Angliya Premyer-ligasi, 26-tur.
| 13 fevral, soat 00:45 | ||
ARSENAL |
0 : 0 |
MANCHESTER YUNAYTED |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Voysex Shesni 28.Kiran Gibbs 03.Bakari Sanya 04.Per Mertezaker 06.Loran Koselni 08.Mikel Arteta 10.Jek Uilshir 11.Mesut O‘zil 19.Santi Kasorla 07.Tomash Rosiski 12.Olivye Jiru |
01.David de Xea 12.Kris Smolling 15.Nemanya Vidich 02.Rafael 03.Patris Evra 16.Maykl Kerrik 08.Xuan Mata 23.Tom Kleverli 25.Antonio Valensiya 10.Ueyn Runi 20.Robin van Persi |
|
| ZAHIRA | ||
|
21.Fabyanski 17. Monreal 25. Jenkinson 15. Aleks 22. Yaya Sanogo 23. Bendtner 09. Podolski |
13. Lindegor 28. Byuttner 05. Ferdinand 18. Yang 31. Fellayni 44. Yanuzay 14. Ernandes |
|
Matn
| 90+3' | ![]() |
O‘yin tugadi 0:0. |
| 90+1' | ![]() |
O‘yinga uch daqiqa qo‘shib berildi. |
| 90' | ![]() |
!!!!!!!!!!!!!!!! De Xeaaaaaaaaaaaaaa. O‘yinni qutqarib qoldi. Santi Kasorla juda kuchli zarba bergan edi, lekin darvozabon o‘z o‘rnida. |
| 85' | ![]() |
«Arsenal»ning hujumi davom etdi. To‘p qanotlarga ham borib kelgandan keyin O‘zilga kelib tushdi. Uning zarbasi yo‘liga himoyachi to‘sqinlik qildi. |
| 83' | ![]() |
Uxxxxxx De Xea. Darvozabonlar juda yaxshi o‘ynashmoqda. Kasorlaning juda kuchli zarbasidan keyin katta qiyinchilik bilan De Xea to‘pni qaytardi. |
| 81' | ![]() |
Valensiya o‘rniga Yang tushdi. |
| 79' | ![]() |
«MYu»ning hujumlari juda xavfli ko‘rinish olmoqda. «Arsenal» ko‘p hujum qilmoqda, lekin samarasiz. |
| 77' | ![]() |
!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!! SHCHESNI. Runi va van Persi butun boshli «Arsenal» yer tishlatishi mumkin edi. Runi bir o‘zi maydonni bosib o‘tdi va akademiklarga xos tazrda to‘pni havolatib van Persiga tashlab berdi. Uning bosh bilan bergan zarbasini darvozabon qaytardi. |
| 75' | ![]() |
!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!! Jiru yana Vidichdan ustun keldi, lekin zarbada adashdi. Kasorla juda chiroyli pas bilan Jiruni qulay vaziyatga olib chiqdi. Uning zarbasi esa noaniq. |
| 73' | ![]() |
Mata o‘rniga Yanuzay maydonga tushdi. |
| 71' | ![]() |
«Arsenal» juda ko‘p hujum qilmoqda. Sana tinmay qanotdan to‘p uzatish bilan band, lekin hara safar Vidich yaxshi o‘ynamoqda. Boshqacharoq yo‘lni ko‘rish kerak. |
| 69' | ![]() |
Darvozabondan to‘pni qabul qilib olgan Valensiya navbatdagi hujumni uzoq kutib o‘tirmadi va katta tezlikda oldinga borayotgan van Persiga to‘pni havolatib tashlab berdi. Robin juda yaxshi vaziyatga chiqishi mumin edi, lekin ofsayd. |
| 67' | ![]() |
Bugun Jiru yakkama-yakka kurashlarda Vidichga yaxshigina boshog‘riq bo‘lmoqda. Lekin u oxirgi zarbani berishda adashmoqda. Tanaffusda ma’lum bo‘lishicha, «Arsenal» Balotelliga qiziqish bildirmoqda. Yaxshi xarid bo‘lardi. Jiruga ajoyib raqobatchi. |
| 65' | ![]() |
Mataning birinchi zarbasi. Nihoyat ispanga zarba berish imkoni paydo bo‘ldi. U 25 metrlardan hech qanday qarshiliksiz zarba berdi, lekin noaniq. |
| 63' | ![]() |
!!!!!!!!!!!! «Arsenal» qarshi hujumda juda yaxshi o‘ynadi. Qator zarbalardan keyin Uilsher to‘pni darvoza yaqinidagi Jiruga uzatdi. Yakkakurashda Jiru Vidichni yengdi va zarba bera olmadi. U hakamga umid bilan qaradi, lekin penalti yo‘q! |
| 61' | ![]() |
Evra Kasolraning oyog‘iga ochiqchasiga tepgan edi. Lekin Klatenburg bugun ha deganda hushtak chalmayapti. BU esa o‘yinga ta’sir etmay qolmaydi. |
| 59' | ![]() |
Valensiya o‘z qanotidan oldinga bordi. Himoyachini ajoyib tarzda ortda qoldirgan Valensiya to‘pni hujumchilarga uzatishga kelganda xatoga yo‘l qo‘ydi. |
| 57' | ![]() |
«Arsenal» birinchi bo‘limda juda ko‘p vaqt to‘pni o‘zida saqlab qolayotgan edi. Hozir esa uncha emas. To‘pni egallab turish bo‘yicha 55:45. |
| 55' | ![]() |
Kasorla hamda Rosiski juda yaxshi harakat qilishmoqda. Hozir ham ikki futbolchi qisqa to‘p uzatishlari bilan raqiblarni ortda qoldirishdi. Kasorla hujumga Jiruni qo‘shdi va u uzilib qoldi. Jiruning kuni emas bugun! |
| 53' | ![]() |
Evra qanotdan oldinga bordi va to‘pni darvoza yaqiniga yetkazib berish o‘rniga Sana bilan mushuk-sichqon o‘ynadi. Natijada burchak to‘pi va bu safar ham samarasiz. |
| 51' | ![]() |
Nihoyat O‘zil jonlandi. U Jiruni bir harakat bilan juda qulay vaziyatga olib chiqdi. Jiruga imkoniyat berishmadi. Undan qaytgan to‘pni Kasorla egallab oldi va zarba berdi, biroq noaniq. |
| 49' | ![]() |
«MYu» ikkinchi bo‘lim avvalida juda yaxshi vaziyatga ega bo‘ldi. Qanotga yaqin joyda jarima zarbasi belgilandi. Mataning to‘p uzatishidan keyin Vidich zarba berdi, lekin juda kuchsiz. |
| 47' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limni «MYu» o‘zgarish bilan boshladi. Rafael o‘rniga Ferdinand tushdi. |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi. |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘lim tugadi. |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limning antiqahramoni Olivye Jiru! «MYu» burchakdan to‘p tepdi va «Arsenal» to‘pni olib qo‘yib hujumga o‘tdi. Rosiski o‘ng qanotdan juda yaxshi pasni amalga oshirdi. Jiru biz o‘zi erkin zarba berishi mumkin edi, u shoshib qoldi va zarbasi noaniq bo‘ldi. |
| 44' | ![]() |
Exxxxx Jiru. «Arsenal» qarshi hujumda juda tezkor harakat qildi. O‘zil o‘ng qanotda to‘pni qabul qilib oldi va ajoyib dioganal bilan Rosiskini topdi. Chexiyalik futbolchi to‘pni Kasorlaga tashlab berdi. Ispanning juda kuchli zarbasiga esa Jiru to‘siq bo‘ldi. |
| 42' | ![]() |
O‘yin endigina davom ettirildi. Operatorlar vaziyatdan foydalanib zaxira o‘rindig‘ini ko‘rsatishmoqda. Giggz Moyesga nimalarnidir o‘rgatmoqda. |
| 39' | ![]() |
Nimagadir birinchi bo‘lim yakuniga kelib futbolchilar birma-bir qulashmoqda. «Arsenal» darvozaboni to‘pni o‘yinga kiritib berdi. Maydon markazida Jiru va Rafael to‘p uchun kurashishdi. Rafael hamon maydonda yotibdi. Ferdinand maydonga tushishi mumkin. U shug‘ullanmoqda. |
| 39' | ![]() |
Nimagadir birinchi bo‘lim yakuniga kelib futbolchilar birma-bir qulashmoqda. «Arsenal» darvozaboni to‘pni o‘yinga kiritib berdi. Maydon markazida Jiru va Rafael to‘p uchun kurashishdi. Rafael hamon maydonda yotibdi. Ferdinand maydonga tushishi mumkin. U shug‘ullanmoqda. |
| 37' | ![]() |
«Arsenal» yana bir futbolchisi maydon tashqarisida. Bu gal himoyachilarga yordamga kelgan Uilsher yakkakurashda faollik ko‘rsatgan Jeki maydonga quladi va maydin tashqarisida unga yordam ko‘rsatilmoqda. |
| 35' | ![]() |
!!!!!!! Yana «Arsenal» hujumda. Rosiski to‘pni darvoza yaqiniga havolatib uzatdi. Kiron Gibs juda baland sakradi va bosh bilan zarba berdi. Uning zarbasi aniq, lekin kuchsiz chiqdi. Himoyachi qo‘nishda no‘noqlik qildi va doktorlar unga yordam ko‘rsatishmoqda. |
| 33' | ![]() |
«MYu» kam sonli hujumlaridan birida to‘pni oldirib qo‘ydi. Rosiski katta tezlikda oldinga o‘tdi va uni Jiruga yetkazib berdi, amma Jiru yana qovun tushirdi. |
| 31' | ![]() |
«Arsenal»da juda qulay imkoniyat bo‘ldi. Uilsherni jarima maydoniga yaqin joyda yiqitishdi. Belgilangan jarimani esa Arteta amalga oshirdi. Jonli devor «MYu» joniga oro kirdi. |
| 29' | ![]() |
«Arsenal»ning uzoq davom etgan hujumidan keyin Arteta Runidan to‘pni olib qo‘ydi va uni Jiruga oshirdi. Hujumchi ko‘zini chirt yumib, juda naoaniq zarba berdi. |
| 27' | ![]() |
Evraning navbatdagi reydidan keyin «MYu» uchinchi marta burchakdan to‘p tepdi. Bugun har ikki jamoa ham standartdan foydalnishda oqsashmoqda. Bu gal ham aytarli hech qanday vaziyat yuz bermadi. |
| 25' | ![]() |
«MYu» qarshi hujumda sust harakat qildi va himoyachilar to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib ulgurishdi. Burchak zarbasidan keyin «MYu» yangi hujum boshladi. Mataning to‘p uzatishidan keyin esa Runi o‘yindan tashqari holatda qoldi. |
| 23' | ![]() |
«Arsenal» yana raqib jarima maydoni yaqinida karusel yuzaga keltirdi. Hal qiluvchi to‘p uzatishni Rosiski o‘z bo‘yniga oldi va xatoga yo‘l qo‘ydi. |
| 21' | ![]() |
Har ikki jamoada ham jahon futbolida oxirgi yillardagi eng yaxshi yarim himoyachilardan bo‘lib kelayotgan Mata va O‘zil o‘zlarini ko‘rsata olishmayapti. Hozir ham O‘zil o‘ziga yarashagan holda to‘pni oldirib qo‘ydi. |
| 19' | ![]() |
!!!!!!!!!!!!!!!!!!!! Van Persiiiiiiiiii juda qulay vaziyatni qo‘ldan boy berdi. Runi zargarona pasi bilan van Persini darvozabon bilan birga-bir chiqardi. Robin esa o‘tkir burchakda bo‘lgani uchun zarba bermadi va himoyachini aldab o‘tdi. Keyin esa uzoq burchakni noaniq nishonga oldi. Exxxx Robin. Ikkinchi immkoniyat bo‘lgan edi. |
| 17' | ![]() |
Bugungi o‘yin Britaniya matbuotining ta’kidlashicha, Devid Moyes uchun «MYu»dagi oxirgi o‘yin bo‘lishi mumkin. Agar jamoasi yengilsa. |
| 15' | ![]() |
«Yunayted»ning kamdan-kam hujumlaridan biri juda mazmunsiz yakunlandi. Mata o‘ng qanotdan bir o‘zi oldinga o‘tdi. Bu yerda Mertazaker to‘pni undan olib qo‘ydi. |
| 13' | ![]() |
Har ikki jamoa ham dastlabki daqiqalardan keyin tinchlanib qolishdi. Ayniqsa «Arsenal» juda ehtiyotkor harakat qilmoqda. Ular to‘pni yo‘qotib qo‘yishdan qo‘rqishmoqda. O‘zil chap qanotdan oldinga bordi va Kasorlani yaxshi vaziyatga olib chiqdi, lekin ofsayd.1 |
| 11' | ![]() |
Uzoq davom etgan hujumdan keyin Rosiski zarba berishga qaror qildi. Futbolchining 30 metrlardan bergan zarbasini De Xea egallab oldi. |
| 9' | ![]() |
«Arsenal» o‘z maydonidagi o‘yinlardagi odatiga xos tarzda to‘pni nazorat qilishni boshlab yubordi. Tika-tika boshlanib ketdi. |
| 8' | ![]() |
Runi o‘ng qanotdan odlinga bordi. Himoyachini aldab o‘tdi va to‘pni jarima maydonchasiga yetkazib bermoqchi bo‘lganida himoyachi yetib keldi. |
| 6' | ![]() |
Burchak to‘pni Rosiski o‘yinga kiritdi. Vidich Jiruni e’tibordan chetda qoldirdi va uning baxtiga fransuzning zarbasi o‘xshamadi. |
| 5' | ![]() |
Uxxxxxxxxxxxxx Mana buni o‘yin desa bo‘ladi. Qarshi hujumda «Arsenal» gol urishi mumkin edi. Jek Uilsher o‘ng qanotdan darvoza tomon yorib kirdi va zarba berdi, lekin himoyachi blok qo‘yishga ulgurdi. Burchak to‘pi. |
| 3' | ![]() |
!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!! Ilk daqiqalardanoq van Persi «Arsenal» darvozasini ishg‘ol qilishi mumkin edi. Ular to‘pni oldirib qo‘yishdi va hujumchining zarbasini darvozabon qaytardi. |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari. Sizlarni Angliya chempionati 26-turining markaziy o‘yinini kuzatishga taklif qilamiz. «Arsenal» o‘z maydonida «MYu»ni qabul qilmmoqda. |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|