Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Angliya Premyer-ligasi-2016/2017

11-tur, 5 noyabr, soat 22:30

CHELSI

Eden Azar (19, 56)
Markos Alonso (20)
Diyego Kosta (42)
Pedro (65)

5 : 0

EVERTON

JAMOALAR TARKIBI
13.Tibo Kurtua (D)
30.David Luis
28.Sesar Aspilikueta
03.Markos Alonso
24.Gari Kexill
21.Nemanya Matich
10.Eden Azar
07.N’Golo Kante
15.Viktor Mozes
11.Pedro Rodriges
19.Diyego Kosta
  22.Marten Stekelenburg (D)
20.Brayan Ovyedo
23.Sheymus Koulman
05.Eshli Uilyams
25.Ramiro Funes Mori
06.Fil Jagelka
15.Tom Kleverli
18.Garet Berri
14.Yannik Bolasi
08.Ross Barkli
10.Romelu Lukaku
ZAHIRA
01.Asmir Begovich (D)
26.Djon Terri
29.Nataniyel Shaloba
02.Branislav Ivanovich
34.Ola Eyna
08.Oskar
23.Michi Batshuayi
  01.Joel Robles (D)
30.Meyson Xoggeyt
26.Tom Devis
12.Aaron Lennon
07.Jerar Delofeu
11.Kevin Miralyas
19.Enner Valensiya
SARIQ KARTOCHKA
 
Yannik Bolasi (15)

Matn

90+3'
O‘yin tugadi. "Chelsi" ajoyib g‘alabani qo‘lga kiritdi va o‘z ochkolarini 25taga yetkazib, 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi
90+1'
Diyego Kosta ofsaydda
90'
O‘yinga 3 daqiqa qo‘shildi
90'
Vuh! Viktor Mozes jarima maydonchasi tashqarisidan chap oyoqda xavfli zarba berdi. Darvozabon to‘pni egalladi
87'
Oho! Diyego Kosta deyarli maydon markazidan to‘p bilan yugurib kelib, jarima maydonchasiga kirdi, ammo zarba berishga ulgurmadi
84'
"Chelsi"da o‘zgarish: Kexill o‘rniga Jon Terri tushmoqda
80'
Vuuuh! Burchakdan yetkazilgan uzatmani David Luis darvoza tomon burdi. Stekelenburg bir amallab to‘pni darvoza yuqorisiga ko‘tarib yubordi
80'
"Chelsi"da o‘zgarish: Eden Azar o‘rniga Michi Batshuayi tushdi
79'
Diyego Kosta yakkama-yakka vaziyatga chiiib bordi, jarima maydonchasiga kirdi va zarba berdi. Himoyachi zarba yo‘liga tashlanishga ulgurdi. Burchak to‘pi
74'
Kuman shogirdlari to‘pni nazorat qilishmoqda. Ilojsizlikdan
71'
"Chelsi"da o‘zgarish: Pedro o‘rniga Oskar tushdi
65'
GOOOOOOOL! Pedro, 5:0! Qarshi hujumda "Chelsi" raqibini jazolamoqda. Diyego Kostaning uzatmasidan keyin Azar zarba berdi. Stekelenburg qaytargan to‘pni Pedro bo‘sh darvozaga joylab qo‘ydi
64'
Garet Barri sariq kartochka oldi
63'
VUUUUUH! "Chelsi" chiroyli o‘ynashda davom etmoqda. Chap qanotdan yetkazilgan uzatmaga Diyego Kosta chalqancha uslubda darvoza tomon aniq zarba berdi. Stekelenburg to‘pni qaytardi
60'
Bugungi gollardan keyin Diyego Kostaning gollari 9taga, Azarniki 7taga yetdi
56'
GOOOOOOOOL! Eden Azar! 4:0. Individual jihatdan juda chiroyli harakat va ajoyib gol!
54'
Mozes jarima maydonchasiga kirib, zarba berdi. To‘p himoyachidan o‘tmadi
50'
"Chelsi"ning xavfli hujumi. Matichning uzatmasidan keyin Diyego Kosta deyarli birga bir vaziyatda zarba berdi, to‘p himoyachidan maydonni tark etdi. Ammo laynsmen bayroqchani ko‘targan ekan
48'
Everton burchak to‘piini o‘yinga kiritdi. Mezbonlar xavfni bartaraf etishdi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+3'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. "Chelsi" 3ta to‘p farqi bilan oldinda bormoqda
45+2'
Ehhhhh, Kosta! Pedroning faolligi evaziga Diyego Kosta darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqdi va o‘tkir burchak ostida zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi. Azarga uzatma berishi ham mumkin edi
45+1'
"Chelsi" ijrosidagi burchak to‘pi samarali chiqmadi. Pedro jarima maydonchasi tashqarisidan bergan zarba noaniq bo‘ldi
45'
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi
44'
"Everton"ning hujumi. To‘pni Kurtua egallab oldi
42'
GOOOOOOL! Diyego Kosta, 3:0! Burchakdan yetkazilgan uzatmani Matich bosh bilan ortga urib yubordi. Kosta 12 metrlardan kuchli zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi
41'
Azar o‘ng qanotdan jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Himoyachilar to‘pngi qaytarishdi va hujum yana Azar qanotidan tashkil etildi. Eden jarima maydonchasiga yetkazgan uzatmani himoyachilar egallashdi va qaytarishdi
36'
"Everton"da o‘zgarish: Ovyedo o‘rniga Keyin Miralyas tushdi
34'
VUUUUUH! Alonso jarima maydonchasi tashqarisidan to‘pni darvozabon maydonchasining olis burchagi tomon yetkazdi. Mozesning zarbasidan keyin to‘p ustunga tegib qaytdi
32'
Maydon egalari yaxshi hujum tashkil qilishdi. Diyego Kostaning Alonso tomon uzatmasi biroz sekinroq chiqdi va to‘p yo‘qotildi
30'
Fil Jagelka sariq kartochka oldi. Hakamga atalgan "shirindan shakar" tillari uchun
25'
"Everton" futbolchisi o‘yinga kiritib bergan jarima to‘pi xavfli bo‘ldi. Ammo ofsayd bor ekan
23'
Oho! O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmaga Lukaku jarima maydonchasi ichida zarba berdi. Zarba aniq bo‘ldi, ammo unchalik kuchli emas. Kurtua to‘pni egallab oldi
20'
GOOOOOOL! Markos Alonso, 2:0! Azar o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirgan Pedroga uzatma berdi va ispaniyalik futbolchi to‘pni darhol narigi tomonga yetkazdi. Alonsoning zarbasidan keyin to‘p Stekelenburgning oyoqlari orasidan o‘tib, to‘rga borib tushdi
19'
GOOOOOOL! Eden Azar, 1:0! Diyego Kostadan uzatma qabul qilgan Azar, chap qanotdan jarima maydonchasiga kirar-kirmas olis burchakni aniq nishonga oldi!
16'
O‘ng qanotdane yetkazilgan jarima zarbasi muvaffaqiyatli chiqmadi
15'
Yannik Bolasi sariq kartochka oldi. U Mozesning oyog‘ini butsasining tishlari bilan bosib oldi
11'
Mezbonlar bosim tashkil qilishdi, ish zarbagacha yetib bormadi
10'
Chap burchakka yaqin joydan Azar to‘pni darvozabon maydonchasiga uzatdi. Himoyachi to‘pni qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.
8'
Diyego Kosta jarohat oldi. Unga yordam ko‘rsatilmoqda
5'
Alonso chap qanotdan yerlatib uzatma berdi. Stekelenburg to‘pni egallab oldi
2'
"Chelsi" ko‘k, "Everton" sariq rangli formada o‘ynamoqda
0'
O‘yin boshlandi
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Angliya Premyer-ligasining 11-turi doirasida "Chelsi" o‘z maydonida "Everton"i qabul qilmoqda
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.