Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Ispaniya La ligasi-2016/2017

11-tur, 6 noyabr, soat 16:00

REAL MADRID

Garet Beyl (38, 45+1)
Alvaro Morata (76)

3 : 0

LEGANES

JAMOALAR TARKIBI
01.Keylor Navas (D)
12.Marselo
06.Nacho
02.Daniel Karvaxal
05.Rafayel Varan
22.Isko
16.Mateo Kovachich
08.Toni Kroos
21.Alvaro Morata
07.Krishtianu Ronaldu
11.Garet Beyl
  13.Jon Serantes (D)
18.Pablo Insua
05.Martin Mantovani
03.Unai Bustinza
15.Diyego Riko
06.Alberto Martin
08.Gabriel
11.Aleksandr Jimanovski
19.Unay Lopesh
21.Ruben Peres
07.Darvin Machis
ZAHIRA
13.Kiko Kasilya (D)
15.Fabiu Kuentrau
19.Luka Modrich
10.Xames Rodriges
20.Marko Asensio
23.Danilo
17.Lukas Vaskes
  01.Alberto Brignoli (D)
17.Viktor Diaz
23.Omar Ramos
24.David Timor
22.Lyuis Sastre
09.Migel Guerrero
20.Lusiano
SARIQ KARTOCHKA
Krishtianu Ronaldu (17)
Toni Kroos (40)
Nacho (41)
 
Darvin Machis (8)
Pablo Insua (42)

Matn

90+3'
O‘yin yakunlandi. "Real" yirik hisobda g‘alaba qozondi va La ligada peshqadamlik qilishda davom etadi.
90+1'
Viktor Dias (Leganes) ogohlantildi
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daiqa qo‘shildi
89'
Vuuuuh!! Xames Rodriges jarimadan yetkazilgan uzatmani darvoza tomon tepdi. To‘p ustun yonginasidan o‘tib ketdi.
86'
Madridliklar to‘pni nazorat qilishmoqda
83'
Omar Ramos (Leganes) ogohlantirildi
82'
"Leganes"da ham o‘zgarish: Martin Mantovani o‘rniga Viktor Dias tushdi.
82'
"Real"da o‘zgarish: Morata o‘rniga Lukas Vaskes tushdi
76'
GOOOOOOL! Alvaro Morata, 3:0! Hujumchi to‘p bilan oldinga bordi va jarima maydonchasiga kirib zarba berdi. "Leganes" darvozaboni zarbani qaytara olmadi.
70'
Aleksandr Shimanovski (Leganes) jarima maydonchasi tashqarisi to‘pni qabul qildi va kuchli zarba berdi. To‘sin ostiga kirayotgan to‘pni Keylor Navas fantastik seyv bilan qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.
69'
"Leganes"da ham o‘zgarish: Ruben Peres o‘rniga Luisano maydonga tushdi.
68'
"Real"da o‘zgarish: Isko o‘rniga Xames tushdi.
66'
Krishtianu Ronaldu jarimadan kuchli zarba yo‘lladi. To‘p jonli devorga tegib qaytdi.
62'
"Real"da o‘zgarish: Mateo Kovachich o‘rniga Luka Modrich tushdi.
61'
Martin Mantovani (Leganes) sariq kartochka oldi
60'
VUUUUUH! Jarima maydonchasiga yetkazilgan to‘p uchun kurashda Garet Beyl himoyachilardan ustun keldi va 11 metrli nuqta ustidan zarba berdi. Burchakka yo‘llangan zarbani Jon Serantes ajoyib seyv bilan qaytarishga muvaffaq bo‘ldi va yana Beylga xet-trik qilish imkonini bermadi.
54'
"Leganes"da o‘zgarish: Darvin Machis o‘rniga Omar Ramos tushdi.
53'
Beyl olis masofadan jarima zarbasini yo‘lladi. To‘p jonli devordan maydonni tark etdi. Burchak to‘pi
48'
Vuuuuh! Garet Beyl darvoza burchagi tomon aniq zarba berdi va Jon Serantes ajoyib seyv namoyish qildi. Yon tomonga ketgan to‘pni Ronaldu yana uelslik futbolchiga yetazadi. Beylning bu galgi zarbasini ham "Leganes" posboni qaytarishga muvaffaq bo‘ldi!
48'
Beyl ofsaydda qoldi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlanib ketdi
45+2'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Real" Beylning dubli evaziga "Leganes"ni mag‘lub etmoqda. Tanaffus.
45+1'
GOOOOOL! Garet Beyl, 2:0! "Real" jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Raqib jarima maydonchasi ichida ketma-ket bir necha marta berilgan zarbalardan keyin to‘p Beylga kelib tushdi. Uning zarbasidan keyin to‘p darvozaga borib tushdi.
42'
Pablo Insua (Leganes) ogohlantirish oldi
41'
Nacho (Real Madrid) sariq kartochka oldi
40'
Toni Kroos (Real Madrid) sariq kartochka oldi
38'
GOOOOOL! Garet Beyl! 1:0! Iskoning uzatmasidan keyin Beyl to‘pni qabul qildi, oldinga yurdi, darvozabonni aldadi va bo‘sh darvozani ishg‘ol qildi!
35'
"Real" to‘pni nazorat qilish bo‘yicha juda katta ustunlikka erishmoqda — 72-28%
25'
Xavfli vaziyat!!! "Leganes" hisobni ochishi mumkin edi! Mehmonlar chap qanotdan jarima zarbasi ishlashdi. 11 metrli nuqta atrofiga uzatma berildi. Peres ko‘kragi bilan to‘pni qabul qildi va chalqancha uslubda olis ustun tomon zarba berdi. U Shimanovski darvozasini ishg‘ol qilishi mumkin edi, ammo bunday uzatma bo‘lishini kutmagandi shekilli, to‘pni darvozaga burishga ulgurmadi.
22'
Dastlabki xavfli vaziyat! Toni Kroos qanotdan yetkazgan uzatmani Ronaldu qabul qildi va jarima maydonchasiga yorib kirib, deyarli birga bir vaziyatda 7 metrlardan zarba berdi, ammo to‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi...
19'
Marselo (Real Madrid) chap qanotdan hujumga qo‘shildi, ammo xavfli vaziyat sodir etilmadi. Himoyachilar yaxshi harakat qilishdi.
17'
Krishtianu Ronaldu (Real Madrid) hakam bilan tortishgani uchun sariq kartochka oldi.
16'
Unai Lopes (Leganes) bergan uzatmani Aleksandr Shimanovskiy qabul qildi va zarba berdi. Keylor Navas to‘g‘ri pozisiya tanlagani bois zarbani qaytardi.
14'
Ronaldu bir futbolchidan o‘tib ketdi, ammo raqib jarima maydonchasiga uzatma bera olmadi
11'
Daniel Karvaxal o‘z qanotidan Garet Beyl tomon uzatma berdi. Himoyachi chaqqonroq harakat qildi va xavfni bartaraf etdi.
10'
Maydon egalari to‘pni yaxshi nazorat qilishmoqda
8'
Darvin Machis (Leganes) sariq kartochka oldi.
7'
Alvaro Morata (Real Madrid)ga to‘p ajoyib tarzda yetkazildi. Hujumchi zarba berishga tayyor edi, ammo himoyachilardan biri podkat orqali unga imkon bermadi.
5'
"Real" to‘pni nazorat qilib, tashabbusni qo‘lga olishga intilmoqda
2'
Pablo Insua (Leganes) olis masofadan zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
0'
"Leganes" to‘pni o‘yinga kiriti berdi. Bahs boshlandi.
'
Zidan bir nechta o‘yindan beri optimal tarkibni maydonga tushira olmayapti, ammo bugun "Qirollik klubi" g‘alaba qozonishi uchun ortiqcha muammoga duch kelmasligi kerak, nazarimizda
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari. La liganing 11-turi doirasida "Real" o‘z maydonida "Leganes"ni qabul qilmoqda
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.