Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
La liga 2016/17
| 8-tur, 15.10.2016, soat 23:45. Bosh hakam: Xil Mansano (Don-Benito) | ||
BETISSexudo (55)
|
1 : 6 |
REAL MADRIDVaran (4)
Benzema (31) Marselo (39) Isko (45,62) Ronaldu (78) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
13. Adan (D) 20. Jerman Pessella 14. Riza Durmisi 23. Aissa Mandi 12. Kristiano Pichchini 22. Darko Brashanas 17. Xoakin 05. Petros 08. Jonas Martin 24. Ruben Kastro 19. Aleks Alegriya |
01. Keylor Navas (D) 05. Rafayel Varan 03. Pepe 02. Daniel Karvaxal 12. Marselo 16. Mateo Kovachich 22. Isko 08. Toni Kroos 11. Garet Beyl 07. Krishtianu Ronaldu 09. Karim Benzema |
|
| ZAHIRA | ||
|
01. Daniel Ximenes (D) 15. Rayan Donk 07. Sharli Musonda 10. Daniel Sebalyos 16. Sexudo 18. Roman Zozulya 09. Antonio Sanabria |
13. Kiko Kasilya (G) 06. Nacho 23. Danilo 17. Lukas Vaskes 20. Marko Asensio 18. Mariano Dias 21. Alvaro Morata |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Pessella (50)
Zozulya (78) |
Isko (42)
|
|
Matn
| 90+2' | ![]() |
O‘yin tugadi, e’tiboringiz uchun rahmat! |
| 90' | ![]() |
2 daqiqa qo‘shib berildi |
| 89' | ![]() |
So‘nggi daqiqalar xotirjam o‘tmoqda |
| 86' | ![]() |
Ronaldu jarima maydoniga yorib kirib zarba yo‘lladi, juda noaniq |
| 82' | ![]() |
Betis hujum qilmoqda, biroq vaziyat zarbagacha yetib bormayapti |
| 80' | ![]() |
Kastro jarima zarbasini yaxshi amalga oshira olmadi, uning zarbasi jonli devorga tegib qaytdi |
| 78' | ![]() |
Morata ajoyib to‘p oshirish orqali Ronalduni darvozabon bilan yuzma-yuz chiqardi. Bunday qulay vaziyatni hujumchi qo‘ldan boy bermadi! |
| 78' | ![]() |
GOOOL!!! Ronaldu!!! |
| 78' | ![]() |
Zozulya ogohlantirildi |
| 76' | ![]() |
Ronaldu jarima zarbasidan to‘pni darvoza tomon yo‘lladi, u jonli devorga tegib qaytdi |
| 75' | ![]() |
Benzema o‘rniga Morata tushirildi |
| 75' | O‘yin surati biroz pasaydi | |
| 71' | ![]() |
Ronaldu jarima maydoni ichidan zarba yo‘lladi, Adan qiyinchilik bilan to‘pni qaytara oldi |
| 69' | ![]() |
Ronaldu va Benzema chiroyli kombinasiya orqali golli hujum uyushtirmoqchi edi, biroq himoyachilar to‘pni qaytara olishdi |
| 67' | ![]() |
Martin o‘rniga Sebalyos tushirildi |
| 66' | ![]() |
Sexudo jarima maydoni ichiga kirib keldi va zarba yo‘lladi, juda noaniq |
| 65' | ![]() |
Kovachich o‘rniga Lukas Vaskes tushirildi |
| 62' | ![]() |
Ronaldu to‘pni jarima maydoni ichiga Benzemaga oshirganida, u to‘pga ulgurmadi. Biroq chap qanotdan jarima maydoniga kirib kelgan Isko uni egallab oldi va darvozaning uzoq burchagiga aniq yo‘lladi! Juda chiroyli gol! |
| 62' | ![]() |
GOOOL!!! Isko!!! |
| 61' | ![]() |
Kastro jarima maydoni ichida zarba yo‘lladi, himoyachilar to‘pni to‘sib qolishdi |
| 60' | ![]() |
Tashabbus mezbonlarga o‘tdi, ular faol hujum tashkil qilmoqda |
| 57' | ![]() |
Betisning hujumlari davom etmoqda, Real qiyinchilik bilan himoyalanyapti |
| 55' | ![]() |
Sexuda darvozabon bilan yuzma-yuz chiqdi va osonlik bilan gol urdi! |
| 55' | ![]() |
GOOOL!!! Sexudo!!! |
| 55' | ![]() |
Betis juda faol o‘ynamoqda, jamoa vaziyatni o‘nglashga harakat qilmoqda |
| 53' | Darvoza tomon yo‘llangan aniq zarbalar soni - 0-8 | |
| 52' | ![]() |
Xoakin darvozabon bilan yuzma-yuz chiqib zarba yo‘lladi, to‘p darvoza ustuni yonginasidan o‘tib ketdi |
| 50' | ![]() |
Pessella ogohlantirildi |
| 50' | ![]() |
Xoakin bo‘sh qolgan darvozaga gol urolmadi. Pichchini o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydoniga yetkazganida, Navas uni egallab olomadi, natijada Xoakin hisobni qisqartirishi mumkin edi |
| 49' | ![]() |
Brashanas o‘rniga Sexudo tushirildi |
| 49' | ![]() |
Alegriya o‘rniga Zozulya tushirildi |
| 48' | ![]() |
Mezbonlar to‘pni nazorat qilishga urinmoqda, biroq Real ham faol o‘ynamoqda |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘lim tugadi, biroz dam olamiz |
| 45' | ![]() |
Qarshi hujumda Ronaldu to‘pni jarima maydoniga oshirdi. O‘ng qanotdan kirib kelgan Beyl to‘pni markazga, Iskoga yetkazdi. U esa yaqin masofdan bo‘sh qolgan darvozani aniq nishonga oldi. Juda chiroyli kombinasiya! |
| 45' | ![]() |
GOOOL!!! Isko!!! |
| 44' | ![]() |
Pichchini o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydoniga yetkazganida Kastro uni darvozaga yo‘llay olmadi |
| 42' | ![]() |
Raqibiga oyog‘i bilan zarba bergani uchun Isko ogohlantirildi |
| 40' | ![]() |
Betis himoyada qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ymoqda. natijada raqib birinchi bo‘limdayoq yirik hisobda oldinga o‘tib oldi |
| 39' | ![]() |
Benzema uzoq masofadan zarba yo‘lladi, to‘p himoyachiga tegdi va jarima maydonida e’tiborsiz qoldirilgan Marseloga kelib tushdi. U esa yaqin masofadan darvozani aniq nishonga oldi! |
| 39' | ![]() |
GOOOL!!! Marselo!!! |
| 37' | ![]() |
Real to‘pni nazorat qilmoqda |
| 35' | ![]() |
Pichchini uzoq masofadan zarba yo‘llaganida, to‘p darvozaning uzoq burchagi yonidan o‘tib ketdi. Betis hisobni qisqartirishi mumkin edi |
| 33' | ![]() |
Real hujum qilishda davom etmoqda. Marselo jarima maydoniga yorib kirib, zarba yo‘llaganida, Adan to‘pni oyoqlari bilan qaytara oldi |
| 31' | ![]() |
Kroos to‘pni Benzamaga yetkazdi, u esa chap qanotdan jarima maydoniga kirib bordi va yaqin masofadan darvozani aniq nishonga oldi! |
| 31' | ![]() |
GOOOL!!! Benzema!!! |
| 30' | ![]() |
Ruben Kastro uzoq masofadan zarba yo‘lladi, to‘p darvoza ustuni yonginasidan o‘tib ketdi |
| 28' | ![]() |
Beyl uzoq masofadan zarba yo‘lladi,ammo himoyachilar to‘pni to‘sib qolishdi |
| 26' | ![]() |
Ronaldu bir harakatda himoyachini ortda qoldirdi va uzoq masofadan zarba yo‘lladi, ammo Adan to‘pni osonlik bilan ushlab oldi |
| 24' | ![]() |
Real ishonchli tarzda to‘pni nazorat qilmoqda |
| 22' | ![]() |
Ronaldu yana bir imkoniyatga ega bo‘ldi. Isko to‘pni jarima maydoniga oshirganida, u yaqin masofadan darvozani ishg‘ol etolmadi |
| 20' | ![]() |
Mezbonlarning birinchi zarbasi. Kastro uzoq masofadan to‘pni darvoza tomon tepganida, juda noaniq ketdi |
| 19' | ![]() |
Real o‘yinda katta tashabbusga ega bo‘lmoqda |
| 17' | ![]() |
Ronaldu chap qanotdan to‘pni jarima maydoniga oshirdi, Adan uni osonlik bilan egallab oldi |
| 15' | ![]() |
Real yana bir imkoniyatni yo‘qqa chiqardi. Marselo to‘pni jarima maydoniga yetkazganida Beyl yaqin masofadan zarba yo‘lladi, biroq Adan to‘pni qaytarishga ulgurdi |
| 13' | ![]() |
Realning burchak zarbasi, marselo to‘pni jarima maydoniga yetkazdi, ammo himoyachilar uni qaytara olishdi |
| 11' | ![]() |
Kovachich darvozabon bilan yuzma-yuz chiqib bordi, biroq himoyachi uning oyog‘i ostidan to‘pni tepib yuborishga ulgurdi |
| 9' | ![]() |
Betisning xavfli hujumi! Pichchini o‘ng qanotdan jarima maydoniga yorib kirdi, biroq Marselo to‘pni qaytarishga muvaffaq bo‘ldi |
| 7' | ![]() |
Real hisobni oshirishi mumkin edi. Kovachich to‘pni jarima maydoniga yetkazganida, Ronaldu yaqin masofadan darvozani aniq nishonga ololmadi. To‘p maydon tashqarisiga chiqib ketdi |
| 6' | ![]() |
Mezbonlarning hujumi zarbagacha yetib bormadi |
| 4' | ![]() |
Kroos chap qanotda belgilangan jarima zarbasidan to‘pni jarima maydoniga oshirganida, himoyachilardan baland sakragan Varan boshi bilan uni darvozaning uzoq burchagiga aniq yo‘lladi |
| 4' | ![]() |
GOOOL!!! Varan!!! |
| 2' | ![]() |
Ronaldu chap qanotda jarima zarbasi ishlab oldi |
| 1' | ![]() |
Real maydon markazida to‘pni nazorat qilmoqda |
| 0' | ![]() |
O‘yin boshlandi |
| ' | Jamoalar maydonga tushib kelmoqda | |
| ' | Sizlarni Betis - Real Madrid o‘yinini biz bilan onlayn kuzatib borishga taklif qilamiz | |
| ' | Assalomu alaykum, muhtaram futbol muxlislari |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|