Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Angliya Premyer-ligasi-2016/2017

21-tur, 15 yanvar, soat 21:00. Bosh hakam: Maykl Oliver

MANCHESTER YUNAYTED

Zlatan Ibrahimovich (84)

1 : 1

LIVERPUL

Jeyms Milner (27-penalti)
JAMOALAR TARKIBI
01.David de Xea (D)
05.Markos Roxo
04.Fil Jons
36.Matteo Darmian
22.Genrix Mxitaryan
21.Ander Errera
06.Pol Pogba
16.Maykl Kerrik
25.Antonio Valensiya
09.Zlatan Ibrahimovich
11.Antoni Marsial
  22.Simon Minyole (D)
06.Deyan Lovren
23.Emre Jan
17.Ragnar Klavan
14.Jordan Xenderson
07.Jeyms Milner
66.Trent Arnold
05.Jorjinyo Veynaldum
11.Roberto Firmino
20.Adam Lallana
27.Divok Origi
ZAHIRA
20.Serxio Romero (D)
12.Kris Smolling
17.Deyli Blind
08.Xuan Mata
27.Maruan Fellayni
19.Markus Reshford
10.Ueyn Runi
  01.Loris Karius (D)
35.Kevin Styuart
12.Jo Gomes
10.Filippe Koutinyo
53.Oyve Ejaria
18.Alberto Moreno
15.Daniel Starrij

Matn

90+5'
O‘yin yakunlandi. "MYu" - "Liverpul" - 1:1.
90+3'
Vuuh! Veynaldum jarima maydonchasi ichida kuchli zarba bera olmadi. To‘pni de Xea egalladi
90'
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shildi
84'
GGOOOOOL! Ibrahimovich, 1:1! Runi jarima maydonchasining ichida — chap tomonida to‘pni egalladi va darvozabon maydonchasiga yetkazdi. Fellaynining bosh bilan zarbasidan keyin to‘p ustunga tegib qaytdi. Valensiya to‘pga yetib keldi va Ibraga pas berdi. Zlatan bosh bilan bergan zarbadan keyin to‘p to‘singa tegib, chiziqni kesib o‘tdi
82'
Runi jarima maydonchasi ichida xavfli zarba yo‘lladi, ammo laynsmen uni ofsaydda deb topib, xato qildi
77'
Ibrahimovich ofsaydda qoldi
75'
"MYu"da o‘zgarish: Darmian o‘rniga Fellayni tushdi
75'
Vuuuuuh! Pogba maydon markazida to‘pni raqiblariga oldirib qo‘ydi. Qarshi hujum natijasida Veynaldum bosh bilan zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi
74'
Firmino ofsaydda qoldi
69'
Yuqoridan yetkazilgan uzatmani Minyole egallab oldi
66'
Vuuuh! Adam Lallana jarima maydonchasi ichida zarba berishga muvaffaq bo‘ldi. Darvozabon to‘pni egallashga muvaffaq bo‘ldi
65'
MYuda o‘zgarish: Marsial o‘rniga Xuan Mata tushdi
65'
Runi jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. Noaniq
61'
Vuuuuh! Koutinyoning aniq uzatmasidan keyin Firmino chap qanotdan raqib jarima maydonchasiga kirdi va o‘tkir burchak ostida zarba berdi. De Xea zarbani qaytardi
61'
Liverpulda o‘zgarish: Origi o‘rniga Koutinyo tushdi
60'
Mankunianliklar bosimni oshirishb borishmoqda. Liverpul to‘pni jarima maydonchasi atrofidan uzoqlashtirish bilan band bo‘lmoqda
57'
Runi o‘ng qanotdan darvoza yaqiniga uzatma berdi. Minyole to‘pni egallab oldi
55'
VUUUUUH! Marsial maydon markazida Arnolddan to‘pni olib qo‘ydi va qarshi hujumga asos soldi. Ibrahimovich o‘ng qanotdan oldinga o‘tayotgan Mxitaryanga uzatma berdi. Armanistonlik futbolchi jarima maydonchasiga kirdi va darvozabon maydonchasiga pas berdi. Marsial to‘pni darvozaga bura olmadi!
48'
Vuuh! Origi chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va zarba berdi. Tzp himoyachining boshidan maydonni tark etdi, aks holda to‘p olis yuqori burchak tomon borayotgandi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
46'
Ueyn Runi zaxiradan tushirildi
45+1'
Birinchi bo‘lim tugadi. Hozircha "MYu" - "Liverpul" - 0:1. Tanaffus
45'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shildi
44'
Burchak to‘pi samarali chiqmadi
43'
Oho! "Liverpul" jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. To‘p Darmianning oyog‘idan yuqoriga ko‘tarildi va uni de Xea maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
41'
Vuuuuuh! Mxitaryan birga bir vaziyatga chiqib, o‘tkir burchak ostida zarba berdi. Minyole zarbani qaytardi!
36'
Ketma-ket burchak zarbalari. Bu safar MYu undan samarali foydalana olmadi
35'
Milner amalga oshirgan burchak to‘pini David de Xea egallab oldi
33'
Burchakdan yetkazilgan to‘pni mehmonlar qaytarishdi
33'
Vuuuuuh! Ibrahimovich yo‘llangan zarbani Minyole qaytardi. Burchak zarbasi
32'
"MYu" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Mezbonlar xavfli jarima zarbasini tepish huquqini qo‘lga kiritishdi. Jarima maydonchasi yarim aylanasi ichidan standart!
31'
Deyan Lovren sariq kartochka oldi
27'
GOOOOOL! Jeyms Milner, 0:1! David de Xea to‘p yo‘nalishini topdi, ammo zarbani qaytara olmadi
26'
PENALTI! "Manchester Yunayted" darvozasi tomon! Burchakdan yetkazilgan uzatma uchun sakrash paytida to‘p Pogbaning qo‘liga tegdi
25'
Emre Jan olis masofadan yetkazgan uzatmani Trent Arnold jarima maydonchasi ichida qabul qildi va zarba berdi. To‘p himoyachiga tegib qaytdi
23'
Oho! "Liverpul" o‘ng qanotdan jarima to‘pini o‘yinga kiritishgan paytda mezbonlar jarima maydonchasi ichida taxlikali vaziyat yuzaga keldi. Mehmon futbolchisining zarbasi qovushmadi
21'
Mxitaryan o‘ng qanotdan uzatma berdi. Minyole egallab oldi to‘pni
19'
Vuuuuuuh! Mezbonlar maydon markazida to‘pni olib qo‘yib, xavfli hujum tashkil qilishdi. Mxitaryanning uzatmasidan keyin Pogba darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi, ammo uning zarbasiga aniqlik yetishmadi
18'
Vuuuuuuh! Lovren o‘z darvozaboniga to‘pni juda sekin uzatdi, Zlatan to‘pga yugurdi. Minyole tepib yubormoqchi bo‘lgan to‘p Ibraga tegib, darvoza tomon ketdi, ammo to‘p to‘rga yuqori tomondan kelib tushdi
18'
Liverpulliklar maydon markazida Pogbadan to‘pni olib qo‘yib, qarshi hujumga o‘tishdi, ammo samarali kombinasiya tashkil eta olishmadi
14'
Marsial jarima maydonchasi burchagidan olis ustun tomon uzatma berdi. Ibrahimovich to‘pni o‘ziga bo‘ysundira olmadi
12'
Marsial mehmonlar jarima maydonchasi ichida yiqildi, ammo penalti emas
10'
Firmino ofsaydda qoldi
7'
Maydon markazi uchun kurash kechmoqda
3'
Mehmonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi
2'
"MYu" qizil, "Liverpul" sariq rangli formada o‘ynamoqda
1'
O‘yin boshlandi!
'
Angliya Premyer-ligasining 21-turi doirasida "Manchester Yunayted" o‘z maydonida "Liverpl"ni qabul qilmoqda. Markaziy o‘yindan matnli onlayn translyasiyani tashkil etamiz
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.