Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Angliya Premyer-ligasi-2016/2017
| 13-tur, 27 noyabr, 21:30 | ||
MANCHESTER YUNAYTEDZlatan Ibrahimovich (21)
|
1 : 1 |
VEST HEMDyafra Sako (2)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01. David de Xea (D) 05. Markos Roxo 04. Fil Jons 36. Matteo Darmian 21. Ander Errera 08. Xuan Mata 25. Antonio Valensiya 14. Djessi Lingard 06. Pol Pogba 19. Markus Reshford 09. Zlatan Ibrohimovich |
01. Darren Rendolf (D) 19. Jeyms Kollinz 08. Sheyxu Kuyyate 21. Andjelo Ogbonna 03. Aaron Kressvell 16. Mark Noubl 30. Maykl Antonio 14. Pedro Obyang 27. Dimitri Paye 10. Manuel Lansini 15. Dyafra Sako |
|
| ZAHIRA | ||
|
20. Serxio Romero (D) 17. Deyli Blind 22. Genrix Mxitaryan 27. Maruan Fellayni 31. Bastian Shvaynshtayger 18. Eshli Yang 10. Ueyn Runi |
13. Adrian (D) 20. Andre Ayyu 04. Xovard Nordtveyt 07. Sufyon Feguli 31. Edimilson Fernandes 24. Eshli Fletcher 11. Simone Dzadza |
|
Matn
| 90+5' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "Manchester Yunayted" - "Vest Xem" - 1:1. Mourinyo jamoasi yana ochko yo‘qotmoqda |
| 90+4' | ![]() |
"Vest Xem"da o‘zgarish: Payet o‘rniga Sufyon Feguli tushdi |
| 90+3' | ![]() |
Ayyu jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. Noaniq |
| 90+2' | ![]() |
Vuuuh! O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani Runi jarima maydonchasi ichida qabul qildi va bir himoyachidan o‘tib, darvozabon maydonchasiga to‘pni yetkazishga urindi. To‘pni mehmonlar egallab, xavfni bartaraf etishdi |
| 90+1' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shildi |
| 90+1' | ![]() |
Valensiya sariq kartochka oldi. To‘pni qo‘li bilan o‘ynagani uchun |
| 90' | ![]() |
"MYu" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. To‘p qaytarildi |
| 90' | ![]() |
Kressvell sariq kartochka oldi |
| 87' | ![]() |
VUUUUUH! "Vest Xem" gol urishga juda va juda yaqin keldi. Antonio ikki futbolchi orasidan o‘tib "MYu" jarima maydonchasiga kirdi va Fletcherga uzatma berdi. Eshli ikki-uch futbolchi orasidan o‘tdi va darvozabon maydonchasidan zarba berdi. De Xea ko‘kragi bilan zarbani qaytardi!!! |
| 87' | ![]() |
Valensiya o‘ng qanotdan uzatma berdi. Pogba qaychi uslubida zarba berishga urindi. Ammo to‘p uning oyog‘iga tegmay qoldi |
| 85' | ![]() |
"MYu"da so‘nggi o‘zgarish: Lingard o‘rniga Fellayni tushdi |
| 82' | ![]() |
Vuuuuh! "Vest Xem" himoyachisi to‘pni bosh bilan o‘z darvozaboniga yetkazishga urindi, ammo Zlatan to‘pni egallab oldi, darvozabonni aldab o‘tdi, so‘nggi pallada Kuyate to‘pni tepib yuborib, xavfni bartaraf etdi |
| 80' | ![]() |
"MYu"ning qarshi hujumi xavfli bo‘ldi. Olis ustun tomon yetkazilgan uzatmani Ibrahimovich darvoza oldiga yetkazdi. Darvozabon oyog‘i bilan to‘pni qaytarib qoldi |
| 79' | ![]() |
Burchak to‘pi o‘yinga kiritildi va to‘p jarima maydonchasiga yetkazildi. Zlatan bosh bilan aniq zarba bera olmadi |
| 78' | ![]() |
Vuuuuh! Pogba jarima maydonchasi tashqarisidan darvoza burchagi tomon aniq zarba berdi. Rendolf to‘pni maydon tashqarisiga burib yubordi |
| 77' | ![]() |
Ehhhhh! O‘ng qanotdan Valensiya yetkazgan uzatma natijasida to‘p himoyachining oyog‘iga tegib, Mxitaryanga kelib tushdi. Genrix 6-7 metrlardan zarba berdi va to‘p ustunga tegib, narigi ustun tomon ketdi. Lingard darvozani ishg‘ol qildi. Ammo Jessi ofsaydda qolgan ekan |
| 74' | "Vest Xem"da o‘zgarish: Lansini o‘rniga Andre Ayyu tushdi | |
| 72' | ![]() |
Burchak to‘pi samara bermadi |
| 71' | ![]() |
"MYu"ning navbatdagi hujumi va burchak to‘pi ishlandi |
| 68' | ![]() |
Vuuuh! Lingarddan uzatma qabul qilgan Ibrahimovich to‘pni bir urinishdi Runiga yetkazdi. Ueyn 15 metrlardan olis burchak tomon zarba berdi. Rendolf to‘pni egallab oldi |
| 65' | ![]() |
"MYu"da ikkita o‘zgarish: Reshford o‘rniga Runi, Mata o‘rniga Mxitaryan tushdi |
| 56' | ![]() |
Burchak to‘pi "MYu" darvozasi oldida taxlikasi vaziyatni yuzaga keltirdi. Himoyachilar xavfni bartaraf etishdi |
| 55' | ![]() |
Vuh! O‘ng tomonda belgilangan jarima to‘pini Payet to‘g‘ri darvoza tomon aylantirdi. De Xea to‘pni yuqoriga ko‘tarib yubordi |
| 53' | ![]() |
Vuuuh! Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Sako bosh bilan zarba berdi. To‘p to‘sin ustidan oshib o‘tib, yuqoridan to‘rga tushdi |
| 53' | ![]() |
Antonio o‘ng qanotdan mezbonlar jarima maydonchasiga uzatma berdi. To‘p Roxoning oyog‘idan maydonni tark etdi |
| 49' | ![]() |
Reshford chap qanotdan bir himoyachini aldamoqchi bo‘ldi, ammo to‘p maydonni tark etdi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45+2' | ![]() |
Birinchi bo‘lim tugadi. Hozircha "MYu" - "Vest Xem" - 1:1. Tanaffus. |
| 45+2' | ![]() |
Vuuuuh! Lingard jarima maydonchasiga kirdi va bir himoyachi ta’qibi ostida zarba berdi. To‘p Rendolfning qo‘lidan maydonni tark etdi |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shildi |
| 45' | ![]() |
Vuuuuh! Qarshi hujumda Pogbaning uzatmasidan keyin Ibrahimovich 14 metrlardan zarba berdi. Agbonna to‘p yo‘liga o‘zini tashladi va xavfni bartaraf etdi |
| 44' | ![]() |
Mata chap qanotdan havolatib uzatma berdi. Zlatan bosh bilan bergan zarba aniq chiqmadi |
| 39' | ![]() |
Mata burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi |
| 36' | ![]() |
Vuuuuuh! Markus Reshford birga bir vaziyatga chiqdi, ammo gol ura olmadi. Uning zarbasini "Vest Xem" darvozaboni oyoq bilan qaytardi |
| 35' | ![]() |
Antonio olis masofadan zarba berdi. Ammo noaniq |
| 34' | ![]() |
Oho! Mata olis ustun tomon uzatma berdi. Zlatan bosh bilan to‘pni darvozabon maydonchasiga qaytardi. Lingarda yaqin masofadan samarali zarba bera olmadi |
| 28' | ![]() |
Hakamning qaroriga keskin norozilik bildirgan Joze Mourinyo zaxira o‘rindig‘idan chetlatildi |
| 28' | ![]() |
Pogba simulyasiya uchun sariq kartochka oldi. |
| 27' | ![]() |
"Vest Xem" jarima to‘pini kombinasiya shaklida o‘yinga kiritdi, to‘pni esa mezbonlar egallab, xavfli hujum tashkil qilishdi. Pogbaning uzatmasidan keyin Ibra darvozani ishg‘ol qilishga tayyor edi, ammo himoyachi to‘p yo‘nalishini o‘zgartira oldi |
| 25' | ![]() |
Errera o‘z jarima maydonchasi burchagida Payetni chalib yiqitdi |
| 24' | ![]() |
Mankunianliklar to‘pni nazorat qilib, hujum variantlarini qidirishmoqda |
| 21' | ![]() |
GOOOOOOL! Zlatan Ibrahimovich, 1:1! Pogba olis masofadan havolatib uzatma berdi. Shvesiyalik futbolchi 6 metrdan bosh bilan to‘pni darvozaga burib qo‘ydiyu |
| 20' | ![]() |
Payet jarima maydonchasiga kirayotgan Sakoga uzatma berdi. To‘pni Blind egalladi va xavfni bartaraf etdi |
| 18' | ![]() |
Vest Xem futbolchisi chap qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berdi. Roxo to‘pni egallab oldi va xavfni bartaraf etdi |
| 12' | ![]() |
Reshford jarima maydonchasiga uzatma berdi. To‘p Ibrahimovichgacha yetib kelmadi |
| 8' | ![]() |
Mourinyo shogirdlari vaziyatni o‘nglamasalar bo‘lmaydi. Ular to‘pni nazorat qilishmoqda |
| 2' | ![]() |
GOOOOOL! Kutilmaganda "Vest Xem" hisobni ochdi. O‘ng qanotdan yetkazilgan jarima to‘pini Dyafro Sako bosh bilan 5 metrdan zarba berib, darvozani ishg‘ol qildi! |
| 0' | ![]() |
O‘yin boshlandi. |
| ' | Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda | |
| ' | ![]() |
APLning 13-turi doirasida "Manchester Yunayted" o‘z maydonida "Vest Xem"ni qabul qilmoqda |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|