Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Chempionlar ligasi 2016/17, 3-tur

18.10.2016, soat 23-45

REAL MADRID

Garet Beyl (16)
Yodloves (19-avtogol)
Marko Asensio (37)
Lukas Vaskes (68)
Alvaro Morata (84)

5 : 1

LEGIYa

Miroslav Radovich (22-penalti)
JAMOALAR TARKIBI
01.Keylor Navas (D)
12.Marselo
05.Rafayel Varan
03.Pepe
20.Marko Asensio
23.Danilo
08.Toni Kroos
10.Xames Rodriges
07.Krishtianu Ronaldu
09.Karim Benzema
11.Garet Beyl
  01.Arkadiuz Malarj (D)
04.Yakub Chervinski
25.Yakub Rjeznichak
08.Vadis Odjidja-Ofoe
06.Gilyerme
03.Tomash Yodloves
32.Miroslav Radovich
14.Adam Gloushek
19.Bartosh Bereshinski
18.Mixail Kuxarchik
75.Tibo Mulen
ZAHIRA
13.Kiko Kasilya (D)
06.Nacho
02.Daniel Karvaxal
22.Isko
16.Mateo Kovachich
17.Lukas Vaskes
21.Alvaro Morata
  33.Radoslav Sejnyak (D)
28.Lukash Broz
05.Masey Dabrovski
15.Mixal Kopchinski
22.Kasper Xyamyalyaynen
09.Valeriy Kazaishvili
11.Nemanya Nikolich

Matn

90+3'
O‘yin yakunlandi. "Real" - "Legiya" - 5:1.
90+1'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi
90+1'
Vuuuuh! Burchakdan yetkazilgan uzatmaga "Real" futbolchilaridan biri jarima maydonchasi chizig‘i ustidan zarba berdi. Benzema darvozabon maydonchasi ichida bosh bilan to‘p yo‘nalishini o‘zgartirishga harakat qildi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi
89'
Ronaldu gol urishi uchun jamoadoshlari sharoit yaratishmoqda. Ammo Krishtianuning omadi kelmayapti
88'
O‘xxxxx! Ronaldu jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi va 15 metrlardan zarba berdi. Arkadiush to‘pni to‘sin ustidan o‘tkazib yubordi
88'
Vadis olis masofadan zarba berdi. Noaniq
87'
Oho! Nikolich deyarli birga bir vaziyatda zarba berdi. Navas to‘pni maydon tashqarisiga urib yubordi
84'
GOOOOOL! Alvaro Morata! Ronalduning uzatmasidan keyin hujumchi chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va darvozani ishg‘ol qildi!
83'
VUUUUUUH! Ronaldu jarima maydonchasi ostonasida Benzema bilan chiroyli "devor" o‘ynadi va yakkama-yakka vaziyatda gol ura olmadi! To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi
79'
"Real"da so‘nggi o‘zgarish: Asensio o‘rniga Mateo Kovachich tushdi
79'
Vuuuuh! Benzema jarima maydonchasi ichida Ronaldu tomon uzatma berdi. Krishtianu 7-8 metrlardan to‘pni darvoza tomon burdi. Biroz noaniq
77'
Polshaliklar oldinga o‘tishmoqda, ammo xavfli vaziyat yarata olishmayapti
73'
Varvashaliklar safida birdaniga 2ta o‘zgarish bo‘ldi
72'
Asensio jarima maydonchasi tashqarisidan aniq zarba berdi. Darvozabon to‘pni egalladi
71'
Qarshi hujumda "Legiya" futbolchisi chap tomondan jarima maydonchasiga kirdiyu, ammo na aniq zarba berdi, na aniq uzatma
68'
GOOOOOL! Lukas Vaskes, 4:1! Morata chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va uzatma berdi. Vaskes to‘pni yerga tushirmasdan darvoza tomon tepdi. To‘p darvozabonning oyoqlari orasidan o‘tib, to‘rga borib tushdi
66'
Marselo chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va darvoza oldiga uzatma berdi. To‘pni himoyachilar qaytarishdi. Keyingi hujum paytida Morata jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi
64'
"Legiya" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. To‘p hech kimga tegmasdan maydonni tark etdi
64'
"Madrid"da yana bir o‘zgarish: Garet Beyl o‘rniga Alvaro Morata tushdi
63'
"Real"da o‘zgarish: Xames o‘rniga Lukas Vaskes tushdi
63'
Krishtianu Ronaldu sariq kartochka oldi
60'
Jarimadan yetkazilgan uzatmaga Chervinski bosh bilan zarba berdi. Noaniq
59'
Polshalik yaxshi uzatmalar orqali o‘ng qanotdan "Real" jarima maydonchasiga kirib kelishdi. So‘nggi uzatmani mezbonlar qaytarishdi va xavfni bartaraf etishdi
55'
Gilyerme jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi
52'
Hakam "Real" darvozasi tomon penalti belgilashi mumkin edi. Asensio jarima maydonchasi ichida raqib futbolchisining yiqilishiga sababchi bo‘ldi, ammo hakam o‘yinni to‘xtatmadi
52'
Krishtianu jarimadan yerlatib zarba berdi. To‘p jonli devorga tegib qaytdi
51'
Shundoqqina jarima maydonchasi chizig‘i oldida Ronalduga nisbatan fol ishlatildi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45'
Hakam vaqt qo‘shmadi. Jamoalarni tanaffusga taklif etdi. Hozircha "Real" - "Legiya" - 3:1. Tanaffus
45'
Ronaldu jarima maydonchasi ichida Beyl tomonidan o‘ziga yetkazilgan uzatmani tovoni bilan ortga qoldirdi. Ammo Benzema to‘pni egallay olmadi
40'
Qarshi hujumda Benzema Ronaldu bilan "devor" o‘ynab, jarima maydonchasiga kirishga urindi, ammo Krishtianuning uzatmasi noaniq bo‘ldi. To‘pni darvozabon egallab oldi
37'
GOOOOOL! Marko Asensio, 3:1! Ronaldu jarima maydonchasi ichida Danilodan uzatma qabul qildi va to‘pni orqaroqqa qoldirdi. Yosh futbolchining zarbasi aniq bo‘ldi
36'
VUUUUH! Beyl o‘z jarima maydonchasi oldida to‘pni mehmonlarga oldirib qo‘yishdi. "Legiya" futbolchisi jarima maydonchasi ichida aniq zarba bera olmadi
33'
Ronalduning jarimadan yo‘llagan zarbasi aniq bo‘ldi, Malarj to‘pni qaytardi
32'
Shundoqqina jarima maydonchasi chizig‘i oldida Benzemaga yiqitildi. Ronaldu uchun yaxshi imkoniyat
30'
Vuuuuh! Burchakdan o‘yinga kiritilgan to‘pni Asensio jarima maydonchasi chizig‘i ustida egalladi va darvoza tomon zarba berdi. To‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi
30'
Mehmonlarning burchak to‘pini mezbonlar egallashdi va hujumga o‘tib, burchak to‘pi ishlashdi
29'
"Legiya"ning xavfli hujumi. Danilo to‘pni maydon tashqarisiga burib yubordi
27'
"Real" qarshi hujumga o‘tdi. Benzema chap qanotdan jarima maydonchasiga kirar-kirmas Ronalduga uzatma berdi. Krishtianu 12 metrlardan zarba berishga urindi, ammo to‘pni himoyachilar qaytarishdi
26'
Marselo chap qanotdan yetkazgan uzatmani polshalik himoyachilar qaytarishdi
23'
Vuuuuh! Danilo o‘ng qanotdan bergan uzatma Ronaldudan o‘tib ketdi va Benzema 12 metrlardan arba berdi. Malarj zarbani qaytardi. Chiroyli seyv
22'
GOOOOOOL! Miroslav Radovich darvozani ishg‘ol qildi! 2:1!
21'
"Real" darvozasi tomon penalti! Danilo jarima maydonchasi ichida fol ishlatdi
19'
GOOOOOL! Marselo, 2:0! Benzema jarima maydonchasining chap tomonida to‘pni qabul qildi va orqaroqqa uzatma berdi. Marseloning zarbasidan keyin to‘p himoyachining oyog‘idan rekoshet holatida to‘rga borib tushdi
16'
GOOOOOL! Garet Beyl, 1:0! Uelslik futbolchi o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va to‘pni chap oyog‘iga to‘g‘rilab, olis burchak tomon aniq zarba berdi. Darvozabon zarbani qaytara olmadi
15'
Chap qanotdan Marselo yetkazgan uzatmaga raqib jarima maydonchasi ichida Ronaldu sakradi, ammo yeta olmadi
12'
VUUUUUH! Darvoza ustuni "Real"ni goldan qutqarib qoldi! Gilyermening uzatmasidan keyin Ojija-Ofoe zarba berdi. To‘p olis ustunga tegib qaytdi
11'
Radovich ofsaydda qoldi
9'
VUUUUH! Polshaliklar maydon markazida to‘pni egallab olishdi va oldinga qarab yurishdi. Tomash Yodlevis yakkama-yakka vaziyatda zarba berdi. To‘pni Navas oyog‘i bilan qaytardi
8'
Ronalduning chap qanotdan yetkazgan uzatmasini Beyl darvoza tomon burdi. Noaniq
7'
Tibo Mullen "Real" darvozasi tomon 22 metrlardan aniq zarba berdi. Navas to‘pni egalladi
6'
Oho! Jarima maydonchasi chizig‘i oldidan Ronaldu zarba yo‘lladi. To‘p himoyachining oyog‘iga tegib, ustun yoniidan o‘tib ketdi
5'
Burchak to‘pi o‘yinga kiritilganidan keyin to‘p himoyachining oyog‘ida darvozabon maydonchasidagi Ronalduga keldi, ammo Krishtianu buni kutmagani uchun darvoza tomon zarba bera olmadi
5'
Ronalduning zarbasidan keyin to‘p jonli devorga tegib, jarima maydonchasiga bordi. Benzema to‘p uchun kurashda burchak to‘pi ishladi
4'
Ronalduga nisbatan fol ishlatildi. Darvozagcha 35 metr
3'
O‘ng qanotdan oldinga o‘tayotgan Daniloga uzatma berildi. Qanot himoyachisi to‘pga yeta olmadi
1'
O‘yin boshlandi!
'
Xayrli oqshom, qadrli futbol muxlislari! E’tiboringizni Yevropa chempionlar ligasining 3-tur bahsiga qaratamiz. "Real" o‘z maydonida Varshavaning "Legiya"sini qabul qilmoqda
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.