Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

JCH-2018 saralash. Osiyo, 3-bosqich

«A» guruhi, 4-tur. 11 oktyabr, soat 18:00. Bosh hakam: Xettikamkanamge Perera (Shri Lanka)

O‘ZBEKISTON

Marat Bikmayev (50)
Otabek Shukurov (85)

2 : 0

XITOY

JAMOALAR TARKIBI
21.Aleksandr Lobanov
02.Egor Krimes
07.Aziz Haydarov
09.Odil Ahmedov (S)
08.Server Jeparov
04.Marat Bikmayev
11.Igor Sergeev
13.Davron Hoshimov
19.Vitaliy Denisov
20.Islom To‘xtaxo‘jayev
23.Eldor Shomurodov
  23.Yang Ji
02.Ren Xang
05.Du Vey
06.Feng Siaoting (S)
07.Vu Ley
08.Say Xaikang
11.Xao Junmin
13.Jao Mingjian
14.Sun Ke
18.Gao Lin
19.Jiang Ning
ZAHIRA
01.Eldorbek Suyunov
12.Ignatiy Nesterov
03.Azimjon Ahmedov
06.Jasur Hasanov
10.Sardor Rashidov
14.Javohir Sohibov
16.Stanislav Andreev
17.Jaloliddin Masharipov
18.Otabek Shukurov
22.Jamshid Iskanderov
  01. Yan Junling
04.Jiang Jipeng
09.Yang Su
10.Jang Sije
12.Gu Chao
15.Vu Si
16.Xuang Boven
17.Jang Chengdong
20.Jao Siaobin
21.Yu Xay
22.Jang Yuning
SARIQ KARTOCHKA
Islom To‘xtaxo‘jayev (39)
Server Jeparov (70)
 

Matn

90+4'
G‘ALABA! O‘yin tugadi! O‘zbekiston - Xitoy - 2:0!
90+3'
Sardor Rashidov ofsaydda qoldi
90+1'
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shib berildi
90'
O‘zbekistonda so‘nggi o‘zgarish: Eldor Shomurodov o‘rniga Sardor Rashidov tushirildi
88'
VUUUUUUUUUH!!! Masharipovning jarimadan zarbasi ustunga tegib qaytdi. To‘xtaxo‘jayevning 10 metrdan bergan zarbasini Yang Ji egallab oldi
87'
Du Vey sariq kartochka oldi. U o‘zini aldab, jearima maydonchasiga kirayotgan Shomurodovni yiqitdi
85'
GOOOOOL! GOOOOOOL! GOOOOOOOL! Otabek Shukurov, 2:0! Yarim himoyachining zarbasidan keyin to‘p himoyachining oyog‘iga tegib, o‘z yo‘nalishini o‘zgartirdi va burchakka borib tushdi!!!
85'
Hoshimov o‘ng qanotdan hujumga qo‘shildi va jarima maydonchasi uzatma berdi. Burchak to‘pi ishladik
84'
Olis masofadan yetkazilgan uzatmani Lobanov egallab oldi
83'
Vuuuh! Xitoy terma jamoasining xavfli hujumi.. Xao Jummin uzatmasidan keyin Vu Ley chap tomondan jarima maydonchasiga kirdi va o‘tkir burchak ostida zarba berdi. Lobanov to‘pni egalladi
82'
Shomurodov olis masofadan aniq zarba berdi. To‘p Yang Ji egallab oldi
80'
O‘zbekistonda o‘zgarish: Odil Ahmedov o‘ringa Jaloliddin Masharipov tushdi
79'
Jang Yuning sariq kartochka oldi
78'
Server chap burchakka yaqin joydan darvoza oldiga uzatma berdi. Yang Ji to‘pni egallab oldi
76'
O‘zbekistonlik futbolchilar hozircha to‘liq himoyalanishmoqda. Qarshi hujumdan foydalanishimiz kerak
74'
Xitoy futbolchisi o‘ng qanotdan jarima maydonchamizga uzatma berdi. Islom bosh bilan to‘pni qaytardi
73'
Odil Ahmedovga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda
71'
Jarima maydonchamizga yetkazilgan uzatmani To‘xtaxo‘jayev qaytarib qoldi
70'
Jeparov yetkazgan uzatma yo‘nalishini Krimes bosh bilan o‘zgartirdi va To‘xtaxo‘jayev bosh bilan zarba berdi. Yang Ji to‘pni egallab oldi
70'
Server Jeparov sariq kartochka oldi. U burchak to‘pini tezroq o‘yinga kiritmagani uchun
69'
Xitoyda o‘zgarish: Jiang Ning o‘rniga Xuang Boven tushdi
68'
Terma jamoamiz maydon markazida to‘pni nazorat qilib turishibdi
66'
Vakillarimiz qarshi hujumga o‘tayotganida to‘p hakamning oyog‘iga tegib qoldi. Xitoyliklar bu hujumda burchak to‘pi ishlashdi
64'
Jeparov ofsaydda qoldi
64'
O‘zbekistonda o‘zgarish: Marat Bikmayev o‘rniga Otabek Shukurov tushdi
63'
Ahmedov jarima maydonchasiga yaqinlashib keldi va himoyachini aldab, jarima maydonchasiga kirishga urindi, ammo Odil fol ishlatdi
62'
Shomurodov raqib jarima maydonchasining o‘ng qanotida himoyachilardan o‘tib ketishga urindi, ammo fol ishlatdi
61'
Xitoylik futbolchi ofsaydda qoldi
57'
Ehhhh, Jeparov! Server raqib jarima maydonchasining o‘ng tomonidan himoyachidan to‘pni olib qo‘ydi va o‘zi biroz darvozaga yaqinlashib, o‘tkir burchak ostida kuchli zarba berdi. To‘p birozgina to‘sin ustidan o‘tib ketdi
57'
VUUUUUH Denisoooov! Vitaliyning olis masofadan bergan zarbasidan keyin to‘p to‘singa tegib qaytdi!!!
56'
Vuuuuh! Ajoyib vaziyat! Odilning ajoyib uzatmasidan keyin Bikmayev chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va orqaroqqa uzatma berdi. Shomurodov 16 metrlardan zarba berdi. Noaniq. U to‘pni o‘tkazib yuborganida uning ortidan kelayotgan Jeparov to‘pni egallardi
54'
Vuuh! Xitoyning xavfli hujumi! Raqib futbolchisi jarima maydonchamiz ichida ikki himoyachimizni aldab, zarba berdi. Lobanov to‘pni egallab oldi
53'
VUUUUUUUH! Darvoza ustuni Xitoyni goldan qutqarib qoldi! Ahmedov uzatma qabul qilgan Sergeev 13 metrlardan zarba berdi. To‘p ustunga tegib qaytdi! Takroriy zarba esa noaniq chiqdi
50'
GOOOOOOOOOOL! GOOOOOOOOOL! GOOOOOOOOOOOL! Marat Bikmayev, 1:0!!!! Sergeev raqib himoyachilaridan to‘pni olib qo‘ydi va Shomurodovga uzatma berdi. Eldor chap tomon jarima maydonchasiga kirayotgan Bikmayevga pas berdi. Maratning zarbasidan keyin to‘p olis ustunga tegib, to‘rga borib tushdi
49'
Denisov chap qanotdan olis masofadan zarba berishga urindi shekilli, ancha noaniq bo‘ldi
48'
Ehhhhhh! Maydon markazida to‘pni egallagan Odil, tezda raqib jarima maydonchasiga yaqinlashib, o‘ng tomondan ichkariga kirgan Shomurodovni to‘p bilan ta’minladi. Eldorning darvoza oldiga uzatmasi tez chiqdi va unga 3 nafar futbolchilarimiz yeta olmadi
46'
Jamoamiz qisqa paslar orqali hujum tashkil qilayotganida Sergeev jarima maydonchasi oldida to‘pni darvozaga teskari turgan holda qabul qildiyu, ammo negadir ichkariga kirayotgan sheriklari pas berish o‘rniga, to‘pni ortda olib ketdi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi. Davom etamiz
'
Futbolchilar maydonga qaytishmoqda
'
Birinchi bo‘limda to‘pni nazorat qilish bo‘yicha ustunlik O‘zbekiston tomonida bo‘ldi — 56-44%.
45+2'
Xitoyliklar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Futbolchilarimiz to‘pni egallab oldinga o‘tishayotganida hakam hushtagini chaldi. Tanaffus. Hozircha - 0:0
45'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shildi
45'
Xitoylik futbolchi yon chiziqdan to‘pni jarima maydonchamizga otib berdi. To‘p qaytarildi
41'
Takroriy hujumda Hoshimov o‘ng qanotdan uzatma berdi. Odil bosh bilan zarba berishga urindi. Noaniq
41'
Vuuuuuh! Odil Ahmedov ikki futbolchidan o‘tib ketib, raqib jarima maydonchasiga kirdi va o‘ng oyoqda zarba berdi. To‘p markaziy himoyachilardan o‘tmadi
39'
Islom To‘xtaxo‘jayev sariq kartochka oldi. Maydon markazida qarshi hujumga o‘tayotgan raqib futbolchisiga nisbatan taktik fol ishlatdi
37'
Avvaliga Shomurodov raqib jarima maydonchasi oldida to‘pni oldirib qo‘ygan bo‘lsa, keyingi hujumda Odil ikki futbolchidan o‘tib keta olmadi. Uchinchi hujumda Hoshimov o‘ng qanotdan yetkazgan uzatmani himoyachilar qaytarishdi
35'
Xitoyliklar maydon markazidan jarima to‘pini o‘yinga kiritishdi. To‘p bizning jarima maydonchamiz ichidagi raqib futbolchisidan maydonni tark etdi
32'
Vuuuuuuuh!!!! Terma jamoamizda ajoyib imkoniyat yuzaga keldi. Odil Ahmedov chap qanotda bir himoyachidan o‘tib ketib, jarima maydonchasiga kirdi va Sergeevga uzatma berdi. Igor 6-7 metrdan to‘pni to‘xtatmasdan zarba berdi. Darvozabon esa oyog‘i bilan to‘pni qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.
30'
Yana bir jarima zarbasidan keyin to‘p darvoza tomon yo‘llandi, biroq himoyachilar uni qaytara olishdi
27'
Denisov chap qanotdan to‘pni jarima maydoniga yetkazganida, himoyachilar uni qaytara olishdi
24'
Haydarov uzoq masofadan zarba yo‘lladi, juda noaniq
22'
Bikmayev o‘ng qanotdan jarima maydoniga kirib keldi va zarba yo‘lladi, to‘p noaniq ketdi
20'
Hozircha darvozalarga yo‘llangan zarbalarni ko‘rmadik
19'
Sun Ke jarohat olib maydonni tark etdi, uning o‘rniga Jiang Jipeng tushirildi
15'
Xitoylik futbolchi jarohat oldi, unga yordam ko‘rsatilmoqda
14'
Denisov chap qanotdan to‘pni jarima maydoniga yetkazganida, himoyachilar qaytarishga muvaffaq bo‘lishdi
12'
To‘p nazorati futbolchilarimizga o‘tdi, Xitoy biroz orqaga qaytdi
10'
Xitoyning yana bir hujumini himoyachilarimiz bartaraf etishdi
8'
Terma jamoamiz hujumi qovushmayapti, Xoshimov to‘pni oldinga oshirganida Ahmedov unga ulgurmadi
7'
Xitoyda kichik ustunlik, ular to‘pni nazorat qilmoqda
6'
Xitoyning yana bir burchak zarbasi, yana Lobanov to‘pni qiyinchilik bilan qaytardi
4'
Xitoyning yana bir xavfli hujumida to‘p jarima maydoniga yetkazilganda, himoyachilarimiz qiyinchilik bilan uni qaytara olishdi
3'
Xitoyning burchak zarbasi, qiyin vaziyatda Lobanov to‘pni qaytara oldi
2'
To‘p nazorati hamyurtlarimizda, raqib katta kuch bilan himoyalanmoqda
1'
Dastlabki hujumda Denisov to‘pni jarima maydoniga yetkazdi, himoyachilar qaytarib yuborishdi
0'
O‘yin boshlandi
'
Jamoalar maydonga tushib kelishdi. Har ikkala mamlakat madhiyasi yangramoqda
'
Futbolchilar stadionga chiqish yo‘lakchasida to‘planishmoqda. 2-3 daqiqasidan keyin maydon tomon yurishadi
'
Umid qilamiz, amalga oshirilgan o‘zgarishlar o‘z samarasini beradi va terma jamoamiz bugun o‘z ochkolarini 9taga yetkazib olishadi
'
Server Jeparovning Eronga qarshi o‘yinda olgan jarohati jiddiy bo‘lib chiqmadi va bugun asosiy tarkibda o‘yinni boshlamoqda
'
Nihoyat, to‘rtinchi o‘yinga kelib Samvel Babayan boshlang‘ich tarkibda kichik o‘zgarishlar qildi. Uchta o‘yindan beri o‘zini ko‘rsata olmay kelayotgan Sardor Rashidov bu safar zaxirada qoldi. Uning o‘rnida Marat Bikmayev harakat qiladi. To‘xtaxo‘jayev markaziy himoyaga o‘tkazildi va o‘ng qanotga Davron Hoshimov qo‘yildi.
'
O‘zbekiston va Xitoy terma jamoalari o‘rtasidagi JCH-2018 saralash bahsi boshlanishiga yarim soat vaqt qoldi
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.