Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Angliya Premyer-ligasi-2016/2017

9-tur, 23 oktyabr, soat 20:00. Bosh hakam: Martin Atkinson

CHELSI

Pedro (1)
Gari Kexill (21)
Eden Azar (62)
N’Golo Kante (70)

4 : 0

MANCHESTER YUNAYTED

JAMOALAR TARKIBI
13.Tibo Kurtua (D)
28.Sesar Aspilikueta
03.Markos Alonso
24.Geri Kexill
30.David Luis
07.N’Golo Kante
15.Viktor Mozes
21.Nemanya Matich
10.Eden Azar
11.Pedro Rodriges
19.Diyego Kosta
  01.David de Xea (D)
17.Deyli Blind
12.Kris Smolling
03.Erik Bayi
25.Antonio Valensiya
14.Jessi Lingard
27.Maruan Fellayni
21.Ander Errera
06.Pol Pogba
09.Zlatan Ibrahimovich
19.Markus Reshford
ZAHIRA
01.Asmir Begovich (D)
34.Ola Eyna
26.Jon Terri
29.Nataniyel Shaloba
08.Oskar
22.Villian
23.Michi Batshuayi
  20.Serxio Romero (D)
36.Matteo Darmian
05.Markos Roxo
08.Xuan Mata
16.Maykl Kerrik
18.Eshli Yang
11.Antoni Marsial
SARIQ KARTOCHKA
David Luiz (40)
 
Erik Bayi (29)

Matn

90+4'
O‘yin yakunlandi! "Chelsi" - "Manchester Yunayted" - 4:0!
90+3'
Vuuuuuh! Roxo olis masofadan juda xavfli zarba yo‘lladi. Tibo Kurtua zarbani qaytardi!
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi.
90'
Batshuayi olis masofadan aniq zarba berdi. De Xea to‘pni egalladi
88'
Villian chap qanotdan jarima maydonchasiga kirgan Mozesga uzatma berdi. Viktorning zarbasi himoyachiga tegdi
81'
Burchak to‘pi xavfli vaziyatni taqdim etmadi
80'
VUUUUH! Mata yetkazgan uzatmani Ibrahimovich jarima maydonchasi ichida qabul qildi va darvoza tomon zarba berdi. To‘p Kurtuaning qo‘liga tegib, to‘sin ustidan oshib o‘tdi
77'
"Chelsi"da birdaniga 2ta o‘zgarish: Azar o‘rniga Villian, Diyego Kosta o‘rniga Michi Batshuayi tushirildi
74'
Diyego Kosta jarima maydonchasiga kirdi va chap oyoqda zarba yo‘lladi. De Xeani to‘pni egalladi
73'
"Chelsi" raqib darvozasi tomon bergan 4ta zarbaning barchasi golga aylandi. Bugun David de Xea seyv namoyish qila olmayapti
70'
GOOOOOOOL! N'Golo Kante, 4:0! Tayanch yarim himoyachisi "MYu" himoyachilarni aldab jarima maydonchasiga kirdi va yakkama-yakka darvozani ishg‘ol qildi!
67'
Jarimadan yetkazilgan uzatmaga bosh bilan zarba berildi. Noaniq
66'
Markos Alonso sariq kartochka oldi. U o‘zidan o‘tib ketayotgan Pogbani qo‘li bilan tortib qoldi
65'
"MYu"da so‘nggi o‘zgarish: Jessi Lingard o‘rniga Antoni Marsial tushdi
62'
GOOOOOOOL! Eden Azar, 3:0! Mezbonlar to‘pni xotirjam egallab turishdi va kutilmaganda keskin hujum tashkil qilishdi. Azar-Kante-Matich-Azar uzatmasidan keyin Eden jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi va olis burchakka aniq zarba berdi. De Xea zarbani qaytara olmadi
59'
"MYu" ketma-ket ikkita burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Mezbonlar xavfni bartraraf etishdi
58'
Lingard jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba yo‘lladi. Kurtua zarbani qaytardi
56'
"Chelsi" xavfli qarshi hujum tashkil qildi va son jihatjan ustunlikka erishdi. Azar jarima maydonchasiga kirar-kirmas zarba berdi. Smolling zarbani qaytardi
54'
Mehmonlar yaxshi vaziyat! Reshford chap qanotdan darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Pogba biroz zarba berishga ulgurmadi
52'
"MYu"da o‘zgarish: Erik Bayi o‘rniga Markos Roxo tushdi
49'
Azar jarima maydonchasi tashqarisida Diyego Kosta bilan devor o‘ynab, ichkariga kirishga urindi. Bayi Azarni yiqitgan bo‘lsa, Smolling to‘pni qaytardi. Pedro zarba berdi, to‘p yuqoridan o‘tib ketdi. Hakam folni qayd etmadi
48'
"Chelsi" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Himoyachilar to‘pni qaytargan to‘pni Kante yana qaytadan jarima maydonchasiga uzatmadi. Diyego Kosta to‘pni egalladi va darvozani ishg‘ol qildi. Ammo ofsayd
46'
Ikkinchi bo‘lim boshida "MYu"da o‘zgarish bo‘ldi: Fellayni o‘rniga Xuan Mata tushdi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+3'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Chelsi" - "MYu" - 2:0. Tanaffus
45+3'
Vuuh! Maydon markazidan yetkazilgan jarima to‘pini Diyego Kosta raqib jarima maydonchasi ichida qabul qildi va zarba yo‘lladi. Bayi zarba yo‘liga g‘ov bo‘ldi
45+2'
Valensiya o‘ng qanotdan ketma-ket 3 marta uzatma berdi. Dastlabki 2ta uzatmani mezbonlar qaytarishdi. Uchinchisiga Reshford 15 metrlardan zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
45'
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shildi
43'
Azarning uzatmasini jarima maydonchasi tashqarisini Diyego Kosta qabul qildi va ichkariga kirishga urindi, ammo to‘pni yo‘qotdi
40'
David Luiz sariq kartocha oldi. Fellayniga nisbatan xavfli o‘ynadi. Butsasining tilari bilan Fellaynining tizzasiga tepdi
37'
O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmaga mezbonlar qaytarishdi va Ibraga bosh bilan zarba berish imkoniyatini berishmadi
34'
"MYu" ustunlikni qo‘lga olishga intilmoqda, ammo ularning xatti-harakatlari hozircha foyda keltirmayapti
29'
Erik Bayi sariq kartochka oldi. Maydon markazida Diyego Kosta tortib yiqitgani uchun
28'
Vuuuuh! Tibo Kurtua "Chelsi"ni goldan qutqardi! Lingard deyarli birga bir vaziyatda jarima maydonchasi ichida, o‘tkir burchak ostida zarba berdi. Kurtua qaytardi
27'
Vuh! Bu safar Azar o‘ng qanotdan bergan uzatma yaqin ustun oldidagi Kostaga keldi, ammo Diyego to‘pni darvoza tomon bura olmay qoldi
26'
Oho! Pedro raqib jarima maydonchasi ichida Blinddan to‘pni o‘g‘irlab ketdi va darvozabon maydonchasidagi Diyego Kosta tomon uzatma berdi. De Xea "shpagat" orqali to‘pni qaytardi
24'
"MYu"da yaxshi imkoniyat! Valensiya jarima maydonchasi ichida yo‘llagan zarbani himoyachilar qaytarishdi
21'
GOOOOOOOL! Gari Kexill, 2:0! Burchakdan yetkazilgan uzatma natijasida to‘p "MYu" futbolchilari orqali darvozabon maydonchasidagi Kexillga kelib tushdi va "Chelsi" himoyachisi yaqin masofadan kuchli zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi!
19'
Burchakdan yetkazilgan uzatmaga "MYu" futbolchilaridan biri bosh bilan yumshoq zarba berdi va uni Kurtua egallab oldi
18'
Reshford Aspilikuetani aldashga urindi va burchak to‘pi ishladi
14'
Burchak to‘pi xavfli zarba bilan yakunlandi. To‘p jarima maydonchasi chizig‘i ustida ochiq turgan Azarga yerlatib yetkazildi. Edenning zarbasidan keyin to‘p yaqin ustun yonidan o‘tib ketdi
13'
Azarning uzatmasidan keyin Pedro to‘pni jarima maydonchasining chizig‘i ustiga olib o‘tdi. U yerda Diyego Kosta zarba berishga ulgurmadi. Bayi to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
12'
Eden Azar burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Diyego Kosta darvozabon maydonchasi chizig‘i ustida zarba berishga urindi. Smolling to‘pni qaytardi
10'
O‘ng tomondan jarima maydonchasiga yetkazilgan uzatmaga Azar bosh bilan zarba berdi. To‘p ancha yuqoridan o‘tib ketdi
8'
Vuuuuh! Valensiya o‘ng qanotda Alonsondan o‘tib ketdi va olis ustun tomonga uzatma berdi. Ibrahimovich baland sakradi va darvozabon maydonchasi burchagidan bosh bilan zarba berdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi
5'
Mankunianliklar hujumi. O‘ng qanotdan jarima maydonchasiga yerlatib yetkazilgan uzatmani londonliklar qaytarishga muvaffaq bo‘lishdi
4'
Mezbonlarning yana bir hujumi. Jarima maydonchasiga yetkazilgan uzatmani Smolling bosh bilan qaytardi va to‘pni De Xea egallab oldi
1'
GOOOOOOOOOOL! Pedro, 1:0! Hisob 35-soniyadayoq ochildi! Markazdan oldingi chiziqqa yetkazilgan uzatma uchun Pedro chaqqonlik qilib Smolling va Blindni orda qoldirdi, De Xeani aldab o‘tdi va bo‘sh darvozani ishg‘ol qildi
1'
Martin Atkinsonning start hushtagi yangradi, to‘pni o‘yinga "Chelsi" kiritib berdi
'
Futbolchilar maydonga chiqib kelishdi
'
"Chelsi" o‘z maydonida "Manchester Yunayted"ni qabul qilmoqda
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! APLning 9-turi doirasidagi markaziy o‘yinni kuzatib borishga taklif etamiz
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.