Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Ispaniya La ligasi-2016/2017
| 18-tur, 16 yanvar, soat 00:45. Bosh hakam: Alexandro Ernandes | ||
SEVILYaSerxio Ramos (85-avtogol)
Stefan Yovetich (90+2) |
2 : 1 |
REAL MADRIDKrishtianu Ronaldu (67-penalti)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Serxio Riko (D) 03.Mariano 18.Serxio Eskudero 21.Nikolas Parexa 23.Odil Rami 20.Vitolo 22.Franko Vaskes 10.Samir Nasri 12.Vissam Ben-Yedder 08.Visente Iborra 15.Stiven N'Zonzi |
01.Keylor Navas (D) 06.Nacho 02.Daniel Karvaxal 05.Rafayel Varan 04.Serxio Ramos 12.Marselo 14.Kazemiro 19.Luka Modrich 08.Toni Kroos 07.Krishtianu Ronaldu 09.Karim Benzema |
|
| ZAHIRA | ||
|
13.David Soria (D) 05.Kleman Lengle 24.Gabriel Merkado 04.Matias Kranevitter 17.Pablo Sarabiya 09.Lusiano Viyetto 16.Stefan Yovetich |
13.Kiko Kasilya (D) 16.Mateo Kovachich 23.Danilo 20.Marko Asensio 17.Lukas Vaskes 18.Mariano Dias 21.Alvaro Morata |
|
Matn
| 90+4' | ![]() |
O‘yin yakunlandi! Dramatik o‘yinda "Real" mag‘lubiyatga uchradi. Zidanning 40ta o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz o‘yinlar seriyasi yakuniga yetdi |
| 90+3' | ![]() |
Yuqoridan yetkazilgan uzatmani Ramos darvoza tomon burdi. Serxio Riko to‘pni egallab oldi |
| 90+2' | ![]() |
GOOOOOOOOOL! Stefan Yovetich, 2:1! Olis masofadan aniq zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi! Supero‘yin |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi |
| 90' | ![]() |
Sarabiya o‘yinga kiritgan jarima to‘pini Navas egallab oldi |
| 90' | ![]() |
To‘p Ronalduning qo‘liga tegdi. JArima zarbasi |
| 89' | ![]() |
Qarshi hujumda Krishtianu raqib jarima maydonchasiga kirish chog‘ida yiqildi, ammo hech qanday qoidabuzarlik yo‘q |
| 88' | ![]() |
Vuuuuh! Kazemiro qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi. Darvozabon maydonchasiga yetkazilgan uzatmani Varan qaytarishga muvaffaq bo‘ldi |
| 87' | ![]() |
VUuuuh! Yovetich Kovachichni aldab o‘tib, jarima maydonchasiga kirdi va zarba berdi. To‘p Ramosning oyog‘idan maydonni tark etdi |
| 85' | ![]() |
GOOOOOOOOL! Serxio Ramos, avtogol, 1:1! Jarimadan yetkazilgan uzatmani "Real" sardori bosh bilan darvozaga to‘g‘rilab qo‘ydi |
| 84' | ![]() |
Marselo sariq kartochka oldi. "Sevilya" o‘ng qanotdan jarima zarbasini tepadi |
| 83' | ![]() |
Mezbonlar qisqa paslar orqali "Real" jarima maydonchasiga kirishga urinmoqda, ammo hozircha muvaffaqiyatsiz |
| 81' | ![]() |
Samir Nasri sariq kartochka oldi |
| 77' | ![]() |
"Sevilya"da o‘zgarish: Vitolo o‘rniga Pablo Sarabiya tushdi |
| 75' | ![]() |
"Real"da o‘zgarish: Kroos o‘rniga Kovachich tushdi |
| 74' | ![]() |
Andalusiyaliklar juda xavfli hujum tashkil qilishdi. Ammo hujumchi ofsaydda qoldi |
| 73' | ![]() |
Eskudero chap qanotdan uzatma berdi. Navas to‘pni egalladi |
| 70' | ![]() |
Mezbonlar futbolchisi chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va uzatma berdi. To‘p hech kimga tegmay, maydonni tark etdi |
| 68' | ![]() |
"Sevilya"da o‘zgarish: Vaskes o‘rniga Stefan Yovetich tushirildi |
| 67' | ![]() |
GOOOOOOL! Krishtianu Ronaldu, 0:1! Portugaliyalik futbolchining burchakka bergan zarbasi o‘ta aniq bo‘ldi! |
| ' | ![]() |
Kutilmaganda, Ronaldu to‘pni raqib futbolchisiga uloqtirib yubordi. Hakam ko‘rmay qoldi |
| 64' | ![]() |
PENALTI! "Sevilya" darvozasiga! Karvaxal o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga yorib kirdi va darvozabonga urilib yiqildi |
| 63' | ![]() |
Ehhhh, Benzema! "Sevilya" maydon markazini bo‘sh qoldirishi oqibatida Modrich xavfli hujumga asos soldi. O‘ng qanotdan Karvaxal yetkazgan to‘pni himoyachi qaytardi, ammo to‘p Modrichga tegdi va Benzema zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 61' | ![]() |
Ehhh, Krishtianu! U raqib jarima maydonchasi oldida himoyachidan to‘pni olib qo‘ydi va ichkariga kirib, o‘zi zarba bersa bo‘ladigan vaziyatda Benzemaga pas berishga qaror qildi. Ammo markaziy himoyachi to‘pni egallab oldi |
| 58' | ![]() |
Varan va Navas qaltis harakat qilib, mezbon jamoa futbolchilari bosimi ostida qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yishlariga sal qoldi |
| 56' | ![]() |
Vuuuuuuh! Ronaldu o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirib bordi va darvoza oldiga uzatma berdi. Darvozabonning qo‘lidan chiqqan to‘pni himoyachilar jarima maydonchasidan uzoqlashtirishga ulgurmay, to‘pni Krishtianu egalladi va o‘tkir burchak ostida zarba berdi. Bu safar Serxio Riko to‘pni egallab oldi |
| 54' | ![]() |
Vuuuuuh! "Sevilya" chiroyli kombinasiya tashkil qilib, jarima maydonchasiga kirgan Ben-Yedderni to‘p bilan ta’minlashdi. Vissamning zarbasini Navas qaytardi |
| 52' | ![]() |
Vuh! Marselo jarima maydonchasi tashqarisidan o‘ng oyoqda zarba berdi. Biroz noaniq |
| 50' | ![]() |
Modrich jarima maydonchasi yorib kirib, himoyachining oyog‘iga urilib yiqildi, hakam penalti bermaslikka qaror qildi |
| 48' | ![]() |
Nasri jarima maydonchasiga uzatma berdi. Mehmonlar to‘pni qaytarishdi |
| 48' | ![]() |
Marselo jarima maydonchasi yaqinida Vaskesga nisbatan fol ishlatdi |
| 47' | ![]() |
VUUUUH! "Sevilya" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi va Vaskes 7-8 metrlardan zarba berdi. Navas to‘pni qaytardi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi. Tarkibda o‘zgarishlar bo‘lmadi |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. O‘yinda hisob ochilmadi. Tanaffus |
| 44' | ![]() |
Nzonzi ofsaydda qolgandi |
| 42' | ![]() |
Vitolo chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va darvoza oldiga yerlatib uzatma berdi. Ramos to‘pni qaytardi |
| 40' | ![]() |
Oho! Benzema chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi va Ronalduga aniq uzatma berdi. Krishtianu to‘pni muvaffaqiyatli tarzda darvozaga bura olmadi |
| 38' | ![]() |
Modrich to‘p bilan raqib jarima maydonchasi yaqinigacha yetib keldiyu, ammo so‘nggi uzatmani aniq bera olmadi |
| 37' | ![]() |
"Sevilya" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Vitolo Kazemironi aldab o‘ta olmadi |
| 34' | ![]() |
Vuuuuh! Nasri Vitologa uzatma berdi va to‘pni qayta qabul qilib, 15 metrdan zarba berdi. Navas to‘pni egallab oldi |
| 32' | ![]() |
Nzonzi qanotda Karvaxaldan to‘pni olib qo‘ydi va "Real" jarima maydonchasiga uzatma berdi. Marselo to‘pni bosh bilan qaytardi. Takroriy hujum paytida Franko Vaskes 20 metrlardan zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 31' | ![]() |
Iborra sariq kartochka oldi. Modrichni ataylab yiqitgani uchun |
| 29' | ![]() |
Iborra ofsaydda qoldi |
| 27' | ![]() |
Vuuuh! Ronaldu chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va chap oyoqda zarba berdi. Riko to‘pni egallab oldi |
| 26' | ![]() |
Ronaldu yaqqol ofsaydda qoldi |
| 25' | ![]() |
Mezbonlar to‘pni yaxshi nazorat qilishmoqda, ammo hozircha xavfli hujum tashkil qila olganicha yo‘q |
| 24' | ![]() |
Vuuh! Nasri jarima maydonchasi tashqarisida to‘pni qabul qildi va darhol zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 21' | ![]() |
"Sevilya" jarima maydonchasi ichida Ronaldu yiqildi, ammo penalti yo‘q |
| 19' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Nzonzi bosh bilan zarba berdi. Noaniq |
| 19' | ![]() |
Mezbonlarning yaxshi hujumi. Maydon markazidan berilgan bitta pas orqali jarima maydonchasiga kirgan Iborra to‘p bilan ta’minlandi. Hujumchining zarbasidan keyin to‘p Varandan tark etdi |
| 15' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatmagan Ramos bosh bilan zarba berdi. Noaniq |
| 14' | ![]() |
Karvaxal burchak to‘pi ishladi |
| 9' | ![]() |
Vuuuuh! Modrich o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib bordi va darvoza oldiga qattiq uzatma berdi. To‘p narigi qanotga ketib qoldi |
| 8' | ![]() |
Ronalduning zarbasidan keyin to‘p jonli devorga tegib yon tomonga ketdi |
| 7' | ![]() |
Kazemiroga nisbatan fol ishlatildi. Darvozagacha 27 metr |
| 6' | ![]() |
Maydon markazi uchun kurash kechmoqda |
| 2' | ![]() |
To‘p Ramosga kelib tushishi bilan "Sevilya" bilan muxlislari hushtakbozlikni boshlab yuborishyapti |
| 1' | ![]() |
O‘YIN BOSHLANDI!!! |
| ' | "Sevilya" oq, "Real" binafsharang rangli formada harakat qiladi | |
| ' | ![]() |
"Roman Sanevs Pisxuan" stadioniga yig‘ilgan muxlislar mozaikalar yordamida chiroyli manzarani hosil qilib, qo‘shiq kuylashmoqda. |
| ' | Jamoalar maydonga tushib kelishmoqda | |
| ' | ![]() |
Xayrli oqshom, qadrli futbol muxlislari. Ispaniya chempionatining 18-turi doirasida "Sevilya" o‘z maydonida "Real"ni qabul qilmoqda. |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|