Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/10 13:17 Mayns 2-0 Ayntraxt Braunshveyg
20/10 13:17 Hannover-96 1-4 Hoffenhaym
20/10 13:17 Bayer 2-1 Augsburg
20/10 13:17 Shalke 1-3 Borussiya D
20/10 13:17 Bavariya 3-2 Gerta
20/10 13:20 Volfsburg 3-0 Verder

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Angliya Premyer-ligasi-2016/2017

24-tur, 4 fevral, soat 17:30. Bosh hakam: Martin Atkinson

CHELSI

Markos Alonso (13)
Eden Azar (53)
Sesk Fabregas (85)

3 : 1

ARSENAL

Olivye Jiru (90+1)
JAMOALAR TARKIBI
13.Tibo Kurtua (D)
30.David Luis
28.Sesar Aspilikueta
03.Markos Alonso
24.Geri Kexill
21.Nemanya Matich
10.Eden Azar
07.N’Golo Kante
15.Viktor Mozes
11.Pedro Rodriges
19.Diyego Kosta
  33.Petr Chex (D)
06.Loran Koselni
20.Shkodran Mustafi
24.Ektor Bellerin
18.Nacho Monreal
15.Aleks Oksleyd-Chemberlen
11.Mesut O‘zil
34.Fransis Koklen
14.Teo Uolkott
07.Aleksis Sanches
17.Aleks Ivobi
ZAHIRA
01.Asmir Begovich (D)
26.Jon Terri
29.Nataniyel Shaloba
04.Sesk Fabregas
05.Kurt Zuma
22.Villian
23.Michi Batshuayi
  13.David Ospina (D)
03.Kiran Gibbs
05.Gabriel Paulista
31.Jeff Reyn-Adelaid
55.Aynsli Maytland-Nayls
12.Olivye Jiru
23.Denni Uelbek
SARIQ KARTOCHKA
Nemanya Matich (71)
 
Shkodran Mustafi (23)

Matn

90+4'
O‘yin yakunlandi. Chelsi - Arsenal - 3:1.
90+4'
Mustafi bosh bilan zarba berdi. Kurtua to‘pni egalladi
90+2'
Vuuuh! Uelbek darvozaga yaqin joydan o‘tkir burchak ostida aniq zarba bera olmadi.
90+1'
GOOOOOOL! Olivye Jiru, 3:1! Nacho Monreal chap qanotdan yetkazgan uzatmani Jiru bosh bilan darvozaga joyladi
90'
Vuuuuh! Diyego Kosta yaxshi vaziyatdan foydalana olmadi! O‘tkir burchak ostidan berilgan zarba natijasida to‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi
89'
Oho! Fabregasning uzatmasidan keyin Alonso darvozaga yaqin joydan bosh bilan zarba berdi. Chex to‘pni egalladi
87'
Chelsida o‘zgarish: Viktor Mozes o‘rniga Kurt Zuma tushdi
85'
GOOOOOOL! Sesk Fabregas, 3:0! Chex o‘ta qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yib, to‘pni Fabregasga tashlab berdi. Yarim himoyachi bo‘sh qolgan darvozaga to‘pni joylab qo‘ydi!
83'
Chelsida o‘zgarish: Pedro o‘rniga Villian tushdi
81'
Mozes olis masofadan zarba berdi. Chex to‘pni egallab oldi
78'
Yana bir xavfli vaziyat! Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Mustafi bosh bilan zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
78'
VUUUUH! Mustafi o‘ng qanotdan yetkazgan uzatmaga Uelbek bosh bilan zarba berdi! Kurtua bir amallab zarbani qaytardi
76'
O‘yini stadion tribunasidan kuzatayotgan Arsen Venger aloqa vositasi orqali murabbiylar shtabiga tegishli ko‘rsatmalarni berib turibdi
72'
Jarima to‘pi o‘yinga kiritilgan vaziyatda Arsenal futbolchilari ofsaydda qolishdi
71'
Aspilikueta Sanchesga nisbatan fol ishlatdi
71'
Nemanya Matich sariq kartochka oldi
69'
Arsenalda o‘zgarish: Teo Uolkott o‘rniga Danni Uelbek tushdi. Uolkott Arsenal safida 100-marta zaxiraga olinmoqda
68'
Chelsi burchak to‘pini o‘yinga kiritib, to‘p David Luizga yetkazilganda, himoyachi ofsaydda qoldi
66'
Pedro o‘ng qanotdan oldinga o‘tdi va jarima maydonchasiga uzatma berdi. Gabriyel to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
65'
Arsenalda o‘zgarish bo‘ldi: Koklen o‘rniga Olivye Jiru tushdi
65'
Monreal chap qanotdan xavfli uzatma berdi. Ammo to‘pni darvozaga burib qo‘yadigan futbolchi topilmadi
61'
"Kanonirlar" burchak to‘plaridan ham hech qanday naf chiqara olmayapti
60'
Arsenal to‘pni nazorat qilyapti, ammo xavfli vaziyat yarata olmayapti
58'
Vuuuuh! Monreal chap qanotdan hujumga qo‘shildi va jarima maydonchasiga uzatma berdi. Uolkott to‘pni darvozaga bura olmadi. Burchak to‘pi
55'
O‘zil burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Samarasiz
53'
GOOOOOOL! Eden Azar, 2:0! Belgiyalik futbolchi deyarli yarim jamoani aldab o‘tib, Chexni ham dog‘da qoldirdi!
52'
Kante maydon markazida to‘pni raqibdan olib qo‘yib, Diyego Kostani birga bir vaziyatga chiqardi, ammo hujumchi ofsaydda qolgan ekan
51'
Azar! Jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi
47'
Oho! "Chelsi" futbolchilari maydon markazidan to‘pni egallashdi, agar Koselni podkat orqali to‘pni tepib yubormaganida, Azar yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketardi
46'
Ikkinchi taym boshlandi. To‘pni o‘yinga "Arsenal" futbolchilari kiritib berishdi.
'
Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda. Ikkinchi bo‘lim boshlanish arafasida
45+5'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Tanaffus. Hozircha Chelsi - Arsenal - 1:0
45+2'
Vuuuuuuh! O‘zil 14 metrdan Chelsi darvozasi tomon chap oyoqda yerlatib zarba berishga muvaffaq bo‘ldi. Kurtua to‘pni egallab oldi
45'
Birinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shib berildi
43'
Oho! Mezbonlar maydon markazida to‘pni olib qo‘yishdi, ammo Pedro Diyego Kostani birga bir vaziyatga chiqaruvchi pasni bera olmadi. Mustafi to‘pni to‘xtatib qoldi
39'
Nacho chap qanotdan yetkazgan uzatmani Keyxill ko‘kragi bilan Kurtuaga to‘xtatib berdi
38'
VUUUUUH! "Kanonirlar" burchak to‘pini kombinasiya tarzida amalga oshirishdi. Natijada Gabriyel yaqin masofadan bosh bilan zarba berishga muvaffaq bo‘ldi. Kurtua muqarrar goldan jamoasini qutqardi!!!
37'
O‘zil burchakdan to‘pni o‘yinga kiritdi. Endi bu ishni qarama-qarshi qanotdan amalga oshirishi kerak bo‘ladi
35'
Arsenal tezkor hujum tashkil qildi. O‘zil jarima maydonchasiga kirayotgan Uolkottga uzatma berdi. Ammo Teo to‘pni o‘ziga bo‘ysundira olmadi
34'
Chelsi burchak zarbasini o‘yinga kiritdi va to‘pni nazorat qildi, ammo darvoza tomon zarba bera olmadi
31'
Alonso oshirgan to‘pni Pedro jarima maydoni ichidan darvozaga yo‘llagan edi, biroq Chex uni qaytara oldi
30'
Kosta to‘p bilan markazdan yaxshi vaziyatga chiqib bordi, ammo himoyachilar unga zarba yo‘llash imkonini berishmadi
28'
Chap qanotdan belgilangan jarima zarbasi amalga oshirilgandan so‘ng, Kurtua to‘pni egallab oldi
27'
Arsenal ham faollashib qoldi, jamoa hujumlar sonini oshirdi
25'
Kostaning uzoqdan yo‘llagan zarbasi noaniq ketdi
23'
Azar raqib jarima maydonchasi tashqarisida Mustafidan qochib ketayotgandi, ammo Shkodran uni yiqitdi. Tabiiyki, bu — sariq
21'
Diyego Kosta ofsaydda qoldi
19'
Oho! Mezbonlarning hujumidan keyin Diyego Kosta jarima maydonchasiga kirdi va o‘tkir burchak ostida zarba berdi. Noaniq
18'
O‘zil ketma-ket 3 marta burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Yakunda Koklen bergan zarba noaniq chiqdi
17'
Arsenalda o‘zgarish bo‘ldi: Bellerin o‘rniga Gabriyel Paulista tushdi
16'
Belleringa maydon tashqarisida tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Uni stadion tribunasi ostiga olib kirib ketishdi
13'
GOOOOOOL! Markos Alonso, 1:0! O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmaga Diyego Kosta bosh bilan zarba berdi va to‘p to‘singa tegib, yuqoriga ko‘tarildi. Jarima maydonchasida paydo bo‘lgan Alonso bosh bilan zarba berib, darvozani ishg‘ol qildi. Alonso sakragan paytda tirsagi bilan Bellerinning yuziga zarba berib, o‘yin qoidasini buzgan ekan, ammo hakam bunga ahamiyat bermadi
11'
Oho! Chelsi o‘ng qanotdan jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Keyxill jarima maydonchasi ichida bosh bilan zarba berdi. To‘p yerga urilib, darvoza ustidan o‘tib ketdi
10'
O‘zil chap qanotdan yumshoq tarzda uzatma berdi. Himoyachi to‘pni qaytardi
8'
Uolkott ofsaydda qoldi, aks holda birga-bir vaziyatga chiqib ketayotgandi
6'
Chelsi jarima maydonchasi tomon — Uolkottga yetkazilgan uzatmani Kurtua egallab oldi
4'
Chelsi burchak ketma-ket ikkita to‘pini o‘yinga kiritdi. Xavfli vaziyat yuzaga kelmadi
2'
Burchak to‘pini mezbonlar bartaraf etishdi
2'
Vuuuuuh! Kurtuaning noaniq pasidan keyin O‘zil David Luizdan to‘pni olib qo‘ydi va Ivobiga uzatma berdi. Aleksning 17 metrdan bergan zarbasidan keyin to‘p rekoshet holatida olis ustun yonidan o‘tib ketdi
1'
Diqqat! O‘yin boshlandi!
'
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! APL, 24-tur. "Chelsi" va "Arsenal" klublari o‘rtasidagi o‘yin boshlanish arafasida
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.