Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Angliya Premyer-ligasi, 26-tur.

12 fevral, soat 01:00

VEST BROMVICh

Anichebe (87)

1 : 1

CHELSI

Ivanovich (45+3)
JAMOALAR TARKIBI
B.Foster
Douson
Makoli
Rijuell
Rid
Bifuma
Brant
Amalfitano
Yakob
Morrison
Beraxino
  Chex
Ivanovich
David Luiz
Keyxill
Aspilikueta
Matich
Ramires
Villian
Oskar
E.Azar
Eto′O

Matn

90+6'
O‘yin tugadi 1:1.
91'
O‘yinga olti daqiqa qo‘shib berildi.
90'
Muhammad Saloh Ramiresning o‘rniga maydonga tushdi.
88'
Mana sizga «Vest Brom», mana sizga Pepe Mel. Zaxiradan maydonga tushgan Anichebe hisobni tenglashtirdi. Seydu to‘pni ajoyib tarzda jarima maydoniga yetkazib berdi. Anichebe esa bosh bilan Chex darvozasining uzoq burchagini aniq nishonga oldi.
87'
Gooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooool Goooooooooooooooooooool Goooooooooooooooooool!!!
87'
Vaziyatlardan birida Gari Keyxill maydonga quladi va uni go‘zal doktor Yeva Karneiro maydondan olib chiqib ketmoqda.
85'
Qanotga yaqin joyda «Chelsi» darvozasi tomon jarima zarbasi belgilandi. Zarba xavfli bo‘lishi mumkin edi, lekin Chex hech qanday qiyinchiliksiz to‘pni egallab oldi.
83'
David Luisga ham sariq kartochka ko‘rsatildi.
81'
«Vest Brom» futbolchilari jarima maydoniga yaqin joyda qoida buzishdi. Belgilangan jarimani David Luis amalga oshirdi, lekin uning zarbasi ancha noaniq bo‘ldi.
79'
Branislav Ivanovichga qanot hakami bilan tortishgani uchun sariq kartochka ko‘rsatildi.
77'
!!!!!!!!!!!!!!! «Chelsi» himoyachilari shoshib qolishdi. Darvoza tomon bir necha marta zarba berildi. Himoyachi, darvozabondan qaytgan to‘pni Teri darvozaga yo‘lladi. Zarbaga ooooooozgina aniqlik yetishmadi.
75'
Viktor Anichebe «Vest Brom» safida maydonga tushdi.
73'
Azar jarima maydoni ichida himoyachilarning boshini qotirib tashladi. Podkat bilan ham undan to‘pni olib qo‘ya olishmadi. So‘nggi zarbani esa Villian berdi, darvozabon o‘z o‘rnida.
71'
!!!!!!!!!! Uzoq vaqtli tanaffusdan keyin Fernando Torres safga qaytdi. U Eto'Onin o‘rniga maydonga tushdi.
69'
!!!!!!!!!!!!!!!!!!!! Azar. Ramires ajoyib tarzda Azarga to‘pni yetkazib berdi. Maydon markazidan to‘pni ajoyib tarzda o‘ziga bo‘y sundirgan Azar to‘pni Eto'Oga tashlab berdi. Kamerunlik hujumchining zarbasi esa noaniq.
67'
Villian haddan tashqari faol harakatlari narijasida sariq kartochka oldi. U ko‘p vaziyatlarda qiziqqonlik qilib yubormoqda.
65'
Ikki marta qatorasiga burchak to‘pi amalga oshirildi. Har safar ham samarasiz.
64'
«Vest Brom» juda chiroyli hujumni amalga oshirdi. Mulumbu to‘pni darvoza yaqiniga yetkazib berdi. Ridning zarba berishga urinishlari esa burchak to‘pni bilan yakunlandi.
62'
«Chelsi» qarshi hujum qurboni bo‘lishi kumkin edi. «Vest Brom» katta tezlikda oldinga bordi, lekin Villian (!) hujumni to‘xtatdi. Bugun Villian juda zo‘r o‘ynamoqda. Maydon markazida unga qarshi qo‘pollik ishlatildi.
60'
!!!!!!!!!!!!!!!Villian! Villian bu gal ham diqqat markazida. Yarim himoyachi maydon markazida to‘pni egallab oldi va maydalashib o‘tirmay 30 metrlardan juda kuchli zarba berdi. Darvozabon katta qiyinchilik bilan to‘pni qaytardi.
58'
Oskarga Mourinyo erkinlik berishidan xabaringiz bor. Bu gal braziliyalik vuderkind o‘ng qanotdan oldingga bordi va darvoza yaqinuga to‘pni yetkazib bermoqchi bo‘lganida qovun tushirdi.
56'
Yana Villian. Bu gal markazdan oldinga borgan yarim himoyachi Eto'O bilan devor uslubida kombinasiyani uyushtirib oldi va zarba berdi, biroq bu safar ham himoyachilar ishni darvozabongacha qoldirishmadi.
54'
«Chelsi»ning aksariyat hujumlari Villian orqali amalga oshirilmoqda. Ko‘p holatlarda unga qarshi qo‘pollik harakat qilishmoqda, lekin bu vaziyatda Villianning o‘zi maydon markazida qoida buzdi. U raqibni tizzasi bilan qarshi oldi. Bu harakat sariq kartochkaga tortar edi, lekin hakam uni ayadi.
52'
«Chelsi» qarshi hujumda juda yaxshi harakat qildi. Maydon markazida to‘pni qabul qilib olgan Villian chap qanot bo‘ylab oldinga bordi va o‘ngroqqa o‘tmoqchi bo‘lganday harakat qilib, to‘pni Eto'Oga tashlab berdi. Ofsayd chizig‘ida aniq o‘ynagan hujumchi juda kuchli zarba berdi, lekin darvozabon o‘z o‘rnida.
50'
«Vest Bromvich»ga bu kecha yetakchi yetishmayapti. Hozir ham «Chelsi» jarima maydoni yaqinida uzoq hujum uyushtirildi, lekin futbolchilar kimga o‘ynashni bilishmayapti. Jamoada mator yo‘q.
48'
Ikkinchi bo‘limni ham «Chelsi» juda faol boshladi. Sezar Aspilikuetta autdan to‘pni Oskarga tashlab berdi. Braziliyalik hujumchi esa to‘pni to‘xtatiboq darvoza tomon juda kuchli zarba berdi, lekin zarbaga biroz aniqlik yetishmadi.
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi.
45+3'
Burchak to‘pi nuhoyat «Chelsi»ga foyda keltirdi. Azar to‘pni o‘yinga kiritdi. David Luis oyog‘ining orqasi bilan to‘pni o‘tkazib yubordi. Bu yerda Ivanovich juda yaxshi joy tanladi va hisobni ochdi 0:1.
45+2'
Gooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooool
44'
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi.
42'
!!!!!!!!!! Qiziq. Maydon egalari o‘yinni cho‘zishmoqda. Darvozabon har soniyani g‘animat bilib vaqtni o‘ldirmoqda.
40'
Jarima zarbasini Azar amalga oshirdi. Jarima maydoni oldida Villian to‘pni qabul qilib oldi zarba berdi, lekin to‘p darvoza tepasidan o‘tib ketdi.
37'
«Chelsi»ning navbatdagi hujumi Azar orqali rivojlandi. Azar maydon markazida to‘pni qabul qilib oldi va oldinga bordi. Qanotga yetib kelganidan esa uni qo‘pollik bila to‘xtatishdi. Sariq kartochka.
35'
Hammasi joyida Ramires maydinga qaytdi.
34'
Mezbonlaring navbatdagi hujumini qaytarish vaqtida Ramires faollik ko‘rsatdi. Biroq bu vaziyatda hujmchilar unga nisbatan qo‘pollik ishlatishdi. Unga vrachlar yordam ko‘rsatishmoqda.
32'
«Chelsi» bu kecha juda ko‘p burchakdan to‘p tepmoqda. Har safar samarasiz.
30'
O‘yin juda sokin kechmoqda. Har ikki jamoa ham juda ehtiyotkor o‘ynashmoqda. Aytarli vaziyat ham bo‘lgani yo‘q.
28'
!!!!!!!!!!!!!!!!!!! Mezbonlarning hujumi juda xavfli bo‘ldi. Ridning zarbasi juda kuchli bo‘ldi. Ammo unga aniqlik yetmadi.
26'
«Chelsi»ning hujumi uzoq davom etdi. To‘p har ikki qanotgacha borib kelgach Azar zarba berishga qaror qildi. Biroq noaniq.
24'
Standard samarasiz bo‘ldi.
23'
«Chelsi» juda yaxshi hujum uyushtirdi. Raqib jarima maydoni yonida Azar to‘pni egallab oldi va maydonga quladi. To‘p Eto'Oda qolgani uchun hakam o‘yinni to‘xtatmadi. Kamerunlik hujumchi darvoza yaqinidagi Ivanovichga to‘pni uzatdi, lekin serbning zarba berishiga darozabon yo‘l qo‘ymadi.Burchak to‘pi.
21'
«Vest Bromvich» maydon markazidan hujum uyushtirishga qaror qildi. Yana Rid faollik ko‘rsatdi va qulay imkoniyatga chiqib borishi mumkin edi, lekin Keyxillning ta’qibidan keyin Chex to‘pni egallab oldi.
19'
Bugungi o‘yindagi g‘alaba Joze Mourinyoning «Chelsi» boshqaruvidagi 150-g‘alabasi bo‘larkan. Shuning uchun bugungi o‘yinda shogirdlari unga sovg‘a tayyorlashlari mumkin.
17'
Mezbonlarning yana bir hujumi qanotdan rivojlandi. «Vest Brom» yarim himoyachisi to‘pni darvoza yaqiniga yetkazib berayotganidan Gari Keyxil to‘pni egallab oldi.
15'
Mezbonlarning birinchi hujumi bo‘lishi mumkin edi. Oskar to‘pni oldirib qo‘ygach himoyachilar jamoaga yangi kelib qo‘shilgan Ridni oldinga boshlashdi. Hujumchi Chex bilan duelga ketayotgan edi, lekin qanot hakami o‘yindan tashqari holatni ko‘rsatdi.
13'
«Chelsi»ning bu galgi hujumi o‘ng qanotdan rivojlandi. Villian qanotdan ochilgan Eto'Oni juda yaxshi oldinda boshladi. Kamerunlik hujumchi esa ofsayd chizig‘ida aniq o‘ynagan holda to‘pni darvoza yaqiniga uzatdi. Oskarning zarbasini esa himoyachilar qaytarishdi.
11'
«Chelsi» hujumga zo‘r bermoqda. Azarning navbatdagi reydidan keyin himoyachilar to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi. Burchak to‘pi esa samarasiz bo‘ldi.
9'
«Chelsi»ning navbatdagi hujumini Matich boshlab berdi. Serb maydon markazini bosib o‘tdi va to‘pni qanotdagi Villianga uzatdi. Himoyachilar belgiyalik futbolchini yiqitishdi. Belgilangan jarimani «Chelsi» tezkorlik bilan amalga oshridi, lekin Azar to‘pni oldirib qo‘ydi.
7'
Azar maydonda juda erkin harakat qilmoqda. Odatda chap qanotda harakat qiladigan Eden bu gal o‘ng qanotdan oldiinga bordi va to‘pni Ramiresga aniq uzatdi. Braziliyalik futbolchi esa Villianni oldinga boshladi. Himoyachilar bu hujumni o‘z vaqtida o‘qishdi.
5'
David Luis dioganal pas bilan Ramiresni to‘p bilan ta’minlamoqchi edi, lekin to‘p himoyachilarga borib tushdi. Himoyachi esa uni darvozabonga juda sekin yetkazib berdi. Eto'O yana ozgina yugurganidan to‘pni egallab olishi mumkin edi.
3'
Bugungi o‘yin juda qiziqarli kechishiga yana bir sabab bor. Bundan ikki yil avval Pepe Mel Joze Mourinyoni mag‘lub etgan. O‘sha vaqtda «Betis» va «Real» jamoalari Sevilyada to‘qnash kelishgandi. Shunday ekan ajoyib o‘yini bo‘lishi aniq. Hozircha to‘p maydon markazida.
1'
O‘yin boshlandi.
'
Jamoalar quyidagi tarkibda maydonga tushishadi.
Vest Bromvich: B. Foster, Douson, Makoli, Ridjuell, Rid, Bifuma, Brant, Amalfitano, Yakob, Morrison, Beraxino.
Chelsi: Chex, Ivanovich, David Luiz, Keyxill, Aspilikueta, Matich, Ramires, Villian, Oskar, E. Azar, Eto′O.
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari. Barchangizga oqshom xayrli bo‘lsin. Bugun Angliya chempionatida 26-tur uchrashuvlariga start beriladi. Musobaqa jadvalining birinchi pog‘onasini egallab turgan Lodnonning «Chelsi» klubi «Vest Bromvich» mehmoni bo‘ladi. O‘yin juda qiziqarli kechishi aniq. Har ikki jamoani ham Ispaniya chempionatidan kelgan murabbiylar boshqarishadi. Joze Mourinyo Madridning «Real» jamoasidan kelganidan xabaringiz bor. «Vest Brom»ni esa «Betis»dagi faoliyati bilan tanilgan Pepe Mel boshqarmoqda. «Chelsi» bugun birinchi o‘rinni saqlab qolish uchun harakat qilsa, mezbonlar xavfli hududdan uzoqlashish uchun ter to‘kishadi.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.