Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Angliya Premyer-ligasi 2016/17
| 12-tur, 19.11.2016, soat 17:30 | ||
MANCHESTER YUNAYTEDXuan Mata (69)
|
1 : 1 |
ARSENALOlivye Jiru (89)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01. David de Xea (D) 04. Fil Djons 05. Markos Roxo 36. Matteo Darmian 08. Xuan Mata 21. Ander Errera 06. Pol Pogba 16. Maykl Kerrik 25. Antonio Valensiya 11. Antoni Marsial 19. Markus Reshford |
33. Petr Chex (D) 06. Loran Koselni 20. Shkodran Mustafi 25. Karl Jenkinson 18. Nacho Monreal 34. Fransis Koklen 08. Aaron Remzi 35. Moxamed El-Nenni 11. Mesut O‘zil 14. Teo Uolkott 07. Aleksis Sanches |
|
| ZAHIRA | ||
|
20. Serxio Romero (D) 17. Deyli Blind 18. Eshli Yang 07. Memfis Depay 28. Morgan Shnayderlin 14. Djessi Lingard 10. Ueyn Runi |
13. David Ospina (D) 03. Kiran Gibbs 05. Gabriel Paulista 29. Granit Djaka 15. Aleks 17. Aleks Ivobi 12. Olivye Jiru |
|
Matn
| 90+5' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "MYu" - "Arsenal" - 1:1! |
| 90+3' | ![]() |
O‘ng qanotda belgilangan jarima to‘pini Runi jarima maydonchasi tashqarisidagi Erreraga yetkazdi. Ander darvoza yaqiniga to‘pni yetkazdi. Chex to‘pni egalladi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shildi |
| 89' | ![]() |
GOOOOOL! Olivye Jiru, 1:1! Koklen o‘ng qanotda bir himoyachidan o‘tib ketdi va olis ustun tomon uzatma berdi. Jiru darvozabon maydonchasi chizig‘i ustida baland sakradi hamda bosh bilan kuchli zarba berdi. Gol! |
| 85' | ![]() |
MYuda o‘zgarish: Mata o‘rniga Shnayderlin tushdi |
| 83' | ![]() |
Mourinyo jamoasi raqibga hujum tashkil etish imkoniyatini bermayapti |
| 79' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatmani Arsenal futbolchilari bartaraf etishdi |
| 79' | ![]() |
Mezbonlar o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berishdi. Uolkott to‘pni maydon tashqarisiga tepib yubordi |
| 77' | ![]() |
Sanches chap qanotdan darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 73' | ![]() |
Arsenalda o‘zgarish yuz berdi. El-Nenni o‘rniga Olivye Jiru tushdi |
| 71' | ![]() |
Mankunianliklarning navbatdagi hujumi. O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatma Reshford egalladi va chap tomondan darvozabon maydonchasiga yetkazishga urindi. Burchak to‘pi |
| 69' | ![]() |
GOOOOOOL! Xuan Mata, 1:0! MYu o‘ng qanotdan hujum tashkil qildi. Pogba yetkazib bergan to‘pni Errera jarima maydonchasiga uzatdi va Mata 14 metrlardan darvozaning bo‘sh burchagiga joyladi |
| 68' | ![]() |
Maydon egalari ikkinchi bo‘limda ustunlikka erishishmoqda. Navbatdagi burchak to‘pini ham londonliklar bartaraf etishdi |
| 67' | ![]() |
MYu ijrosida navbatdagi burchak to‘pi. Arsenal futbolchilari to‘pni maydon markaziga qaytarishdi |
| 65' | ![]() |
Mezbonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Samarasiz |
| 64' | ![]() |
MYuda o‘zgarish: Matteo Darmian o‘rniga Deyli Blind tushdi |
| 64' | ![]() |
Runi jarima maydonchasiga kirdi, ammo ofsayd |
| 63' | ![]() |
MYuda o‘zgarish: Antoni Marsial o‘rniga Ueyn Runi tushdi |
| 62' | ![]() |
Mourinyo Runini maydonga tushirish uchun tayyorlamoqda |
| 56' | ![]() |
Arsenal ketma-ket ikki marta burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Endi esa De Xea erkin zarba bilan to‘pni o‘yinga kiritib beradi |
| 55' | ![]() |
Vuuuh! Himoyailarning xatosidan so‘ng Uolkott o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va darvoza yaqiniga uzatma berdi. Burchak to‘pi |
| 53' | ![]() |
Marsial jarimadan yerlatib uzatma berdi. Londonliklar to‘pni qaytarishdi |
| 52' | ![]() |
Burchakka yaqin joyda Jenkinson Reshfordga nisbatan fol ishlatdi |
| 50' | ![]() |
Xavfli vaziyat! O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatma natijasida to‘p Pogbaning ko‘kragi orqali Reshfordga kelib tushdi. Uning zarbasi himoyachiga kelib tushdi |
| 47' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatmani De Xea egallab oldi |
| 46' | ![]() |
Mehmonlar burchak to‘pi ishlashdi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha hisob ochilmadi. Tanaffus |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi |
| 42' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatmani mehmonlar jarima maydonchasi tashqarisiga qaytarishdi. Marsial yo‘llagan zarba aniq bo‘ldi. To‘pni Chex egallab oldi |
| 41' | ![]() |
Vuuuuh! To‘p Errera-Pogba orqali chap tomondan jarima maydonchasiga kirgan Marsialga yetib keldi. Uning zarbasini Chex davoza yuqorisiga ko‘tarib yubordi |
| 39' | ![]() |
El-Nenni olis masofadan zarba berdi. Noaniq |
| 37' | ![]() |
Maydon egalari ketma-ket ikki marta burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Mehmonlar xavfni bartaraf etishdi |
| 36' | ![]() |
Vuuuuh! Pogbaning chiroyli uzatmasidan Mata to‘pni egalladi va 16 metrlardan zarba berdi. To‘p Chexning qo‘lidan maydonni tark etdi |
| 35' | ![]() |
Vuuuh! Valensiya to‘pni Monrealning oyoqlari orasidan to‘pni o‘tkazib, jarima maydonchasiga kirdi, ammo Nacho Antonioning yo‘liga qo‘lini cho‘zdi va Valensiya yiqildi. Hakam penalti belgilamadi. Bundan Mourinyoning juda jahli chiqib ketdi |
| 33' | ![]() |
Kanonirlarning navbatdagi hujumi samarasiz yakunlandi |
| 28' | ![]() |
O‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirgan Remzi maydon markazidan uzatma berdi. Aaron to‘pni to‘xtata olmadi |
| 24' | ![]() |
O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani Roxo bosh bilan qaytardi. Koklen 20 metrlardan to‘pni yerga tushirmasdan zarba berdi. Noaniq |
| 23' | ![]() |
Mehmonlar to‘pni nazorat qilishmoqda. Hozircha xavfli vaziyatlar yo‘q |
| 19' | ![]() |
Reshford o‘ng qanotdan havolatib uzatma berdi. Pogba to‘pga biroz yeta olmadi. Boz ustiga, u ofsaydda qolgan ekan |
| 17' | ![]() |
Marsial o‘ng qanotdan yuoqridan uzatma berdi. Chex to‘pga ega chiqdi |
| 16' | ![]() |
Aleksis Sanches sariq kartochka oldi. U Erreraning oyog‘iga tepdi |
| 15' | ![]() |
Pogba o‘ng qanotdan yerlatib uzatma berishdi. Londonlik himoyachilar to‘pni egallab, xavfni bartaraf etishdi |
| 10' | ![]() |
Venger shogirdlari mezbonlarning hujumiga hujum bilan javob qaytarishga urinishmoqda |
| 7' | ![]() |
Arsenalda yaxshi imkoniyat. Burchak zarbasi o‘yinga kiritilganidan keyin to‘p jarima maydonchasiga yetkazildi. To‘p Uolkottning boshida darvzabon maydonchasi chizig‘i ustida turgan Sanchesga bordi, ammo Aleksis bosh bilan aniq zarba bera olmadi |
| 6' | ![]() |
Kanonirlar qarshi hujum tashkil qilishdi. O‘zil tovoni bilan pas berib, Aleksisni birga bir vaziyatga chiqarishga urindi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi va to‘pni jgallagan Sanches olis masofadan zarba berdi. To‘p himoyachidan maydonni tark etdi |
| 4' | ![]() |
Mankunianliklar jarima zarbasi tepish huquqini qo‘lga kiritishdi. Mata chap oyoqda olis burchak tomon zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 2' | ![]() |
Marsial raqib jarima maydonchasi chap burchagidan ichkariga kirdi va orqaroqqa uzatma berdi. Ammo to‘pni mehmonlar egallab olishdi |
| 0' | ![]() |
Bahs boshlandi. To‘pni o‘yinga mezbonlar kiritib berishdi |
| ' | "MYu" qizil, "Arsenal" sariq rangli formada o‘ynaydi | |
| ' | Diqqat! Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda. | |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari. FIFA kunlari yakuniga yetib, milliy chempionatlarda navbatdagi tur o‘yinlari davom etadi. APLning 12-turi doirasida bo‘lib o‘tadigan "Manchester Yunayted" va "Arsenal" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin boshlanish arafasida. |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|