Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
JCH-2018 saralash. Osiyo, 3-bosqich
| «A» guruhi, 3-tur. 6 oktyabr, soat 18:00. Bosh hakam: Benjamin Uilyams (Avstraliya) | ||
O‘ZBEKISTON |
0 : 1 |
ERONJalol Husayniy (27)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
21.Aleksandr Lobanov 2.Egor Krimes 5.Anzur Ismoilov 7.Aziz Haydarov 8.Server Jeparov 10.Sardor Rashidov 11.Igor Sergeev 18.Otabek Shukurov 19.Vitaliy Denisov 20.Islom To‘xtaxo‘jayev 23.Eldor Shomurodov |
12.Alirizo Beyranvand 3.Ehson Hojisafiy 4.Jalol Hussayniy 5.Milod Muhammadiy 6.Said Izzatullohiy 7.Masud Shojaiy 8.Murtazo Puraliganjiy 11.Vohid Amiriy 16.Rizo G‘ujannajod 17.Mehdi Taremiy 23.Ramin Rizoiyyan |
|
| ZAHIRA | ||
|
01.Eldorbek Suyunov 12.Ignatiy Nesterov 03.Azimjon Ahmedov 04.Marat Bikmayev 06.Jasur Hasanov 09.Odil Ahmedov 13.Davronbek Hoshimov 14.Javohir Sohibov 15.Aleksandr Geynrix 16.Stanislav Andreev 17.Jaloliddin Masharipov 22.Jamshid Iskanderov |
01.Alirizo Haqiqiy 22.Muhammad Axboriy 02.Vorya G‘afuriy 09.Umid Ibrohimiy 10.Karim Ansarifard 13.Sorush Rafeiy 14.Andranik Teymuryan 15.Muhammad Ansoriy 18.Alirizo Jahonbaxsh 19.Mahdi To‘rabiy 20.Sardor Azmun 21.Ashkan Dejaga |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Aleksandr Geynrix (56)
Anzur Ismoilov (66) |
||
Matn
| 90+5' | ![]() |
O‘yin yakunlandi! O‘zbekiston - Eron - 0:1! |
| 90+4' | ![]() |
Vuuuuuuh! Lobanov muqarrar goldan qutqardi! Amiriy birga bir vaziyatda gol ura olmadi |
| 90+3' | ![]() |
Masharipov olis masofadan zarba berdi. Noaniq. Ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 90+1' | ![]() |
Masharipov raqib jarima maydonchasiga uzatma berdi. Beyranvand to‘pni egalladiyu, Geynrixning tirsagiga urilib ketdi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shildi |
| 90' | ![]() |
Geynrix ofsaydda qoldi |
| 88' | ![]() |
Anzur Azmunga nisbatan fol ishlatdi |
| 87' | ![]() |
Eronliklar qarshi hujum tashkil qilishdi. Azmun jarima maydonchasi tashqarisidan aniq zarba bera olmadi |
| 86' | ![]() |
Vitaliy bu ishni yana bir marta amalga oshirdi. Anzur havodagi to‘p uchun kurashda yutib chiqdi, ammo to‘p o‘zbekistonliklarga yetib kelmayapti |
| 85' | ![]() |
Denisov autdan to‘pni uloqtirib berdi. Krimes to‘pni bosh bilan sheriklariga yetkazishga urishdi. Himoyachilar to‘pni egallab, uni vaziyatdan uzoqlashtirishdi |
| 83' | ![]() |
Mas’ud Shojaiy o‘rniga Andranik Teymuryan maydonga tushdi |
| 82' | ![]() |
Forslar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. vakillarimiz to‘pni qaytarishdi va shundan so‘ng mehmonlar fol ishlatishdi |
| 81' | ![]() |
Vuuuuh! Eronning xavfli qarshi hujumini Ismoilov bartaraf etdi. |
| 80' | ![]() |
Denisov chap qanotdan uzatma berdi. Beyranvand to‘pni egalladi |
| 78' | ![]() |
Geynrix aylanma zarba berdi, ammo to‘p jonli devorga tegib, yon tomonga ketdi |
| 77' | ![]() |
Vuh! Masharipov shundoqqina jarima maydonchasi burchagida ikki futbolchidan o‘tib ketayotganida forslar fol ishlatishdi. Jarima zarbasida. Vaziyat ichkarida bo‘lganidami?! Geynrix uchun yaxshi vaziyat |
| 76' | ![]() |
Eronda o‘zgarish: Taremiy o‘rniga Alirizo Jahonbaxsh tushdi |
| 76' | ![]() |
Masharipov chap qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berdi. Himoyachi bosh bilan to‘pni qaytarshdi. Shukurov 20 metrlardan kuchli zarba berdi. To‘p himoyachiga tegib qaytdi |
| 74' | ![]() |
Geynrix o‘ng qanotdan jarima to‘pini jarima maydonchasiga yetkazdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi |
| 73' | ![]() |
O‘zbekistonda uchinchi o‘zgarish: Igor Sergeev o‘rniga Marat Bikmayev maydonga tushdi. Bugun Odil Ahmedov o‘ynamaydigan bo‘dji |
| 73' | ![]() |
Haydarov olis masofadan zarba berdi. Noaniq |
| 71' | ![]() |
Tashabbus asta-sekin forslar tomoniga o‘tayotgandek |
| 69' | ![]() |
Qanotdan uloqtirib berilgan to‘pga Puraliganjiy bosh bilan zarba berdi. Noaniq |
| 68' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatmani Haydarov yon tomonga tepib yubordi |
| 67' | ![]() |
Eronliklar hujum tashkil qilib, burchak to‘pi ishlashdi |
| 66' | ![]() |
Anzur Ismoilov sariq kartochka oldi. U ham Xitoyga qarshi o‘yinda maydonga tusha olmaydigan bo‘ldi |
| 64' | ![]() |
O‘zbekiston terma jamoasi ijrosidagi standartlar samarali chiqmayapti |
| 63' | ![]() |
Masharipov o‘ng qanotda Islom bilan kombinasiya tashkil qildi va burchak to‘pi ishladi |
| 63' | ![]() |
Eronda o‘zgarish: Rizo G‘ujannajod o‘rniga Sardor Azmun tushdi |
| 61' | ![]() |
O‘zbekistonda o‘zgarish: Sardor Rashidov o‘rniga Jaloliddin Masharipov tushirildi |
| 61' | ![]() |
Eron ko‘pchilik bo‘lib himoyalanmoqda |
| 59' | ![]() |
Rashidov o‘ng qanotdan raqib jarima maydonchasiga uzatma berdi. Himoyachi to‘pni qaytardi |
| 56' | ![]() |
Aleksandr Geynrix sariq kartochka oldi. Afsus, Xitoyga qarshi bo‘ladigan keyingi o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Hakamga keskin e’tiroz bildirdi Sasha |
| 55' | ![]() |
Geynrix yetkazgan uzatmani Beyranvand egallab oldi |
| 54' | ![]() |
Vitaliy Denisov burchak zarbasi ishladi |
| 52' | ![]() |
Burchak to‘piga Krimes bosh bilan zarba berishga harakat qildi, ammo to‘p undan maydonni tark etdi |
| 52' | ![]() |
O‘ng qanotda To‘xtaxo‘jayevga nisbatan fol ishlatildi. Rashidov to‘pni yetkazib berdi. Burchak to‘pini o‘yinga kiritamiz |
| 51' | ![]() |
Yaxshi vaziyat! To‘xtaxo‘jayev o‘ng qanotdan hujumga o‘tdi va raqib jarima maydonchasiga yerlatib uzatma berdi. To‘p Geynrixgacha biroz yetib kelmadi |
| 50' | ![]() |
Aziz Haydarov 25 metrlardan kuchli xarba berdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 48' | ![]() |
Geynrix yetkazgan uzatmani himoyachi bosh bilan qaytardi |
| 48' | ![]() |
Chap qanotda Denisovga nisbatan fol ishlatildi. Jarima zarbasi tepamiz |
| 47' | ![]() |
G‘ujannajod o‘ng qanotda Denisovdan o‘tib ketib, jarima maydonchasiga kirdi va zarba berdi. Noaniq |
| 46' | ![]() |
To‘p darhol Eron jarima maydonchasi yaqiniga yetkazildi. Sergeev himoyachiga nisbatan fol ishlatdi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| ' | Futbolchilar maydonga chiqib kelishmoqda | |
| 45+4' | ![]() |
Shu paytda Benjamin Uilyamsning hushtagi yangradi va jamoalarni tanaffusga taklif etdi. Hozircha 0:1 hisobida yutqazyapmiz |
| 45+3' | ![]() |
Denisov qanotdan to‘pni uloqtirib berdi. Ismoilov bosh bilan to‘p yo‘nalishini o‘zgartirdi, ammo mehmonlar to‘pni maydon markaziga qaytarishdi |
| 45+1' | ![]() |
Krimes jarima maydonchasiga yetkazgan uzatmani Beyranvand egallab oldi |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi |
| 44' | ![]() |
Denisov chap qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berdi. Vakillarimiz to‘pni o‘zariga bo‘ysundira olishmadi |
| 43' | ![]() |
Geynrix terma jamoa o‘yinini jonlantirishi kerak. Unga nisbatan maydon markazida fol ishlatildi |
| 40' | ![]() |
O‘zbekistonda majburiy o‘zgarish: Server Jeparov o‘rniga Aleksandr Geynrix tushdi. Sardorlik bog‘ichi Sashaga berildi |
| 39' | ![]() |
Server maydonga qaytdiyu, ammo u yana maydonga yotib oldi. Jeparov bahsni davom ettira olmaydigan bo‘ldi |
| 37' | ![]() |
Server Jeparov jarohat olgan ko‘rinadi. Unga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda |
| 36' | ![]() |
Jeparovning uzatmasidan keyin to‘p yuqoriga ko‘tarilmadi, himoyachi bosh bilan to‘pni yon tomonga qaytardi |
| 35' | ![]() |
O‘ng qanotda Rashidovga nisbatan fol ishlatildi |
| 33' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatma hech kimga tegmay maydonni tark etdi |
| 32' | ![]() |
Hojisafiy o‘ng qanotdan hujumga qo‘shildi va to‘pni jarima maydonchasiga yetkazdi. Anzur to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 30' | ![]() |
Endi O‘zbekiston terma jamoasi faollashishga majbur. To‘p ikki marta eronliklar jarima maydonchasiga yetkazildi. Xavfli vaziyat yuzaga kelmadi |
| 27' | ![]() |
GOL! Jalol Husayniy, 0:1! Jojaiy jarimadan yetkazgan uzatmani himoyachi 5 metrdan bosh bilan zarba berib, darvozani ishg‘ol qildi |
| 26' | ![]() |
To‘xtaxo‘jayev raqib futbolchisiga nisbatan fol ishlatdi. Darvozagacha 27 metrlar |
| 24' | ![]() |
Rashidovning uzatmasidan keyin Sergeev jarima maydonchasining chap tomonida to‘pni qabul qildi, ammo himoyachini chalg‘itish chog‘ida to‘pni maydondan chiqarib yubordi |
| 23' | ![]() |
Eron jamoamizga nisbatan yuqori pressingga qo‘llamoqda. Shu bois, jamoamiz kombinasiya tashkil qila olmayapti, hujumga o‘ta olmayapti |
| 20' | ![]() |
Eronliklar ikki marta to‘pni o‘ng qanotdan jarima maydonchamizga yetkazishdi. Dastlab himoyachimiz qaytargan bo‘lsa, takroriy uzatmani Lobanov egallab oldi |
| 17' | ![]() |
Denisov olis masofadan uzatma bilan chap qanotdan oldinga o‘tayotgan Rashidovga uzatma berdi. Darvozabon oldinga chiqdi va to‘pning maydonni tark etishini ta’minladi |
| 16' | ![]() |
Izzatullohiy olis masofadan zarba yo‘lladi. Ancha noaniq |
| ' | ![]() |
O‘yinning dastlabki 15 daqiqasi ortda qoldi. Eron ochiq o‘yin namoyish qilmoqda. |
| 15' | ![]() |
Eron jarima zarbasi tepdi. To‘p jonli devorga tegib qaytdi. |
| 13' | ![]() |
Shomurodov raqib jarima maydonchasi ichidagi Sergeev tomon uzatma berdi. To‘p markaziy himoyachilardan o‘tmadi |
| 12' | ![]() |
Vuuuh! Maydon markazidan berilgan uzatma natijasida Rashidov himoyachidan qochib ketib, darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketishi mumkin edi, ammo himoyachi so‘nggi pallada bir amallab to‘pni qaytarib qoldi |
| 10' | ![]() |
Eronning yana bir xavfli hujumi. Markaziy himoyachilarimiz ham, eronlik hujumchi ham sust hakarat qilishdi va to‘pni Lobanov egallab oldi |
| 9' | ![]() |
Vuuuuh! Darvozamiz oldida xavfli vaziyat! Jarimadan yetkazilgan uzatmani futbolchilarimiz qaytarishdi, ammo to‘p qaytadan jarima maydonchamizga yetkazildi. Haydarov ortda qolib ketgani uchun ofsayd yo‘q edi. G‘uchannajod 5 metrdan to‘pni yerga tushirmasdan tepdi. Noaniq. Xayriyat |
| 7' | ![]() |
Denisov to‘pni raqib jarima maydonchasiga otib berdi, ammo to‘pni mehmonlar egallab, tezkor qarshi hujumga o‘tishga. Jarima maydonchamizga yetkazilgan uzatmaga eronlik futbolchi yeta olmadi, ammo narigi qanotda to‘pni egallagan fors futbolchisiga nisbatan Haydarov fol ishlatdi |
| 6' | ![]() |
Jeparovning uzatmasidan keyin Shomurodov chap qanotdan oldinga o‘tdi va himoyachi to‘pni yon tomonga tepib yubordi. Autdan to‘pni o‘yinga kiritamiz |
| 4' | ![]() |
Eronliklar chap qanotdan hujum tashkil qilishdi. Yerlatib uzatilgan uzatmani Lobanov egallab oldi |
| 1' | ![]() |
Shomurodov chap qanodtan oldinga o‘tdi va olis masofadan zarba berdi. Noaniq |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi! |
| ' | ![]() |
Endi esa navbat O‘zbekiston davlat madhiyasiga! |
| ' | Dastlab Eron madhiyasi yangramoqda | |
| ' | ![]() |
Diqqat, jamoalar maydonga chiqib kelishdi! |
| ' | ![]() |
Samvel Babayan o‘yinga to‘liq tayyor bo‘lmagan Odil Ahmedovni boshlang‘ich tarkibda tushirmadi. Uning o‘rniga Otabek Shukurovni maydonga tushirmoqda. Balki Odil ikkinchi bo‘limda zaxiradan tushirilar. Ko‘ramiz |
| ' | ![]() |
JCH-2018 saralashining 3-bosqichi doirasida O‘zbekiston terma jamoasi Eronni qabul qilmoqda. O‘Yin boshlanishiga taxminan 15 daqiqa qoldi |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|