qilishdi
34'
Mehmonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Xavfli vaziyat yuzaga kelmadi
31'
Yaxshi vaziyat! Lingard o‘ng qanotdan olis ustun tomon uzatma berdi. Ibrahimovich bergan zarba natijasida to‘p avval himoyachiga so‘ngra, Zlatanning o‘ziga tegib maydonni tark etdi
30'
"Stok" futbolchilari ko‘pchilik bo‘lib o‘z jarima maydonchalari atrofida himoyalanishmoqda
27'
VUUUUH! Ibrahimovich chap qanotdan darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Lingard juda yaqin masofadan zarba berdi. Grant so‘nggi pallada to‘p yo‘liga qo‘lini uzatdi va to‘p ustun yonidan maydonni tark etdi
26'
Bu safar Shakirining uzatmani Arnautovich tomon o‘tdi. Marko jarima maydonchasi burchagidan zarba yo‘lladi. O‘ta noaniq
25'
Mehmonlar qarshi hujumga o‘tishdi. Shakiri chap qanotdan ochiq zonalar tomon ochilayotgan jamoadoshlariga aniq uzatma bera olmadi
23'
Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Pogba bosh bilan zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
22'
Oho! Xuan Mata jarima maydonchasi chizig‘i ustidan "parashyut" zarba berdi. Li Grant to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
18'
Reshford chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib bordi va darvoza oldiga uzatma berdi. Himoyachining oyog‘idan yuqoriga ko‘tarilgan to‘pni Ibrahimovich jarima maydonchasi ichida ortga qarab bosh bilan urdi. Himoyachilar xavfni bartaraf etishdi
16'
VUUUUUH! Ibrahimovich Matadan kelgan uzatmani tovoni bilan jarima maydonchasi chizig‘i ustida turgan Erreraga yetkazdi. Ander esa ichkariga kirayotgan Pogbani to‘p bilan ta’minladi. Polning zarbasiga aniqlik yetishmadi
14'
Vuuuuuh! "Stok" futbolchilari o‘ng qanotdan yaxshi kombinasiya tashkil qilishdi va Jo Allen o‘sha qanotdan jarima maydonchasiga kirib, orqaroqqa uzatma berdi. To‘pga Jeff Kemeron zarba berdi. Zarba unchalik kuchli chiqmadi, to‘pni "MYu" posboni egallab oldi
13'
Ntonio Valensiya sariq kartochka oldi. Maydon markazida u Erik Piters oyog‘iga xavfli tashlandi
11'
Valensiya o‘ng qanotdan mehmonlar jarima maydonchasiga kirdi, ammo Arnautovich gavdasi bilan to‘p yo‘lini to‘sib, uning maydonni tark etishini kuta boshladi. Antonio to‘pni maydonda olib qoldi va uni orqaroqqa yetkazdi. To‘pni "Stok" futbolchilari egallab olishdi
9'
Oho! Jeff Kemeron jarima maydonchasi tashqarisidan aniq zarba berdi. David de Xeani to‘pni egallab oldi
8'
Mankunianliklar to‘pni nazorat qilib, hujum variantlarini qidirishmoqda
3'
Burchakdan yetkazilgan uzatmani mehmonlar maydon markaziga qaytarishdi
2'
vuuuuuuuh! Pogbaning jarima maydonchasiga bergan ajoyib uzatmasidan keyin Zlatan darvozabon bilan birga vaziyatga chiqdi va 7-8 metrdan zarba yo‘lladi. "Stok" posboni zarbani qaytardi. O‘tkir burchak ostidan berilgan takroriy zarbadan so‘ng to‘p Li Grantga tegib, maydonni tark etdi
0'
O‘YIN BOSHLANDI!
'
Angliya Premyer-ligasida 7-tur o‘yinlari davom etadi. "Manchester Yunayted" o‘z maydonida "Stok Siti"ni qabul qilmoqda
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.