Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Yoshlar (U19) o‘rtasida Osiyo chempionati

«D» guruhi, 3-tur. 21 oktyabr, soat 21:30

O‘ZBEKISTON

0 : 0

XITOY

JAMOALAR TARKIBI
12.Umidjon Ergashev
02.Azizbek Suyunov
05.Xushnudbek Avilov
07.Sanjar Qodirqulov
08.Saidjamol Davlatjonov
10.Suhrob Nurulloyev
13.Javohir Esonqulov
16.Jamshid Yusupov
20.Husniddin G‘ofurov (S)
22.Begzod G‘anijonov
23.Nurillo To‘xtasinov
  22.Shi Siaodong
05.Xuang Chuang
07.Jang Xong Jiang
09.Vu Vey
10.Jang Yuan
14.Gao Xuaze
15.Yao Dao Gang (S)
17.Yang Liyu
18.Xu Jing Xang
19.Kao Yong Jing
20.Xuang Jeng Yu
ZAHIRA
01.Umidjon Hamroyev
03.Hojiakbar Alijonov
06.Azizjon G‘aniyev
09.Jasurbek Yaxshiboyev
11.Bobur Abduxoliqov
14.Sharof Muhiddinov
15.Oybek Rustamov
18.Shohrux Mahmudhojiyev
19.Doston Ibragimov
21.Shohruxjon Raimov
  01.Jang Yan
02.Vey Lay
03.Vey Jen
04.Guo Tianyu
06.Kong Jen
08.Deng Yubiao
11.Lin Liang Ming
12.Li Jeng
13.Xuang Kong
16.Feng Bosuan
21.Gao Xaysheng
23.Ning Veychen

Matn

'
Avstraliya - Tojikiston - 0:0. Qo‘shnilarimiz ham chorak finalga chiqdi va ular pley-offda Yaponiyaga qarshi maydonga chiqishadi
90+3'
O‘yin yakunlandi. O‘zbekiston - Xitoy - 0:0.
90+2'
Xitoyliklar chap tomondan jarima maydonchamizga kirib kelishdi va Ning Veychen zarba berdi. Ergashev to‘pni egallab oldi
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi
88'
Saidjamol Davlatjonovga tibbiy yordam ko‘rsatilyapti
84'
Xitoyda birdaniga ikkita o‘zgarish bo‘ldi
83'
Terma jamoamizning hujumi samarasiz chiqdi
79'
Jarima maydonchamizga yetkazilgan uzatmani himoyachimiz o‘tkazib yubordi. O‘z navbatida Gao Xuaze o‘ziga bo‘ysunidar olmay, vaziyatni yo‘qqa chiqardi
76'
Tojikiston-Avstraliya o‘yinida ham hamon 0-0
76'
Sharqiy osiyoliklar o‘ng qanotdan jarima to‘pini o‘yinga kiritishdi. Futbolchilarimiz to‘pni qaytarishdi
73'
O‘zbekistonda ilk o‘zgarish: Sanjar Qodirqulov o‘rniga Shohrux Mahmudhojiyev maydonga tushirildi
72'
Raqibning xavfli hujumi. Futbolchi chap qanotdan jarima maydonchamizga kirdi va darvozabon maydonchasi chizig‘i ustidagi sherigiga uzatma berdi. Himoyachimiz unga zarba berish imkonini bermadi. Xitoylik futbolchi yiqildi, hakam jim
71'
Davlatjonov chap qanotdan raqib jarima maydonchasiga yorib kira olmadi
66'
Xitoyliklar jarima to‘pini o‘yinga kiritishdi. Himoyachilarimiz to‘pni qaytarishdi
61'
Chuang Xuang jarohat oldi. U maydonda yotibdi
60'
O‘yin birinchi bo‘limdagidek davom etmoqda. Xitoy to‘pni ko‘proq nazorat qilmoqda. Abduraimov shogirdlari ko‘proq himoyalanishmoqda
57'
Raqib futbolchisi chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va zarba berdi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi
54'
Ehhh, Davlatjonov! U jarima maydonchasi ichida to‘pni egalladi, himoyachini bir marta aldadi, zarba bermadi. Ikkinchi aldash chog‘ida to‘pni yo‘qotdi
50'
Xavfli vaziyat! Xitoyliklar burchak to‘pini o‘yinga kiritganidan keyin raqib futbolchisi bosh bilan zarba berdi. Azizbek Suyunov to‘pni qaytardi
48'
O‘zbekiston burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Ammo samarasiz
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi.
45+1'
Birinchi bo‘limga yakunlandi. Hozircha o‘yinda hisob ochilmadi. Parallel kechayotgan Tojikiston-Avstraliya o‘yinida ham 0-0. Durang natija Tojikistonni chorak finalga olib chiqadi
45'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shildi
43'
Darvozabonimiz Ergashev jarima maydonchasini tashlab chiqib, to‘pni tepib yubordi, ammo to‘pni xitoylik futbolchi egallab oldi. Raqib futbolchisi zarba berishdan avval o‘zbekistonlik futbolchi undan to‘pni olib qo‘yishga ulgurdi
40'
O‘HHHHH, Ehhhhh! Xitoylik futbolchilardan omad yuz o‘girdi. Jarima maydonchamizga yetkazilgan uzatmani Xu Jing Xang egalladi va narigi tomondan yordamga kelgan Kao Yong Jingga uzatma berdi. Futbolchining 7-8 metrlardan zarbasidan keyin to‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
37'
Davlatjonov 26 metrlardan jarima zarbasini yo‘lladi. Zarba aniq, ammo darvozabon to‘pni egallab oldi
33'
Xitoyliklar hujum qilishda davom etishmoqda. Ular burchak to‘pi ishlashdi
31'
Oho! Xitoylik futbolchilar yaxshi kombinasiya tashkil qilishdi va Yang Liyu yakkama-yakka vaziyatga chiqib, 14 metrlardan zarba berdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi
27'
VUUUUUH! Xitoylik futbolchi ajoyib imkoniyatdan foydalana olmadi! O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani Ergashev qo‘lidan chiqarib yubordi va himoyachimiz bilan to‘qnashuvda yiqilib tushdi. Kao Yong Jing esa 10 metrlardan zarba berib, darvozani ishg‘ol qila olmadi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
25'
Qodirqulov o‘ng qanotda ikki futbolchi orasidan o‘tib ketishga urindi va yiqildi. Ammo hakam o‘yinni to‘xtatmadi
20'
Xitoylik ko‘proq to‘p bilan muomalada bo‘lishmoqda. Futbolchilarimizning ularning xato qilishini kutishmoqda
15'
Gao Dao Gang jarima maydonchasi chizig‘i ustidan zarba berdi. To‘pni Ergashev ikkinchi urinishda egallab oldi
12'
Jamoalar navbati bilan hujum tashkil qilmoqda, ochiq o‘yin bo‘lishi aniq
8'
Xitoylik futbolchi bu safar o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib, darvozabon maydonchasiga yaqinlashdi va sheriklariga uzatma berdi. Himoyachimiz to‘pni qaytarishga muvaffaq bo‘ldi
7'
Xitoyliklar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Raqib futbolchisi bosh bilan zarba berdi. To‘pni himoyachimiz darvoza oldidan qaytardi
6'
Terma jamoamiz tashabbusni qo‘lga olib, hujumkor o‘yin ko‘rsatishga intilmoqda
5'
O‘zbekiston - Avstraliya o‘yinida ishlagan BAAlik hakam uchrashuvlarni boshqarish huquqidan mahrum qilingan shekilli, u asosan bahslarda zaxira hakami vazifasini bajarmoqda.
3'
Sanjar Qodirqulov o‘ng qanotda ikki raqibni aldab jarima maydonchasiga kirdi va to‘pni darvozaga oldiga yetkazishga urindi. Ammo to‘p himoyachidan so‘ng uning oyog‘iga tegib, maydonni tark etdi
1'
Qiziq fakt. Avvalgi 2ta o‘yinda sardorlik vazifasini bajargan Islomjon Qobilov bugun diskvalifikasiya tufayli maydonga tusha olmayapti. Saralash bosqichidagi qizil kartochka tufayli 2ta o‘yinga diskvalifikasiya qilingan Husniddin G‘ofurov Tojikiston va Avstraliyaga qarshi o‘yinlarni o‘tkazib yubordi. "Neftchi" futbolchisi bugun sardorlik bog‘ichida maydonga tushgan
1'
O‘yin boshlandi. To‘pni o‘yinga O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi kiritib berdi
'
Chorak finalga chiqish uchun guruhdan ikkinchi yo‘llanma taqdiri Tojikiston va Avstraliya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda aniq bo‘ladi. Bu o‘yindagi o‘zgarishlar haqida ma’lumot berib o‘tamiz
'
Xitoy terma jamoasi guruhdan chiqish imkoniyatini butunlay yo‘qotib bo‘lgan
'
Navbat har ikkala mamlakat madhiyalariga
'
O‘zbekiston va Xitoy terma jamoalari maydonga chiqib kelishmoqda
'
Jasur Abduraimov shogirdlari muddatidan avval chorak final masalasini hal qilib bo‘lgan. Yarim finalga chiqish uchun jamoamiz Eronga qarshi to‘qnash kelishidan xabaringiz bor
'
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi guruhdagi so‘nggi uchrashuvni o‘tkazish uchun maydonga chiqish arafasida. Bugungi raqibimiz — Xitoy yoshlar terma jamoasi
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.