Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Yoshlar (U19) o‘rtasida Osiyo chempionati

Chorak final. Bosh hakam: Muhammad Taqi (Singapur)

O‘ZBEKISTON U19

0 : 2

ERON U19

Rizo Ja’fariy (14, 47)
JAMOALAR TARKIBI
01.Umidjon Hamroyev (D)
03.Hojiakbar Alijonov
04.Islomjon Qobilov (S)
05.Xushnudbek Avilov
06.Azizjon G‘aniyev
09.Jasurbek Yaxshiboyev
11.Bobur Abduxoliqov
14.Sharof Muhiddinov
15.Oybek Rustamov
19.Doston Ibragimov
20.Husniddin G‘ofurov
  12.Shahob Odiliy
03.Ali Shojaiy
04.Orif G‘ulomiy
05.Nima Tohiriy
06.Muhammad Sultonmehr
07.Rizo Shakariy
09.Mehdi Mehdixoniy
13.Umid Nur Afkan (S)
19.Rizo Jafariy
20.Shahin Abbosian
23.Abulfazl Razzog‘pur
ZAHIRA
12.Umidjon Ergashev (D)
21.Shohruxjon Raimov (D)
02.Azizbek Suyunov
07.Sanjar Qodirqulov
08.Saidjamol Davlatjonov
10.Suhrob Nurulloyev
13.Javohir Esonqulov
16.Jamshid Yusupov
18.Shohrux Mahmudhojiyev
22.Begzod G‘anijonov
23.Nurillo To‘xtasinov
  01.Nima Mirzozad
02.Amirhussayn Tohiriy
08.Muhammad G‘ulomrizo
10.Rizo Marmollachab
11.Nima Muxtoriy
14.Mujtaba Najarian
15.Orif Og‘asiy
16.Ali Taheran
17.Hussayn Sakiy
18.Muhammad Og‘ajanpur
21.Sina Xadimpur
22.Muhammadamin Bahromiy
SARIQ KARTOCHKA
Azizjon G‘aniyev (45+2)
Javohir Esonqulov (84)
 
Nima Tohiriy (29)

Matn

'
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi ham Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmadi. Afsus
90+5'
Burchakdan yetkazilgan uzatmani eronliklar qaytarishdi. Shu paytda Muhammad Taqining hushtagi yangradi va o‘yin yakunlandi
90+4'
Yaxshiboyev jarima maydonchasi tashqarisidan olis burchakka yaxshi zarba berdi. Odiliy zarbani qaytardi. Burchak to‘pi
90+2'
Ehhh! Qobilov raqib jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildiyu, ammo zarba berishga ulgurmadi
90+2'
Eronda o‘zgarish: Shakariy o‘rniga Hussayn Sakiy tushdi
90'
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shildi. Bu kam. Lekin nailoj
90'
Davlatjonov jarima to‘pini o‘yinga kiritgan paytda himoyachi to‘pni bosh bilan yuqoriga urdi, to‘p yerga tushgan paytda esa hakam negadir o‘yinni to‘xtatib, Eron foydasiga jarima zarbais belgiladi. Tushunarsiz
89'
Burchakka yaqin joydan jarima zarbasi tepamiz
87'
Eronda o‘zgarish: Rizo Ja’fariy o‘rniga Mujtaba Naxarian tushdi
86'
G‘aniyev olis masofadan aniq zarba yo‘lladi. Bunday zarba bilan eronliklarni dog‘da qoldirish qiyin
85'
Eron darvozaboniga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda
84'
Javohir Esonqulov sariq kartochka oldi
83'
O‘zbekistonda o‘zgarish: Husniddin G‘ofurov o‘rniga Shohrux Mahmudhojiyev maydonga tushdi
83'
Muhiddinov ancha olis masofadan o‘ta noaniq zarba berdi
81'
Davlatjonov o‘ng qanotdan raqib jarima maydonchasiga uzatma berdi. HImoyachining boshidan yo‘nalishini o‘zgartirgan to‘pni Odiliy egallab oldi
78'
Davlatjonov yo‘llagan zarba jonli devorga tegib qaytdi
77'
Raqib jarima maydonchasining chap tomonidan jarima zarbasi tepamiz. Urish kerak nihoyat!
76'
Yaxshi vaziyat! Ammo to‘p jarima maydonchasiga kirgan Yaxshiboyev na aniq zarba berdi, na aniq uzatma
'
Eron futbolida o‘zini yerga tashlab vaqt cho‘zish odati bo‘lmasdi. Negadir bu yoshlarda bor ekan. Yoqimmiz, juda yoqimsiz holat
74'
O‘zbekistonda o‘zgarish: Bobur Abduxoliqov o‘rniga Javohir Esonqulov tushirildi
72'
Ehhh, G‘ofurov! Jarimadan yetkazilgan uzatmani Husniddin bosh bilan zarba berdiyu, ammo to‘p yuqoridan o‘tib ketdi
71'
Burchakka yaqin joyda Davlatjonov chalib yiqitildi. Jarima zarbasi tepamiz
70'
Yaxshiboyev o‘ng qanotda bir futbolchidan o‘tib ketdi, ammo raqib uni qo‘li bilan to‘xtatdi. Hakam esa hushtagini chalmadi
67'
Eronliklarda yaxshi vaziyat! Shakariy jarima maydonchasi ichida 10 metrlardan noaniq zarba berdi
66'
Muhiddinov chap oyoqda olis masofadan kuchli zarba berdi. Noaniq
64'
Eronliklarda yaxshi imkoniyat bo‘ldi. Shakariy jarima maydonchasi ichida zarba berdi. To‘p Rustamovga tegib, yon tomonga ketdi
64'
Qarshi hujumda Yaxshiboyev bir futbolchini aldab o‘tib jarima maydonchasiga kirdi, ammo ikkinchisidan o‘tib keta olmadi
61'
G‘aniyevning jarimadan zarbasini himoyachi bosh bilan qaytardi. Azizjon qaytarilgan to‘pni yana darvoza tomon tepdi. Bu safar to‘p yuqoridan o‘tib ketdi
60'
Bobur Abduxoliqovga nisbatan G‘ulomiy fol ishlatdi
56'
Eronda ham o‘zgarish: Muhammad Sultonmehr o‘rniga Ali Taheran maydonga tushmoqda
55'
O‘zbekistonda o‘zgarish: Doston Ibragimov o‘rniga Saidjamol Davlatjonov tushdi
54'
Jamoamiz bosimni oshirmoqda. Abduxoliqovning 24 metrlardan bergan zarbasini himoyachi qaytardi. Muhiddinovning zarbasidan keyin to‘p to‘sin yuqorisidan o‘tib ketdi
53'
Vuuuuh! Jamoamiz qisqa paslar orqali yaxshi hujum tashkil qilishdi va jarima maydonchasiga kirgan Abduxoliqovga uzatma berildi. Boburning zarbasidan keyin to‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
51'
O‘ng qanotdan Alijonov to‘pni jarima maydonchasiga yetkazib berdi. Odiliy to‘pni egallayotganida Ibragimov unga urilib ketdi. Bu esa eronliklarga vaqt cho‘zish uchun yaxshi imkoniyat
49'
Razzog‘pur olis masofadan jarima zarbasini noaniq tepdi
47'
GOL! Rizo Ja’fariy, 0:2! Yo‘q joydan gol o‘tkazib yubordik. Eronliklar to‘pni oldinga tepib yuborishdi. Markaziy himoyachilarimiz to‘pni tepib yuborish o‘rniga tezlikda raqibga yutqazib qo‘yishdi va Ja’fariy birga bir vaziyatda darvozani ishg‘ol qildi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi. Davom etamiz. O‘zbekistonga omad!
'
Futbolchilar ikkinchi bo‘lim uchun maydonga qaytishdi
45+2'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha O‘zbekiston - Eron - 0:1. Tanaffus
45+2'
Azizjon G‘aniyev ogohlantirildi
45'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shildi
44'
G‘aniyev burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi. Takroriy hujum paytida Abduxoliqov bosh bilan zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi
43'
Burchak to‘pi o‘yinga kiritilgan vaziyatda Yaxshiboyev raqib jarima maydonchasi ichida himoyachini aldadi, ammo raqibga urilib yiqildi. Hakam jim
42'
VUUUUUUUH! Yaxshiboyev raqib futbolchilaridan o‘tib, darvozabon maydonchasi burchagida Abduxoliqovga uzatma berayotganida to‘p himoyachining oyog‘idan yo‘nalishini o‘zgartirdi va ustunga tegib, maydonni tark etdi
41'
Alijonov o‘ng qanotdan hujumga qo‘shildi, ammo o‘ziga yetkazilgan to‘pga yeta olmadi
40'
Burchakdan yetkazilgan uzatmani darvozabon egallab oldi
39'
Jarimadan yetkazilgan uzatmaga Qobilov zarba berdi. To‘p himoyachidan maydonni tark etdi
39'
Burchakka yaqin joyda Ibragimovga nisbatan fol ishlatildi. Jarima zarbasi tepamiz
37'
Eronliklar yana olis masofadan jarima to‘pini jarima maydonchamizag yetkazishdi. Hujumchi fol ishlatdi
34'
Yaxshi vaziyat! G‘aniyevning uzatmasini Yaxshiboyev ataylab o‘tkazib yubordi va Alijonov 15 metrlardan zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib, to‘rga yon tomondan kelib tegdi
33'
Vuuuh! Muhiddinov jarima maydonchasi tashqarisidan aniq va kuchli zarba berdi. Odiliy ikkinchi urinishda burchakka borgan to‘pni egalladi
30'
Muhiddinov jarimadan kuchli zarba yo‘lladi. Odiliy to‘pni musht bilan urib yubordi. To‘p qaytgan joyda o‘zbekistonliklardan hech kim yo‘q edi
29'
Nima Tohiriy sariq kartochka oldi. U Abduxoliqovni qo‘li bilan tortib qoldi
28'
Vuuuuh! Sharof Muhiddinov 28 metrlardan kuchli zarba berdi. To‘p shundoqqina to‘sin ustidan o‘tib ketdi. Darvozabon to‘pni kuzatib qoldi xolos
27'
Ibragimov o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi, himoyachi o‘zini tashlab yubordi, hakam esa Doston aybdor deb topdi
25'
Vuuuh! Yaxshiboyev! Jarima maydonchasi ichida 2-3 nafar himoyachidan o‘tdi va zarba berishga harakat qildi va zarba berdi. Afkan zarba yo‘liga g‘ov bo‘ldi
24'
Yaxshi vaziyat! Ibragimov o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirar-kirmas Yaxshiboyevga uzatma berdi. Jasur to‘pga yeta olmadi
24'
Eronliklar olis masofadan jarima to‘pini jarima maydonchamizga yetkazishdi. Hamroyev musht bilan to‘pni urib yubordi va eronlik futbolchi jarima maydonchasi burchagidan zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib, to‘rga yon tomondan kelib tegdi
22'
Terma jamoamiz burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Abduxoliqov bosh bilan to‘p yo‘nalishini o‘zgartirdi, to‘p maydonni tark etdi
21'
Yaxshi vaziyat! Ibragimov chap qanotdan jarima maydonchasiga yorib kirdi va orqaroqqa uzatma berdi. Abduxoliqov 12 metrlardan zarba berdi. Podkat tashlagan himoyachiga tegib qaytdi to‘p
21'
Maydon markazidan belgilangan jarima to‘pini fors futbolchisi zarba yo‘lladi. Noaniq
19'
Burchak to‘pini eronliklar qaytarishdi
18'
Yaxshiboyev o‘ng qanotdan markaz tomon yurdi va zarba berdi. To‘p himoyachidan o‘tmadi. Takroriy hujumda burchak to‘pi ishladik
16'
Vakillarimiz burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Odiliy to‘pni egallab oldi
14'
GOL! Rizo Jafariy, 0:1! Eronliklar olis masofadan jarima to‘pini jarima maydonchamizga yetkazishdi. Shakariy chalqancha uslubda zarba berishga urindi, ammo to‘p uning yonida turgan Ja’fariyga kelib tushdi. Rizo yaqin masofadan aniq zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi!
13'
Eronliklar olis masofadan jarima maydonchamiz chizig‘i oldiga uzatma berdi. Himoyachimiz bosh bilan to‘pni qaytardi
10'
Vuuuuh! Ibragimov jarima zarbasini tepdi. Darvozabon to‘pni qo‘lidan chiqarib yuborib, ikkinchi urinishda egallab oldi
9'
Eronlik himoyachi o‘z jarima maydonchasi burchagida Avilovni chalib yiqitdi. Yaxshi jarima zarbasi bo‘lishi kerak
8'
Vakillarimiz maydon markazida raqibdan olib qo‘yishdi va chap qanotdan hujum tashkil qilishdi. Ibragimov himoyachidan o‘tib keta olmadi
6'
Darvoza tomon dastlabki aniq zarbani O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisi berdi. Yaxshiboyev jarima maydonchasining o‘ng tomonida himoyachilarni aldashga urindi, unga yordamga yetib kelgan Alijonov to‘pni egalladi va o‘tkir burchak ostida zarba berdi. Odiliy to‘pni egalladi
5'
Eronlik futbolchi ofsaydda qoldi
4'
To‘p bilan ko‘proq forslar muomalada bo‘lishmoqda. Jamoamiz raqibning xato qilishini kutmoqda
2'
Jarimadan yetkazilgan uzatmani himoyachimiz baland sakragancha qaytardi
1'
Ibragimov qanotdan raqib futbolchisiga nisbatan fol ishlatdi. Eronliklar jarima to‘pini o‘yinga kiritishadi
1'
Uchrashuv boshlandi" To‘pni o‘yinga eronliklar kiritib berishdi
'
Diqqat, jamoalar maydonga chiqib kelishdi. O‘zbekiston va Eron madhiyalari yangradi
'
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining Avstraliyaga qarshi bo‘lib o‘tgan 2-tur bahsidagi boshlang‘ich tarkibini taqqoslasak, bosh murabbiyimiz Jasur Abduraimov tarkibda bitta o‘zgarish qilgan. Jamshid Yusupov o‘rniga Husniddin G‘ofurov asosiy tarkibda o‘ynaydi
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! O‘zbekiston va Eron yoshlar terma jamoalari o‘rtasidagi qit’a chempionatining chorak final bahsi yana 1 soatdan keyin boshlanadi.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.