Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Oliy liga
| 27-tur, 29 oktyabr, 16:00. Bosh hakam: Baxtiyor Namozov | ||
LOKOMOTIVIslom To‘xtaxo‘jayev (30)
Sardor Mirzayev (36) Temurxo‘ja Abduxoliqov (53) |
3 : 2 |
NASAFFarrux Sayfiyev (38)
Dragan Cheran (41) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
12.Ma’mur Mkromov 04.Boburbek Yo‘ldoshev 05.Kaxi Maxaradze 08.Server Jeparov 10.Marat Bikmayev 11.Temurxo‘ja Abduxoliqov 13.Nemanya Yanichich 15.Sardor Mirzayev 17.Salim Mustafoyev 20.Islom To‘xtaxo‘jayev 22.Sanjar Shoahmedov |
25.Eldorbek Suyunov 04.Maqsud Karimov 22.Igor Golban 23.Sherzod A’zamov 24.Ognen Krasich 28.Fozil Musayev 31.Saydullo Rahmatov 33.Odiljon Hamrobekov 34.Farrux Sayfiyev 38.Doniyor Narzullayev 69.Dragan Cheran |
|
| ZAHIRA | ||
|
01.Ignatiy Nesterov 07.Sadriddin Abdullayev 18.Temur Kapadze 28.Ikrom Aliboyev 33.Oleg Zoteev 37.Sherzod Fayziyev 71.Artur Gevorkyan. |
35.Sanjar Quvvatov 05.Ildar Mamatkazin 15.Shahboz Erkinov 16.Dilshod Xushbakov 18.Bahrom Abdurahmonov 21.Azamat Allaniyozov 27.Islom Rashidxonov |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Dragan Cheran (40)
Fozil Musayev (70) Igor Golban (87) |
||
Matn
| 90+4' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. Ajoyib o‘yinda "Lokomotiv" qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi va "Bunyodkor" bilan ochkolar farqini 4taga yetkazib oldi |
| 90+3' | ![]() |
VUUUUUUH! Ma’mur Ikromov muqarrar goldan qutqarib qoldi! Chap qanotdan yetkazilgan uzatmaga Shahboz Erkinov bosh bilan zarba berdi. Burchakka kirayotgan to‘pni darvozabon qaytardi! |
| 90+1' | ![]() |
VUUUUUUUH! Cheran 30 metrlardan zarba berdi. To‘p darvoza to‘siniga tegib qaytdi!!! |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi |
| 89' | ![]() |
Abduxoliqov birga bir vaziyatga chiqdi, ammo ofsayd! |
| 89' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatmaga mezbonlar zarba bera olishmadi |
| 88' | ![]() |
Aliboyev jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. To‘p himoyachilardan maydonni tark etdi. Burchak to‘pi |
| 87' | ![]() |
Igor Golban sariq kartochka oldi. Abduxoliqovni qo‘li bilan tortib qoldi |
| 85' | ![]() |
Xavfli vaziyat! Aliboyev o‘ng qanotdan bergan uzatmani Zoteev jarima maydonchasi chizig‘i oldida to‘pni qabul qildi va zarba berdi. To‘p himoyachining oyog‘iga tegib, to‘sin ustidan o‘tib ketdi |
| 84' | ![]() |
Dragan Cheran jarima maydonchasiga kirib yiqildi, hakam unga o‘rnidan turishni maslahat berdi |
| 84' | ![]() |
"Lokomotiv"da so‘nggi o‘zgarish: Sanjar Shoahmedov o‘rniga Ikrom Aliboyev maydonga tushdi |
| 82' | ![]() |
Sardor Mirzayev jarima maydonchasi tashqarisidan yerlatib zarba berdi. Suyunov to‘pni yon tomonga urib yubordi |
| 80' | ![]() |
O‘yin qarama-qarshi hujumlar ostida qizg‘in davom etmoqda |
| 74' | ![]() |
"Loko"da o‘zgarish: Marat Bikmayev o‘rniga Oleg Zoteev tushdi |
| 73' | ![]() |
Mirzayev chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi va burchak to‘pi ishladi. Burchak to‘pini mehmonlar bartaraf etishdi |
| 72' | ![]() |
Vuuuh! Qarshi hujumda Shoahmedovdan uzatma qabul qilgan Abduholiqov 17 metrdan zarba berdi. To‘p esa ofsaydda turgan Sanjarga kelib tushdi. |
| 70' | ![]() |
Fozil Musayev sariq kartochka oldi |
| 67' | ![]() |
Qarshiliklar jarima to‘pini o‘yinga kiritishdi. Ikromov musht bilan to‘pni urib yubordi |
| 66' | ![]() |
"Nasaf"da o‘zgarish: Maqsud Karimov o‘rniga Shahboz Erkinov tushdi |
| 65' | ![]() |
Bikmayev 20 metrlardan zarba berdi. O‘ta noaniq |
| 64' | ![]() |
"Loko"da o‘zgarish: Server Jeparov o‘rniga Temur Kapadze maydonga tushdi |
| 62' | ![]() |
Vuuuuh! Salim Mustafoyev chap tomondan jarima maydonchasiga kirib keldi va o‘tkir burchak ostida zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib, to‘rga yon tomondan kelib tegdi |
| 56' | ![]() |
"Nasaf" o‘ng qanotdan jarima zarbasini o‘yinga kiritdi. Yanichich bosh bilan to‘pni yon tomonga urib yubordi |
| 53' | ![]() |
GOOOOOOOL! Temurxo‘ja Abduxoliqov, 3:2! Jarimadan yetkazilgan uzatmagan Temurxo‘ja darvozabon maydonchasi chizig‘i ustida o‘ng oyoqda zarba berdi. Suyunov zarbani qaytardi. Abduxoliqov bosh bilan to‘pni darvozaga joyladi! |
| 52' | ![]() |
"Lokomotiv" jarima maydonchasi burchagidan jarima zarbasi tepadi |
| 50' | ![]() |
Vuuuh! Jeparov jarimadan zarba/uzatma berdi. Yanichich to‘pga sekradi, ammo uning boshi tegmaydi. Suyunov esa oyog‘i bilan zarbani qaytarishga muvaffaq bo‘ldi |
| 48' | ![]() |
Jeparov burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Abduxoliqovning bosh bilan zarbasi noaniq bo‘ldi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45+2' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Lokomotiv" - "Nasaf" - 2:2. Tanaffus |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi |
| 45' | ![]() |
Sayfiyev jarima maydonchasi burchagiadn zarba berdi. Ikromov ikkinchi urinishda to‘pni egallab oldi |
| 43' | ![]() |
Ma’mur Ikromov qaltis harakat qildi. O‘ziga yetkazilgan uzatmani o‘z vaqtida tepib yubormadi va Cheran uning oyog‘iga tagiga tashlandi. Dragan sal qolsa darvozani ishg‘ol qilishi mumkin edi |
| 41' | ![]() |
GOOOOOOOL! Dragan Cheran, 2:2! Narzullayev o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berdi. Himoyachi qaytargan to‘pni Cheran egalladi va 15 metrdan zarba berdi. Ikromov to‘pni qaytara olmadi |
| 40' | ![]() |
"Nasaf"da o‘zgarish: Saydullo Tursunov o‘rniga Bahrom Abdurahimov tushdi |
| 39' | ![]() |
Dragan Cheran ogohlantirish oldi |
| 38' | ![]() |
GOOOOOOOL! Farrux Sayfiyev, 2:1! Maxaradze o‘z jarima maydonchasi ostonasida Cheranga oldirib qo‘ydi. Dragan o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirgan Sayfiyevga uzatma berdi. Farrux o‘tkir burchak ostida kuchli zarba berdi. To‘p to‘singa tegib, to‘rga tushdi! |
| 37' | ![]() |
Vuuuh! Shoahmedov jarima maydonchasi tashqarisidan xavfli zarba yo‘lladi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 36' | ![]() |
GOOOOOOOL! Sardor Mirzayev, 2:0! Bikmayev o‘ng qanotdan to‘pni olis ustun yoniga yetkazdi. Mirzayev darvozabon maydonchasi ichida 2-3 metrdan to‘pni darvozaga burib qo‘ydi! |
| 35' | ![]() |
Mezbonlar hududiy jihatdan ustunlikka erishishda davom etmoqda |
| 30' | ![]() |
GOOOOOOL! Islom To‘xtaxo‘jayev, 1:0! Jarimadan yo‘llangan zarba natijasida to‘p jonli devordagi futbolchiga tegib, darvoza burchagiga borib tushdi. Suyunov boshqa tomonga tashlangandi |
| 30' | ![]() |
"Lokomotiv"ning bosimi. Jarima maydonchachi tashqarisida Maxaradzega nisbatan fol ishlatildi |
| 27' | ![]() |
Mirzayev chap qanotda himoyachini aldab, jarima maydonchasiga kirishga urindi, ammo to‘p maydonni tark etdi |
| 25' | ![]() |
Jeparov o‘ng oyoqda jarima to‘pini jarima maydonchasiga yetkazib berdi. To‘pni Temurxo‘ja egalladi va burchak to‘pi ishladi |
| 22' | ![]() |
Krasich to‘p bilan oldinga o‘tayotganida Bikmayev uni yiqitdi, biroq to‘p Cheranda qolgani uchun o‘yin to‘xtatilmadi. Draganing zarbasidan keyin to‘pni Ikromov egallab oldi |
| 21' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatmani Suyunov mushti bilan burib yubordi |
| 21' | ![]() |
Bikmayev o‘ng qanotda bir himoyachidan o‘tib, jarima maydonchasiga uzatma berdi. To‘p himoyachidan maydonni tark etdi |
| 15' | ![]() |
Qarshiliklar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Mezbonlar to‘pni qaytarishdi |
| 14' | ![]() |
Bikmayev yana o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va uzatma berishga urindi. Ammo to‘p sheriklariga yetib bormadi |
| 12' | ![]() |
Bikmayev o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi va darvozabon maydonchasining olis burchagiga uzatma berdi. Narzullayev bosh bilan to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 11' | ![]() |
Vuuuh! Shoahmedovning uzatmasidan keyin Abduxoliqov 15 metrlardan zarba berdi. To‘pni Suyunov egalladi |
| 10' | ![]() |
"Lokomotiv" o‘yinda ustunlikka erishmoqda. Bikmayev o‘ng qanotdan mehmonlar jarima maydonchasiga uzatma berdi. To‘p hech kimga tegmay, maydonni tark etdi |
| 6' | ![]() |
Farrux Sayfiyev o‘ng qanotdan oldinga o‘tdi va jarima maydonchasiga uzatma berdi. To‘ni To‘xtaxo‘jayev bosh bilan qaytardi |
| 4' | ![]() |
Baxtiyor Namozov "Nasaf" darvozasiga penalti belgilamadi. Jeparov o‘ng qanotdan jarima to‘pini darvozabon maydonchasiga yetkazdi. Yanichich bosh bilan zarba berish uchun sakragan paytda Golban raqibini tortib yiqitdi. Hakam jim |
| 1' | ![]() |
Mezbonlar maydon markaziga yaqin joyda jarima to‘pini o‘yinga kiritishdi. Qarshiliklar to‘pni qaytarishdi |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi! |
| ' | ![]() |
Jamoalar maydonda, o‘yin boshlanish arafasida |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Oliy liga yakuniga yetib bormoqda. Toshkentdagi "Lokomotiv" stadionida mezbonlar "Nasaf"ni qabul qilmoqda. Chempionlik taqdirini hal qilishi mumkin bo‘lgan o‘yinlardan biri. |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|