Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Ispaniya La ligasi-2016/2017
| 17-tur, 7 yanvar, soat 17:00 | ||
REAL MADRIDIsko (12, 31)
Benzema (20) Krishtianu Ronaldu (27) Kazemiro (58) |
5 : 0 |
GRANADA |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Keylor Navas (D) 05.Rafayel Varan 06.Nacho 12.Marselo 02.Daniel Karvaxal 19.Luka Modrich 22.Isko 08.Toni Kroos 14.Kazemiro 07.Krishtianu Ronaldu 09.Karim Benzema |
13.Gilyermo Ochoa (D) 12.Gabriel Silva 17.Ruben Vezo 06.David Lomban 02.Tito 10.Jeremi Boga 18.Andreas Pereyra 04.Serxi Samper 14.Frank Tabanu 05.Uche Agbo 24.Artem Kraves |
|
| ZAHIRA | ||
|
13.Kiko Kasilya (D) 15.Fabiu Kuentrau 23.Danilo 20.Marko Asensio 10.Xames Rodriges 18.Mariano Dias 21.Alvaro Morata |
01.Oiyer Olazabal (D) 03.Gaston Silva 08.Xavi Markes 11.Djon Toral 15.Omer Atzili 23.Alberto Bueno 09.Esekyel Ponse |
|
Matn
| 90' | ![]() |
Hakam o‘yinga bir soniya ham qo‘shib o‘tirmadi. O‘yin yakunlandi. "Real" - "Granada" - 5:0 |
| 90' | ![]() |
Vuuuuh! Artyom Kraves birga bir vaziyatda darvozani ishg‘ol qila olmadi! Keylor Navas yaxshi o‘ynadi |
| 89' | ![]() |
Ronaldu ofsaydda qoldi |
| 87' | ![]() |
Oho! "Real" qarshi hujumda yaxshi imkoniyatga ega bo‘ldi. Ronaldu jarima maydonchasi chizig‘i ustidan kuchli zarba berdi. Ochoa zarbani qaytardi |
| 86' | ![]() |
Navas oldinga chiqib, yon chiziqqa yaqin joyda to‘pni egalladi, ammo o‘z vaqtida to‘pni tepib yubormadi. Hujumchi undan to‘pni olib qo‘yishisha bir baxya qoldi |
| 82' | ![]() |
Xames Benzemadan uzatma qabul qildi va darvozabon maydonchasining chap qanotidan darvoza tomon zarba berdi. Ochoa to‘pni egallab oldi |
| 81' | ![]() |
Mehmonlarning taxlikali hujumi. Navas ishonchli o‘ynadi |
| 77' | ![]() |
"Granada"da o‘zgarish: Tabanau o‘rniga Esekyel Ponse tushdi |
| 75' | ![]() |
"Granada" hujumchisi mezbonlar jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi, ammo ofsayd |
| 73' | ![]() |
Ehhh, Ronaldu! Jarimadan yetkazilgan uzatmaga davrozabon maydonchasi oldida bosh bilan zarba berdi. To‘p darvoza tomon emas, ortga ketib qoldi |
| 72' | ![]() |
Frank Tabanou ogohlantirildi. Karvaxalning oyog‘iga tagiga xavfli tashlandi |
| 71' | ![]() |
Kazemiro sariq oldi. Qo‘pol o‘yin uchun |
| 71' | ![]() |
Vuuuuh! Xames jarimadan yo‘llagan zarba natijasida to‘p to‘sin va ustun kesishgan joy yonidan o‘tib ketdi |
| 70' | ![]() |
Gabriyel da Silva sariq kartochka oldi. To‘pni qo‘li bilan o‘ynagani uchun |
| 68' | ![]() |
"Real"da o‘zgarish: Marselo o‘rniga Fabiu Koentrau tushdi |
| 68' | ![]() |
Mehmonlar chap qanotdan jarima to‘pini o‘yinga kiritishdi. Samarali chiqmadi |
| 65' | ![]() |
Vuuuh! Ochoa jamoasini goldan qutqardi, biroq Benzema ofsaydda qolgan ekan |
| 62' | ![]() |
Ronaldu o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirdi va zarba berdi, ammo unga himoyachi xalal berdi. Zarba muvaffaqiyatli chiqmadi |
| 58' | ![]() |
GOOOOOOL! Kazemiro, 5:0! Xames o‘ng burchakka yaqin joyda belgilagan jarima to‘pini olis ustun yoniga yetkazdi. Kazemiro darvozaning bo‘sh qolgan qismiga to‘pni joylab qo‘ydi! |
| 58' | ![]() |
"Real" hujumkor o‘ynashda davom etmoqda. Mezbonlar yana 4ta gol urishmoqchi shekilli. |
| 57' | ![]() |
"Granada" futbolchisi Uche Agbo sariq kartochka oldi |
| 50' | ![]() |
"Real"da o‘zgarish: Isko o‘rniga Marko Asensio tushdi |
| 50' | ![]() |
Madridning tezkor hujumi. Qarvaxal o‘ng qanotdan aniq uzatma bilan to‘pni Iskoning boshiga qo‘ndirdi, ammo yarim himoyachi aniq zarba bera olmadi |
| 46' | ![]() |
Vuuuh! Chiroyli kombinasiya natijasida Benzema jarima maydonchasi chizig‘i ustida to‘pni qabul qildi va chap oyoqda zarba berdi. Ochoa to‘pni qaytardi |
| 46' | ![]() |
"Real"da o‘zgarish bo‘ldi: Toni Kroos o‘rniga Xames Rodriges tushdi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi. |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Real" - "Granada" - 4:0. Tanaffus |
| 44' | ![]() |
Serxi Samper sariq kartochka oldi |
| 43' | ![]() |
Vuuuuh! Modrich Benzema bilan "devor" o‘ynab oldi va 12 metrlardan zarba berdi. Ochoa to‘pni egalladi |
| 42' | ![]() |
"Granada" futbolchisi chap qanotdan darvoza oldiga uzatma berdi. Navas to‘pni egallab oldi |
| 37' | ![]() |
Isko! Jarima maydonchasi tashqarisidan xavfli zarba yo‘lladi. Ochoa chiroyli sakrash orqali to‘ni qaytardi |
| 31' | ![]() |
GOOOOOL! Isko, 4:0! Modrich o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va darvozabon maydonchasi chizig‘i ustiga uzatma berdi. Isko 5 metrdan darvozani ishg‘ol qildi! |
| 30' | ![]() |
Merselo chap qanotdan yerlatib darvoza oldiga uzatma berdi. Ochoa to‘pni egallab oldi |
| 27' | ![]() |
GOOOOOOL! Krishtianu Ronaldu, 3:0! Marselo qanotdan yetkazib bergan uzatmani portugaliyalik futbolchi bosh bilan darvozaga joyladi |
| 20' | ![]() |
GOOOOOOL! Karim Benzema, 2:0! "Granada" darvozasi tomon berilgan zarbani darvozabon qaytardi. Qaytgan to‘pni Benzema darvozaga joylab qo‘ydi |
| 19' | ![]() |
"Granada"ning kamsonli hujumlaridan biri bartaraf etildi |
| 16' | ![]() |
"Real" hujum qilishda davom etmoqda. Bu paytda esa mezbonlar gol urgan paytganda Isko qoidabuzarlik evaziga raqibdan to‘pni olib qo‘ygani takroriy lavhalar orqali namoyish qilindi |
| 12' | ![]() |
GOOOOOOL! Isko, 1:0! Isko birga bir vaziyatga chiqdi va darvozani ishg‘ol qildi |
| 10' | ![]() |
Marselo olis masofadan zarba yo‘lladi. Noaniq |
| 6' | ![]() |
"Real"ning ilk xavfli hujumi. Chap qanotdan yetkazilgan uzatmani Karvaxal egalladi va olis ustun tomon uzatma berdi. Uzatmaga hech kim yetib bora olmadi |
| 4' | ![]() |
Madridliklar o‘yin nazoratini o‘z qo‘llariga olishmoqda |
| 1' | ![]() |
O‘ng qanotdan hujumga qo‘shilgan Karvaxalga uzatma berildi. Himoyachi muvozanatni saqlay olmayman, yiqilib tushdi |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi! |
| ' | ![]() |
O‘yin oldidan Krishtianu Ronalduga "Oltin to‘p"ning topshirish marosimi o‘tkazilmoqda. "Qirollik klubi" yulduzlari — Zidan, Ronaldo, Figu maydonga taklif etilishdi. Ular "Oltin to‘p"ni Krishtianuga topshirishadi |
| ' | Futbolchilar maydonga chiqib kelishmoqda. | |
| ' | "Real" o‘z maydonida "Granada"ni qabul qilmoqda. O‘yin boshlanishiga ko‘p vaqt qolmadi | |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! 3 haftalik tanaffusdan keyin Ispaniya La ligasi o‘yinlari daovm etadi |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|