Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Ispaniya La ligasi-2016/2017
| 12-tur, 19 noyabr, 20:15 | ||
BARSELONA |
0 : 0 |
MALAGA |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Mark-Andre ter Shtegen (D) 19.Lukas Din 03.Jerar Pike 12.Rafinya 05.Serxio Buskets 06.Denis Suares 14.Xavyer Maskerano 20.Serxi Roberto 07.Arda Turon 11.Neymar 17.Pako Alkaser |
01.Karlos Kameni (D) 04.Mikel Vilyanuyeva 15.Federiko Rikka 23.Migel Torres 18.Roberto Rosales 05.Diyego Lyorente 10.Xuanpi 07.Xuan Karlos 39.Xavyer Ontiveros 19.Sandro Ramirez 31.Pablo Fornals |
|
| ZAHIRA | ||
|
13.Yasper Sillessen (D) 33.Marlon Santos 18.Xordi Alba 21.Andre Gomes 22.Aleyks Vidal 04.Ivan Rakitich 28.Karles Alena |
13.Denis Boyko (D) 29.Luis 21.Joni 17.Duda 08.Mikael Santos 26.Yussef En-Nosiriy 11.Gonsalo Kastro |
|
| QIZIL KARTOCHKA | ||
|
Diyego Lyorente (69)
|
||
Matn
| 90+8' | ![]() |
O‘yin tugadi. "Barselona" o‘ta muhim 2 ochkodan mahrum bo‘ldi. |
| 90+7' | ![]() |
"Malaga"ning ikkinchi futbolchisi maydondan chetlatildi. Xuan Karlos hakamni so‘kkani uchun qizil kartochka oldi. |
| 90+6' | ![]() |
Andre Gomesh yaxshi zarba berdi. Kameni zarbani qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. |
| 90+5' | ![]() |
"Malaga"da o‘zgarish: Pablo Fornals o‘rniga Duda tushdi. |
| 90+3' | ![]() |
Vuuuuh! Neymar jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi va "to‘qqizlik" tomon zarba berdi. Kameni zarbani qaytardi! |
| 90+2' | ![]() |
Arda Turon olis masofadan zarba berdi. Ammo to‘p kataloniyalik futbolchilardan biriga tegib qaytdi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shildi |
| 86' | ![]() |
Vilyanueva jarima maydonchasiga kirgan Pikeni formasidan tortib yiqitdi. Hakam penalti belgilashga jazm etmadi |
| 86' | ![]() |
Rakitichning uzatmasidan keyin mezbonlar burchak to‘pi ishlashdi |
| 84' | ![]() |
Vuuuh! Qanotdan yetkazib berilgan uzatmaga Gomesh bosh bilan zarba berdi. To‘p to‘singa tegib qaytdi va Pike to‘pni darvozaga joyladi. Ammo laynsmen bayroqchasini ko‘tarib, golni bekor qildi. Hakamlar adashishdiyov... |
| 82' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Rakitich 10 metrlardan bosh bilan zarba berdi. Ammo zarba biroz noaniq bo‘ldi |
| 81' | ![]() |
"Malaga"da o‘zgarish: Sandro Ramires o‘rniga Yussef En-Nosiriy tushdi |
| 79' | ![]() |
Neymar chap qanotdan jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Kameni to‘pga chiqdi va Pikega urilib ketdi. Hakam hujumda fol qayd etdi |
| 78' | ![]() |
Neymar jarima zarbasini tepdi. Ammo to‘p yuqoriiga ko‘tarilib ketdi |
| 77' | ![]() |
"Barselona"da uchinchi o‘zgarish: Rafinya o‘rniga Ivan Rakitich tushirildi. |
| 76' | ![]() |
Jordi Alba (Barselona) jarima maydonchasiga uzatma berdi. Idriss Kameni to‘pga ega chiqdi. |
| 74' | ![]() |
Neymar (Barselona) jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Ammo to‘pga hech kim yeta olmadi. |
| 73' | ![]() |
Andre Gomesh (Barselona) jarima maydonchasiga uzatma berishga harakat qildi. Ammo himoyachilar to‘p yo‘liga g‘ov bo‘lishdi. |
| 71' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Rafinya 11 metrli nuqta ustida zarba berdi. To‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi |
| 69' | ![]() |
"Malaga"da o‘zgarish: Xavyer Ontiveros o‘rniga Luis Manyos tushdi |
| 69' | ![]() |
"Malaga" futbolchisi maydondan chetlatildi. Diyego Lyorente qizil kartochka oldi |
| 68' | ![]() |
"Barsa"da o‘zgarish: Denis Suares o‘rniga Andre Gomesh maydonga tushdi |
| 66' | ![]() |
Barselona to‘pni nazorat qilmoqda. Xavfli vaziyatlar yo‘q |
| 63' | ![]() |
"Barsa"da o‘zgarish: Lukas Din o‘rniga Jordi Alba tushdi |
| 61' | ![]() |
Xavyer Ontiveros (Malaga) sariq kartochka oldi. |
| 59' | ![]() |
Neymar burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Mehmonlar to‘pni qaytarishdi |
| 56' | ![]() |
Xuanpi ajoyib uzatma bilan jamoadoshini to‘p bilan ta’minladi. Ammo Xuan Karlosning zarbasi noaniq chiqdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi. |
| 55' | ![]() |
Jarima maydonchasiga yetkazilgan to‘p uchun kurashda himoyachi va Turon yiqildi. Hakam esa negadir Ardani aybdor deb topdi |
| 53' | ![]() |
Neymar ofsaydda qoldi |
| 52' | ![]() |
Malaga burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Darvoza tomon zarba berilmadi |
| 49' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Xavyer Maskerano zarba berdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi . |
| 48' | ![]() |
Arda Turon jarima maydonchasi tomon ajoyib uzatma berdi. Himoyachilar to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi. Burchak to‘pi |
| 47' | ![]() |
Neymar jarima maydonchasiga kirishga urindi, ammo himoyachi to‘pni yon tomonga tepib yuborishga ulgurdi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi. Davom etamiz |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakuniga yetdi. Hozircha o‘yinda hisob ochilmadi. Tanaffus |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi |
| 45' | ![]() |
Lukas Din (Barselona) raqib jarima maydonchasi ichida sheriklariga uzatma berishga harakat qildi, ammo himoyachi yaxshi harakat qilib, to‘pni egallab oldi. |
| 44' | ![]() |
Lukas Din yaxshi uzatma berdi, ammo Buskets jarima maydonchasi burchagidan aniq zarba bera olmadi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi. |
| 44' | ![]() |
Ko‘k-anorranglilar navbatdagi hujumini malagaliklar qaytarishdi |
| 42' | ![]() |
Neymar (Barselona) samarali uzatma bera olmadi. Shunga qaramay mezbonlar burchak to‘pi tepishadi. |
| 40' | ![]() |
Mehmonlarning hujumi. Havodan yetkazilganu uzatmani kataloniyaliklar qaytarishdi |
| 39' | ![]() |
Neymar (Barselona) burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Kameni to‘pni egallab oldi. |
| 38' | ![]() |
Denis Suares (Barselona) havodan jarima maydonchasiga uzatma berdi. Himoyachilardan biri bosh bilan to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. |
| 37' | ![]() |
Xavyer Maskerano (Barselona) jarima maydonchasiga uzatma berdi. Idriss Kameni to‘pni egallab oldi. |
| 34' | ![]() |
Denis Suares (Barselona) jarima maydonchasiga uzatma berdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi |
| 32' | ![]() |
Vuuuuuh! Rafinya yerlatib zarba berdi. Kameni ajoyib seyv orqali to‘pni qaytardi. |
| 30' | ![]() |
Arda Turon ofsaydda qoldi |
| 29' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatmagan Jerar Pike bosh bilan zarba berdi. Darvozabon yaxshi harakat qildi va to‘pni qaytardi. |
| 29' | ![]() |
Serji Roberto (Barselona) himoyachini aldashga harakat qildi, ammo raqiblar to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi. Barselona burchak to‘pi tepadi. |
| 24' | ![]() |
Sandro Ramires (Malaga) darvoza tomon aniq zarba berdi. Ter Shtegen to‘pni egallab oldi |
| 23' | ![]() |
Federiko Rikka (Malaga) sariq kartochka oldi |
| 21' | ![]() |
Vuuuuuh! Rafinya jarima maydonchasi chizig‘i oldidan zarba berdi. To‘p shundoqqina ustun yonidan o‘tib ketdi! |
| 20' | ![]() |
Barselona to‘pni nazorat qilmoqda |
| 18' | ![]() |
Arda Turon jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. To‘p himoyachiga tegib qaytdi |
| 17' | ![]() |
Denis Suares jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 17' | ![]() |
Sandro Ramires (Malaga) jarima maydonchasiga uzatma berdi. Ter Shtegen to‘pni egalladi |
| 13' | ![]() |
Vuuuuh! Jerar Pike (Barselona) ajoyib imkoniyatni qo‘ldan chiqardi! U qulay vaziyatga chiqdi va zarba berdi, ammo to‘sin ostiga kirayotgan to‘pni Idriss Kameni qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. BUrchak to‘pi |
| 12' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatmani mehmonlar qaytarishdi |
| 11' | ![]() |
Denis Suares (Barselona) jarima maydonchasiga kirayotgan jamoadoshiga uzatma berdi. Uzatma unchalik muvaffaqiyatli bo‘lmagani bois, to‘p himoyachidan maydonni tark etdi. |
| 9' | ![]() |
Neymar jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 7' | ![]() |
Malagada yaxshi vaziyat! Neymarning maydon markazida to‘pni yo‘qotishi oqibatida o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va o‘tkir burchak ostida zarba berdi. BIroz noaniq |
| 6' | ![]() |
Neymar (Barselona) ofsaydda qoldi |
| 5' | ![]() |
Barselona o‘yinning borishini nazorat qilmoqda |
| 3' | ![]() |
"Barselona" raqib darvozasiga to‘pni yo‘lladi. 11 metrli nuqta atrofida ochilgan Alkaserga uzatma berildi. Ammo Pako ofsaydda bo‘lgani uchun gol inobatga olinmadi. |
| 2' | ![]() |
Luis Enrike ikki kun oldin klub safiga kelib qo‘shilgan Messi va Suaresga dam berishga qaror qildi. Ular zaxirada ham yo‘q |
| 1' | ![]() |
Diqqat! O‘yin boshlandi |
| ' | ![]() |
Qadrli futbol muxlislari. Ispaniya La ligasining 12-turi doirasida "Barselona" o‘z maydonida "Malaga"ni qabul qilmoqda |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|