Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

O‘zbekiston kubogi 2016

Final. 30.11.2016. soat 13-00. Bosh hakam: Vladislav Seytlin (Toshkent)

LOKOMOTIV

Temurxo‘ja Abduxoliqov (2)

1 : 0

NASAF

JAMOALAR TARKIBI
12.Ma’mur Ikromov
05.Kaxi Maxaradze
11.Temurxo‘ja Abduxoliqov
15.Sardor Mirzayev
17.Salim Mustafayev
18.Timur Kapadze
20.Islom To‘xtaxo‘jayev
22.Sanjar Shoahmedov
28.Ikrom Aliboyev
37.Sherzod Fayziyev
71.Artur Gevorkyan
  25.Eldorbek Suyunov
06.Azizjon G‘aniyev
07.Shuhrat Muhammadiyev
18.Bahrom Abdurahimov
22.Igor Golban
23.Sherzod A’zamov
28.Fozil Musayev
33.Odiljon Hamrobekov
34.Farruh Sayfiyev
38.Doniyor Narzullayev
69.Dragan Cheran
ZAHIRA
01.Ignatiy Nesterov
04.Boburbek Yuldashev
07.Sadriddin Abdullayev
10.Marat Bikmayev
13.Nemanya Yanichich
29.Quvondiq Ro‘ziyev
33.Oleg Zoteev
  35.Sanjar Quvvatov
04.Maqsud Karimov
14.Sharof Muhitdinov
15.Shaxboz Erkinov
21.Azamat Allaniyozov
31.Saydullo Rahmatov
45.Bobir Abduholiqov
SARIQ KARTOCHKA
Islom To‘xtaxo‘jayev (31)
Temurxo‘ja Abduxoliqov (33)
 
Odiljon Hamrobekov (35)
Shaxboz Erkinov (90+3)
QIZIL KARTOCHKA
Islom To‘xtaxo‘jayev (90+3)
 

Matn

90+5'
O‘yin tugadi. "Lokomotiv" O‘zbekiston kubogi 2016 sohibi bo‘ldi
90+3'
To‘xtaxo‘jayev ikkinchi sariqni olgani uchun chetlatildi
90+3'
Erkinov va To‘xtaxo‘jayev ogohlantirildi
90+3'
Erkinov jarima maydoniga yetkazilgan to‘pni boshi bilan darvoza tomon yo‘lladi, biroq darvozabon uni ushlab oldi
90+1'
Nasaf katta kuch bilan oldinga o‘tmoqda, biroq Lokomotiv xotirjam himoyalanmoqda
90'
4 daqiqa qo‘shib berildi
89'
Nasafning burchak zarbasi xavfli chiqdi, bir qator futbolchilar to‘pga zarba berishdi. Barcha zarbalarni himoyachilar to‘sib qoldi
85'
Shoahmedov o‘rniga Yuldashev tushirildi
84'
Mustafoyev uzoq masofadan zarba yo‘llaganida Suyunov qiyinchilik bilan to‘pni qaytara oldi
83'
Muhammadiyev o‘rniga Muhiddinov tushirildi
81'
Bobir Abduxoliqov jarima maydoni ichida qulay vaziyatga chiqib borgan edi, ammo himoyachilar unga zarba berishga yo‘l qo‘yishmadi
79'
Temurxo‘ja Abduxoliqov uzoq masofadan zarba yo‘lladi, ammo juda noaniq
77'
Qulay vaziyatga chiqib borayotgan Temurxo‘ja Abduxoliqov ofsaydda qolib ketdi
75'
Sardor Mirzayev uzoq masofadan zarba yo‘lladi, biroq juda noaniq
74'
"Nasaf" burchak zarbasini yaxshi amalga oshirolmadi, to‘pni himoyachilar egallab olishdi
73'
Fayziyev o‘rniga Zoteev tushirildi
72'
Cheran o‘rniga Bobir Abduxoliqov tushirildi
69'
Tashabbus "Lokomotiv" tomonga o‘tdi, "Nasaf" asosan himoyalanmoqda
66'
Sardor Mirzayev darvozabon bilan yuzma-yuz vaziyatda to‘pni uni ustidan oshirib, darvozaga yo‘lladi, biroq Muhammadiyev bo‘sh qolgan darvozaga kirib ketayotgan to‘pni qaytara oldi
65'
Bikmayev darvozabon bilan yuzma-yuz chiqishi mumkin edi, ammo Suyunov to‘pga birinchi bo‘lib ulgurdi
62'
Mustafoyev jarima maydoni tashqarisidan zarba yo‘lladi, biroq Suyunov to‘pni osonlik bilan egallab oldi
61'
Narzullayev jarima zarbasidan to‘pni jarima maydoniga yetkazdi, ammo himoyachilar unga zarba berishga yo‘l qo‘yishmadi. Darvozabon to‘pni egallab oldi
59'
Hamrobekov o‘rniga Erkinov tushirildi
57'
Tashabbus "Nasaf" tomoniga o‘tdi, "Lokomotiv" asosan himoyalanmoqda
54'
Gevorkyan o‘rniga Bikmayev tushirildi
52'
Abdurahimov chap qanotdan to‘pni jarima maydoniga oshirdi, Cheran unga yaqin masofadan zarba berganida darvozabon qaytara oldi
51'
Shoahmedov jarima maydoniga yorib kirgan edi, biroq himoyachilar uni to‘sib qolishdi
49'
Hamrobekov chap qanotda belgilangan jarima zarbasidan to‘pni jarima maydoniga oshirganida, himoyachilar uni qaytara olishdi
47'
Shoahmedov o‘ng qanotdan jarima maydoniga yorib kirib, zarba yo‘lladi. To‘p noaniq ketdi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+1'
Birinchi bo‘lim tugadi. Biroz dam olamiz
45'
1 daqiqa qo‘shib berildi
44'
Cheranning jarima zarbasidan yo‘llagan to‘pi jonli devorga tegib qaytdi
42'
Abdurahimov darvozabon bilan yuzma-yuz chiqishi mumkin edi, biroq Ikromov to‘pga chiqib, xavfni bartaraf etdi
40'
Cheran qulay vaziyatga chiqib borishi mumkin edi, ammo uni himoyachilar to‘xtatib qolishdi
38'
Bahrom Abdurahimov jarima maydoni ichidan zarba yo‘lladi, Ikromov to‘pni ushlab qoldi
36'
To‘xtaxo‘jayev jarima zarbasini amalga oshirdi, to‘p jarima maydoniga oshirilganida unga zarba beruvchi futbolchi topilmadi
35'
Qo‘polliklar boshlanib ketdi. Hamrobekov ham ogohlantirildi
33'
Temurxo‘ja Abduxoliqov ham qo‘pol o‘ynagani uchun ogohlantirildi
31'
To‘xtaxo‘jayev raqibiga qo‘pollik qilgani uchun ogohlantirildi
29'
Hamrobekov jarima zarbasini darvozaga yo‘llaganida, darvozabon qiyinchiliksiz qaytara oldi
28'
Mustafoyev o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydoniga yetkazganida, himoyachilar qaytara olishi
25'
Ikrom Aliboyev uzoq masofadan zarba yo‘lladi, ammo to‘p darvozabonning qo‘liga kelib tushdi
24'
To‘xtaxo‘jayev chamasi 30 metrdan belgilangan jarima zarbasini juda noaniq yo‘lladi
22'
Cheran jarima maydoniga yorib kirib zarba yo‘llaganida, to‘p yo‘lini himoyachi to‘sib qoldi
20'
Shoahmedov yana vaziyatni yo‘qq chiqardi. U himoyachini aldab o‘tib, darvoza tomon zarba yo‘llaganida, to‘p maydon tashqarisiga chiqib ketdi
18'
Shoahmedov chap qanotdan to‘pni oshirib, Abduxoliqovni yaxshi vaziyatga chiqargan edi, ammo himoyachilar undan to‘pni olib qo‘yishdi
15'
Shoahmedov darvozabon bilan yuzma-yuz chiqib, hisobni oshirishi mumkin edi, ammo uning zarbasini darvozabon qaytara oldi
10'
Nasaf yana bir jarima zarbasini amalga oshirdi. Sayfiyev yo‘llagan zarbani himoyachilar qaytarishdi
8'
Nasaf o‘ng qanotdan jarima zarbasini amalga oshirdi. To‘p jarima maydoniga yetkazilganda, Narzullayev boshi bilan zarba yo‘lladi, ammo noaniq
6'
Gevorkyan burchak zarbasini amalga oshirganida, himoyachilar to‘pni qaytarib yuborishdi
4'
Cheran chap qanotdan jarima maydoniga yorib kirib, zarba yo‘llaganida, to‘p darvoza to‘sini ustidan o‘tib ketdi
2'
Artur Gevorkyan o‘ng qanotdan jarima maydoniga oshirgan to‘pni darvozabon ushlab qololmadi va Temurxo‘ja Abduxoliqov uni yaqin masofadan darvozaga yo‘lladi!
2'
GOOOL!!! Abduxoliqov!
0'
O‘yin boshlandi
'
Futbolchilar aviahlokatga uchragan Braziliyaning "Shapekoense" klubi xotirasiga 1 daqiqa sukut saqlashdi
'
Jamoalar maydonga tushib kelishdi, O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi yangradi
'
Bir necha daqiqalardan so‘ng Samarqand shahrida O‘zbekiston kubogining final o‘yini boshlanadi
'
Assalomu alaykum muhtaram futbol muxlislari!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.