| 20/10 13:17 | Mayns | 2-0 | Ayntraxt Braunshveyg | ||
| 20/10 13:17 | Hannover-96 | 1-4 | Hoffenhaym | ||
| 20/10 13:17 | Bayer | 2-1 | Augsburg | ||
| 20/10 13:17 | Shalke | 1-3 | Borussiya D | ||
| 20/10 13:17 | Bavariya | 3-2 | Gerta | ||
| 20/10 13:20 | Volfsburg | 3-0 | Verder |
Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Ispaniya La ligasi-2016/2017
| 20-tur, 29 yanvar, soat 16:00 | ||
BETISAleks Alegriya (75))
|
1 : 1 |
BARSELONALuis Suares (90)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
13.Adan (D) 14.Riza Durmisi 20.Jerman Pessella 23.Aissa Mandi 05.Petros 21.Fabian Ruiz 07.Sharli Musonda 10.Daniel Sebalyos 12.Kristiano Pichchini 24.Ruben Kastro 19.Aleks Alegriya |
01.Mark-Andre ter Shtegen (D) 03.Jerar Pike 19.Lukas Din 24.Jeremi Matyo 22.Aleysh Vidal 06.Denis Suares 07.Arda Turon 04.Ivan Rakitich 10.Lionel Messi 09.Luis Suares 11.Neymar |
|
| ZAHIRA | ||
|
01.Daniel Ximenes (D) 02.Rafa Navarro 03.Aleks Martines 15.Rayan Donk 04.Bruno Gonsales 11.Matiash Naxuyel 18.Roman Zozulya |
13.Yasper Sillessen (D) 18.Xordi Alba 23.Samuel Umtiti 20.Serxi Roberto 21.Andre Gomesh 14.Xavyer Maskerano 17.Pako Alkaser |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Petros (67)
|
Jerar Pike (43)
Ivan Rakitich (70) |
|
Matn
| 90+4' | ![]() |
O‘yin yakunlandi! "Betis" - "Barselona" - 1:1! |
| 90+3' | ![]() |
Suares jarima maydonchasi ichida to‘pni qo‘li bilan to‘xtatdi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi |
| 90' | ![]() |
GOOOOOOOL! Luis Suares, 1:1! Messining pasidan keyin Suares birga bir vaziyatda darvozani ishg‘ol qildi! |
| 89' | ![]() |
Messi jarimadan uzatgan to‘pni Adan egalladi |
| 89' | ![]() |
"Barsa" jarima maydonchasi zarbasi tepadi |
| 88' | ![]() |
Neymar jarima maydonchasi tashqarisidan aniq zarba berdi. Darvozabon to‘pni egallab oldi |
| 87' | ![]() |
Messi jarmia maydonchasi tashqarisidan zarba berishga qaror qildi. Himoyachi zarba yo‘liga g‘ov bo‘ldi |
| 85' | ![]() |
"Betis"da o‘zgarish: Alegriya o‘rniga Matias Nexuyel tushdi |
| 84' | ![]() |
Serxi Roberto ofsaydda qoldi |
| 83' | ![]() |
Messining uzatmasi chiroyli bo‘ldi, ammo Adan to‘pni egallab oldi |
| 81' | ![]() |
EHHHHH, Kastro! BIrga bir vaziyatda Ter Shtegen darvozasiga gol ura olmadi!!! |
| 80' | ![]() |
Messining jarimadan zarbasi jonli devorga tegib qaytdi |
| 79' | ![]() |
Ehhhhh, hakamlar! Himoyachi to‘pni chiziqdan qaytardi deb baholangan vaziyatda futbolchi to‘pni yarim metr ichkaridan qaytargan ekan!!! |
| 79' | ![]() |
Luis Suaresga nisbatan fol ishlatildi. Messining nuqtasi |
| 78' | ![]() |
Andre Gomesh sariq kartochka oldi |
| 78' | ![]() |
VUUUUUH! Davrozaga kirayotgan to‘pni "Betis" himoyachisi yana chiziq ustida qaytarib qoldi! |
| 78' | ![]() |
Ruben Kastro olis masofadan zarba berdi. Ter Shtegen to‘pni egalladi |
| 77' | ![]() |
Vuuuuuh! "Barsa" darhol hisobni tenglashtirishi mumkin edi. HImoyachi chiziq ustidan to‘pni qaytardi |
| 75' | ![]() |
GOOOOOOL! "Betis" hisobni ochdi! Burchakdan yetkazilgan to‘pni Ter Shtegen muvaffaqiyatsiz qaytardi, Alegriya esa uni darvozaga burib qo‘ydi! |
| 74' | ![]() |
VUUUUUUH! Ruben Kastro! Uning 15 metrdan yo‘llagan zarbasi natijasida to‘p ustunga tegib qaytdi! Pike to‘pni maydon tashqarisiga chiqarishga ulgurdi! |
| 73' | ![]() |
Betis jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Ter Shtegen to‘pga ega chiqdi |
| 72' | ![]() |
O‘yinning 72-daqiqasi o‘tib bormoqda. Bahs tugashiga 18 daqiqa qoldi, ammo Barsa hamon hujum tashkil qila olmayapti |
| 71' | ![]() |
VUUUUUH! Sebalyos olis masofadan xavfli zarba yo‘lladi! To‘p to‘singa tegib, yuqoriga ko‘tarilib ketdi! |
| 70' | ![]() |
Ivan Rakitich ogohlantirildi |
| 69' | ![]() |
Batisda o‘zagrish: Ruben Pardo o‘rniga Rayan Donk tushdi |
| 68' | ![]() |
"Barselona"da birdaniga ikkita o‘zgarish bo‘ldi: Din o‘rniga Alba, Arda Turon o‘rniga Serxi Roberto tushirildi |
| 67' | ![]() |
Petros sariq kartochka oldi |
| 64' | ![]() |
Ter Shtegen yana jarohat oldi. Hujum paytida Alegriya darvozabonning boshidan tepib yubordi |
| 63' | ![]() |
Betis o‘ng qanotda belgilangan jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Ter Shtegen to‘pni egallab oldi |
| 61' | ![]() |
Ter Shtegen jarohat oldi shekilli, unga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda |
| 60' | ![]() |
Ter Shtegen o‘z jarima maydonchasi tashqarisida to‘pni raqiblarga oldirib qo‘ydi. Ammo mezbon futbolchisi Alegriya bo‘sh qolgan darvozaga to‘pni joylay olmadi. |
| 59' | ![]() |
"Barsa"da o‘zgarish: Denis Suares o‘rniga Andre Gomesh tushdi |
| 59' | ![]() |
Betis yana burchak to‘pidan samarali foydalana olmadi |
| 56' | ![]() |
Vuuuh! Mezbon futbolchisi jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba berdi. Ter Shtegen to‘pni egallab oldi |
| 54' | ![]() |
Betis burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Samarasiz chiqdi |
| 52' | ![]() |
Vuuuuh! Messining uzatmasidan keyin Vidal o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va darvozabon maydonchasi burchagidan zarba berdi. Zarba aniq chiqmadi |
| 52' | ![]() |
Kataloniyalik himoyachilarning xatosidan keyin to‘pni Sebalyos egallab oldi. Ammo Pike xavfni bartaraf etdi |
| 50' | ![]() |
Aleish Vidal qoida buzdi. Mezbonlar jarima maydonchaning chap qanotidan jarima zarbasi tepishadi |
| 49' | ![]() |
Messining uzatmasidan keyin Neymar chap qanotdan oldinga o‘tdi va jarima maydonchasiga uzatma berdi. Markaziy himoyachi to‘pni bosh bilan qaytardi |
| 48' | ![]() |
Messi burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Xavfli vaziyat yuzaga kelmadi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlanib ketdi |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha hisob ochilmadi. Tanaffus |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘shimga 1 daqiqa qo‘shildi |
| 45' | ![]() |
Ruben Kastroning jarimadan zarbasi ancha noaniq bo‘ldi |
| 43' | ![]() |
Jerar Pike sariq kartochka oldi. U hujumchini to‘xtatmasa, xavfli vaziyat yuzaga kelardi |
| 43' | ![]() |
Arda Turon jamoasining yaxshi hujumini buzib qo‘ydi |
| 42' | ![]() |
Messining pasidan keyin Luis Suares yakkama-yakka vaziyatga chiqayotgandi, markaziy himoyachi "podkat" orqali to‘pni olib qoldi |
| 41' | ![]() |
Ehhh, Suares! Neymarning uzatmasidan keyin birga bir vaziyatda darvozani ishg‘ol qila olmadi. Adan yaxshi o‘ynadi. Gol bo‘lmadi, ammo hakam Neymarni ofsaydda deb topib, xato qilgandi |
| 40' | ![]() |
Betis himoyadan chiqayotganida to‘p hakamga tegib ortga qaytdi va Brsa xavfli vaziyatga ega bo‘lishi mumkin edi |
| 38' | ![]() |
VUUUUUH! Messining ajoyib uzatmasidan keyin Neymar yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi va zarba berdi. Antonio Adan zarbani qaytardi! |
| 34' | ![]() |
Vuuuuh! Betisning xavfli hujumi! Mezbonlar yakuniy zarbani berishga ulgurishmadi. Rakitich to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 29' | ![]() |
Betis futbolchisi jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. Pike bosh bilan to‘pni qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. Burchak to‘pi |
| 26' | ![]() |
Neymar jarimadan zarba berishni qoyillatimadi. To‘p yuqoriga ko‘tarilib ketdi |
| 25' | ![]() |
Mezbon himoyachilari Neymarni qulatishdi. Jarima maydonchasining yon chizig‘i yonida |
| 24' | ![]() |
Ehhh, Ruben Kastro! Jarima maydonchasiga kirib keldi-yu, o‘z vaqtida zarba bermadi. Himoyachilar xavfni bartaraf etishdi |
| 22' | ![]() |
Barselona birinchi bo‘limda ancha sust harakat qilmoqda. Bundan foydalangan mezbonlar bir nechta hujum tashkil qilishdi. |
| 19' | ![]() |
Vuuuuh! Sebalyos olis masofadan kuchli zarba yo‘lladi. Ter Shtegen mahorat bilan zarbani qaytardi |
| 17' | ![]() |
Betis burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Mezbon futbolchisi chalqancha uslubda zarba berish chog‘ida Ardaning yuziga tepib yubordi |
| 13' | ![]() |
Kataloniyaliklar olis masofadan jarima to‘pini o‘yinga kiritishdi. Himoyachi bosh bilan to‘pni qaytardi |
| 12' | ![]() |
VUUUUUH! "Barselona" futbolchilari qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi va to‘pni Ruben Kastroga sovg‘a qilishdi. Hujumchi jarima maydonchasi ichida birga bir vaziyatda zarba berdi. Ter Shtegen to‘pni egallab oldi |
| 11' | ![]() |
Burchak to‘pi o‘yinga kiritildi, mezbon futbolchisi jarima maydonchasi ichida yiqildi, ammo penalti yo‘q |
| 10' | ![]() |
"Betis" maydon markazida to‘pni egalab olib, xavfli hujum tashkil qildi. Pike to‘pni qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. Burchak to‘pi |
| 7' | ![]() |
Burchak to‘pini mezbonlar qaytarishdi, takroriy hujum paytida Neymar yetkazgan to‘pni Adan egallab oldi |
| 6' | ![]() |
Vuuh! Rakitich o‘ng qanotdan yetkazgan uzatmaga Luis Suares 6 metrdan darvoza tomon zarba berdi. To‘p himoyachining oyog‘idan maydonni tark etdi |
| 4' | ![]() |
Denis Suares "Betis" jarima maydonchasi ichida yiqildi, ammo hakam penalti uchun asos yetarli emas deb hisobladi |
| 2' | ![]() |
Birinchi aniq zarbani mezbon futbolchisi berdi. Olis masofadan yo‘llangan to‘pni Ter Shtegen egallab oldi |
| 0' | ![]() |
Uchrashuv boshlandi. To‘pni o‘yinga "Barsa" vakillari kiritib berishdi |
| ' | ![]() |
Diqqat, jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda |
| ' | O‘yin boshlanishiga 5 daqiqa qoldi | |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Ispaniya La ligasining 20-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. "Barselona" safarda "Betis"ga qarshi bahs olib boradi |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|