Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Ispaniya La ligasi-2016/2017
| 10 dekabr, soat 17:00 | ||
OSASUNA |
0 : 3 |
BARSELONALuis Suares (59)
Lionel Messi (72, 90+2) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
13.Naze Perez (D) 06.Oyer 21.Karlos Klerk 33.Ivan Markes 04.Migel Flanyo 10.Roberto Torres 08.Goran Chausich 11.Aleks BerengYE 20.Migel de las Kuevas 09.Oriol Riyera 07.Serxio Leon |
01.Mark-Andre ter Shtegen (D) 18.Xordi Alba 23.Samuel Umtiti 03.Jerar Pike 05.Serxio Buskets 20.Serji Roberto 21.Andre Gomes 07.Arda Turon 08.Andres Inyesta 09.Luis Suares 10.Lionel Messi |
|
| ZAHIRA | ||
|
01.Mario Fernandes (D) 15.Unay Garsiya 16.Xuan Fuyentes 03.Tano Bonnin 05.David Garsiya 19.Kenan Kodro 12.Emmanuel Rivyer |
13.Yasper Sillessen (D) 19.Lukas Din 04.Ivan Rakitich 06.Denis Suares 12.Rafinya 14.Xavyer Maskerano 17.Fransisko Alkaser |
|
Matn
| 90+3' | ![]() |
O‘yin tugadi. "Barselona" safarda yirik hisobda g‘alaba qozondi! |
| 90+2' | ![]() |
GOOOOOOOOL! Lionel Messi, 0:3! Argentinalik futbolchi 3 futbolchini aldab jarima maydonchasiga kirdi va darvozani ishg‘ol qildi! |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi |
| 90' | ![]() |
Vuuuuuuh! Messi jarima maydonchasiga kirib keldi va zarba berdi. Himoyachi zarbani qaytardi |
| 87' | ![]() |
Alba uchinchi golga ham assistentlik qilishi mumkin edi. Uning uzatmasini darvozabon egallab oldi |
| 82' | ![]() |
Oho! Berengye chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va darvozabonning ustida to‘pni oshirishga harakat qildi. Ter Shtegen bir amallab to‘pni yuqori ko‘tarib yubordi |
| 80' | ![]() |
Qarshi hujumda Messi oldinga o‘tayotgan Suaresga sekin uzatma berdi. Natijada to‘pni himoyachi egallab oldi |
| 79' | ![]() |
Maydon egalari yaxshi imkoniyatdan foydalana olishmadi |
| 77' | ![]() |
Serxio Leon jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. Ter Shtegen to‘pni egalladi |
| 72' | ![]() |
GOOOOOOL! Lionel Messi, 0:2! Albaning chap qanotdan bergan uzatmasini Messi darvozabon maydonchasi chizig‘i ustidan darvozaga joylab qo‘ydi |
| 68' | ![]() |
Vuuuh! Messi jarima maydonchasi tashqarisidan chap oyoqda zarba berdi. Darvozabon to‘pni qaytardi! |
| 65' | ![]() |
"Barsa"da o‘zgarish: Arda Turon o‘rniga Denis Suares tushdi |
| 63' | ![]() |
Serji Roberto o‘ng qanotdan uzatma berdi, Suares qaychi uslubda zarba berishga urindi. Ammo raqib zarba berib yuborgani uchun fol qayd etildi |
| 59' | ![]() |
GOOOOOOOL! Luis Suares, 0:1! Nihoyat kataloniyaliklar hisobni ochishdi. Messi jarima maydonchasi ostonasidan uzatma berib, chap qanotdan ichkariga kirayotgan Albaga uzatma berdi. Xordi narigi tomonda bo‘sh darvoza qarshisida turgan Suaresni to‘p bilan ta’minladi va Luis darvozani ishg‘ol qildi |
| 57' | ![]() |
"Barselona" to‘pni nazorat qilish bo‘yicha to‘liq ustunlikka erishmoqda, ammo hozircha xavfli vaziyat yo‘q |
| 52' | ![]() |
Ivan Markes sariq kartochka oldi. O‘zidan o‘tib ketayotgan Messini tortib qoldi |
| 49' | ![]() |
VUUUUUUUH! Osasuna futbolchisi Serxio Leon maydon markazidan boshlab oldinga o‘tdi va ter Shtegenning ustidan oshirib zarba berdi. To‘p to‘singa tegib qaytdi!!! |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi. |
| ' | Birinchi bo‘lim davomida "Barselona" futbolchilari juda ko‘plab imkoniyatlardan foydalana olishmadi. | |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha hisob ochilmadi |
| 43' | ![]() |
Vuuuh! Chap qanotdan Alba yetkazgan uzatmaga Messiga zarba berdi. Zarba unchalik qovushmadi, to‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 41' | ![]() |
Suares jarima maydonchasiga kirayotgan Turonga uzatma berdi. Himoyachilar to‘pni egallab olishdi |
| 37' | ![]() |
Vuuuuuh! Messi jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Himoyachilar qaytargan to‘pni Inyesta egallab, jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. To‘p darvozabonnnig ustidan oshib o‘tdiyu, ammo ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 30' | ![]() |
Vuuuuuh! "Osasuna futbolchilari ajoyib imkoniyatdan foydalana olishmadi! Chap qanotdan yetkazilgan uzatmani Kuevas jarima maydonchasi ichida qabul qildi va olis ustun tomon uzatma berdi. Oriol Riyera to‘pga biroz yeta olmadi. Aks holda bo‘sh darvozaga to‘pni joylagan bo‘lardi! |
| 29' | ![]() |
Messi-Roberto-Turon uzatmasidan keyin Arda 11 metrli nuqta ustidan zarba berdi. To‘pni himoyachi qaytardi |
| 27' | ![]() |
Osasuna futbolchisi Oyer sariq kartochka oldi |
| 25' | ![]() |
VUUUUUUH! Qarshi hujumda Messi o‘ng qanotdan oldinga o‘tgan Suaresga uzatma berdi va Luis to‘pni qayta Leoga yetkazdi. Messi yakkama-yakka vaziyatda parashyut uslubida zarba berdi. To‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi |
| 24' | ![]() |
Burchakdan to‘pni Messi o‘yinga kiritdi. Suaresning zarbasidan keyin to‘p himoyachiga tegib, maydonni tark etdi. Takroriy burchak to‘pini Inyesta egalladi va jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. Noaniq |
| 22' | ![]() |
Luis Suares ofsaydda qoldi |
| 21' | ![]() |
Suares chap qanotdan uzatma berib, jarima maydonchasiga kirayotgan Messini to‘p bilan ta’minlashga harakat qildi. Ammo markaziy himoyachi to‘pni qaytarib qoldi |
| 17' | ![]() |
Mehmonlarda yana bir yaxshi imkoniyat. Chap qanotdan havolatib yetkkazilgan uzatmani Messi bosh bilan darvozabon maydonchasiga tashlab berdi. Suares to‘pga yeta olmadi. Peres to‘pni egalladi |
| 15' | ![]() |
VUUUUUUUH! Gomes-Suares-Messi uzatmasidan keyin Lionel yakkama-yakka vaziyatga chiqdi, ammo uning zarbasini "Osasuna" darvozaboni oyog‘i bilan qaytardi! |
| 14' | ![]() |
Vuuuuh! Jarimadan yetkazilgan uzatmaga Umtiti darvozabon maydonchasi chizig‘i ustidan bosh bilan zarba berdi. To‘p yuqoriga ko‘tarilib ketdi |
| 13' | ![]() |
VUUUUUUH! Albaning uzatmasidan keyin Suares shundoqqina darvozabon maydonchasi oldida to‘pni darvozaga teskari turgan holda egalladi va aylanib zarba berdi. To‘p ustun tegib qaytdi! |
| 12' | ![]() |
Maydon markazida belgilangan jarima to‘pini mezbonlar jarima maydonchasiga yetkazib berishdi. Ter Shtegen to‘pni egallab oldi |
| 8' | ![]() |
VUUUUH! Gomesdan uzatma qabul qilgan Messi to‘pni darhol raqib jarima maydonchasigna aylanma tarzda yetkazdi. Natijada Luis Suares birga bir vaziyatga chiqdi va to‘pni darvozabonning yonidan o‘tkazdi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 5' | ![]() |
Kataloniyaliklar to‘pni nazorat qilishmoqda |
| 2' | ![]() |
Osasuna burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Bosh bilan berilgan zarba Ter Shtegen egallab oldi |
| 1' | ![]() |
Diqqat! O‘yin boshlanib ketdi! |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Ispaniya La ligasining 15-turi doirasida "Osasuna" o‘z maydonida "Barselona"ni qabul qilmoqda. O‘yin boshlanishiga oz vaqt qoldi |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|