Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Osiyo chempionlar ligasi

Saralash bosqichi. 31 yanvar, soat 16:00. Bosh hakam: Nivon Robesh Gaminiy (Shri Lanka)

NASAF

Shahboz Erkinov (16)
Igor Golban (26)
Doniyorjon Narzullayev (77)
Dragan Cheran (90+1)

4 : 0

AL-HIDD

JAMOALAR TARKIBI
35.Sanjar Quvvatov
02.Akmal Shorahmedov, 06.Azizjon G‘aniyev
15.Shahboz Erkinov
18.Bahrom Abdurahimov
20.Islom Kenjaboyev
22.Igor Golban
23.Sherzod A’zamov
33.Odiljon Hamrobekov
34.Farrux Sayfiyev
69.Dragan Cheran
  01.Abbos Ahmad
02.Abdulla Fatadiy
03.Agba Uche
07.Muhammad al-Daud
10.Akarandut Orok
15.Ibrohim el-Obaydli
15.Sayid Muhammad Adnan
17.Ifadayo Olusegun
18.Isa Musabba
23.Rashid al-Xutiy
24.Ahmad Bug‘ammar
ZAHIRA
25.Eldorbek Suyunov
04.Maqsud Karimov
10.Dilshod Rahmatullayev
14.Sharof Muhiddinov
27.Islom Rashidxonov
38.Doniyorjon Narzullayev
45.Bobur Abduxoliqov
  21.Mahmud Mansur
4.Ahmad Ibrohim al-Xattol
9.Abdulla Nosir as-Soqir
12.Hamad al-Bankiy
26.Xolid as-Samhariy
29.Muhammad Makiy
30.Ali Sayid
SARIQ KARTOCHKA
 
Ahmad Bug‘ammar (50)

Matn

90+4'
O‘yin tugadi. "Nasaf" - "Al-Hidd" 4:0. Qarshiliklar keyingi bosqichga chiqdi.
90+1'
GOOOOOOL! Dragan CHERAN! 4:0! Olis masofadan to‘pni "to‘qqizlik"ga joylab qo‘ydi! Dahshatli gol!
87'
VUUUUUH! Qarshiliklar ajoyib qarshi hujum natijasida Abduxoliqovni yakkama-yakka vaziyatga chiqarishdi. Boburning zarbasini Abbos ko‘kragi bilan qaytardi
87'
Burchakdan yetkazilgan uzatmani Quvvatov egallab oldi
86'
"Nasaf"da so‘nggi o‘zgarish: Odil Hamrobekov o‘rniga Dilshod Rahmatullayev tushirildi
85'
Ehhhh, Abduxoliqov! Bobur bir himoyachidan yaxshi qochib ketib, o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi, ammo to‘pni uzoqlashtirib yuborishi natijasida, to‘p maydonni tark etdi
82'
VUUUUH! G‘aniyev yo‘llagan jarima zarbasi natijasida deyarli ustunni silab o‘tib ketdi!
81'
Abdurahimovga nisbatan fol ishlatildi. Darvozagacha 25 metr
80'
"Nasaf"da o‘zgarish: Shahboz Erkinov o‘rniga Bobur Abduxoliqov tushirildi
79'
Vuuuuh! Chap qanotdan yetkazilgan uzatmani Abdurahimov yerga tushirmasdan darvoza tomon tepdi. Abbos zarbani qaytarishga muvaffaq bo‘ldi
77'
GOOOOOOL! Doniyorjon Narzullayev, 3:0! Qarshiliklar qisqa paslar orqali hujum tashkil qilishdi. Sayfiyev chap qanotdan jarima maydonchasiga kirayotgan Abdurahimovga uzatma berdi. Bahromning uzatmasi Erkinov to‘xtatib berdi va Narzullayev yaqin masofadan darvozani ishg‘ol qildi!
75'
Vuuuh! Cheran ayyorona pas bilan Erkinovni birga bir vaziyatga chiqardi. Shahboz esa qoniqarli zarba bera olmadi. Uning kuchsiz zarbasini Abbos egallab oldi
74'
Mezbonlarning xavfli bo‘lishi mumkin bo‘lgan hujumi bartaraf etildi
69'
"Nasaf"da o‘zgarish: Islom Kenjaboyev o‘rniga Doniyorjon Narzullayev tushdi
68'
O‘ng qanotdan havolatib yetkazilgan uzatmaga Kenjaboyev bosh bilan zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi
66'
VUUUUUH! Bahraynliklar "Nasaf" darvozasini ishg‘ol qilishlariga bir baxya qoldi. Dastlabki berilgan zarba Shorahmedovga tegib qaytdi. Bu paytda Quvvatov ham to‘p yo‘liga tashlangani bois yaqin burchak ochiq qolgandi. Ammo boshqa futbolchi xavfni bartaraf etdi
64'
Ehhhh, Kenjaboyev! Yaxshi kombinasiya orqali Islom jarima maydonchasiga kirib keldi va chap oyoqda noaniq zarba berdi
63'
G‘aniyev uzoq masofadan zarba berdi. Noaniq
62'
Vuuuh! "Hidd"ning xavfli hujumi. Futbolchi chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi va kuchli tarzda darvoza yaqiniga uzatma berdi. To‘p qarama-qarshi qanotga o‘tib ketdi
58'
Mehmonlar chap qanotda belgilangan jarima to‘pini o‘yinga kiritishdi. To‘p qarshilik futbolchining boshidan maydonni tark etdi
56'
"Al-Hidd"da o‘zgarish: Akarandut Orok o‘rniga Ahmad Ibrohim al-Xattol tushdi
54'
Bahraynlik futbolchi ajoyib imkoniyatdan foydalana olmadi. U to‘pni o‘zidan uzoqlashtirib yuborishi natijasida to‘pni Sayfiyev egallab, xavfni bartaraf etdi
51'
Azizjon G‘aniyev o‘ng qanotda belgilangan jarima to‘pini to‘g‘ridan-to‘g‘ri darvoza tomon tepdi. Abbos to‘pni egalladi
50'
Ahmad Bug‘ammar ogohlantirish oldi. U o‘zidan o‘tib ketayotgan Kenjaboyevni ochiqchasiga yiqitdi
47'
Mehmon futbolchisi ham olis masofadan zarba berdi. Noaniq
47'
Oho! G‘aniyev olis masofadan yerlatib zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
'
Muxlislar "Nasaf" - "Al-Hidd" - 4:1 deb yozilgan banner ko‘tarib kelishibdi. Shu joyda "1"ga hojat yo‘q ediyov!
45+3'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Nasaf" - "Al-Hidd" 2:0. Tanaffus.
45+2'
Kenjaboyev o‘ng qanotdan chiroyli tarzda jarima maydonchasiga kirib keldi, ammo so‘nggi pallada to‘pni oldirib qo‘ydi
45'
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi
45'
"Hidd" burchakdan yetkazilgan uzatmani Quvvatov egallab oldi
44'
VUUUUUUH! Raqib himoyachilarining qo‘pol xatosidan so‘ng Erkinov jarima maydonchasi ichida yolg‘iz qoldi va birga bir vaziyatda chap oyoqda zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi. Afsus
43'
Hamrobekov olis masofadan zarba yo‘lladi, ammo to‘p raqib futbolchisiga tegib qaytdi
38'
Shorahmedov burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Himoyachi qaytargan to‘pni G‘aniyev egalladi va o‘ng tomondan zarba berdi. Noaniq
37'
Qarshiliklar to‘pni nazorat qilib, bahraynliklarni to‘psiz yugurishga majbur qilishmoqda
35'
"Nasaf"ning hujumi. Shorahmedov o‘ng qanotdan hujumga qo‘shildi va jarima maydonchasiga yerlatib uzatma berdi. Cheran himoyachiga nisbatan fol ishlatdi
34'
Orok to‘pni mezbonlar jarima maydonchasiga yetkazdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi
32'
Vuuuh! Ahmad Bug‘ammar "Nasaf" jarima maydonchasi tashqarisida bir necha futbolchini aldadi va zarba berdi. Quvvatov to‘pni egallab oldi
27'
Sayid Muhannad Adnan olis masofadan jarima zarbasini tepdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi.
26'
GOOOOOOOL! Igor Golban, 2:0! Shorahmedov jarimadan yetkazilgan uzatmani "Nasaf" himoyachisi bosh bilan darvozaga joylab qo‘ydi!
25'
Abdurahimovga nisbatan qoidabuzarlik. Yana o‘sha nuqtadan
22'
Hamrobekov chap qanotdan hujumga qo‘shildi, ammo to‘p maydonni tark etdi
22'
Bahraynlik futbolchi maydon markazidan jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Quvvatov to‘pni egallab oldi
18'
Vuuh! O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani Kenjaboyev raqib jarima maydonchasi ichida egallab, bir himoyachini aldayotganida, yiqildi. Ammo, vaziyatga yaqin turgan hakam penalti belgilamadi
16'
GOOOOOOOL! Shahboz Erkinov, 1:0! Shorahmedov jarimadan yetkazilgan uzatmani "Nasaf" hujumchisi bosh bilan darvozaga joylab qo‘ydi! Burchakka kirayotgan to‘pni darvozabon nigohlari bilan kuzatib qoldi!
16'
O‘ng qanotdan Abdurahimovga nisbatan fol ishlatildi
9'
Vuuuh! Erkinov jarima maydonchasiga o‘ng qanotdan kirdi va darvoza oldiga uzatma berdi. Kenjaboyev olis ustun yaqinida to‘pni darvoza tomon bura olmadi
7'
Vuuuuuuuh! Azizjon G‘aniyev burchakdan yetkazilgan uzatmaga Erkinov darvozabon maydonchasi ichida bosh bilan zarba berdi. Abbos Ahmad zarbani qaytardi
7'
Golban raqib jarima maydonchasiga uzatma berdi. Himoyachi bosh bilan to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
2'
Cheran raqib futbolchisiga nisbatan fol ishlatdi. Darvozagacha 28 metr masofa. Jarima zarbasi jonli devorga tegib qaytdi.
1'
Shri-lankalik hakamning hushtagi yangradi va o‘yin boshlandi. To‘pni o‘yinga mehmonlar kiritib berishdi
'
"Bunyodkor" stadioniga yig‘ilgan muxlislar soni unchalik ko‘p emas.
'
"Nasaf" oq, "Hidd" ko‘k rangli formada harakat qiladi
'
Diqqat, jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! O‘zbek futboli yangi mavsumni boshlab bermoqda. "Nasaf" OCHL saralash bosqichi doirasida Bahraynning "Al-Hidd" klubini qabul qilmoqda
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.