Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi
| 10 noyabr, soat 17:00. «Paxtakor» stadioni. Bosh hakam: Sherzod Qosimov (O‘zbekiston) | ||
O‘ZBEKISTONIgor Sergeev (45)
|
1 : 0 |
IORDANIYa |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
Aleksandr Lobanov Davron Hoshimov Egor Krimes Anzur Ismoilov Vitaliy Denisov Odil Ahmedov Vadim Afonin Otabek Shukurov Server Jeparov Eldor Shomurodov Igor Sergeev |
Al-Fitianiy Ar-Ravashda Hattob Zavahra Ad-Dmeyriy Abu Amara Al-Murjan Hasan Baxit Ravshda Solih |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Vadim Afonin (23)
Server Jeparov (44) Anzur Ismailov (83) Javohir Sohibov (87) |
Yosin Baxit (34)
Mahmud (87) |
|
Matn
| 90+4' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. O‘zbekiston terma jamoas o‘rtoqlik o‘yinida Iordaniyani 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi |
| 90+3' | ![]() |
Iordaniyaliklar hujum tashkil qilishdi va olis masofadan zarba berildi. Noaniq |
| 90+1' | ![]() |
Mehmon futbolchisi maydon markazida xavfli o‘yin namoyish qildi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi |
| 87' | ![]() |
Mehmon futbolchisi olis masofadan zarba berdi. Yerga urilib borgan to‘pni Lobanov qaytardi. Hoshimov to‘pni egallab, vaziyatdan uzoqlashtirdi |
| 87' | ![]() |
Sohibovga nisbatan qo‘pol o‘ynagan Mahmud ogohlantirildi |
| 85' | ![]() |
Iordaniyaning xavfli jarima zarbasidan so‘ng to‘p jonli devorga tegib, Lobanovning qo‘liga kelib tushdi |
| 83' | ![]() |
Raqib hujumini to‘xtatib qolgan Anzur Ismailov ogohlantirildi |
| 82' | ![]() |
Abu Amara o‘rniga Salim tushirildi |
| 80' | ![]() |
Baxit o‘rniga Sulaymon tushirildi |
| 79' | ![]() |
Krimes to‘pni darvozabonga oshirishda xatoga yo‘l qo‘ydi, Abu Amara uni egallab olib, Lobanovni ham aldab o‘tgan edi. Biroq to‘pni o‘zidan uzoqlashtirib yuborgani tufayli, uni bo‘sh qolgan darvozaga kiritolmadi |
| 76' | ![]() |
Geynrix burchak zarbasini amalga oshirdi, Ismailov to‘pni boshi bilan darvozaga yo‘llaganida, himoyachi uni darvoza chizig‘idan qaytarib yubordi |
| 75' | O‘yin surati biroz pasaydi, kurash asosan maydon markazida kechmoqda | |
| 72' | ![]() |
Vadim Afonin o‘rniga Aziz Haydarov tushirildi |
| 69' | ![]() |
Mahmud uzoq masofadan darvozamiz tomon zarba yo‘lladi, Afonin to‘pni qaytara oldi |
| 68' | ![]() |
Al-Murjan o‘rniga Mahmud tushirildi |
| 65' | ![]() |
O‘zbekistonda beshinchi o‘zgarish: Otabek Shukurov o‘rniga Javohir Sohibov tushdi |
| 62' | ![]() |
Darvozamiz oldida xavfli vaziyat. Iordaniyalik 13-raqamli futbolchi chap qanotdan jarima maydonchamizga kirdi hamda Hoshimov va Krimesni aldab o‘tib ketdi. So‘nggi pallada Ismoilov jamoamizni goldan qutqardi |
| 61' | ![]() |
O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmaga iordaniyalik futbolchi jarima maydonchasi chizig‘i ustidan bosh bilan zarba berdi. To‘pni Lobanov egalladi |
| 60' | ![]() |
Geynrix-Masharipov-Andreev kombinasiyasidan keyin Stanislav chap qanotdan uzatma berdi. Al-Fitianiy to‘pni egallab oldi |
| 59' | ![]() |
O‘zbekistonda to‘rtinchi o‘zgarish: Eldor Shomurodov o‘rniga Jaloliddin Masharipov tushdi |
| 59' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatmani mehmonlar qaytarishdi |
| 58' | ![]() |
Hoshimov burchak zarbasi ishladi |
| 56' | ![]() |
Jamoamiz o‘ng qanotdan yaxshi hujum tashkil qildi. Hoshimov-Sergeev-Shomurodov kombinasiyasi natijasida Eldor to‘pni maydonda olib qola olmadi |
| 52' | ![]() |
Vuuuuh! Rashidovdan uzatma qabul qilgan Geynrix to‘pni biroz ushlab turdi va Sardorning o‘ziga to‘pni yumalatib berdi. Sardor Rashidov 26 metrlardan chap oyoqda kuchli zarba berdi. To‘p ustun yoniidan o‘tib ketdi |
| 51' | ![]() |
Xavfli vaziyat! Shomurodov chap qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazdi. Sergeev bosh bilan to‘pni ortga o‘tkazdi, ammo Rashidov 7-8 metrlardan aniq zarba bera olmadi. To‘p yuqoriga ko‘tarilib ketdi |
| 51' | ![]() |
Vuuuh! Iordaniyalik futbolchi jarima maydonchamiz yarim aylanasi ichidan kuchli zarba berdi. Burchakka kirayotgan to‘pni Lobanov egallab oldi |
| 49' | ![]() |
Shomurodov jarima maydonchasiga yerlatib uzatma berdi. Sergeev uning fikrini tushunmadi |
| 48' | ![]() |
To‘p jarima maydonchamizga yetkazildi. Abu Amara Andreevga nisbatan fol ishlatdi |
| 47' | ![]() |
Iordaniyalik futbolchi ofsaydda qoldi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshida O‘zbekistonda o‘zgarish: Server Jeparov o‘rniga Aleksandr Geynrix, Denisov o‘rniga Satnislav Andreev, Odil Ahmedov o‘rniga Sardor Rashidov tushirildi |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shilgandi va bu vaqt yakuniga yetdi. Tanaffus. Hozircha O‘zbekiston - Iordaniya - 1:0 |
| 45' | ![]() |
GOOOOOOL! Igor Sergeev, 1:0! Odil Ahmedov jarima maydonchasi burchagidan yetkazgan uzatmaga hujumchimiz darvozabon maydonchasi olis burchagidan bosh bilan zarba berdi va darvozani ishg‘ol qildi |
| 44' | ![]() |
Server Jeparov sariq kartochka oldi. U maydon markazida raqibga nisbatan fol ishlatdi |
| 42' | ![]() |
Terma jamoamiz 2 daqiqa davomida to‘pni nazorat qildi. Ahmedov 20 metrlardan zarba berdi. To‘p raqib futbolchisidan o‘tmadi |
| 40' | ![]() |
Iordaniyalik futbolchi ofsaydda qoldi |
| 39' | ![]() |
Shomurodovga nisbatan ishlatilgan fol uchun belgilangan jarima to‘pini Shukurov darvozabon maydonchasiga aylanma tarzda yetkazdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishmaganida, ikki futbolchimiz darvozani ishg‘ol qilishga tayyor edi |
| 37' | ![]() |
Hujumlar soni va sifati bo‘yicha Iordaniya ustunlikka erishmoqda. Qanotdan yetkazilgan uzatmani Krimes qaytargan bo‘lsa, olis masofadan berilgan zarba noaniq bo‘ldi |
| 34' | ![]() |
Yosin Baxit sariq kartochka oldi. U butsasining tishlari bilan Jeparovning oyog‘iga tepdi. |
| 33' | ![]() |
Ahmedov to‘pni egallab oldinga o‘tdiyu, ammo raqib jarima maydonchasi yaqinida to‘pni na Shomurodovga yetkazdi, na o‘zi himoyachini aldab o‘ta oldi |
| 31' | ![]() |
Vuuuuuuh! Abu Amara darvozabonimiz bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqdi, hattoki Lobanovni ham aldab o‘tdi. Futbolchi zarba berish uchun qulay holatga kelib olguncha posbonimiz o‘z darvozasiga qaytdi va Amara bergan zarbani egallab oldi |
| 30' | ![]() |
Abu Amara jarimadan aniq zarba berdi. Lobanov to‘pni egallab oldi |
| 29' | ![]() |
Ismoilov fol ishlatdi. Darvozamizgacha 28 metrlar |
| 27' | ![]() |
Jamoamiz hujumi oxirgi yetmasdan uzilib qoldi |
| 24' | ![]() |
Iordaniyaning "standart"i xavfli chiqdi. Yerlatib yetkazilgan uzatmani Al-Murjan egalladi va jarima maydonchasi chizig‘i yaqiniga yetkazdi. Ahmad Solih 14 metrlardan aniq zarba bera olmadi. To‘p yon tomonga ketib qoldi |
| 23' | ![]() |
Afonin raqibga nisbatan qo‘pol o‘ynadi va ogohlantirish oldi |
| 22' | ![]() |
Shomurodov to‘pni jarima maydoniga, Sergeevga oshirganida himoyachilar uni qaytara olishdi |
| 20' | ![]() |
O‘zbekistonning burchak zarbasi, Shukurov to‘pni jarima maydoniga oshirganida Ismailov yaqin masofadan zarba yo‘lladi. Darvozabon to‘pni ushlab oldi |
| 18' | ![]() |
Ahmedov to‘pni jarima maydoniga aniq yetkaza olmadi, aks holda Shomurodov qulay vaziyatga chiqib borishi mumkin edi |
| 15' | ![]() |
Shomurodov jarima maydoni ichida qaychi uslubida zarba yo‘lladi, biroq u kuchsiz chiqdi va to‘p darvozabonning oson o‘ljasiga aylandi |
| 12' | ![]() |
VUUUUUH! Burchak to‘pidan keyin Ravashda 21 metrlardan zarba berdi. To‘p ustunga tegib qaytdi. Darvozabon maydonchasida to‘pni egallagan futbolchi ofsaydda qolgandi |
| 11' | ![]() |
Darvozamiz tomon aniq zarba. O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmaga 14 metrlardan zarba berildi. Lobanov egallab olish mumkin bo‘lgan to‘pni urib yubordi. Anzur esa to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 10' | ![]() |
Sergeev himoyachidan to‘pni olib qo‘ydi va 17 metrlardan zarba berdi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi. Igor jarima maydonchasi kirayotgan Jeparovning yo‘liga to‘pni tashlab berishi ham mumkin edi |
| 9' | ![]() |
Vadim Afonin maydon markazidan uzatma berib, o‘ng qanotdan oldinga o‘tayotgan Hoshimovni to‘p bilan ta’minladi. Ammo burchakdagi bayroqcha oldida to‘p Davronga tegib, maydonni tark etdi |
| 7' | ![]() |
Shomurodov jarima maydonchasiing chap burchagidan kirib bordi, bir himoyachini aldadi, ammo Sergeev tomon muvaffaqiyatli uzatma bera olmadi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi |
| 5' | ![]() |
Jamoamiz maydon markazida to‘pni egallab, tezkor qarshi hujum tashkil etishga harakat qildi. Ammo mehmonlar tezda himoyaga qaytishdi va hujumni bartaraf etishdi |
| 2' | ![]() |
Iordaniyaliklar chap qanotdan jarima zarbasini tepish huquqini qo‘lga kiritishdi. Jarima maydonchamizga yetkazilgan uzatmani Vadim Afonin bosh bilan qaytardi |
| 0' | ![]() |
O‘yin boshlandi. To‘pni o‘yinga iordaniyaliklar kiritib berishdi |
| ' | ![]() |
Iordaniya va O‘zbekiston madhiyalari yangraydi |
| ' | ![]() |
Diqqat! Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda |
| ' | ![]() |
Qadrli, futbol muxlislari. O‘zbekiston va Iordaniya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan matnli onlayn translyasiyani boshlaymiz |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|