Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Ispaniya La ligasi-2016/2017
| 14-tur, 3 dekabr, soat 20:15 | ||
BARSELONALuis Suares (53)
|
1 : 1 |
REAL MADRIDSerxio Ramos (90)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Mark-Andre ter Shtegen (D) 18.Xordi Alba 03.Jerar Pike 14.Xavyer Maskerano 21.Andre Gomes 04.Ivan Rakitich 05.Serxio Buskets 20.Serji Roberto 10.Lionel Messi 09.Luis Suares 11.Neymar |
01.Keylor Navas (D) 05.Rafayel Varan 12.Marselo 04.Serxio Ramos 02.Daniel Karvaxal 16.Mateo Kovachich 19.Luka Modrich 22.Isko 07.Krishtianu Ronaldu 09.Karim Benzema 17.Lukas Vaskes |
|
| ZAHIRA | ||
|
13.Yasper Sillessen (D) 19.Lukas Din 23.Samuel Umtiti 07.Arda Turon 08.Andres Inyesta 06.Denis Suares 17.Fransisko Alkaser |
13.Kiko Kasilya (D) 06.Nacho 03.Pepe 20.Marko Asensio 10.Xames Rodriges 14.Kazemiro 18.Mariano Dias |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Neymar (29)
Luis Suares (75) Serjio Buskets (84) |
Isko (13)
Dani Karvaxal (80) |
|
Matn
| 90+4' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "Barselona" - "Real" - 1:1. Madridliklar 6 ochkolik farqni saqlab qolishdi |
| 90+3' | ![]() |
Vuuuuuuuh! "Real" mo‘jiza tufayli goldan qutqarib qoldi! Bo‘sh darvozaga kirayotgan to‘pni Kazemiro chiziq ustidan bosh bilan qaytarib qoldi!!! |
| 90+3' | ![]() |
"Barselona" jarima to‘pini o‘yinga kiritadi. O‘ng qanotdan |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi |
| 90' | ![]() |
GOOOOOOOL! Serxio Ramos, 1:1! Jarimadan yetkazilgan uzatmani "Real" sardori yaqin masofadan bosh bilan darvozaga joyladi! |
| 90' | ![]() |
Maskerano sariq kartochka oldi. Xavfli podkat uchun |
| 89' | ![]() |
Vuuuuuuh! Marselo chap qanotdan olis ustun tomon uzatma bera olmadi. Ronaldu baland sakradi va bosh bilan zarba berdi. Alba jamoasini goldan qutqardi! |
| 88' | ![]() |
"Barsa"da o‘zgarish: Neymar o‘rniga Denis Suares tushirildi |
| 87' | ![]() |
Vuuuuh! O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmaga Serxio Ramos darvozabon maydonchasi chizig‘i oldida bosh bilan zarba berdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 85' | ![]() |
Modrichning uzatmasidan keyin Karvaxal o‘ng qanotdan mezbonlar jarima maydonchasiga pas berdi. Pike to‘pni qaytardi |
| 84' | ![]() |
Jarimadan yetkazilgan uzatmani Pike bosh bilan qaytardi. So‘ngra to‘p Marseloning boshidan maydonni tark etdi |
| 84' | ![]() |
Serjio Buskets sariq kartochka oldi. Asensioni yiqitgani uchun |
| 82' | ![]() |
Vuuuuh! Inyestaning ajoyib uzatmasidan keyin Messi birga bir vaziyatga chiqib ketdi va chap oyoqda zarba berdi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi! |
| 81' | ![]() |
Turonning uzatmasidan keyin Roberto o‘ng tomondan oldinga o‘tdi va darvoza yaqiniga uzatma berishga harakat qildi. To‘p "Barsa" vakilidan maydonni tark etdi deya hisobladi hakam |
| 80' | ![]() |
Dani Karvaxal sariq kartochka oldi. Neymarni yiqitgani uchun |
| 79' | ![]() |
"Madrid"ning hujumlarini mezbonlar bartaraf etishmoqda |
| 78' | ![]() |
"Barselona"da ham o‘zgarish: Andre Gomesh o‘rniga Arda Turon tushdi |
| 77' | ![]() |
"Real"da o‘zgarish: Karim Benzema o‘rniga Marko Asensio tushdi |
| 76' | ![]() |
"Real" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Mezbonlar xavfni bartaraf etishdi |
| 75' | ![]() |
Luis Suares sariq kartochka oldi. Hakamga e’tiroz bildirgani uchun |
| 74' | ![]() |
Modrich yetkazgan uzatmani Inyesta bosh bilan qaytardi |
| 74' | ![]() |
Karvaxal burchak to‘pi ishladi |
| 73' | ![]() |
Karvaxal futbolkasining qorni yirtilibdi. Kichkina yirtiq paydo bo‘ldi. U shu formada o‘ynashda davom etmoqda |
| 71' | ![]() |
Vuuuuuh! Messidan uzatma qabul qilgan Neymar jarima maydonchasiga kirdi va zarba berdi. Varan jamoasini qutqarmoqda! |
| 70' | ![]() |
Burchak to‘pi xavfli vaziyatni taqdim etmadi |
| 69' | ![]() |
Vuuuuuh! Inyesta chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va o‘tkir burchak ostida zarba berdi. To‘p Karvaxalning oyog‘ida rekooshet holatida to‘rga yon tomondan borib tegdi |
| 68' | ![]() |
VUUUUUUUH! Neymar!!! Inyestaning uzatmasidan keyin Neymar jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi va bir harakat qilib Karvaxalni aldab o‘tib, yaqin masofadan aniq zarba bera olmadi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi. Omad Realga kulib boqdi desak bo‘ladi |
| 66' | ![]() |
"Real"da o‘zgarish: Isko o‘rniga Kazemiro tushdi |
| 65' | ![]() |
Endi Zidan jamoasi to‘pni nazorat qilmoqda |
| 63' | ![]() |
Eh, Suares! Hozir to‘g‘ri qaror qabul qilmadi. Messining uzatmasidan keyin u o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirdi, ammo sheriklariga aniq uzatma bera olmadi |
| 62' | ![]() |
O‘yin videotakrorlari juda ajoyib bo‘lmoqda. Gol urgan Suares birozgina ofsaydda qolganini ko‘rsatishdi |
| 62' | ![]() |
Kataloniyaiklar 2 daqiqadan beri to‘pni nazorat qilib, madridliklarni to‘psiz harakat qilishga majbur qilishmoqda |
| 60' | ![]() |
"Barsa"da o‘zgarish: Ivan Rakitich o‘rniga Andres Inyesta maydonga tushdi. Inyesta sardorlik bog‘ichini bilagiga taqib oldi |
| 58' | ![]() |
Vuuuuh! Kovachichning uzatmasini Benzema jarima maydonchasi ichida qabul qildi, ammo Alba undan to‘pni olib qo‘ydi. Karim zarba berishga ulgurmadi |
| 57' | ![]() |
Vuuuuh! Messining uzatmasidan keyin Suares birga bir vaziyatga chiqib ketdi. Ammo urugvaylik futbolchi to‘pga biroz yeta olmadi |
| 55' | ![]() |
Marselo chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi, Serji Roberto to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 53' | ![]() |
GOOOOOOOOOL! Luis Suares, 1:0! Messi jarimadan yetkazgan uzatmani Suares bosh bilan darvozaga joyladi! |
| 52' | ![]() |
Jarima maydonchasi chap tomonida Varan Neymarni yiqitdi. Jarima zarbasi |
| 51' | ![]() |
Oho! Modrichning uzatmasini Ronaldu jarima maydonchasi ichida qabul qildi va o‘tkir burchak ostida zarba berdi. Noaniq |
| 49' | ![]() |
Lukas Vaskes ofsaydda qoldi. Laynsmen xato qilgandek ko‘rindi takroriy vaziyatda |
| 48' | ![]() |
Burchak to‘pi xavfli vaziyatni taqdim etmadi |
| 47' | ![]() |
Vuuuuh! Mehmonlar goldan qutulib qolishdi. Messining uzatmasidan keyin Suares darvozabon maydonchasining chap tomonidan to‘pni qabul qildi va uzatma berdi. To‘p Varandan maydonni tark etdi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi. Hozircha tarkiblarda o‘zgarishlar yo‘q. To‘pni o‘yinga "Barselona" futbolchilari kiritib berishdi |
| ' | ![]() |
Birinchi bo‘lim statistikasi: To‘p nazorati: 55% — 45%; Zarbalar: 4 — 7; Aniq zarbalar: 1 — 4; Noaniq zarbalar: 1 — 2; To‘silgan zarbalar: 2 — 1; Jarima zarbalari: 7 — 12; Burchak to‘plari: 3 — 3; Ofsaydlar: 1 — 1; Seyvlar: 4 — 1 Follar: 12 — 6 Sariq kartochkalar: 1 — 1 |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hakam vaqt qo‘shmadi. Hozircha - 0:0. |
| 45' | ![]() |
Messining uzatmasidan keyin Serji Roberto o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berdi. Ramos to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. |
| 44' | ![]() |
Vuuuh! Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Varan bosh bilan xavfli zarba berdi. Ter Shtegen to‘pni egallab oldi |
| 44' | ![]() |
Vuuh! Benzema jarima maydonchasiga chap tomondan kirdi va darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Maskerano to‘pni maydon tashqarisiga chiqarmaganida Ronaldu darvozani ishg‘ol qilardi |
| 40' | ![]() |
Mezbonlar chap qanotdan hujum tashkil qilishdi. Albaning uzatmasidan keyin to‘p jarima maydonchasi ichida turgan Karvaxalning qo‘liga tegdi. Penaolti emas, burchak to‘pi |
| 38' | ![]() |
VUuuuuh! Ronaldu jarima maydonchasi oldida ikki himoyachidan chiroyli o‘tib ketdi va zarba berdi. Zarba unchalik kuchli chiqmadi. Darvozabon to‘pni egallab oldi |
| 38' | ![]() |
Burchak to‘pini maydon egalari qaytarishdi. Takroriy hujumda Isko ofsaydda qoldi |
| 37' | ![]() |
Vuuuuh! Qarshi hujumda to‘pni egallagan mehmonlar Ronalduni oldinga boshlashdi. Krishtianu jarima maydonchasiga kirdi va o‘tkir burchak ostida zarba berdi. Ter Shtegen to‘pni qaytardi. Burchak to‘pi |
| 36' | ![]() |
Messi jarima maydonchasiga uzatma berdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi |
| 35' | ![]() |
Karvaxal o‘z jarima maydonchasi yaqinida Neymarga nisbatan qo‘pol o‘ynadi. Jarima zarbasi tepadi Barselona |
| 34' | ![]() |
Marselo jarima maydonchasiga kirdi. Pikening podkatidan keyin to‘p Marseloning oyog‘idan yuqoriga ko‘tarildi va Ter Shtegen to‘pni egalladi |
| 32' | ![]() |
Oho! Chap qanotdan Vaskes yetkazgan uzatmaga mezbonlar jarima maydonchasi ichida Ronaldu chalqancha uslubda zarba berishga harakat qildi. Ammo muvaffaqiyatsiz |
| 31' | ![]() |
To‘p nazorati madridliklar tomoniga o‘tdi |
| 29' | ![]() |
Neymar sariq kartochka oldi. Raqib futbolchisining oyog‘idan bosib oldi |
| 27' | ![]() |
Maskerano maydon markazida Ronalduga nisbatan fol ishlatdi |
| 26' | ![]() |
Ramosning xatosidan keyin Suares to‘pni egalladi, ammo tezkor hujumga o‘tish uchun Messiga aniq pas bera olmadi |
| 25' | ![]() |
Burchak to‘pini Modrich chalqancha uslubda o‘z jarima maydonchasidan uzoqlashtirdi |
| 25' | ![]() |
Luis Suares chap qanotdan jarima maydonchasiga kirishga urindi va burchak to‘pi ishladi |
| 23' | ![]() |
Vuuh! Marselo chap qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berdi. To‘p Ter Shtegenning ustidan oshib o‘tdi va mezbonlar to‘pni qaytarishdi |
| 22' | ![]() |
Vuuuh! Vaskes chap qanotda Robertoni aldab o‘tib, jarima maydonchasiga kirdi va narigi qanotga uzatma berdi. Benzema chap oyoqda zarba berdi. To‘p Pikega tegib qaytdi |
| 21' | ![]() |
Vuuuuuh! Qarshi hujumda oldinga chiziqqa yetkazilgan uzatmaga Neymar yetib oldi va jarima maydonchasiga uzatma berdi. Luis Suares 11 metrli nuqta ustida to‘pni egalladi va zarba berdi. Varan to‘p yo‘liga oyoq qo‘yishga ulgurdi! |
| 18' | ![]() |
Messi jarimadan aylanma zarba berdi. Yaqin burchakka berilgan zarbani Keylor Navas egallab oldi |
| 17' | ![]() |
Messiga nisbatan fol ishlatildi. "Barsa" jarima zarbasi tepadi |
| 16' | ![]() |
Vuuuh! "Barsa" jarima maydonchasiga yetkazilgan uzatmaga Ronaldu baland sakradi, amio u to‘pga biroz yeta olmadi |
| 15' | ![]() |
Mehmonlar Messidan to‘pni olib qo‘yishdi va qarshi hujumga o‘tishdi. Marselo chap qanotdan yetkazgan uzatmani Pike bosh bilan qaytardi |
| 13' | ![]() |
Isko sariq kartochka oldi. Qo‘li bilan Neymarni to‘xtatib qoldi |
| 12' | ![]() |
Burchak to‘pi o‘yinga kiritilganidan keyin ko‘k-anorranglilar qarshi hujumga o‘tishdi, ammo Suares ofsaydda qoldi |
| 11' | ![]() |
Merseloning uzatmasidan keyin to‘p mezbon futbolchisidan maydonni tark etdi |
| 10' | ![]() |
Burchak to‘pi samarali chiqmadi |
| 9' | ![]() |
VUUUUUH! "Barselona" ajoyib imkoniyatdan foydalana olmadi! Messi boshlagan hujum natijasida uzatmaga Neymar yetkazgan Serji Roberto yaqin masofadan zarba berdi. To‘p Ramosning qo‘lidan maydonni tark etdi. Burchak to‘pi |
| 8' | ![]() |
Kataloniyaliklar to‘pni nazorat qilib, hujum variantlarini qidirishmoqda |
| 6' | ![]() |
"Barsa"ning hujumi. Alba chap qanotdan jarima maydonchasi chizig‘i ustiga uzatma berdi. Messi bosh bilan ichkariga uzatma berdi. Neymar to‘pga yeta olmadi |
| 5' | ![]() |
Serji Roberto o‘ng qanotdan oldinga o‘tgan Rakitichga uzatma berdi. Madridlik himoyachi Ivanga to‘pni egallash imkonini bermadi |
| 4' | ![]() |
"Barsa" to‘pni nazorat qila boshladi |
| 3' | ![]() |
Lukas Vaskes "Barselona" jarima maydonchasi ichida Maskeranoga urilib yiqildi. Hakam penalti yo‘q deya ishora qildi |
| 2' | ![]() |
Mezbonlar yuqori pressing qo‘llamoqda |
| 1' | ![]() |
Diqqat! Uchrashuv boshlandi! To‘pni o‘yinga "Real" futbolchilari kiritib berishdi! |
| ' | ![]() |
Bu o‘yin ham "Shapekoense" klubi futbolchilari xotirasi uchun 1 daqiqalik sukut bilan boshlanadi |
| ' | Bugun har ikkala jamoa o‘zlarining an’anaviy formalarida o‘ynashadi | |
| ' | ![]() |
Diqqat, jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda! |
| ' | Stadion muxlislar bilan liq to‘lib bo‘ldi | |
| ' | Jamoalarning boshlang‘ich tarkiblari aniq bo‘ldi. Murabbiylar imkoniyatlaridan kelib chiqib, hozirda eng kuchli tarkibni maydonga tushirishga harakat qilishdi | |
| ' | ![]() |
"Kamp Nou". "Barselona" "Real"ni qabul qilmoqda. Madridliklar bugungi bahsga favorit sifatida tashrif buyurishdi. O‘yin boshlanishiga 15 daqiqa qoldi |
| ' | ![]() |
Qadrli futbol muxlislari! EL-KLASIKOga xush kelibsiz! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|