Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Angliya Premyer-ligasi-2016/2017
| 13-tur, 27 noyabr, 19:15 | ||
ARSENALAleksis Sanches (12, 90+1)
Teo Uolkott (53) |
3 : 1 |
BORNMUTKallum Uilson (23-penalti)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
33.Petr Chex (D) 20.Shkodran Mustafi 02.Matyo Debyushi 18.Nacho Monreal 06.Loran Koselni 11.Mesut O‘zil 29.Granit Jaka 15.Aleks 35.Muhammad el-Nenni 14.Teo Uolkott 07.Aleksis Sanches |
23.Adam Federichi (D) 05.Natan Ake 14.Bred Smit 02.Simon Frensis 15.Adam Smit 03.Stiv Kuk 04.Den Gosling 08.Garri Arter 19.Junior Stanislas 13.Kallum Vilson 17.Joshua King |
|
| ZAHIRA | ||
|
13.David Ospina (D) 03.Kiran Gibbs 05.Gabriel Paulista 08.Aaron Remzi 34.Fransis Koklen 12.Olivye Jiru 17.Aleks Ivobi |
21.Rayan Ollsop (D) 26.Tayron Mings 24.Rayan Freyzer 07.Mark Pyu 32.Jek Uilshir 31.Lis Musset 09.Benik Afobe |
|
Matn
| 90+5' | ![]() |
O‘yin yakuniga yetdi. "Arsenal" - "Bornmut" - 3:1. Venger jamoasi o‘z ochkolarini 28taga yetkazib oldi |
| 90+5' | ![]() |
Bornmut burchak to‘pi ishladi |
| 90+1' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 5 daqiqa qo‘shildi |
| 90+1' | ![]() |
GOOOOOOOOL! Aleksis Sanches, 3:1! Qarshi hujumda O‘zil jarima maydonchasiga kirgan Jiruga pas berdi hamda Olivye to‘pni darvozabon maydonchasiga yetkazdi. Sanches himoyachilarni ortda qoldirdi va bo‘ darvozani ishg‘ol qildi! |
| 90' | ![]() |
Vuh! Jarima maydonchasi burchagidan yetkazilgan uzatmaga Lis Musset bosh bilan zarba berdi. Hujumchi aniq zarba bera olmadi |
| 88' | ![]() |
Gosling sariq kartochka oldi |
| 87' | ![]() |
"Arsenal" ketma-ket 3 marta raqib darvozasiga bosim tashkil qildi. Ish aniq zarbagacha yetib bormadi |
| 85' | ![]() |
Afobe ofsaydda qoldi |
| 84' | ![]() |
Qarshi hujumda Sanches O‘zilni birga bir vaziyatga chiqaradigan uzatma berdi. Ammo himoyachi to‘pni qaytarib qoldi |
| 81' | ![]() |
O‘zil jarima to‘pini raqib darvozasi yaqiniga yetkazdi. Jiru to‘pni egallay olmadi |
| 80' | ![]() |
Jordan Ayb chap qanotda belgilangan jarima to‘pini mezbonlar jarima maydonchasiga yetkazdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi |
| 76' | ![]() |
VUUUUH! Bornmut burchak to‘pini o‘yinga kiritdi va Afobe darvozabon maydonchasi ichida oyoq bilan zarba berdi. Chex oyog‘i bilan to‘pni qaytardi va himoyachilar to‘pni vaziyatdan uzoqlashtirishdi |
| 75' | ![]() |
Arsenalda o‘zgarish: Oksleyd-Chemberlen o‘rniga Aaron Remzi, Uolkott o‘rniga Olivye Jiru tushdi |
| 73' | ![]() |
Vuuuh! Qarshi hujumda oldinga chiziqqa yetkazilgan to‘pni O‘zil raqib jarima maydonchasi oldida egalladi hamda tovoni bilan pas berib, yordamga kelgan Aleksga uzatma berdi. Himoyachi xavfni bartaraf etdi |
| 73' | ![]() |
Garri Arter sariq kartochka oldi |
| 72' | ![]() |
Mehmonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Arsenal jarima maydonchasi ichida taxlikali vaziyat yuzaga keldi. Xavf bartaraf etildi |
| 70' | ![]() |
Bornmutda o‘zgarish: Junior Stanislas o‘rniga Jordan Ayb tushdi. |
| 69' | ![]() |
Granit Jaka olis masofadan zarba yo‘lladi. Noaniq |
| 66' | ![]() |
Kanonirlar to‘pni nazorat qilishmoqda |
| 63' | ![]() |
"Bornmut"da o‘zgarish: Uilson o‘rniga Benik Afobe tushdi |
| 62' | ![]() |
Aleksis Sanches sariq kartochka oldi. Raqib futbolchisi to‘pig‘iga xavfli zarba berdi |
| 61' | ![]() |
Yana bir qarshi hujum. Okseyd-Chemberlen chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va zarba berdi. To‘pni himoyachi qaytardi |
| 60' | ![]() |
Vuuuh! Qarshi hujumda Sanches to‘p bilan chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va darvozabon maydonchasiga yaqinlashayotgan O‘zil yo‘liga to‘pni dumalatib berdi. Ammo Mesut to‘pga biroz yeta olmadi |
| 58' | ![]() |
Bornmut futbolchilari burchak to‘pi ishlashdi va uni o‘yinga kiritishdi. Mezbonlar to‘pni egallab qarshi hujumga o‘tishdi |
| 53' | ![]() |
GOOOOOL! Teo Uolkott, 2:1! O‘zil raqib jarima maydonchasining o‘ng tomonidan to‘pni egallab turdi va olis ustun tomon yetkazdi. To‘p esa himoyachining boshiga tegib, o‘sha tomonga ketdi. Nacho Monreal to‘pni darhol nariga ustun tomon yuqoridan yetkazdi. Uolkott esa bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi! |
| 53' | ![]() |
Mezbonlar ko‘proq hujum tashkil qilishmoqda |
| 48' | ![]() |
Bornmut burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Mezbonlar to‘pni egallab, qayrshi hujumga o‘tishga urinishdi. To‘p markazda maydonni tark etdi |
| 47' | ![]() |
O‘ng qanotda belgilangan jarima to‘pini O‘zil darvoza yaqiniga yetkazdi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45+3' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Arsenal" - "Bornmut" - 1:1. Tanaffus |
| 45+3' | ![]() |
Vuuuuh! Sanches jarima maydonchasining o‘ng tomonida to‘pni qabul qildi va o‘tkir burchak ostida kuchli zarba berdi. To‘p to‘singa tegib qaytdi! |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi |
| 44' | ![]() |
Arsenal navbatdagi burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Xavfli vaziyat yuzaga kelmadi |
| 42' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatmani mehmonlar qaytarishdi |
| 42' | ![]() |
Arsenal qisqa paslar orqali jarima maydonchasiga kirib keldi. Uolkotning uzatmasidan keyin to‘p himoyachining qo‘lidan maydonni tark etdi. Hakam bu vaziyatni ko‘rmadi |
| 38' | ![]() |
Vuuuuh! Sanches raqib jarima maydonchasi ichida O‘zil bilan "devor" o‘ynadi va 8-9 metrlardan zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 37' | ![]() |
El-Nenni 22 metrlardan zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 36' | ![]() |
To‘pni Bornmut futbolchilari nazorat qilishmoqda |
| 31' | ![]() |
Mehmon himoyachilari yana xatoga yo‘l qo‘yishlariga bir baxya qoldi. |
| 30' | ![]() |
Bornmut futbolchisi ofsaydda qoldi |
| 28' | ![]() |
Vuuuh! Mehmonlar chiroyli kombinasiya orqali Arsenal mudofaasini yorib o‘tdi. Hujumchi darvozabon maydonchasi burchagidan zarba berdi. Yaqin burchakka kirayotgan to‘pni Chex qaytardi |
| 27' | ![]() |
O‘zil jarima to‘pini darvoza oldiga yetkazdi. Himoyachi to‘pni bosh bilan qaytardi |
| 26' | ![]() |
Jarima maydonchasining o‘ng tomonida — shundoqqina chiziq oldida himoyachi Sanchesga nisbatan fol ishlatdi. Jarima zarbasi |
| 25' | ![]() |
Vuuuuh! "Bornmut" darvozani ishg‘ol qilishi mumkin edi! To‘p jarimadan o‘yinga kiritilganidan keyin mehmonlar futbolchisi 7-8 metrlardan bosh bilan zarba berdi. Unga hech kim xalal bermayotgandi, to‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi |
| 23' | ![]() |
GOOOOL! Kallum Uilson, 1:1! Chex zarba yo‘nalishini topa olmadi |
| 22' | ![]() |
Nacho Monreal sariq kartochka oldi |
| 22' | ![]() |
Vuh! "Arsenal" darvozasi tomon penalti! |
| 20' | ![]() |
Burchak to‘pi o‘yinga kiritilganidan keyin Chex uni egallab oldi |
| 19' | ![]() |
Bornmut futbolchisi jarima maydonchasi tashqarisidan yerlatib zarba berdi. To‘p himoyachilarga tegib, maydonni tark etdi |
| 16' | ![]() |
"Arsenal"da majburiy o‘zgarish: Debyushi o‘rniga Gabriyel Paulista tushdi |
| 12' | ![]() |
GOOOOOOOL! Aleksis Sanches, 1:0! Himoyachi qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yib, to‘zpni darvozabonga yetkazish chog‘ida Sanchesga berib qo‘ydi. Aleksis darvozabonni aldab, bo‘sh darvozani ishg‘ol qildi |
| 8' | ![]() |
Venger shogirdlari jarima to‘pini oldindan tayyorlangan kombinasiya shaklida o‘yinga kiritishdi. El-Nenni 14 metrlardan zarba berdi. To‘p himoyachiga tegib qaytdi |
| 7' | ![]() |
Aleks Oksleyd-Chemberlen chap qanotdan jarima maydonchasiga kirayotganida Simon Frensis raqibini chalib chiqitdi va sariq kartochka oldi |
| 6' | ![]() |
Hozircha ochiq o‘yin bormoqda. Bornmut futbolchisi ofsaydda qoldi |
| 2' | ![]() |
Qarshi hujumda mehmonlar xavfli vaziyat yaratishdi. Adam Smit 20 metrlardan zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 2' | ![]() |
Vuuuuh! Chap qanotdan yerlatib "Bornmut" jarima maydonchasiga yetkazilgan uzatmani O‘zil 7-8 metrlardan darvoza tomon tepdi. Himoyachi to‘p yo‘liga g‘ov bo‘ldi |
| 0' | ![]() |
O‘yin boshlandi. To‘pni o‘yinga "Arsenal" futbolchilari kiritib berishdi. |
| ' | Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda. O‘yin boshlanish arafasida | |
| ' | Hozirda "Arsenal" 25 ochko bilan 4-o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, "Bornmut" 15 ochko bilan 11-o‘rinni band etgan | |
| ' | ![]() |
Xayrli oqshom, qadrli futbol muxlislari. Angliya Premyer-ligasining 13-tur o‘yinlari davom etadi. "Arsenal" o‘z maydonida "Bornmut"ni qabul qilmoqda. |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|