Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Yoshlar (U19) o‘rtasida Osiyo chempionati
| «D» guruhi, 2-tur. 18 oktyabr, soat 21:30. Bosh hakam: Ammar Ali al-Jneybiy (BAA) | ||
AVSTRALIYaLiam Yulley (64-penalti)
Jorj Blekvud (90+4-penalti) |
2 : 3 |
O‘ZBEKISTONBobur Abduxoliqov (28)
Doston Ibragimov (40, 46) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
12.Tom Glover (D) 02.Villiam Mutch 04.Tomas Deng (S) 05.Jekson Bandeyra 06.Liam Rouz 08.Mario Shabou 13.Jorj Blekvud 14.Jozef Champnes 16.Stiv Kuzmanovski 19.Jorj Xristos 23.Liam Yulley |
01.Umidjon Hamroyev (D) 03.Hojiakbar Alijonov 04.Islomjon Qobilov (S) 05.Xushnudbek Avilov 06.Azizjon G‘aniyev 09.Jasurbek Yaxshiboyev 11.Bobur Abduxoliqov 14.Sharof Muhiddinov 15.Oybek Rustamov 16.Jamshid Yusupov 19.Doston Ibragimov |
|
| ZAHIRA | ||
|
01.Daniyel Margush (D) 18.Jasmin Keranovich (D) 03.Lachlan Skott 07.Reno Piskopo 09.Jayden Prasad 10.Kalik Antoni 11.Konnor O'Tule 15.Patrik Flottmann 17.Tariq Mayya 20.Josh Xoup 21.Jeyk Villiam 22.Kenu Bakkus |
12.Umidjon Ergashev (D) 21.Shohruxjon Raimov (D) 02.Azizbek Suyunov 07.Sanjar Qodirqulov 08.Saidjamol Davlatjonov 10.Suhrob Nurulloyev 13.Javohir Esonqulov 18.Shohrux Mahmudhojiyev 22.Begzod G‘anijonov 23.Nurillo To‘xtasinov |
|
| QIZIL KARTOCHKA | ||
|
Islomjon Qobilov (56)
|
||
Matn
| 90+5' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. Avstraliya - O‘zbekiston - 2:3! Terma jamoamiz o‘z guruhida 1-o‘rin bilan muddatidan avval chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi |
| 90+3' | ![]() |
GOL! Jorj Blekvud, 2:3! |
| 90+3' | ![]() |
BAAlik hakam yana darvozamiz tomon penalti belgiladi |
| 90+2' | ![]() |
Azizjon G‘aniyev sariq kartochka oldi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shildi |
| 90' | ![]() |
Alijonovga maydon chetida tibbiy yordam ko‘rsatilyapti |
| 89' | ![]() |
Tariq Mayya sariq kartochka oldi |
| 86' | ![]() |
Vaqtni cho‘zgani uchun Umidjon Hamroyev sariq kartochka oldi |
| 85' | ![]() |
Avstraliya burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Hamroyev musht bilan to‘pni urib yubordi |
| 84' | ![]() |
O‘zbekistonda o‘zgarish: Jasurbek Yaxshiboyev o‘rniga Saidjamol Davlatjonov maydonga tushdi |
| 83' | ![]() |
Yaxshiboyev yo charchadi, yoki jarohat oldi, unga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda |
| 81' | ![]() |
O‘zbekistonda o‘zgarish: Doston Ibragimov o‘rniga Shohrux Mahmudhojiyev tushirildi |
| 80' | ![]() |
Ibragimov darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqdi va Glover bilan to‘qnashib ketdi. Unga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda |
| 77' | ![]() |
Jamoamiz yaxshi himoyalanmoqda |
| 75' | ![]() |
Raqibimiz yana bir burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Bandeyra jarima maydonchasi burchagidan noaniq zarba yo‘lladi |
| 72' | ![]() |
Olisdan yo‘llangan zarba natijasida to‘p rekoshet holatida ustun yonidan o‘tib ketdi. Avstraliya burchak to‘pi tepadi |
| 71' | ![]() |
Ehhh, Ibragimov sal tezroq uzatma berganida, Yaxshiboyev birga bir vaziyatga chiqib ketardi |
| 70' | ![]() |
Raqiblarning xatosidan keyin Muhiddinov to‘pni egallab oldi va 18 metrlardan zarba berdi. To‘p himoyachiga tegib qaytdi |
| 69' | ![]() |
O‘zbekistonda o‘zgarish: Bobur Abduxoliqov o‘rniga Javohir Esonqulov tushirildi |
| 68' | ![]() |
Yaxshiboyev bir o‘zi oldinga bordi va burchak to‘pi ishladi |
| 67' | ![]() |
Avstraliyada o‘zgarish: Jord Xristos Timotu o‘rniga Tariq Mayya tushdi |
| 66' | ![]() |
Chap qanotdan yetkazilgan uzatmani Hamroyev egallab oldi |
| 64' | ![]() |
GOL! Liam Yulley, 1:3! |
| 63' | ![]() |
Darvozamiz tomon penalti belgilandi. Antoni jarima maydonchamiz ichida yiqilishni o‘xshatdi. Azizjon G‘aniyev uning yelkasi qo‘lini qo‘yishi bilan futbolchini o‘zini tashlab yubordi |
| 62' | ![]() |
Antoni jarima zarbasini tepdi. Tp jonli devorga tegib qaytdi |
| 60' | ![]() |
Avilov zambilda maydondan olib chiqib ketildi |
| 58' | ![]() |
Chempnes Hamroyevga nisbatan xavfli tashlandi |
| 57' | ![]() |
Avstraliyaliklar jarimadan yetkazgan uzatmani futbolchilarimiz bartaraf etishdi |
| 56' | ![]() |
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi sardori Islomjon Qobilov ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni tark etdi |
| 54' | ![]() |
Yaxshiboyev yana o‘z qanotidan jarima maydonchasiga kirdi va darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Glover to‘pni egallab oldi |
| 53' | ![]() |
Jorj Blekvud darvozabonimizga nisbatan fol ishlatdi |
| 47' | ![]() |
Jarimadan yetkazilgan uzatmaga avstraliyalik futbolchi bosh bilan zarba berdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 46' | ![]() |
GOOOOOOOOOL! Doston Ibragimov, 0:3! Yaxshiboyev Neymar uslubida pas berib, jarima maydonchasidagi Abduxoliqovga uzatma berdi. Boburning zarbasi himoyachiga tegib qaytadi. Ibragimov esa 10 metrlardan kuchli zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45+3' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Tanaffus. Hozircha 2-0 hisobida oldindamiz |
| 45+2' | ![]() |
Jarima zarbasi xavfli bo‘ldi. Bandeyra yo‘llagan zarba natijasida to‘p yaqin ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 45+1' | ![]() |
Islomjon Qobilov sariq kartochka oldi |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi |
| 44' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Prasad bosh bilan zarba berdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 43' | ![]() |
Avstraliya burchak to‘pi ishladi. Zarbani o‘ziga qabul qilgan Alijonovga tibbiy yordam ko‘rsatilishi kerak |
| 42' | ![]() |
Azizjon G‘aniyev negadir bu safar ham chap qanotda belgilangan jarima to‘pini to‘g‘ri darvoza tomon tepdi. Glover to‘pni egallab oldi |
| 40' | ![]() |
GOOOOOOOOL! Doston Ibragimov, 0:2! Yaxshiboyev o‘ng qanotdan jarima maydonchasi kirdi va sheriklariga uzatma berdi. Abduxoliqov to‘pni ataylab o‘tkazib yubordi va Ibragimov 14 metrlardan zarba berib, darvozani ishg‘ol qildi |
| 39' | ![]() |
Avstraliyaliklar jarima to‘pini jarima maydonchamizag yetkazishdi. Futbolchilarimiz xavfni bartaraf etishdi |
| 36' | ![]() |
Vuuuuuh! Jarimadan yetkazilgan uzatma Dengga kelib tushdi. Raqib sardori zarba berishga ulgurmadi, Hamroyev to‘pni egallab oldi |
| 35' | ![]() |
Avilov o‘z jarima maydonchamiz yon tomonida Champnesga nisbatan fol ishlatdi |
| 34' | ![]() |
Ehhhh, Abduxoliqov! Muhiddinov raqibdan to‘pni olib qo‘ydi va jarima maydonchasiga kirayotgan "Nasaf" hujumchisiga uzatma berdi. Boburning zarbasidan keyin to‘p to‘rga yon tomondan tegdi xolos |
| 33' | ![]() |
Chamnes ogohlantirish oldi |
| 32' | ![]() |
Yaxshiboyev o‘z qanotida himoyachini ancha qiynamoqda. U jarima maydonchasiga kirdi va Abduxoliqovga uzatma berdi. Bobur to‘pni to‘xtata olmadi va vaziyatni qo‘ldan chiqardi |
| 31' | ![]() |
Muhiddinov olis masofadan zarba berishga urindi, ammo to‘p uning oyog‘iga tegmay qoldi |
| 28' | ![]() |
GOOOOOOOL! Bobur Abduxoliqov, 0:1! Maydon markazida futbolchilarimiz to‘pni egallab olib, qarshi hujumni ajoyib kombinasiya orqali golga aylantirishdi! Barakalla! |
| 27' | ![]() |
Qarshi hujum paytida Doston Ibragimov chap qanotda bir himoyachidan o‘tib ketishga urindi, ammo yiqildi. BAAlik hakam hushtak chalmadi |
| 26' | ![]() |
To‘pni Avstraliya yoshlari ko‘proq nazorat qila boshlashdi |
| 22' | ![]() |
Yashil qit’a vakillari jarima to‘pini o‘yinga kiritishdi. Hujumchi bosh bilan berishi natijasida to‘p yuqoriga ko‘tarildi. Hamroyev to‘pni urib yubordi |
| 21' | ![]() |
Ikkita yaxshi hujum tashkil qildi. Avval Yaxshiboyev o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib, uzatma berdi. Himoyachi to‘pni qaytardi. Keyingi hujumda Ibragimov chap qanotdan darvoza oldiga uzatma berdi. Glover to‘pni egallab oldi |
| 20' | ![]() |
Avstraliya burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. To‘p hech kimga tegmay, maydonni tark etdi |
| 17' | ![]() |
Yaxshiboyev o‘ng qanotda bir himoyachidan o‘tib ketib, jarima maydonchasiga kirdi, ammo na sheriklariga uzatma berdi, na yana bir himoyachini aldab o‘tdi |
| 16' | ![]() |
Avstraliyada o‘zgarish: Kuzmanovski o‘rniga Jayden Prasad tushdi |
| 14' | ![]() |
Avstraliyalik futbolchi Stiv Kuzmanovski jarohat oldi. Uni zambilda maydondan olib chiqib ketishdi |
| 10' | Maydonda tashabbus uchun kurash kechmoqda. Jamoalar himoyaga yotish haqida o‘ylashmayapti | |
| 7' | ![]() |
Vuuh! Avstraliya ketma-ket burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Dastlabkisida himoyachimiz bosh bilan to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Ikkinchi zarbada esa to‘p Hamroyevning ustidan oshib o‘tib, olis ustun yonginasidan o‘tib ketdi. To‘p darvozaga kirib ketishiga sal qoldi |
| 6' | ![]() |
Avstraliyalik hujumchi ofsaydda qoldi |
| 5' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatmaga futbolchilarimizdan biri bosh bilan zarba berdi. Noaniq |
| 5' | ![]() |
Vuuuuuh! Yaxishboyev ijrosida ajoyib zarba! To‘qqizlikka kirayotgan to‘pni Glover yuqoriga ko‘tarib yubordi |
| 4' | ![]() |
Uzoq masofadan yetkazilgan uzatmani avstraliyalik himoyachi o‘tkazib yubordi va shundan so‘ng Abduxoliqovni tortib yiqitdi |
| 3' | ![]() |
Jarimadan yetkazilgan uzatmani himoyachimiz bosh bilan qaytardi |
| 3' | ![]() |
O‘ng burchakka yaqin joyda Qobilov fol ishlatdi. Avstraliya jarima zarbasini tepadi |
| 2' | ![]() |
Chap qanotda belgilangan jarima zarbasini G‘aniyev to‘pdi. To‘p yaqin ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 1' | ![]() |
Terma jamoamiz to‘pni o‘yinga kiritdi va uni darhol oldinga chiziqqa yetkazishdi. Abduxoliqov uzatmaga yeta olmadi. To‘pni Glover egallab oldi |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi! |
| ' |
O‘yin boshlanishiga barcha narsa shay |
|
| ' | ![]() |
Terma jamoalar maydonga chiqib kelishdi hamda O‘zbekiston va Avstraliya madhiyalari yangraydi |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida 2-tur o‘yinlari yakunlanib bormoqda. O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Avstraliyaga qarshi maydonga chiqadi |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|