Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
JCH-2018 saralash. Osiyo, 3-bosqich
| «A» guruhi, 5-tur. 15 oktyabr, soat 16:00. Bosh hakam: Fahad al-Mirdasiy (S.Arabistoni) | ||
JANUBIY KOREYaNam Te Xi (68)
Ku Ja Chol (85) |
2 : 1 |
O‘ZBEKISTONMarat Bikmayev (25)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
23.Kim Syung Gyu 04.Kim Ki Xi 06.Pak Ju Xo 07.Son Xyong Min 10.Nam Te Xi 11.Ji Dong Von 13.Ku Ja Chol 16.Ki Sung Yung 18.Xyop Jong Li 20.Jang Xyun Su 22.Kim Chang Su |
21.Aleksandr Lobanov 02.Egor Krimes 04.Marat Bikmayev 05.Anzur Ismoilov 09.Odil Ahmedov 11.Igor Sergeev 13.Davron Hoshimov 17.Vadim Afonin 18.Otabek Shukurov 19.Vitaliy Denisov 23.Eldor Shomurodov |
|
| ZAHIRA | ||
|
01.Kvon Sunte (D) 21. Kim Jin Xyon (D) 02.Choy Chul Sun 03.Xong Chul 05.Kuok Te Xvi 08.Kim Bo Kyung 09.Kim Shin Uk 12.Li Je Sung 14. Xan Kuk Yong 15.Xong Jyong Xo 17.Li Chung Yong 19. Jung Vu Yong |
01.Eldorbek Suyunov 12.Ignatiy Nesterov 03.Salamat Quttiboyev 06.Jaloliddin Masharipov 07.Jamshid Boltaboyev 08.Server Jeparov 10.Sardor Rashidov 14.Javohir Sohibov 15.Aleksandr Geynrix 16.Stanislav Andreev 20.Islom To‘xtaxo‘jayev 22.Jamshid Iskandarov |
|
Matn
| 90+4' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. Afsus, qo‘ldan turgan ochko(lar)ni qo‘ldan chiqardik. Ozgina omad yetmadi, ozgina. |
| 90+2' | ![]() |
Son Xeung Min sariq kartochka oldi. U keyingi o‘yinni o‘tkazib yubordi |
| 90+2' | ![]() |
Koreyaliklar qanotda jarima zarbasi ishlashdi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi |
| 89' | ![]() |
Kim Shin Uk sariq kartochka oldi |
| 88' | ![]() |
O‘zbekistonda o‘zgarish: Vadim Afonin o‘rniga Sardor Rashidov tushdi |
| 85' | ![]() |
GOL! Afsus! Gol o‘tkazib yubordik. Ku Ja Chol, 2:1! Olis masofadan yetkazilgan uzatmani Kim Shin Uk bosh bilan Ku Ja Cholga tashlab berdi va u 7-8 metrlardan darvozani ishg‘ol qildi |
| 84' | ![]() |
Vuh! Kim Shin Uk jarima maydonchamiz ichida to‘pni qabul qildi va 14 metrlardan zarba berdi. To‘p yuqoriga ko‘tarilib ketdi |
| 82' | ![]() |
Koreyada o‘zgarish: Pak Ju Xo o‘rniga Xong Chul tushdi |
| 81' | ![]() |
Jarimadan yetkazilgan to‘p 11 metrli nuqta ustida turgan Geynrixga kelib tushdi. Uning zarbasini himoyachilar qaytarishdi |
| 80' | ![]() |
O‘zbekistonda o‘zgarish: Eldor Shomurodov o‘rniga Javohir Sohibov tushdi |
| 79' | ![]() |
Himoyadan chiqayotganimizda Jang Xyun Su Geynrixga nisbatan fol ishlatdi |
| 77' | ![]() |
Jarimadan yo‘llangan zarba jonli devorga tegib qaytdi |
| 76' | ![]() |
Sergeev fol ishlatdi. Darvozamizgacha 25 metrlar |
| 74' | ![]() |
Vuuuuh! Raqib jarima maydonchasi oldida futbolchilarimiz Park Ju Xodan to‘pni olib qo‘yishdi va Geynrix 18 metrlardan zarba berdi. To‘p himoyachiga tegib qaytdi |
| 73' | ![]() |
Ki Sung Yun olis masofadan ancha noaniq zarba berdi |
| 72' | ![]() |
Ahmedov birdaniga 2 himoyachi orasidan o‘tib jarima maydonchasiga kirdi, ammo uchinchisi xavfni bartaraf etdi |
| 71' | ![]() |
Vuuuuuh! Koreyaliklarning o‘ta xavfli hujumini Denisov bartaraf etdi. Barakalla! |
| 70' | ![]() |
Shomurodov chap tomondan jarima maydonchasiga kirdi, ammo himoyachilar unga imkon berishmadi |
| 68' | ![]() |
GOL! Nam Te Xi, 1:1! Pak Ju Xo chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. To‘p Lobanovning ustidan oshib o‘tdi va uni Nam Te Xi bo‘sh darvozaga bosh bilan joyladi |
| 67' | ![]() |
Koreyada o‘zgarish: Xyop Jong Li o‘rniga Kim Shin Uk tushdi |
| 65' | ![]() |
Terma jamoamizda yaxshi hujum. Ahmedov bir futbolchini aldab o‘tdi va o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirgan Geynrixga pas berdi. Sasha darvozabon maydonchasiga kuchli uzatma berdi. Ammo biznikiladan hech kim yo‘q edi |
| 63' | ![]() |
Janubiy Koreyada o‘zgarish: Ji Dong Von o‘rniga Li Je Sung tushdi |
| 61' | ![]() |
Xavfli vaziyat! Koreyalik posbon xavfni bartaraf etdi |
| 60' | ![]() |
O‘zbekistonda o‘zgarish: Marat Bikmayev o‘rniga Alkesandr Geynrix tushdi |
| 54' | ![]() |
Vuuuuuh! Hoshimov jamoamizni goldan qutqardi! |
| 53' | ![]() |
Son Xeung Min yetkazgan to‘pni Lobanov qo‘ldan chiqarib yubordi va himoyachilarimiz to‘pni vaziyatdan uzoqlashtirishdi |
| 52' | ![]() |
Hoshimov chap qanotda Son Xeung Minga nisbatan fol ishlatdi |
| 50' | ![]() |
Raqibning hujumini bartaraf etdik. Olis masofadan berilgan zarba futbolchimizga tegib qaytdi |
| 49' | ![]() |
Vitaliy maydonda, o‘yinni davom ettiryapti |
| 47' | ![]() |
Denisov jarohat oldi. Unga maydon tashqarisida yordam ko‘rsatilyapti |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Dastlabki 45 daqiqalikdan keyin terma jamoamiz hisobda oldinda bormoqda. Tanaffus |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi |
| 44' | ![]() |
Autdan otib berilgan to‘pga futbolchilarimizdan biri bosh bilan zarba berdi. Himoyachi to‘pni qaytardi |
| 44' | ![]() |
Denisov nuqtasidan aut |
| 43' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatmani Lobanov ishonch bilan egallab oldi |
| 42' | ![]() |
Anzur yakkama-yakka kurashda Ji Jong Vondan to‘pni olib qo‘ydi |
| 40' | ![]() |
Jarima maydonchamizga yetkazilgan uzatma natijasida taxlikali vaziyat yuzaga keldi. Krimes xavfni bartaraf etdi |
| 38' | ![]() |
Shomurodovning uzatmasini Sergeev tushunmadi. |
| 37' | ![]() |
Yaxshi. Jarima to‘pi o‘yinga kiritilgan paytda himoyachimizga nisbatan fol ishlatildi |
| 37' | ![]() |
Denisov o‘z qanotida fol ishlatdi. Koreya jarima zarbasi tepadi |
| 33' | ![]() |
Vuh! Son Xeung Min jarima maydonchasi burchagidan aniq zarba berdi. Lobanov to‘pni egalladi |
| 31' | ![]() |
Shomurodov 25 metrlardan zarba berdi. Noaniq |
| 30' | ![]() |
Koreyalik futbolchi Xyop Jong Li ofsaydda qoldi |
| 28' | ![]() |
Yana bir hujum! Ahmedovning uzatmasidan keyin Bikmayev jarima maydonchasi kirdi, ammo himoyachi to‘pni yon tomonga tepib yubordi |
| 25' | ![]() |
GOOOOOOOL! GOOOOOOOL! GOOOOOOL!! Marat Bikmayeeeeev! Raqib himoyachilari to‘pni darvozabonga yetkazishdi va Sergeev darvozabon tomon bosim o‘tkazdi. Posbon to‘pni jarima maydonchasi tashqarisidan tepib yubordi. Bikmayev to‘pni egalladi va 35 metrlardan zarba berib, bo‘sh darvozaga ajoyib tarzda joyladi! |
| 22' | ![]() |
Terma jamoamiz maydon markazida to‘pni egallab, tezkor qarshi hujumga o‘tdi. Odildan uzatma qabul qilgan Shomurodov chap qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berdi. Himoyachi to‘pni bosh bilan qaytardi |
| 21' | ![]() |
Terma jamoamiz oldinga o‘ta boshladi. Shomurodov hujumda fol qayd etdi |
| 19' | ![]() |
Koreyaliklar chap qanotdan yaxshi kombinasiya tashkil qilishdi va Son Xeung Min jarima maydonchamizga kirib bordi. Ismoilov xavfni bartaraf qildi |
| 18' | ![]() |
Shomurodov chap qanotdan uzatma berdi. Kim Syung Gyu egallab oldi |
| 17' | ![]() |
Vuuuuuh! Maydon markazida belgilangan jarima to‘pini Shomurodov bosh bilan qaytardi va to‘pni egallagan Ahmedov 20 metrlardan kuchli zarba berdi. To‘p darvoza ustunidan 1-2 metr masofadan o‘tib ketdi |
| 14' | ![]() |
Koreyaliklar o‘ng qanotdan jarima maydonchamizga uzatma berishdi. Lobanov urib yuborgan to‘pni Denisov egalladi va xavfni bartaraf etdi |
| 12' | ![]() |
O‘ng qanotdan oldinga o‘tayotgan Ji Dong Vonga uzatma berildi. Koreyalik yarim himoyachi jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qilishga va Denisovni aldashga urindi, ammo to‘p undan maydonni tark etdi |
| 11' | ![]() |
Koreyaliklar to‘pni nazorat qilishda davom etishmoqda |
| 8' | ![]() |
Vuuuh! Xavfli! Son Xeung Min chap qanotda to‘pni qabul qildi va uni Hoshimovning oyoqlari orasidan o‘tkazib, jarima maydonchamizga kirdi. Boshqa futbolchilarimiz to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 6' | ![]() |
Burchak to‘pidan keyin mezbonlar bosh bilan unchalik kuchli bo‘lmagan zarba berishdi. Futbolchilarimiz xavfni bartaraf etib, qarshi hujumga o‘tishdi. Ahmedov ikki futbolchidan o‘tib keta olmadi |
| 5' | ![]() |
Koreya burchak to‘pi tepadi. Denisov to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 3' | ![]() |
Terma jamoamiz maydon markazida to‘pni egallab, hujum tashkil qilishga urindi. Odil Ahmedov to‘pni raqibga oldirib qo‘ydi |
| 2' | ![]() |
Koreyaliklar to‘pni nazorat qilib, chap qanotdagi Son Xeung Minga yetkazishdi. Krimes to‘p yo‘lini to‘sdi va "Tottenxem" futbolchisiga to‘pni egallash imkoniyatini bermadi |
| 0' | ![]() |
Uchrashuv boshlandi! To‘pni o‘yinga koreyaliklar kiritib berishdi |
| ' | ![]() |
Terma jamoamiz zariga o‘rindig‘i oldida doira hosil qilib, o‘yinga so‘nggi tayyorgarlik ko‘rmoqda |
| ' | ![]() |
Stadionning yarmi ham to‘lmagan. Qiziq... |
| ' | Endi navbat Koreya Respublikasi madhiyasiga | |
| ' | ![]() |
O‘zbekiston davlat madhiyasi yangramoqda! |
| ' | ![]() |
Diqqat! Janubiy Koreya va O‘zbekiston terma jamoalari maydonga chiqib kelishmoqda. |
| ' | ![]() |
Seuldagi "World Cup stadium"ga anchagina o‘zbek ishqibozlari tashrif buyurishgan. Ajab emas, Rossiya-2018 mundiali sari yo‘l aynan mana shu stadiondan boshlansa?! |
| 15.51' | O‘yin boshlanishiga 9 daqiqa qoldi. Yana 2-3 daqiqadan keyin terma jamoalar maydonga chiqib kelishadi. Bugun Koreya qizil, O‘zbekiston ko‘k rangli formada o‘ynaydi | |
| 15.45' | Har ikkala jamoa o‘yindan oldingi chigalyozdi mashg‘ulotni yakunlab, kiyinish xonasiga yo‘l olishdi. Ular birozdan keyin yana maydonga qaytishadi | |
| ' | ![]() |
Rossiya-2018 saralashining 3-bosqichi o‘zining ekvatoriga yaqinlashib qoldi. Beshinchi tur bahsini terma jamoamiz Janubiy Koreyada o‘tkazadi. O‘yin boshlanishiga 15 daqiqa vaqt qoldi |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|