Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Ispaniya La ligasi-2016/2017
| 16-tur, 19 dekabr, soat 00:45. Bosh hakam: Mateo Laos | ||
BARSELONALuis Suares (18, 67)
Jordi Alba (69) Lionel Messi (90) |
4 : 1 |
ESPANYOLDavid Lopes (79)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Mark-Andre ter Shtegen (D) 03.Jerar Pike 18.Xordi Alba 05.Serxio Buskets 14.Xavyer Maskerano 20.Serxi Roberto 06.Denis Suares 08.Andres Inyesta 09.Luis Suares 11.Neymar 10.Lionel Messi |
13.Diyego Lopes (D) 23.Diyego Reyes 29.Aaron Martin 18.Xavi Fuego 15.David Lopes 16.Xavi Lopec 20.Pape Diop 14.Xose Xurado 19.Pablo Pyatti 07.Jerar Moreno 10.Felipe Kaysedo |
|
| ZAHIRA | ||
|
13.Yasper Sillessen (D) 19.Lukas Din 23.Samuel Yumtiti 04.Ivan Rakitich 07.Arda Turan 12.Rafinya 17.Fransisko Alkaser |
01.Roberto Ximenes (D) 03.Ruben Dyuarte 06.Oskar Duarte 09.Xose Reyes 28.Mark Roka 30.Oskar Melendo 22.Alvaro Vaskes |
|
Matn
| 90+6' | ![]() |
Mateo Laosning hushtagi yangradi. O‘yin yakunlandi. "Barselona" - "Espanyol" - 4:1. |
| 90+4' | ![]() |
Messi chap qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berdi. To‘pni darvozaga burib qo‘yadigan futbolchi topilmadi |
| 90+2' | ![]() |
Messidan uzatma qabul qilgan Neymar jarima maydonchasi ichida olis burchak tomon zarba berdi. Ximenes zarbani qaytardi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 5 daqiqa qo‘shib berildi |
| 90' | ![]() |
GOOOOOOOOL! Lionel Messi, 4:1! Argentinalik futbolchi Suares bilan "devor" o‘ynab oldi va birga bir vaziyatda to‘pni darvozabonning oyoqlari orasidan o‘tkazib qo‘ydi |
| 88' | ![]() |
Mehmonlar o‘ng qanotdan jarima to‘pini o‘yinga kiritishdi. To‘p narigi qanotdan maydonni tark etdi |
| 87' | ![]() |
VUUUUUH! Messi va Neymar bir-birlarini yaxshi tushunib harakat qilishdi. Leo 8-9 metrlardan zarba berdi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 85' | ![]() |
Vuuuh! Messining uzatmasidan keyin Neymar jarima maydonchasiga kirayotgandi, so‘nggi pallada himoyachi to‘pni qaytarib qoldi |
| 82' | ![]() |
Messi Neymarni darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqarib yubordi. Ammo Neymar ofsaydda qolgan ekan |
| 79' | ![]() |
GOOOOOOL! David Lopes, 3:1! Mezbonlar himoyada biroz bo‘shashishdi va bundan "Espanyol" samarali foydalandi. Lopes chiroyli kombinasiyani golga aylantirdi |
| 74' | ![]() |
Pyatti va Alba to‘qnashib ketishdi |
| 69' | ![]() |
GOOOOOOOL! Jordi Alba, 3:0! Messi yana jarima maydonchasi tashqarisida 4 futbolchidan o‘tib ketdi va to‘p Albaga bordi. Jordining zarbasidan keyin to‘p olis burchakka kirib ketdi |
| 67' | ![]() |
GOOOOOOOOL! Luis Suares, 2:0! Messi raqib jarima maydonchasi tashqarisida birdaniga 4 futbolchidan o‘tib ketib, zarba berdi. Ximenes to‘pni qo‘lidan chiqarib yubordi va Suares darvozani ishg‘ol qildi. |
| 66' | ![]() |
"Barsa"da o‘zgarish: Denis Suares o‘rniga Rafinya tushdi |
| 65' | ![]() |
Kaysedo sariq kartochka oldi. Taktik fol ishlatdi |
| 62' | ![]() |
Neymarning uzatmasi o‘tganida Luis Suares birga bir vaziyatga chiqib ketardi... |
| 61' | ![]() |
Qarshi hujumda Messi maydon markazidan Neymarni oldiga boshladi. Braziliyalik hujumchi to‘pga biroz yeta olmadi. To‘pni Ximenes egallab oldi |
| 57' | ![]() |
Neymar jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. Ancha noaniq |
| 56' | ![]() |
Neymarning jarimadan bergan zarbasidan so‘ng to‘p olis ustun tomondan maydonni tark etdi |
| 55' | ![]() |
Neymar qanotda ikki futbolchi orasidan o‘tib ketishga urindi. Unga nisbatan fol ishlatildi |
| 53' | ![]() |
Neymar burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Himoyachilar xavfni bartaraf etishdi |
| 52' | ![]() |
"Espanyol"da majburiy o‘zgarish: Diyego Lopes o‘rniga Roberto Ximenes tushdi |
| 51' | ![]() |
"Espanyol" posboni Luis Suares bilan to‘qnashib ketib, jarohat olgan ko‘rinadi |
| 50' | ![]() |
Ehhhh, Suares! Messining chiroyli pasida keyin Luis darvozabon bilan yakkama-yakka holatda qoldi. To‘p Diyego Lopesning oyog‘idan maydonni tark etdi |
| 48' | ![]() |
Vuuuuh! Inyestadan uzatma qabul qilgan Messi jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. U zarba berayotganida oyog‘i sirpanib ketgani bois, to‘p darvozaga aniq bormadi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Barselona" - "Espanyol" - 1:0. Tanaffus |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shildi |
| 42' | ![]() |
Inyesta Suares bilan "devor" o‘ynab, jarima maydonchasiga kirdi, ammo zarba berishga ulgurmadi |
| 41' | ![]() |
"Barselona" futbolchilari tezlikni oshirishdi. Ular qisqa paslar orqali raqib jarima maydonchasiga kirishga urinishdi. Messi zarba berishga ulgurmadi |
| 37' | ![]() |
Vuuuuh! O‘ng qanotdan "Barsa" jarima maydonchasiga kirib kelgan Morenoga uzatma berildi. Jerarning zarbasidan keyin to‘p darvoza to‘sini ustidan o‘tib ketdi |
| 36' | ![]() |
Mehmonlar to‘pni nazorat qilishmoqda |
| 33' | ![]() |
Inyestaning uzatmasidan keyin Suares chap tomondan jarima maydonchasiga kirdi, ammo himoyachini aldab o‘ta olmadi |
| 30' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatmani mehmonlar qaytarishdi |
| 29' | ![]() |
vuuuuh! Qarshi hujumda Neymar chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va bir himoyachini aldab, yordamga kelgan Messiga uzatma berdi. Lionelning zarbasidan keyin to‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi! |
| 27' | ![]() |
Neymar o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirayotgan Serji Robertoni ko‘rdi va unga uuzatma berdi. "Barsa" futbolchisi raqib himoyachisining harakatiga chalg‘ib qoldi va to‘pga yeta olmadi |
| 25' | ![]() |
Messi jarimadan bergan zarba natijasida to‘p jonli devorga tegdi |
| 24' | ![]() |
Luis Suaresga nisbatan fol ishlatildi |
| 24' | ![]() |
Messi o‘z uslubida jarima maydonchasiga uzatma berdi. Himoyachi to‘pni qaytarib qoldi |
| 21' | ![]() |
"Espanyol" hujum tashkil qilishga urinmoqda |
| 18' | ![]() |
GOOOOOOOOL! Luis Suares, 1:0! Qarshi hujumda Inyesta olis masofadan oldinga chiziqqa uzatma berdi. Suares birga bir vaziyatga chiqdi va Lopesni dog‘da qoldirdi |
| 16' | ![]() |
Chap qanotdan yetkazilgan uzatmaga Moreno bosh bilan zarba berdi. Noaniq |
| 14' | ![]() |
Alba ofsaydda qoldi |
| 13' | ![]() |
Aaron Martin sariq kartochka oldi. Maydon markzida Messini yiqitgani uchun |
| 12' | ![]() |
Mehmonlarning burchak to‘pini va undan keyingi hujumini ko‘k-anorranglilar bartaraf etishdi |
| 11' | ![]() |
Xurado! Chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi, ammo Denis to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Burchak to‘pi |
| 10' | ![]() |
Pablo Pyatti sariq kartochka oldi |
| 7' | ![]() |
VUUUUUUUH! Qarshi hujumda Luis Suares chap qanotdan oldinga o‘tayotgan Neymarga uzatma berdi. Braziliyalik futbolchi to‘pni narigi tomondan jarima maydonchasiga yetib kelgan Messiga uzatdi. Lionel o‘ng oyoqda zarba berdi, ammo to‘p ustun yonidan o‘tib ketdi. Ajoyib imkoniyat edi! |
| 4' | ![]() |
Inyestaning uzatmasidan keyin Luis Suares bu safar chap tomondan jarima maydonchasiga kirdi, ammo himoyachi to‘pni qaytarib qoldi |
| 4' | ![]() |
Serji Roberto o‘ng qanotdan hujumga qo‘shildi va to‘pni jarima maydonchasi chizig‘i ustiga uzatma berdi. Himoyachi to‘pni qaytarib qoldi |
| 3' | ![]() |
Luis Suares ofsaydda qolib ketdi |
| 2' | ![]() |
"Barselona" ko‘k-anorrang, "Espanyol" oq-ko‘k yo‘l-yo‘l formada o‘ynamoqda |
| 0' | ![]() |
Diqqat, Kataloniya derbisi! "Barselona" va "Espanyol" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin boshlandi! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|