Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Ispaniya La ligasi-2016/2017
| 9-tur, 23 oktyabr, soat 23:45 | ||
REAL MADRIDKarim Benzema (7)
Alvaro Morata (83) |
2 : 1 |
ATLETIK BILBAOMerino Sabin (27)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Keylor Navas (D) 03.Pepe 12.Marselo 02.Daniel Karvaxal 05.Rafayel Varan 08.Toni Kroos 22.Isko 16.Mateo Kovachich 11.Garet Beyl 07.Krishtianu Ronaldu 09.Karim Benzema |
01.Xorka Iraisos (D) 06.Mikel San-Xose 16.Xabyer Etkseyta 25.Enrik Saborit 04.Emerik Laport 15.Inigo LekuYE 22.Raul Garsiya 17.Mikel Riko 05.Xavyer Eraso 19.Sabin 11.Inaki Uilyams |
|
| ZAHIRA | ||
|
13.Kiko Kasilya (D) 06.Nacho 17.Lukas Vaskes 20.Marko Asensio 10.Xames Rodriges 23.Danilo 21.Alvaro Morata |
13.Yago Errerin (D) 12.Mikel Vezga 03.Gorka Elustondo 07.Benyat Echebarriya 14.Susayeta 08.Ander Iturraspe 10.Iker Muniain |
|
Matn
| 90+6' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "Real" murakkab kechgan o‘yinda g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi |
| 90+5' | ![]() |
Ronaldu imkoniyatdan foydalana olmadi! |
| 90+4' | ![]() |
Karvaxal sariq kartochka oldi |
| 90+3' | ![]() |
Kroos qanotdan belgilangan jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Iraisos to‘pni egallab oldi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shildi |
| 89' | ![]() |
"Atletik"da o‘zgarish: Saborit o‘rniga Manyan tushirildi |
| 87' | ![]() |
Lyaport sariq kartochka oldi |
| 86' | ![]() |
Morata sariq kartochka oldi |
| 85' | ![]() |
VUUUH! UILYAMS! Oldinga chiziqqa yetkazilgan uzatmani Uilyams qabul qildi va raqib jarima maydonchasi ichida to‘pni Navasning ustidan oshirib qo‘yishga harakat qildi. To‘p darvozabonning qo‘liga tegib, darvozaga yo‘l olayotganida, Pepeni uni to‘xtatib qolishga muvaffaq bo‘ldi! |
| 83' | ![]() |
GOOOOOL! Alvaro Morata, 2:1! Beyl qanotdan yetkazgan uzatmaga Morata zarba berdi va "Atletik" posboni uni qaytardi. Qaytgan to‘pni Alvaronin o‘zi egalladi va bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qildi. Bugun 24 yoshni qarshi olgan Morata o‘zining tug‘ilgan kuniga sovg‘a tayyorladi |
| 81' | ![]() |
Oho! Kroosning ajoyib uzatmasidan keyin Morata va Ronaldu raqib darvoza oldida yolg‘iz qolishdi. Ammo to‘pni kim egallashi haqidagi savolga yechim topguncha San Xose xavfni bartaraf etdi |
| 79' | ![]() |
"Bilbao"da o‘zgarish: Merino o‘rniga Susayeta tushdi |
| 78' | ![]() |
BEYLLL! Karvaxal Kroosga, Toni esa Beylga uzatma berdi. Garet darvoza tomon yaqinlashdi va olis burchak tomon zarba berdi. Biroz noaniq. Uelslik futbolchi Ronalduga pas berishi ham mumkin edi |
| 77' | ![]() |
"Atletik"da o‘zgarish: Raul Garsiya maydonni tark etdi. Uning o‘rniga Ander Iturraspe tushdi |
| 76' | ![]() |
"Real"da o‘zgarish: Benzema o‘rniga Alvaro Marota tushirildi |
| 73' | ![]() |
Vuuuh! Kovachich! Lukas Vaskes o‘ng qanotdan bergan uzatmaga Mateo bosh bilan zarba berdi. To‘p yo‘l-yo‘lakay Ronalduga tegib, maydonni tark etdi |
| 72' | ![]() |
Benzema San Xosedan o‘tib ketib, Ronalduga uzatma berdi. Krishtianu 20 metrdan darvozaga zarba berdi. Birozgina noaniq |
| 68' | ![]() |
KRISHTIANU! Darvozagacha 30 metrlardan jarima to‘pini Kross o‘yinga kiritdi va Ronaldu bosh bilan zarba berdi. To‘p "to‘qqizlik" ustidan o‘tib, to‘rga yuqoridan kelib tushdi |
| 67' | ![]() |
Ronaldu! Beyl o‘ng qanotda San Xosedan o‘tib ketib, jarima maydonchasiga uzatma berdi. Ronaldu to‘pga oyoq qo‘ydi, ammo to‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 66' | ![]() |
"Real"da o‘zgarish: Isko o‘rniga Lukas Vaskes tushdi |
| 58' | ![]() |
Xavfli vaziyat! Burchakdan yetkazilgan uzatmaga chiqishda Navas xatoga yo‘l qo‘ydi va to‘p Garsiyaga kelib tushdi. Uning zarbasidan so‘ng to‘p darvozaning ustidan o‘tib ketdi |
| 57' | ![]() |
Raul Garsiya sariq kartochka oldi |
| 56' | ![]() |
Kroos burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. San-Xose bosh bilan to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 54' | ![]() |
VUUUUUH! Uilyams! Eraso o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berdi va Uilyams yaqin masofadan darvoza tomon zarba berdi. To‘p yuqoriga ko‘tarilib ketdi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45+1' | ![]() |
Tanaffus. Hozircha "Real" - "Atletik" 1:1 |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shildi |
| 43' | ![]() |
Beyl qanotdan xavfli uzatma berdi. Ammo unga na Benzema, na Ronaldu yeta oldi |
| 41' | ![]() |
Olis masofadan yetkazilgan to‘pni Benzema egalladi va jarima maydonchasi tashqarisidan aniq zarba berdi. Iraisos zarbani qaytardi |
| 39' | ![]() |
XAVFLI VAZIYAT! Yana Merinoda! Lekue maydon markazida to‘pni egallab, Uilyamsga uzatma berdi. U esa o‘z vaqtida Merinoni to‘p bilan ta’minladi. Sabin 16 metrdan yo‘llagan zarba natijasida to‘p ustun va to‘sin kesishgan joy yonidan o‘tib ketdi |
| 34' | ![]() |
VUUUUUH! "Real" navbatdagi golni o‘tkazib yuborishiga sal qoldi. Madridliklar o‘z jarima maydonchalari oldida to‘pni Uilyamsga oldirib qo‘yishdi. Inyaki Navas bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib, zarba bermoqchi bo‘lganida Varan yetib keldi va xavfni bartaraf etdi |
| 33' | ![]() |
Qanotdan yetkazilgan uzatmaga Beyl noaniq zarba berdi. U to‘pni o‘tkazib yuborganida uning ortida Benzema va Ronaldu ham bor edi |
| 30' | ![]() |
Xabyer Etcheyta sariq kartochka oldi |
| 29' | ![]() |
Xavfli vaziyat! Isko to‘pni autdan qo‘l bilan uloqtirib berganidan keyin Beyl so‘nggi chiziq oldida to‘pni egalladi va darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Darvozabon musht bilan to‘pni urib yubordi va xavfni bartaraf etdi |
| 27' | ![]() |
GOOOOOOL! Merino Sabin, 1:1! Eraso ikkinchi urinishda to‘pni jarima maydonchasiga yetkazdi. U yerda Merino to‘pni egalladi va Navas qo‘riqlayotgan darvozaga joyladi |
| 24' | ![]() |
Beyl olis masofadan zarba berdi. Yana noaniq |
| 20' | ![]() |
Ronaldu olis masofadan zarba yo‘lladi. Noaniq |
| 17' | ![]() |
VUUUUUUH! Sabin ajoyib imkoniyatdan foydalana olmadi! Lekue "Real" darvozasining olis ustun tomon uzatma berdi va Merino yaqin masofadan bosh bilan zarba berdi. Zarbaga aniqlik yetishmadi |
| 15' | ![]() |
Mezbonlar hujum qilishda davom etmoqda. Beyl olis masofadan zarba yo‘lladi. To‘p darvoza yuqorisidan o‘tib ketdi. |
| 7' | ![]() |
GOOOOOOOL! Karim Benzema, 1:0! "Real"ning ilk hujumiyoq gol bilan yakunlandi. Isko jarima maydonchasiga kirdi, himoyachini aldab, bo‘sh hududda ochilgan Benzemaga uzatma berdi. Karim imkoniyatni qo‘ldan chiqarmadi. |
| 4' | Bugun Madridda yomg‘ir yog‘moqda | |
| 3' | ![]() |
Bilbaoliklar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Samarasiz |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi |
| ' | Bugungi o‘yin oldidan "Madrid" 18 ochko bilan 5, "Bilbao" esa 15 ochko bilan 6-o‘rinni egallab turibdi | |
| ' | ![]() |
Xayrli oqshom, qadrli futbol muxlislari. "Real" va "Atletik" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bilan La liganing 9-turiga yakun yasaladi. O‘yindan onlayn translyasiyani boshladik |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|