Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Ispaniya kubogi. Yarim final, javob o‘yini

12 fevral, soat 01:00

ATLETIKO

0 : 2

REAL MADRID

Ronaldu (7-pen., 16-pen.)
JAMOALAR TARKIBI
1.Daniel Aransubiya
22.Emiliano Insua
12.Tobi Alderveyreld
17.Xavi Mankilyo
23.Juan Miranda
6.Xorxe Koke
11.Kristian Rodriges
8.Raul Garsiya
24.Xose Sosa
4.Mario Suares
21.Diyego da Kunya
  1.Iker Kasilyas
17.Alvaro Arbeloa
15.Daniel Karvaxal
2.Rafayel Varan
4.Serxio Ramos
24.Asyer Ilyaramendi
19.Luka Modrich
7.Krishtianu Ronaldu
11.Garet Beyl
14.Xabi Alonso
23.Isko Suares
ZAHIRA
18.Xose Ximenes
14.Gabi Fernandes
20.Xuanfran Torres
15.Jozua Gilavogi
10.Arda Turan
7.Lopes Adrian
41.Ndoye Momar
  25.Diyego Lopes
3.Kepler Pepe
18.Xose Nacho
22.Anxel Di Mariya
16.Karlos Kazemiro
20.Xese Rodriges
9.Karim Benzema

Matn

'
E’tiboringiz uchun rahmat!
'
Katta ehtimol bilan finalda "El-klassiko"ga guvoh bo‘lsak kerak
'
Ertaga bo‘ladigan "Real Sosyedad" va "Barselona" o‘rtasidagi bahsdan keyin ikkinchi finalchi nomini bilib olamiz
'
Javob uchrashuvi taqdirini Ronaldu penaltidan kiritgan 2ta to‘pi hal qildi. "Atletiko" esa ikki o‘yinda "Real" darvozasiga yo‘l topa olmadi
90+2'
Undiano Malyenko final xushtagini chaldi va "Real" jamoasining rasman Kopa del Rey - Ispaniya kubogi finaliga chiqqanini ma’lum qildi
90+1'
Ikkinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi... Bir tomondan ortiqcha vaqtga hojat yo‘q. Axir ikki o‘yin natijasi 0:5...
90'
Asosiy vaqt so‘ngida mezbonlar hujumi samarasiz chiqdi
87'
Varanga nisbatan qoida buzildi. Umuman olganda, bugungi o‘yin dastlabkisiga nisbatan ancha "osoyishta" o‘tdi. Raqiblar bir-birlariga nisbatan hurmat bilan yondashishdi
84'
Ular buni uddalashlari mumkin edi, ammo Kasilyas bunga yo‘l qo‘ymadi. Xose Sosa shundoqqina jarima maydonchasi chizig‘i ustida kuchli zarba yo‘llashga muvaffaq bo‘ldi. Ammo yuqori burchakka kirib borayotgan to‘pni Kasilyas maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
84'
Mezbonlar ixtiyorida esa hech bo‘lmaganda bitta gol urish uchun 6 daqiqa vaqt qolmoqda
83'
Anchelotti jamoasi to‘pni nazorat qilmoqda
81'
"Real" jarima zarbasini o‘yinga kiritdi. Alonsoning jarima maydonchasiga yetkazgan to‘pini mezbon himoyachilari qaytarishdi
80'
Miranda Xesening yuziga tirsagi bilan urgani uchun ogohlantirildi
75'
"Atletiko" hisobni qisqartirishiga bir bahya qoldi. Rodriges o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazib berdi. Mario Suares bosh bilan bergan zarba esa darvoza to‘sini ustidan o‘tib ketdi
75'
Ronaldu mana endi maydonni tark etdi. Uning o‘rniga Xese Rodriges maydonga tushdi
74'
Vux!!! Qarshi xujum natijasida Ronaldu raqib jarima maydonchasi ichida to‘pni ko‘kragida qaytarish bilan birga darvozabon qarshisida yolg‘iz qoldi va o‘tkir burchak ostida zarba berdi. Darvozabon to‘pni qaytarib qoldi!!!
74'
Mehmonlar to‘pni o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga yetkazib berishdi. Bu yerda hujumchilardan biri to‘pni ko‘kragi bilan qaytardiyu, ammo uni oyog‘i bilan qayta ishlash jarayonida raqibga oldirib qo‘ydi
71'
Mezbonlar muxlislari o‘z jamoalaridan hech bo‘lmasa bitta gol kutishayotganini translyasiya rejissyori ularning nigohlarini ko‘rsatish orqali namoyish qilmoqda
70'
"Atletiko" mehmonlar mudofaasini yorib o‘ta olmayapti
67'
Modrich o‘rniga maydonda Karlos Kazemiro paydo bo‘ldi.
64'
Mezbonlar darvozasi tomon jarima zarbasi belgilandi. Beyl to‘pni yaqin burchakka aylantirdi. Aransubiya to‘pni mushtlari bilan maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Burchak to‘pi bizga xavfli vaziyatni tortiq etmadi.
62'
To‘p bilan ko‘proq matraschilar muomala qilishmoqda. Endi "Real"da qarshi hujumdan foydalanish imkoniyati bor. Ronaldu burchak to‘pi ishladi
60'
"Atletiko" safida uchinchi o‘zgarish yuz berdi. Raul Garsiya maydonni tark etdi. Uning o‘rniga Gabi Fernandes tushirildi
55'
Uzr so‘raymiz, Nacho Ronaldu o‘rniga emas, Serxio Ramos o‘rniga maydonda paydo bo‘lgan ekan. Krishtianu maydonda
54'
Isko mezbonlar jarima maydonchasi ichida yiqildi, ammo bu penaltiga tortmasdi
51'
Simeone shogirdlari o‘yindagi ikkinchi burchak to‘pini amalga oshirishdi. Yaqin burchakka uzatilgan to‘pini Varan bosh bilan qaytardi.
46'
Ikkinchi bo‘lim boshida mezbonlar safida 2ta, mehmonlarda bitta o‘zgarish amalga oshirildi. Jarohat olgan Mankilyo maydonga tushmadi. Uning o‘rniga Xuanfran o‘yinni davom ettiradi. Shuningdek, "Atletiko" safida Diyego o‘rniga Adrian maydonda paydo bo‘ldi. "Real"da esa Ronaldu o‘rniga o‘yinni Nacho davom ettiradi.
47'
"Real" jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Jarima maydonchasi ichida qoida buzilgani uchun o‘yin to‘xtatildi
46'
IKKINCHI BO‘LIM BOSHLANDI! Uni "Atletiko" boshlab berdi
'
Birinchi bo‘limdan keyin futbolchilar kiyinish xonasiga yo‘l olishayotganda, muxlislar tomonidan uloqtirilgan sariq rangli buyum Ronalduning boshiga kelib tegibdi!
45'
Hakam birinchi bo‘limga kompensasiya vaqti qo‘shib bermadi. Tanaffus
44'
Boshi bilan tikka yiqilgan Mankilyoga tibbiy yordam ko‘rsatildi. Bo‘yni og‘rib qoldi. Tanaffus u almashtirilsa ham ajabmas
44'
Ay-yay-yay... Juda xunuk holat yuzaga keldi. Ronaldu va "Atletiko" futbolchisi to‘p uchun baravar sakrashdi. Natijada mezbon jamoa futbolchisi havoda salto tarzida aylanib, boshi bilan yerga tikka tushdi.... Krishtianu ogohlantirildi
44'
Mezbonlar jarima to‘pini naf chiqara olishmadi, garchi to‘pni Kasilyas qo‘lidan chiqarib yuborgan bo‘lsa-da!
43'
Arbeloa o‘z jarima maydonchasi ostonasida raqib hujumchisiga nisbatan qoida buzgani uchun ogohlantirildi
40'
Mehmonlar to‘pni to‘g‘ridan-to‘g‘ri jarima maydonchasiga yetkazmasdan, kombinasiya tashkil qilishdi. Ronaldu jarima maydonchasi ichida himoyachiga nisbatan qoida buzdi
40'
Chap qanotda Ronalduga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. Standart!
38'
Mezbonlar "Real" himoyachilarining "sovg‘a"sidan foydalana olishmadi! Adashmasak, Varan jarima maydonchasi atrofida to‘pni raqibga berib qo‘ydi. "Matraschilar" hujumchisining jarima maydonchasi ichida, o‘tkir burchak ostida yo‘llagan zarbasi darvoza to‘sini ustidan o‘tib ketdi
37'
"Atletiko" jarima zarbasini amalga oshirdi. "Real" muammosiz vaziyatdan chiqib ketdi
35'
Varan o‘z jarima maydonchasi ichida avval to‘pni tepib yubordiyu, keyin to‘p ortidan yugurib kelayotgan hujumchini tepib yiqitdi. Hakam esa penalti belgilamadi. Boisi, birinchidan Varan to‘pga o‘ynadi, ikkinchidan ataylab qilmadi
34'
Simeone shogirdlari o‘yinni asta-sekin maydonning ikkinchi tomoniga ko‘chirishmoqda. Bu yaxshi. O‘yinning qiziqarli bo‘lishini ta’minlaydi
32'
"Atletiko"ning navbatdagi hujumi qanot bo‘ylab tashkil etildi va to‘p jarima maydonchasiga yetkazilgan paytda hujumchi ofsaydda qoldi deb topildi
31'
Ancha vaqtdan beri ilk marta to‘p "Real" darvozasi atrofida ko‘rinish berdi. Hujum esa juda ham noaniq zarba bilan yakunlandi
30'
Beyl jarima maydonchasiga kirib borgan Ronalduga to‘pni yetkazgandi. Krishtiga biroz bo‘sh zona yetishmadi va u to‘pni yo‘qotdi
26'
Eslatib o‘tamiz, ertaga tunda, soat 01:00da "Real Sosyedad" va "Barselona" jamoalari o‘rtasida ikkinchi yarim final bahsi bo‘lib o‘tadi. Dastlabki o‘yinda kataloniyaliklar 2:0 hisobida g‘alaba qozonishgandi. Ushbu o‘yinni va APLning yana bir uchrashuvi saytimiz orqali matnli translyasiya qilinadi.
26'
Atletiko" o‘ziga to‘p kelishini poylab charchasa kerak bunaqada
25'
"Real" Gvardiola paytidagi "Barsa"ga o‘xshab ketmoqda
23'
Maydon egalari pressing qo‘llamay qo‘yishdi. Muxlislar esa bundan norozi
22'
Anchelotti jamoasi to‘pni juda yaxshi nazorat qilmoqda. To‘pni qadrlamoqda desak to‘g‘ri bo‘lar
20'
Mezbonlar hafsalasi biroz pir bo‘ldi
17'
Bu safar "Atletiko" himoyachilari o‘z jarima maydonchalari ichida Beylni chalib yiqitishdi. Hakamga e’tiroz yo‘q.
16'
Yana penalti va yana Ronaldu! Futzalda dabl-penalti degan mavjud bo‘lsa, Krishtianudan "dubl-penalti"!
16'
Goooooooooooooooooolllll!
12'
Qirollik klubiga omad kulib boqdi hozirgi daqiqada...
12'
Vuuuuxxxx! "Atletiko"ning ilk xavfli hujumi oqibatida to‘p darvoza ustuniga tegib qaytdi!!! Iker Kasilyas to‘pni qaytara olmagandi!
11'
To‘p hamon maydonning mezbonlar qismida ko‘proq bo‘lmoqda
10'
Hozirchi "matraschilar" hech narsa qila olishmayapti
9'
Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, hisob 0:4ga yetdi...
7'
Albatta, 11 metrli nuqtadan Ronaldu xato qilmadi. Darvozabon to‘p yo‘nalishini topdi, ammo zarbani qaytara olmadi!
7'
Gooooooool!!!!!
6'
"Atletiko" darvozasi tomon penalti belgilandi! HImoyachi Ronaldu jarima maydonchasi ichida ortidan tepib yiqitdi!
5'
To‘p nazoratidagi kichik ustunlik "Real" tomonida
3'
"Real" jarima zarbasini ishladi. Alonso to‘pni jarima maydonchasiga yetkazib berdi. Beyl bosh bilan uni darvoza tomon burishga harakat qildi. Biroz noaniq
1'
UCHRASHUV BOSHLANDI!
'
Xullas, qiziqarli o‘tishi kutilayotgan o‘yin boshlanish arafasida
'
La-ligada 3ta o‘yinga (1tasini o‘tab bo‘ldi) diskvalifikasiya qilingan Ronaldu, bugun asosiy tarkibda. Shu orqali o‘yin amaliyotini yo‘qotib qo‘ymaslikka harakat qiladi portugaliyalik futbolchi
'
Yana shuni ham unutmaslik kerakki, Diyego Simeone shogirdlari 3 kun avval La-liganing 23-turi doirasida "Almeriya" darvozasiga yo‘l topa olishmadi. Ikkita ketma-ket muvaffaqiyatsiz o‘yindan keyin bosh murabbiy shogirdlarini bugungi o‘yinga "nastroy", Hasanali otaning ta’biri bilan aytganda, uchrashuvga chog‘lay olganmikin? Besh daqiqadan keyin boshlanadigan o‘yinda buni bilib olamiz
'
Albatta, bir hafta oldin "Santyago Bernabeu" stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yin Anchelotti shogirdlari final masalasini 90 foizga hal qilishgan. Ammo o‘yin natijasidan qat’i nazar, bu - derbi.
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Qishning sovuq kunlarida Madriddagi "qaynoq" o‘yinga sizlarni taklif etamiz
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.