Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Ispaniya liga ligasi-2016/2017
| 9-tur, 22 oktyabr, soat 19:15. Bosh hakam: Undiano Malyenko | ||
VALENSIYaMunir el-Haddodiy (52)
Rodrigo (56) |
2 : 3 |
BARSELONALionel Messi (22, 90+3-penalti)
Luis Suares (63) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Diyego Alves (D) 24.Esekyel Garay 14.Xose Gayya 02.Joao Kanselo 05.Elyakim Mangalya 21.Martin Montoyya 10.Daniel Parexo 07.Mario Suares 17.Nani 08.Enso Peres 19.Rodrigo |
01.Mark-Andre ter Shtegen (D) 19.Lukas Din 23.Samuel Umtiti 08.Andres Inyesta 05.Serxio Buskets 14.Xavyer Maskerano 20.Serji Roberto 21.Andre Gomes 09.Luis Suares 11.Neymar 10.Lionel Messi |
|
| ZAHIRA | ||
|
13.Xaume Domenek (D) 23.Aymen Abdennur 11.Zakariya Bakkali 20.Alvaro Medran 16.Federiko Kartabiya 22.Santi Minya 09.Munir el-Haddodiy |
25.Xordi Masip (D) 24.Jeremi Matyo 06.Denis Suares 28.Karles Alena 04.Ivan Rakitich 22.Aleyks Vidal 17.Pako Alkaser |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Ezekyel Garay (17)
Diyego Alves (23) Mario Suares (69) Enso Peres (76) |
Serxio Buskets (25)
Lyuka Din (47) Lionel Messi (73) |
|
Matn
| 90+6' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "Barselona" so‘nggi daqiqada penaltidan urilgan gol evaziga g‘alabani ilib ketdi |
| 90+5' | ![]() |
Golni nishonlash paytida tribunadan butilka uchib keldi va Neymarning boshiga tegdi |
| 90+3' | ![]() |
GOOOOOL! Lionel Messi, 2:3! Argentinalik futbolchi burchakka yerlatib zarba berdi, Alves zarba yo‘nalishini topdi, ammo zarbani qaytara olmadi |
| 90+2' | ![]() |
PENALTI! "Valensiya" darvozasiga! Kataloniyaliklar so‘nggi hujumni uyushtirishdi. Messi Neymar bilan o‘zaro "devor" o‘ynab, Luis Suaresga pas berdi. Abdennur Suaresni chalib yiqitdi. Ayman sariq kartochka oldi. |
| 90' | ![]() |
Malyenko ikkinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berdi |
| 90' | ![]() |
Messi jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Mangalya to‘pni qaytardi. Takroriy uzatma paytida Abdennur bosh bilan to‘pni qaytardi. |
| 86' | ![]() |
Uhhhh! Parexo burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Mangalya yiqilib tushganiga qaramay, o‘rnidan turdi va 7 metrlardan zarba berdi. To‘p himoyachiga tegib qaytdi va Naniga bordi. Luish 16 metrlardan unchalik yaxshi zarba bera olmadi. Munir 20 metrlardan zarba berganidan keyin to‘p ter Shtegenning qo‘liga kelib tushdi. |
| 85' | ![]() |
Santi Mina chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi, ammo Serji Roberto to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishga ulgurdi |
| 82' | ![]() |
Ehhhh, Nani! Qulay vaziyatdan foydalana olmadi! Dani Parexo chap qanotdan oldinga o‘tdi va bo‘sh hududga uzatma berdi. Nani uzatmaga yetib keldi va 13 metrlardan darvoza tomon zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi!.. |
| 78' | ![]() |
Messi markazdan oldinga yurdi va o‘ng qanotda ochilgan Denis Suaresga uzatma berdi. Uning jarima maydonchasiga uzatmasi Abdennurga tegib, maydonni tark etdi |
| 77' | ![]() |
Jarima zarbasini Luis Suares tepdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 76' | ![]() |
Enso Peres sariq kartochka oldi. U jarima maydonchasi yaqinida Neymarni chalib yiqitdi |
| 73' | ![]() |
Lionel Messi ogohlantirish oldi. Oyog‘i bilan Abdennurni yiqitdi. |
| 71' | ![]() |
"Barselona"da o‘zgarish: Andre Gomesh o‘rniga Denis Suares tushdi. Endi maydonda 3 nafar Suares bor |
| 71' | ![]() |
"Valensiya"da uchinchi o‘zgarish: Rodrigo o‘rniga Santi Mina tushdi |
| 70' | ![]() |
Messi jarima zarbasini yo‘lladi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 69' | ![]() |
Mario Suares Neymarni chalgani uchun sariq kartochka oldi. Jarima maydonchasi yaqinidan jarima zarbasi |
| 66' | ![]() |
O‘yin tempi biroz tushdi. Jamoalar shoshmasdan harakat qilishmoqda |
| 63' | ![]() |
GOOOOOL! Luis Suares, 2:2! Neymar burchak to‘pni darvozabon maydonchasi chizig‘i ustiga yetkazdi va Rakitich havodagi to‘p uchun kurashda g‘olib chiqib, bosh bilan zarba berdi. Diyego Alves yana ajoyib reaksiya bilan to‘pni qaytardi. Luis Suares to‘pni egalladi va kuchli zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi. Alves bu safar ojiz qoldi. |
| 56' | ![]() |
GOOOOL!!! Rodrigo, 2:1! Mezbonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi va to‘pni o‘zlarida saqlab qolishdi. Nani to‘pni egalladi va darvozabon maydonchasi chizig‘i oldiga uzatma berdi. Rodrigo himoyachidan chaqqonroq harakat qilib to‘pni darvozaga joyladi. |
| 52' | ![]() |
GOOOOOL! Munir el-Haddodiy, 1:1! Sen urmasang, senga urishadi. O‘zingniki uradi! Konselu qanotdan to‘pni qabul qildi va jarima maydonchasiga uzatma berdi. Munir 11 metrli nuqta ustidan chiroyli zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi! |
| 50' | ![]() |
Ehhh, Rakitich! Messi to‘p bilan markaz bo‘ylab oldinga o‘tdi va jarima maydonchasi oldida to‘pni Neymarga qoldirdi. Braziliyalik futbolchi to‘pni o‘ng oyog‘iga to‘g‘rilab oldi va 18 metrlardan yerlatib zarba berdi. Diyego Alves seyv orqali zarbani qaytardi va to‘pni Rakitich egalladi. Uning kuchli zarbasidan to‘p ustunga tegib, maydonni tark etdi! |
| 47' | ![]() |
Jarima to‘pi o‘yinga kiritilgan vaziyatda Rodrigo ofsaydda qoldi |
| 47' | ![]() |
Lyuka Din sariq kartochka oldi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshida "Valensiya"da o‘zgarish bo‘ldi. Martin Montoyya o‘rniga Munir el-Haddodiy tushirildi. |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45+2' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Valensiya" - "Barselona" - 0:1. Tanaffus |
| 45+2' | ![]() |
Ehhh, chiroyli gol bo‘lishi mumkin edi. Messi jarima maydonchasi tashqarisida zarba berishga ulgurmadi va shu bois chap qanotdan hujumga qo‘shilgan Dinga uzatma berdi. Lyuka jarima maydonchasiga uzatma berdi. Neymar esa chalqancha uslubda zarba berdi. Ammo to‘p darvozaga aniq bormadi. |
| 44' | ![]() |
Ehhhh, Parexo! Rodrigo maydonning so‘nggi chizig‘i oldidan uzatma berdi. Parexo zarba berayotgan vaziyatda esa Ter Shtegen oldinga yugurib chiqdi va zarbani qaytarishga muvaffaq bo‘ldi! |
| 38' | ![]() |
Diyego Alves yana qahramonlik ko‘rsatdi! Neymar jarima maydonchasining chap burchagidan to‘pni qabul qildi va kichik pauzani ushlab, ayyorona zarba bilan darvozabon maydonchasi burchagiga uzatma berdi. Luis Suares yetib keldi va darhol zarba berdi. Diyego Alves esa zarbani qaytardi! Andre Gomesh qaytgan to‘pni darvozaga tepishga urindi, ammo buni uddalay olmadi. |
| 37' | ![]() |
"Valensiya"da o‘zgarish: Jarohat olgan Xose Luis Gayay o‘rniga Aymen Abdennur tushirildi. |
| 36' | ![]() |
!!! Diyego Alves yana bir marta jamoasini goldan qutqardi. Mehmonlar maydonning "Valensiya"ga tegishli tomonida to‘pni egallashdi va aniq uzatma orqali o‘ng qanotda ochilgan Suaresni to‘p bilan ta’minladi. Urugvaylik futbolchining kuchli zarbasini Diyego Alves qaytarishga muvaffaq bo‘ldi |
| 32' | ![]() |
Stadion hakamdan penalti talab qilib, hushtakbozlik qilmoqda. Rodrigo va Umtiti "Barsa" jarima maydonchasi ichida yelkama-elka kurash olib borishdi va mezbonlar vakili yiqildi. Hakam qoidabuzarlik bo‘lmaganini qayd etdi |
| 31' | ![]() |
"Barselona" imkoniyatdan foydalana olmadi! Neymar jarima maydonchasiga burchagiga uzatma berdi va Messi ichkariga yorib kirdi va chap oyoqda kuchli zarba berdi. Diyego Alves to‘pni o‘z oldiga qaytardi. Andre Gomesh to‘pga yetib keldi va zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi. |
| 26' | ![]() |
Vuuuh! Konselu Lyuka Dindan o‘tib ketib, o‘ng tomondan jarima maydonchasi kirdi va darvozabon maydonchasiga yerlatib yezatma berdi. Rodrigo uzatmaga yeta olmadi |
| 25' | ![]() |
Serxio Buskets sariq kartochka oldi |
| 23' | ![]() |
Hakam bilan tortishgani uchun Diyego Alves sariq kartochka oldi. Darvozabon o‘ziga xalal bergan Luis Suaresni ofsaydda turgan deb hisoblashni va golni bekor qilishni hakamdan talab qildi |
| 22' | ![]() |
GOOOOOOOL! Lionel Messi, 0:1! Jarima maydonchasining o‘ng tomoniga uzatma berildi va u yerda Rakitich to‘pni jarima maydonchasi chizig‘i ustiga yetkazdi. Messi chap oyoqda yerlatib darvoza burchagi tomon zarba berdi. Diyego Alves to‘pni qaytara olmadi. Zarba paytida ofsaydda turgan Suares to‘pning ustidan sakrab qoldi. |
| 20' | ![]() |
Maydonda ketma-ket follar. O‘yin qo‘polliklarga boy bo‘lmoqda |
| 18' | ![]() |
Messi jarima to‘pini Neymarga uzatdi va qayta qabul qilib, jarima maydonchasiga havodan uzatma berdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi |
| 17' | ![]() |
Ezekyel Garay sariq kartochka oldi. U o‘z jarima maydonchasi ostonasida Suaresni chalib yiqitdi |
| 16' | ![]() |
Luis Suares maydon markazida to‘pni egallab, oldinga uzatma berdi. Mangalya Neymarga nisbatan biroz chaqqonroq harakat qildi va to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 14' | ![]() |
"Barsa"da majburiy o‘zgarish: Inyesta o‘rniga Ivan Rakitich tushirildi |
| 12' | ![]() |
Enso Peres xavfli podkat orqali Inyestaga jarohat yetkazdi. Andres zambilda maydonni tark etmoqda |
| 9' | ![]() |
Mehmonlarning hujumlari paytida valensiyaliklar Inyestaga nisbatan, so‘ngra Neymarga nisbatan fol ishlatishdi, ammo kataloniyaliklar hujumni davom ettirishgani uchun Malyenko o‘yinni to‘xtatmadi. MAydon egalari to‘pni egallab olganidan keyin "Barsa" futbolchilari hakamga e’tiroz bildirishdi |
| 7' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatma yo‘nalishini Parexo bosh bilan o‘zgartirdi, ammo to‘pni "Barsa" darvozasi tomon buradigan futbolchi topilmadi |
| 6' | ![]() |
"Velensiya"ning javob hujumi. O‘ng qanotdan uyushtirilgan hujum natijasida mezbonlar burchak to‘pi ishlashdi |
| 5' | ![]() |
Messi-Inyesta-Neymar uzatmasidan keyin braziliyalik futbolchi chap qanotdan raqib jarima maydonchasiga uzatma berdi. Suares bosh bilan zarba bera olmadi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi! |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli muxlislar. Ispaniya chempionatining 9-turi doirasida "Valensiya" o‘z maydonida "Barselona"ni qabul qilmoqda |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|