Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Ispaniya La ligasi-2016/2017
| 13-tur, 26 noyabr, 20:15. Bosh hakam: Alexandro Ernandes | ||
REAL MADRIDKrishtianu Ronaldu (5-penalti, 19)
|
2 : 1 |
SPORTING XIXONKarlos Karmona (36)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Keylor Navas (D) 03.Pepe 04.Serxio Ramos 06.Nacho 23.Danilo 19.Luka Modrich 10.Xames Rodriges 16.Mateo Kovachich 17.Lukas Vaskes 07.Krishtianu Ronaldu 09.Karim Benzema |
13.Diyego Marino (D) 05.Fernando Amorebyeta 02.Duglas 16.Lilyo 04.Xorxe Mere 06.Serxio Alvares 08.Rashid 23.Moy Gomes 18.Ismael Lopez 19.Karlos Karmona 24.Duye Chop |
|
| ZAHIRA | ||
|
13.Kiko Kasilya (D) 02.Daniel Karvaxal 12.Marselo 14.Kazemiro 20.Marko Asensio 22.Isko 18.Mariano Dias |
30.Oskar Uolli (D) 03.Jan-Silven Baben 15.Roberto Kanelya 21.Xavi Torres 07.Viktor Rodrigez 10.Nacho Kases 25.Borxa Viguera |
|
Matn
| 90+3' | ![]() |
Ajoyib o‘tgan o‘yin yakuniga yetdi. "Real" el-klasiko oldidan muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi. |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shildi |
| 87' | ![]() |
Krishtianu Ronaldu (Real Madrid) darvozani ishg‘ol qilishga yaqin kelgandi. U jarima maydonchasi burchagidan zarba berdi. Diyego Marinyo burchakka kirayotgan to‘pni qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. Ajoyib seyv! |
| 86' | ![]() |
Mehmonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Madridliklar himoyasi yaxshi harakat qildi |
| 82' | ![]() |
Nacho Kases jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi va yerlatib zarba berdi. Navas to‘pni egallab oldi. |
| 81' | ![]() |
"Sporting"da o‘zgarish: Rashid Ayt-Atmane o‘rniga Nacho Kases tushdi. |
| 81' | ![]() |
"Real"da o‘zgarish: Mateo Kovachich o‘rniga Isko tushdi. |
| 78' | ![]() |
Duye Chop 11 metrli jarima zarbasidan o‘ta noaniq zarba berdi. Navas boshqa burchakka tashlangandi, to‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi! |
| 77' | ![]() |
Qoidani buzgan Nacho sariq kartochka oldi |
| 77' | ![]() |
PENALTI! "Real" darvozasiga! |
| 76' | ![]() |
"Sporting"da ikkita o‘zgarish: Karlos Karmona va Moyses Gomes o‘rniga Borxa Viguera va Viktor Rodriges tushdi. |
| 73' | ![]() |
Vuuuh! Ronaldu jarima zarbasini tepdi va Lukas Vaskes jarima maydonchasi ichida to‘p uchun kurash olib bordi va to‘pni egallab zarba berdi. To‘p shundoqqina ustun yonidan o‘tib ketdi. |
| 72' | ![]() |
"Real"da o‘zgarish: Xames va Ramos maydonni tark etdi, Marko Asensio va Marselo o‘yinni davom ettiradi. |
| 71' | ![]() |
Modrich o‘tkir burchak ostida jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. Noaniq |
| 70' | ![]() |
Krishtianu Ronaldu jarima maydonchasi yon tomonida to‘pni qabul qildi va ichkariga uzatma berdi. Himoyachi so‘nggi pallada xavfni bartaraf etdi. |
| 68' | ![]() |
Lukas Vaskes (Real Madrid) raqib jarima maydonchasiga uzatma berdi. Krishtianu Ronaldu to‘pni qabul qildi, ammo zarba berishga ulgurmadi. Himoyachi to‘pni egallab olib, xavfni bartaraf etdi. |
| 66' | ![]() |
Karlos Karmona (Sporting) qoida buzdi va sariq kartochka oldi. |
| 64' | ![]() |
Mateo Kovachich (Real Madrid) jarima maydonchasi burchagidan zarba berdi. To‘p himoyachilardan maydonni tark etdi. |
| 63' | ![]() |
Duglas "Real" jarima maydonchasiga uzatma berdi. To‘pga hech kim yeta olmadi |
| 62' | ![]() |
Vuuuuuh! Nacho qanotdan hujumga qo‘shildi va yaqin burchak tomon aniq zarba berdi. Diyego Marinyo ajoyib seyv orqali jamoasini qutqardi! |
| 61' | ![]() |
Rashid Ayt-Atmane (Sporting) sariq kartochka oldi. |
| 58' | ![]() |
Karim Benzema baland sakrab, bosh bilan zarba berishga harakat qildi. Ammo fransiyalik hujumchi zarba bera olmadi. Diyego Marinyo to‘pni egallab oldi. |
| 55' | ![]() |
Krishtianu Ronaldu jarima maydonchasi yon tomonida to‘pni qabul qildi va darvoza tomon zarba berdi. Darvozabon to‘pni qaytardi |
| 53' | ![]() |
Bu safar Moyses Gomes (Sporting) jarima maydonchasiga pas berdi. Karlos Karmona to‘pga yeta olmadi. |
| 52' | ![]() |
Karlos Karmona (Sporting) mezbonlar jarima maydonchasiga yaxshi uzatma berdi. Maydon egalari to‘pni vaziyatdan uzoqlashtirishdi |
| 49' | ![]() |
Benzema maydonga qaytdi. Hammasi joyida |
| 48' | ![]() |
Karim Benzema jarohat olgan ko‘rinadi |
| 47' | ![]() |
Xames oldinga chiziqqa uzatma berdi. Karim Benzema to‘pga yeta olmadi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi. |
| 45+2' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Real" - "Sporting" - 2:1. Tanaffus. |
| 45+1' | ![]() |
"Sporting" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Navas to‘pni egallab oldi |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi |
| 44' | ![]() |
Modrich jarima to‘pini raqib darvozasi yaqiniga yetkazdi. Himoyachilar xavfni bartaraf etishdi |
| 43' | ![]() |
Vuuuuh! Diyego Marinyo "Sporting"ni qiyin vaziyatda qutqardi! Krishtianu Ronaldu osonlik bilan himoyachidan o‘tib ketdi va yerlatib zarba berdi. Darvozabon qaytardi! |
| 41' | ![]() |
Fernando Amorebyeta (Sporting) sariq kartochka oldi |
| 39' | ![]() |
Xavfli vaziyat! Krishtianu Ronalduning uzatmasidan keyin Lukas Vaskes raqib jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi va darvoza burchagi tomon zarba berdi. Zarbaga biroz aniqlik yetishmadi. |
| 36' | ![]() |
Pepe olgan jarohati tufayli o‘yinni davom ettira olmaydigan ko‘rinadi |
| 36' | ![]() |
GOOOOOL! Karlos Karmona, 2:1! Ismael Lopes jarima maydonchasiga ajoyib uzatma berdi. Karlos Karmona to‘pni qabul qildi va darvozani ishg‘ol qildi. |
| 33' | ![]() |
Pepe jarohat oldi. Unga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda |
| 32' | ![]() |
Mezbonlar ketma-ket ikki marta burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Xixonliklar xavfni bartaraf etishdi |
| 30' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatmani madridlik himoyachilar bartaraf etishdi |
| 29' | ![]() |
Vuuuh! Keylor Navas jamoasini goldan qutqardi! Moyses Gomes (Sporting) darvoza burchagiga zarba berdi. Darvozabon esa murakkab zarbani qaytardi. Burchak to‘pi |
| 25' | ![]() |
Modrich jarima to‘pini mehmonlar jarima maydonchasiga yetkazdi. Himoyachilar to‘pni vaziyatdan uzoqlashtirishdi |
| 22' | ![]() |
"Real" raqib darvozasiga uchinchi to‘pni yo‘lladi, ammo gol inobatga olinmadi. Burchak to‘pi o‘yinga kiritilganidan keyin Ronaldu chalqancha uslubda zarba berdi. To‘p to‘singa tegib qaytdi va Nacho darvozani ishg‘ol qildi. Ammo himoyachi ofsaydda qolgan ekan |
| 21' | ![]() |
Madridliklar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi |
| 19' | ![]() |
GOOOOOL! Krishtianu Ronaldu, 2:0! Nacho jarima maydonchasiga yuqoridan uzatma berdi. Portugaliyalik futbolchi baland sakradi va darvozaning yaqin burchagiga to‘pni joyladi! |
| 13' | ![]() |
Vuuuh! Modrich burchakdan yetkazgan uzatmaga Ronaldu bosh bilan zarba berdi. To‘p darvozasi ustidan o‘tib ketdi |
| 13' | ![]() |
Xames jarima maydonchasi burchagidan zarba berdi. To‘p himoyachilardan maydonni tark etdi. Burchak to‘pi |
| 12' | ![]() |
"Sporting" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Samarasiz |
| 11' | ![]() |
Karmona "Real" darvozasi yaqiniga uzatma berdi. Navas to‘pni egallab oldi |
| 10' | ![]() |
Mehmonlarning 2-3ta hujumi samarasiz chiqdi |
| 7' | ![]() |
Nacho olis masofadan zarba berishga urindi. To‘p himoyachiga tegib qaytdi |
| 5' | ![]() |
GOOOOOOL! Krishtianu Ronaldu, 1:0! Portugaliyalik futbolchining zarbasi aniq bo‘ldi |
| 4' | ![]() |
"Sporting" darvozasi tomon penalti! |
| 2' | ![]() |
Duye Chop jarima maydonchasi yon tomonida to‘pni qabul qildi va darvoza tomon zarba berdi. Noaniq |
| 1' | ![]() |
Bahs boshlandi. To‘pni o‘yinga mehmonlar kiritib berishdi |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari. Ispaniya La ligasining 13-turi doirasida "Real" o‘z maydonida Xixonning "Sporting" klubini qabul qilmoqda |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|