Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Angliya Premyer-ligasi-2016/2017
| 7-tur, 2 oktyabr, soat 18:15. Bosh hakam: Andre Marriner | ||
TOTTENXEMAleksandr Kolarov (9-avtogol)
Dele Alli (38) |
2 : 0 |
MANCHESTER SITI |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Ugo Lyoris (D) 02.Kayl Uoker 03.Denni Rouz 04.Tobi Alderveyreld 05.Yan Vertongen 11.Erik Lamela 12.Viktor Vanyama 17.Mussa Sissoko 20.Dele Alli 23.Kristian Eriksen 07.Son Xeung-Min |
01.Klaudio Bravo (D) 05.Pablo Sabaleta 11.Aleksandr Kolarov 30.Nikolas Otamendi 24.Djon Stounz 21.David Silva 15.Xesus Navas 25.Fernandinyo 06.Fernando 07.Rahim Sterling 10.Serxio Aguero |
|
| ZAHIRA | ||
|
13.Mishel Vorm (D) 15.Erik Dayer 16.Kiran Trippyer 33.Ben Devis 29.Garri Uinks 14.Georges NKudu 09.Vinsent Yanssen |
13.Vilfredo Kabalyero (D) 22.Gael Klishi 03.Bakari Sanya 19.Leroy Sane 08.Ilkay Gyundogan 75.Aleyks Garsiya 72.Kelechi Ixeanacho |
|
Matn
| 90+4' | ![]() |
O‘yin yaknulandi. ""Manchester Siti" mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qayd etdi. |
| 90+2' | ![]() |
Vuuuh! MEhmonlar qisqa paslar orqali jarima maydonchasiga kirib borishdi va Aguero 12 metrlardan zarba yo‘lladi. Lyoris to‘pni egallab oldi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 4 daiqa qo‘shildi |
| 90' | ![]() |
Manchesterliklar so‘nggi kuchlarini hujumga bag‘ishlamoqda |
| 85' | ![]() |
"tottenxem"da o‘zgarish: Dele Alli o‘rniga Georges N'Kudu tushdi |
| 82' | ![]() |
Ixeanacho jarima maydonchasiga kirdi, ammo o‘zidan o‘zi yiqilib tushdi |
| 80' | ![]() |
Vuuuuuh! David Silvaning uzatmasidan keyin Aguero 12 metrlardan zarba berdi. Himoyachining oyog‘iga tegib, to‘sin ostiga kirayotgan to‘pni Lyoris darvoza tepasidan ko‘tarib yubordi |
| 78' | ![]() |
Sterling jarima maydonchasi burchagidan ichkariga uzatma berdi. Mezbon himoyachisi to‘pni qaytardi. Takroriy hujum paytida Gyundogan zarba berdi. Noaniq |
| 75' | ![]() |
Ehhh, Ixeanacho! Agueroning uzatmasidan keyin Kelechi birga-bir vaziyatda zarba berdi. Lyoris zarbani qaytardi! |
| 72' | ![]() |
Aguero ofsaydda qoldi |
| 71' | ![]() |
"Tottenxem"da o‘zgarish: jarohat olgan Musa Sissoko o‘rniga Erik Dayer tushdi |
| 70' | ![]() |
Sterling jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. Lyoris to‘pni osongina egallab oldi |
| 69' | ![]() |
"Tottenxem"ga qoyil qolish kerak. Gvardiola shogirdlariga o‘yin bermayapti |
| 66' | ![]() |
"Siti"da o‘zgarish: Xesus Navas o‘rniga Kelechi Ixeanacho tushirildi |
| 65' | ![]() |
VUUUUH! Erik Lamela yo‘llagan zarbani Bravo qaytardi! |
| 64' | ![]() |
PENALTI! "Manchester Siti" darvozasiga! Fernandino jarima maydonchasi ichida Dele Allini yiqitdi |
| 62' | ![]() |
Xesus Navas chap qanotdan jarima maydonchasi burchagidan zarba berdi. To‘p ustundan ancha naridan o‘tib ketdi |
| 58' | ![]() |
Bravo to‘pni o‘yinga kiritishda xatoga yo‘l qo‘ydi va Son uni egallab olib, 18 metrdan zarba berdi. Klaudio to‘pni egallab oldi |
| 56' | ![]() |
Rahim Sterling sariq kartochka oldi |
| 53' | ![]() |
"Siti"da o‘zgarish: Fernando o‘rniga Gyundogan tushdi |
| 53' | ![]() |
Chap qanotda belgilangan jarima to‘pi jarima maydonchasi tashqarisiga yetkazildi. Fernandinyo to‘pni yerga tushirmasdan tepdi. Noaniq |
| 50' | ![]() |
VUUUUUH! Chap tomondan berilgan uzatma natijasida Aguero jarima maydonchasida to‘pni qabul qildi va zarba berdi. To‘p Lyorisning qo‘li orqali ustunga tegib qaytdi! |
| 50' | ![]() |
Mezbonlar kuchli bosim tashkil qilishmoqda |
| 47' | ![]() |
Vuuuuh! Vanyama jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. To‘p Bravoning qo‘lidan maydonni tark etdi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga start berildi |
| 45+2' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Tottenxem" - "Manchester Siti" - 2:0. Tanaffus |
| 45+1' | ![]() |
Oho! Jarima maydonchasiga kirayotgan Agueroga uzatma berildi. Lyoris darvozani tashlab chiqdi va to‘pni yon tomonga urib yubordi. Xesus Navas bo‘sh qolgan darvoza oldiga uzatma berdi. Himoyachi to‘pni qaytardi |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shildi |
| 43' | ![]() |
Qarshi hujumda Son Xeung Min ofsaydda qoldi |
| 42' | ![]() |
Denni Rouz sariq kartochka oldi |
| 41' | ![]() |
"Tottenxem" ketma-ket hujumlar tashkil qilmoqda |
| 40' | ![]() |
Klaudio Bravo o‘ziga yetkazilgan to‘pni tepib yuborish o‘rniga, Son Xeung Minni aldashga kirishdi va to‘pni yo‘qotishiga oz qoldi |
| 38' | ![]() |
GOOOOOOOL! Dele Alli, 2:0! Mezbonlar tezkor qarshi hujum uyushtirishdi. Son Xeung Min jarima maydonchasiga kirayotgan jamoadoshini ko‘rdi va nozik pas berdi. Alli 12 metrdan darvozani aniq nishonga oldi! |
| 35' | ![]() |
Kolarov ofsaydda qoldi |
| 34' | ![]() |
Maydon egalari jarima to‘pini o‘yinga kiritishdi. "Siti" himoyachisi Kolarov uzatmani qaytardi |
| 31' | ![]() |
Serxio Aguero yo‘llagan zarba xavfli bo‘ldi. Lyoris zarbani qaytardi |
| 30' | ![]() |
Viktor Vanyama sariq kartochka oldi. U shundoqqina jarima maydonchasi ostonasida Agueroni qo‘pollik bilan yiqitdi. Darvozagacha 19 metr |
| 29' | ![]() |
Lamela ofsaydda qoldi |
| 28' | ![]() |
Yaxshi vaziyat. Chap qanotdan kelgan uzatmani Silva to‘xtatmasdan jarima maydonchasiga kirayotgan Sterling tomon uzatdi. Rahim darvoza oldiga to‘pni yetkazdi, ammo uni Lyoris egallab oldi |
| 28' | ![]() |
Silvaning uzatmasini Aguero mezbonlar jarima maydonchasi atrofida qabul qildi va zarba berdi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 26' | ![]() |
Jarima maydonchasiga kirgan Sterlingga uzatma berdi. Rahim to‘pni yanada qulayroq pozisiyaga uzatdi, ammo u yerda "shaharliklar"dan hech kim yo‘q edi |
| 22' | ![]() |
Vuuh! Qanotdan yetkazilgan uzatmani Serxio Aguero to‘pni qabul qilish chog‘ida himoyachining oyog‘iga urilib yiqildi. Hakam penalti belgilashga asos topmadi |
| 21' | ![]() |
Vuuuuh! Kristian Erikssen yo‘llagan zarba natijasi to‘p ustundan 20 sm. masofadan o‘tib ketdi! |
| 20' | ![]() |
Otamendi sariq kartochka oldi. Argentinalik futbolchi o‘z jarima maydonchasi yarim aylanasi ichida Dele Allining oyog‘iga xavfli tashlandi va uni yiqitdi |
| 18' | ![]() |
Londonliklar hozircha "Siti"ga erkin o‘ynash imkoniyatini berishmayapti |
| 16' | ![]() |
Lamela jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Sabaleta bosh bilan qaytardi. Jarima maydonchasi tashqarisidan berilgan zarba natijasida to‘p yuqoriga ko‘tarildi va uni Bravo darvoza chizig‘i ustida egallab oldi |
| 15' | ![]() |
Otamendi qanotda to‘pni qo‘li bilan o‘ynadi. Mezbonlar jarima zarbasini tepadi |
| 11' | ![]() |
Vuuuuh! Son chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va o‘tkir burchak ostida zarba berdi. Bravo oyog‘i bilan zarbani qaytardi |
| 9' | ![]() |
GOOOOOOL! Aleksandr Kolarov, avtogol, 1:0! Denni Rouz chap qanotdan uzatma berdi. Darvozabon maydonchasi chizig‘i ustida turgan himoyachi kutilmaganda to‘pni o‘z darvozasi tomon burib yubordi. |
| 8' | ![]() |
Maydon tengkurash, mehmonlar to‘p nazoratini o‘zlari tomon og‘dirishga harakat qilishmoqda |
| 5' | ![]() |
Koreyalik futbolchi o‘yinga kiritgan burchak to‘pini Bravo egallab oldi |
| 5' | ![]() |
Son Xeung Min chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi va burchak to‘pi |
| 4' | ![]() |
VUUUUUUUH! Xesus Navas o‘ng qanotdan yerlatib raqib darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. David Silva 2-3 metrdan to‘pni darvozaga bura olmadi! To‘p uning oyog‘iga tegmay qoldi |
| 1' | ![]() |
Son Xeung Min o‘ng tomondan mehmonlar jarima maydonchasiga kirdi va o‘tkir burchak ostida zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 0' | ![]() |
Qadrli futbol muxlislari! "Tottenxem" va "Manchester Siti" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin boshlanib ketdi |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|