Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Angliya Premyer-ligasi-2016/2017
| 17-tur, 18 dekabr, soat 21:00. Bosh hakam: Martin Atkinson | ||
MANCHESTER SITILeroy Sane (47)
Rahim Sterling (71) |
2 : 1 |
ARSENALTeo Uolkott (5)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Klaudio Bravo (D) 05.Pablo Sabaleta 11.Aleksandr Kolarov 30.Nikolas Otamendi 22.Gael Klishi 06.Fernando 17.Kevin de Bryuyn 07.Rahim Sterling 21.David Silva 19.Leroy Sane 42.Yahyo Ture |
33.Petr Chex (D) 06.Loran Koselni 05.Gabriel Paulista 24.Ektor Bellerin 18.Nacho Monreal 29.Granit Djaka 11.Mesut Ozil 34.Fransis Koklen 14.Teo Uolkott 07.Aleksis Sanches 17.Aleks Ivobi |
|
| ZAHIRA | ||
|
13.Vilfredo Kabalyero (D) 03.Bakari Sanya 24.Jon Stounz 75.Aleyks Garsiya 15.Xesus Navas 72.Kelechi Ixeanacho 09.Nolito |
13.David Ospina (D) 16.Rob Xolding 03.Kiran Gibbs 35.Muhammad el-Nenni 15.Aleks 09.Lukas Peres 12.Olivye Jiru |
|
Matn
| 90+5' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "Manchester Siti" - "Arsenal" - 2:1. |
| 90+5' | ![]() |
Fernando sariq kartochka oldi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shildi |
| 90' | ![]() |
Navas o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va darvoza oldiga uzatma berdi |
| 88' | ![]() |
El-Nenni sariq kartochka oldi |
| 84' | ![]() |
"Siti"da o‘zgarish: De Bryuyne o‘rniga Kelechi Ixeanacho tushdi |
| 82' | ![]() |
Oho! O‘zilning uzatmasidan keyin Uolkott o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirdi, ammo Teo sheriklariga uzatma bera olmadi |
| 80' | ![]() |
Kevin de Bryuyne sariq kartochka oldi |
| 78' | ![]() |
"Arsenal"da o‘zgarish: Oksleyd-Chemberlen o‘rniga Muhammad el-Nenni tushdi |
| 77' | ![]() |
VUUUUUUH! Navas o‘ng qanotdan bergan uzatmani de Bryuyne yaqin masofadan darvoza tomon burdi. To‘p ustunga tegib, maydonni tark etdi! |
| 76' | ![]() |
"Manchester Siti"da o‘zgarish: Leroy Sane o‘rniga Xesus Nvas maydonga tushdi |
| 73' | ![]() |
"Arsenal"da o‘zgarish: Koklen o‘rniga Olivye Jiru tushdi |
| 71' | ![]() |
GOOOOOOOOOL! Rahim Sterling, 2:1! Maydon markazidan diagonal pas bilan o‘ng qanotdan oldinga o‘tgan Rahimga uzatma berildi. Sterilng jarima maydonchasiga kirdi va chap oyoqda kuchli zarba berdi. Chex yaqin burchakdan to‘pni o‘tkazib yubordi |
| 70' | ![]() |
Vuuuuh! Kevin de Bryuyne jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba yo‘lladi. Rekoshet orqali borgan to‘pni Chex qaytardi |
| 65' | ![]() |
"Arsenal"da o‘zgarish: Ivobi o‘rniga Aleks Oksleyd-Chemberlen tushirildi |
| 65' | ![]() |
Burchak to‘pidan keyin David Silva jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. Noaniq |
| 64' | ![]() |
Jaka to‘pni maydon tashqarisiga chiqarishga ulgurdi, aks holda de Bryuyne jarima maydonchasi ichida xavf solayotgandi |
| 63' | ![]() |
David Silva yana bir marta Saneni yakkama-yakka vaziyatga chiqarishga urindi. Germaniyalik futbolchi to‘pni o‘zidan uzoqlashtirib yubordi |
| 62' | ![]() |
Sterling 25 metrlardan zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 62' | ![]() |
VUUUUUH! De Bryuynening uzatmasidan keyin Sane birga-bir vaziyatga chiqib ketdi. Uning zarbasini Chex qaytardi. Burchak to‘pi |
| 58' | ![]() |
Kevin de Bryuyne o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berdi. Chex to‘pni egallab oldi |
| 56' | ![]() |
Gvardiola shogirdlari o‘z o‘yinlarini kuchaytirib, bosimni oshirib borishmoqda |
| 51' | ![]() |
Yahyo Ture sariq kartochka oldi |
| 47' | ![]() |
GOOOOOOOL! Leroy Sane, 1:1! Chex darvoza oldidan to‘pni o‘yinga kiritdi va maydon markazida mezbonlar to‘pni egallab, Saneni darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqarishdi. Leroy imkoniyatdan samarali foydalanib, darvozani ishg‘ol qildi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 46' | ![]() |
"Siti"da o‘zgarish bo‘ldi. Sabaleta o‘rniga Bakari Sanya tushdi |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Manchester Siti" - "Arsenal" - 0:1. Tanaffus |
| 45+1' | ![]() |
Oho! Burchakdan yetkazilgan uzatmagan Ture bosh bilan zarba berdi. Chex to‘pni egallab oldi |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shildi |
| 44' | ![]() |
"Kanonirlar" chiroyli kombinasiya tashkil qilishdi, ammo Nacho ofsaydda qoldi |
| 43' | ![]() |
De Bryuyne burchakdan o‘yinga kiritgan to‘pga Otamendi bosh bilan zarba berdi. Chex to‘pni egallab oldi |
| 42' | ![]() |
Vuuuh! Sane o‘ng tomonda bir futbolchidan o‘tib ketib, jarima maydonchasiga kirdi va darvoza oldiga uzatma berdi. Mehmonlar to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi |
| 39' | ![]() |
"Arsenal" chiroyli kombinasiya tashkil qildi. Yakuniy zarbani Bellerin jarima maydonchasi tashqarisidan berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 38' | ![]() |
David Silva sariq kartochka oldi |
| 36' | ![]() |
Vuuuuuh! Monreal mezbonlar jarima maydonchasiga uzatma berdi. Jaka 11 metrli nuqta ustida bosh bilan zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 35' | ![]() |
Oho! Sanening uzatmasini de Bryuyne jarima maydonchasi ichida qabul qildiyu, o‘tirib qoldi. Himoyachilar to‘pni olib qo‘yib, xavfni bartaraf etishdi |
| 32' | ![]() |
Vuuh! To‘p jarima maydonchasidagi Uolkottga yetkazildi. Teo to‘pni yerga tushirmasdan darvoza tomon tepdi. To‘p yuqoriga ko‘tarilib ketdi |
| 31' | ![]() |
Vuuuh! Mezbonlarning hujumi paytida Paulista to‘pni tepib yubordi, ammo to‘p Belleringa tegib, darvoza tomon ketdi. Chex to‘pni egallab oldi |
| 28' | ![]() |
Mezbonlar raqib jarima maydonchasiga yorib kirishga harakat qilishdi. Himoyachi so‘nggi pallada to‘pni maydon tashqarisiga tepib yubordi |
| 28' | ![]() |
"Siti" ketma-ket ikki marta burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Xavf bartaraf etildi |
| 25' | ![]() |
Manchesterliklar raqib himoyasini yorib o‘ta olishmayapti |
| 23' | ![]() |
De Bryuyne olis masofadan zarba yo‘lladi. Noaniq |
| 20' | ![]() |
Gvardiola shogirdlari to‘pni nazorat qilishmoqda |
| 16' | ![]() |
"Shaharliklar"ning hujumi. Ish zarbagacha yetib bormadi |
| 15' | ![]() |
Vuuuh! Sanches va O‘zil bir-biriga to‘pni bir necha marta oshirib, jarima maydonchasiga kirib kelishdi. Aleksis darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. "Siti" himoyachisi bosh bilan to‘pni qaytardi |
| 13' | ![]() |
De Bryuyne! Jarima maydonchasi burchagidan darvoza tomon uzatma/zarba berdi. Chex to‘pni egallab oldi |
| 11' | ![]() |
Vuuuuh! De Bryuyne jarimadan yetkazgan uzatmaga Ture bosh bilan zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 10' | ![]() |
Koselni jarima maydonchasi yaqinida Rahimga nisbatan fol ishlatdi |
| 7' | ![]() |
Sane o‘ng qanotdan darvozabon maydonchasiga yaqiniga yerlatib uzatma berdi. Mehmonlar to‘pni egallab, xavfni bartaraf etdi |
| 6' | ![]() |
VUUUUUUH! Kevin de Bryuyne jarima maydonchasining chap tomonidan darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Sterling yaqin masofadan bosh bilan darvozaning bo‘sh qolgan qismiga to‘pni joylay olmadi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi! |
| 5' | ![]() |
GOOOOOOOL! Teo Uolkott, 0:1! Aleksis Sanchesning chiroyli uzatmasidan keyin Uolkott jarima maydonchasiga yorib kirdi va Bravoni dog‘da qoldirdi! |
| 4' | ![]() |
Leroy Sane o‘ng qanotdan oldinga o‘tdi, ammo jarima maydonchasiga kirish chog‘ida to‘pni Koselniga oldirib qo‘ydi |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi! |
| ' | ![]() |
"Siti" ko‘k havorang, "Arsenal" esa sariq rangli formada harakat qiladi |
| ' | ![]() |
Xayrli kech, qadrli futbol muxlislari! Angliya Premyer-ligasining 17-turi doirasida "Manchester Siti" o‘z maydonida "Arsenal"ni qabul qilmoqda. |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|