Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

O‘zbekiston kubogi

Yarim final, dastlabki o‘yin, 25 oktyabr, soat 16:00. Bosh hakam: Sherzod Qosimov (O‘zbekiston)

LOKOMOTIV

Sardor Mirzayev (82)

1 : 0

BUNYODKOR

JAMOALAR TARKIBI
12.Ma’mur Ikromov
4.Boburbek Yo‘ldoshev
5.Kaxi Maxaradze
8.Server Jeparov
10.Marat Bikmayev
11.Temurxo‘ja Abduxoliqov
13.Nemanya Yanichich
15.Sardor Mirzayev
17.Salim Mustafoyev
20.Islom To‘xtaxo‘jayev (S)
22.Sanjar Shoahmedov
  25.Murodjon Zuhurov
03.Akramjon Komilov
08.Jovlon Ibrohimov (S)
09.Minori Sato
10.Eldor Shomurodov
11.Shahzodbek Nurmatov
16.Dilshodbek Ahmadaliyev
17.Dostonbek Hamdamov
22.Rustamjon Ashurmatov
29.Otabek Shukurov
30.Yurisa Bulyat
ZAHIRA
1.Ignatiy Nesterov
7.Sadriddin Abdullayev
18.Timur Kapadze
28.Ikrom Aliboyev
33.Oleg Zoteev
37.Sherzod Fayziyev
71.Artur Gevorkyan
  45.Akbar To‘rayev
14.Bahodir Nasimov
19.Zabihillo O‘rinboyev
21.Sardorbek Azimov
23.Shohrux Gadoyev
77.Viktor Karpenko
SARIQ KARTOCHKA
Server Jeparov (60)
 
Yurisa Bulyat (30)

Matn

90+3 '
O‘yin tugadi. Yarim finalning birinchi uchrashuvida "Lokomotiv" 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Javob bahsi 2 noyabr kuni "Bunyodkor" maydonida bo‘lib o‘tadi
90+2'
"Lokomotiv"da o‘zgarish: Server Jeparov o‘rniga Ikrom Aliboyev tushirildi
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi
88'
"Bunyodkor"da o‘zgarish: Jovlon Ibrohimov o‘rniga Zabihillo O‘rinboyev tushirildi
86'
VUUUUUH! Shomurodov! O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani Eldor qabul qildi va uning dastlabki zarbasini himoyachilar qaytarishdi, takroriy zarbani Ikromov qaytardi!
84'
"Bunyodkor" chap qanotdan jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Shukurov hujumda fol ishlatdi
82'
GOOOOOOL! Sardor Mirzayev, 1:0! Kapadze jarima maydonchasi tashqarisidan yumshoq tarzda darvozabon maydonchasi burchagiga uzatma berdi. Mirzayev oldingi o‘tdi va bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi
81'
"Lokomotiv"da shzgarish: Marat Bikmayev shrniga Artur Gevorkyan tushdi
80'
Sardor Azimov o‘ng burchakka yaqin joydan jarima to‘pini o‘yinga kiritib berdi. To‘p Bulyatga kelib tushdi va uning zarbasi himoyachiga tegib qaytdi
77'
"Lokomotiv" chap qanotdan jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Temurxo‘ja
Abduxoliqov darvozabon maydonchasi chizig‘i oldidan zarba berdi. Zuhurovdan ajoyib seyv va u chiziq ustidan to‘pni qaytarishga muvaffaq bo‘ldi
76'
"Bunyodkor"da o‘zgarish: Shahzodbek Nurmatov o‘rniga Sardor Azimov maydonga tushmoqda
75'
Shahzodbek Nurmatov jarima maydonchasi yarim aylanasi chizig‘i ustidan zarba berdi. Ikromov to‘pni egalladi
74'
Abduxoliqov jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. Biroz noaniq
73'
"Lokomotiv"da o‘zgarish: Sanjar Shoahmedov o‘rniga Temur Kapadze tushdi
73'
Vuuuuuh! Maxaradze raqib jarima maydonchasi tashqarisida to‘pni orqaroqqa yumalatib berdi va Shoahmedov 25 metrlardan zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
70'
Sato Minori burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Xavf bartaraf etildi
67'
"Qaldirg‘ochlar"dan yaxshi hujum. Shukurov himoyachilar orasida kesma pas bilan Shomurodovga uzatma berdi. Mustafoyev so‘nggi pallada to‘pni egallab olib, xavfni bartaraf etdi
65'
Mezbonlarda yaxish imkoniyat. Mirzayev o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga yerlatib uzatma berdi. Temurxo‘ja to‘pni qabul qildiyu, ammo zarba berishga ulgurmadi
63'
"Bunyodkor"ning hujumi. Chap qanotdan jarima maydonchasiga yetkazilgan uzatmani Ma’mur Ikromov egallab oldi
62'
Jarima maydonchasi burchagiga yaqin joyda Komilov Serverga nisbatan fol ishlatdi
61'
Shomurodov o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirayotgan sheriklariga uzatma berdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi
60'
Server Jeparov sariq kartochka oldi
59'
Mehmonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Xavf bartaraf etildi
58'
Jeparov tomonidan yo‘llangan jarima zarbasi xavfli bo‘ldi. Darvoza burchagiga borayotgan to‘pni Zuhurov qaytardi. Qaytgan to‘pni himoyachilar vaziyatdan uzoqlashtirishdi
57'
Shoahmedovga nisbatan fol ishlatildi. Darvozagacha 25 metr
56'
Jarima zarbasi xavfli vaziyatni taqdim etmadi
56'
Hamdamovga nisbatan fol ishlatildi. Mehmonlar jarima zarbasi tepishadi. Darvozagacha 30 metr
53'
VUUUUH! Temiryo‘lchilar qisqa paslar orqali jarima maydonchasiga kirib kelishdi va Sardor Mirzayev darvozabon maydonchasi burchagidan chap oyoqda zarba berdi. To‘p shundoqqina darvoza yuqorisidan o‘tib ketdi
51'
Mirzayevda yaxshi imkoniyat. Sardor jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi va 14 metrlardan zarba berdi. To‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi
50'
Lushchan shogirdlari tezkor qarshi hujumga o‘tishdi. Hamdamov oldinga chiziqqa yerlatib uzatma berdi. To‘xtaxo‘jayev to‘pni egallab, xavfni bartaraf etdi
49'
Shukurovning sa’y-harakatlari evaziga bunyodkorchilarning o‘ng qanotdan hujum tashkil qilib, jarima maydonchasiga kirib borishdi, so‘nggi pallada Maxaradze xavfni bartaraf etdi
48'
Jeparovning uzatmasidan keyin Abduxoliqov jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qilib, himoyachini aldashga kirishib ketdi, ammo u ofsaydda qolgan ekan
46'
Ikkinchi bo‘lim start oldi
45+1'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Tanaffus. Hozircha o‘yinda hisob ochilmagan
45'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shildi
43'
Burchakdan yetkazilgan uzatmani mehmonlar qaytarishdi. Qaytga to‘pga Shoahmedov jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. Zuhurov to‘pni egallab oldi
42'
Autdan otib berilgan to‘pni Temurxo‘ja raqib jarima maydonchasi ichida qabul qildi va ochiq turgan Mirzayevga uzatma berdi. Sardor 10 metrlardan yaqin burchakka zarba berdi. Zuhurov to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
40'
Ketma-ket tashkil etilgan 3-4ta xavfli hujumdan keyin vaziyat yana sokinlashgandek
35'
Marat Bikmayev jarima maydonchasi tashqarisidan aniq zarba berdi. Zuhurov zarbani qaytardi.
33'
Vuuuh! Doston Hamdamov "Lokomotiv" jarima maydonchasi ichida zarba berdi. Zarba aniq, ammo unchalik kuchli emas. Ikromov to‘pni egalladi
32'
Uchrashuvdagi ilk xavfli vaziyat! Mustafoyev chap qanotda ikki futbolchi orasidan o‘tib ketdi va jarima maydonchasiga uzatma berdi. Shoahmedov 6-7 metrdan zarba berishga urindi. Sanjarga hech kim xalal bermayotgandi, ammo to‘p uning oyog‘iga yaxshi tegmay qoldi
31'
Jarimadan yetkazilgan uzatmani "Bunyodkor" futbolchilari jarima maydonchasidan uzoqlashtirishdi
30'
Yurisa Bulyat sariq kartochka oldi. U o‘zidan o‘tib ketayotgan va jarima maydonchasiga yaqinlashayotgan Temurxo‘jani qo‘li bilan tortib yiqitdi
29'
Mehmonlar jarima zarbasi tepishdi. Minori tomonidan yo‘llangan zarba aniq bo‘ldi, Ikromov to‘pni egallab oldi
27'
"Lokomotiv" to‘pni nazorat qilmoqda, ammo "qalbirg‘ochlar" mudofaasini yorib o‘ta olmayapti
22'
Doston Hamdamov burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Mezbonlar to‘pni qaytarishdi
21'
Burchakdan yetkazilgan to‘pga To‘xtaxo‘jayev bosh bilan zarba berdi, ammo yon tomonga ketdi. Mirzayevning oyoq bilan bergan zarbasi noaniq bo‘ldi
20'
Endi esa temiryo‘lchilar uzoq vaqt to‘pni nazorat qilishdi va burchak to‘pi ishlashdi
17'
"Bunyodkor" hujum tashkil qildi. O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmaga Nurmatov bosh bilan zarba berdi. To‘p mezbon futbolchisiga tegib, maydonni tark etdi. Burchak to‘pi
15'
Yurisa Bulyat olis masofadan jarima zarbasi yo‘lladi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi
14'
Oldinga chiziqqa yetkazilgan uzatmani mehmonlar himoyachilari qaytarishdi va qaytgan to‘pni Abduxoliqov egallab, chap qanotdan jarima maydonchasiga kirayotgan Mirazevga uzatma berdi. Ammo futbolchilar bir-birlarini tushunishmagani bois, Sardor to‘pni egallay olmadi
10'
Jeparovning uzatmasidan keyin Mirzayev jarima maydonchasiga kirdi, ammo to‘pni to‘xtata olmadi, aks holda darvozabon bilan yuzma-yuz vaziyatda qolayotgandi
10'
To‘p asosan maydon markazida. Jamoalar tashabbus uchun kurash olib borishmoqda
6'
Burchak to‘pi o‘yinga kiritilgan vaziyatda To‘xtaxo‘jayev Sato Minoriga qarshi o‘yin qoidasini buzdi
6'
Ilk daqiqalarda "Bunyodkor" ko‘proq oldinga o‘tayotgandi, endi esa "Lokomotiv" futbolchilari burchak to‘pi ishlashdi
1'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari. O‘zbekiston kubogining yarim final bosqichi doirasida "Lokomotiv" va "Bunyodkor" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv boshlandi
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.