Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Angliya Premyer-ligasi-2016/2017

8-tur, 15 oktyabr, soat 16:30. Bosh hakam: Andre Marriner

CHELSI

Diyego Kosta (7)
Eden Azar (33)
Viktor Mozes (80)

3 : 0

LESTER

JAMOALAR TARKIBI
13.Tibo Kurtua (D)
03.Markos Alonso
24.Geri Kexill
30.David Luis
28.Sesar Aspilikueta
07.N’Golo Kante
15.Viktor Mozes
21.Nemanya Matich
10.Eden Azar
11.Pedro Rodriges
19.Diyego Kosta
  01.Kasper Shmeyxel (D)
15.Jeff Shlupp
06.Robert Xut
28.Kristian Fuks
02.Luis Ernandes
05.Ves Morgan
11.Mark Elbrayton
04.Denni Drinkuoter
13.Daniel Amarti
09.Jeymi Vardi
07.Ahmad Musa
ZAHIRA
01.Asmir Begovich (D)
26.Jon Terri
29.Nataniyel Shaloba
34.Ola Eyna
14.Ruben Loftus-Chik
23.Michi Batshuayi
41.Dominik Solanke
  21.Ron Siyeler (D)
17.Denni Simpson
10.Endi King
22.Demaray Grey
23.Leonardo Ulloa
26.Riyod Mahrez
19.Islom Slimani

Matn

90+3'
O‘yin yakunlandi. "Chelsi" yirik hisobda g‘alaba qozondi.
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi
90'
Alonso chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va o‘tkir burchak ostida zarba berdi. Noaniq
87'
O‘yin taqdiri deyarli hal. Jamoalar o‘yinni oxiriga yetkazib qo‘yish uchun o‘ynashmoqda
80'
GOOOOOOL! Viktor Mozes, 3:0! Mozes o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga yaqinlashdi va Shalobaga uzatma berdi. Nataniyel tovoni bilan to‘pni ichkariga uzatdi va Mozes birga bir vaziyatda darvozani ishg‘ol qildi!
78'
Jarima maydonchasi chizig‘i ustida Matich zarba berdi. Rekoshet holatida o‘z yo‘nalishini o‘zgartirgan to‘pni Shmeyxel qaytardi
73'
VUUUUUUUH! Diyego Kosta o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va to‘pni darvozabon maydonchasiga yetkazdi. Shmeyxel to‘pni oyog‘i bilan qaytardi. Kante esa 6-7 metrdan zarba berib, darvozani ishg‘ol qila olmadi. To‘p himoyachining oyog‘idan maydonni tark etdi
64'
VUUUUUH!!! David Luiz o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘yishiga bir baxya qoldi. To‘p ustunga tegib qaytdi!
61'
"Chelsi"ning hujumi. O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani himoyachilar qaytarishdi
57'
VUUUUH! Qarshi hujumda "Chelsi" futbolchisi Mozes yakkama-yakka vaziyatga chiqdi va jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. Shmeyxel zarbani qaytardi
53'
Vardi jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi
52'
Ahmad Musa chap tomondan jarima maydonchasi kirdi va darvoza oldiga uzatma berdi. Kurtua to‘pni egalladi
51'
Sesar Aspilikueta sariq kartochka oldi.
48'
Shlupp chap tomondan jarima maydonchasiga kirdi va Mozesni aldayotganida raqibiga urilib yiqildi. Marriner bu safar ham penalti belgilashga jazm etmadi
46'
Pedro "Lester" jarima maydonchasi ichida zarba bergan paytda to‘p mehmonlar himoyachisi qo‘liga tegib qaytdi. Mariner penalti belgilamadi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+1'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Chelsi" - "Lester" - 2:0. Tanaffus
45'
Ikkinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shildi
41'
Vuuuuh! David Luiz yana jarimadan zarba yo‘lladi. 28 metrlardan berilgan zarba aniq bo‘ldi. Shmeyxel to‘pni musht bilan urib yubordi
39'
Ikkinchi burchak to‘pini Kurtua musht bilan urib yubordi
39'
Mehmonlar ijrosidagi burchak to‘pi natijasida taxlikali vaziyat yuzaga keldi. David Luis to‘pni maydon tashqarisiga burib yubordi
38'
"Lester" futbolchisi o‘ng qanotdan raqib jarima maydonchasiga yerlatib uzatma berdi. Vardi to‘pni darvoza tomon bura olmadi
35'
"Lester"ning hujumi. O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatma natijasida to‘p hech kimga tegmay, maydonni tark etdi
33'
GOOOOOL! Eden Azar, 2:0! Himoyachilarning xatosidan keyin Azar darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi va Shmeyxelni aldab o‘tib, darvozani ishg‘ol qildi!
31'
Alonso chap qanotdan jarima to‘pini darvoza yaqiniga yetkazdi. Morgan bosh bilan to‘pni qaytardi
28'
VUUUUUH! David Luis darvozagacha 25 metrlardan jarima zarbasini yo‘lladi. To‘p ustunga tegib qaytdi!
23'
Londonliklar to‘pni va o‘yinni to‘liq nazorat qilishmoqda. Ranyeri shogirdlari to‘pni egallagandan keyin uni tezda yo‘qotishmoqda
20'
Pedro o‘ng qanotdan uzatma berdi. Havoda to‘p uchun kurashda Azar himoyachiga yutqazdi
19'
Vuuuuh! "Chelsi" to‘pni uzoq vaqt nazorat qilib turdi va Kante jarima maydonchasiga uzatma berdi. Azar darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyat to‘pni yerga tushirmasdan tepishga urindi. To‘p yuqoriga ko‘tarildi va uni Shmeyxel egallab oldi
17'
"Lester" futbolchisi chap qanotdan darvoza yaqiniga havodan uzatma berdi. Kurtua to‘pni egallab oldi
13'
Burchak to‘pini mehmonlar qaytarishdi
13'
Alonso chap qanotdan hujumga qo‘shildi va to‘pni raqib jarima maydonchasiga yetkazdi. "Tulkilar" himoyachisi to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
10'
"Chelsi" yana bir burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Bu safar vaziyat zarbagacha yetib bormadi
7'
GOOOOOOL! Diyego Kosta, 1:0! Burchakdan yetkazilgan uzatmani Matich oyog‘i bilan biroz burdi va to‘p Diago Kostaga kelib tushdi. Hujumchi yaqin masofadan zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi!
6'
Xavfli vaziyat! Mozes o‘ng qanotdan uzatma berdi. To‘p himoyachining oyog‘iga tegdi va yaqin burchak tomon yo‘l oldi. Shmeyxel to‘pni maydon tashqarisiga burib yubordi
5'
Azar bir futbolchidan o‘tib ketdi va 18 metrlardan zarba berdi. Ancha noaniq
1'
"Chelsi" ko‘k, "Lester" qizil rangli formada o‘ynamoqda
0'
Angliya Premyer-ligasining 8-turi doirasida "Lester" va "Chelsi" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin boshlandi!
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.