Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Ispaniya La ligasi-2016/2017

21-tur, 4 fevral, soat 20:15

BARSELONA

Pako Alkaser (18)
Lionel Messi (40)
Aleish Videl (67)

3 : 0

ATLETIK BILBAO

JAMOALAR TARKIBI
01.Mark-Andre ter Shtegen (D)
23.Samuel Umtiti
24.Jeremi Matyo
03.Jerar Pike
07.Arda Turan
22.Aleyks Vidal
12.Rafinya
21.Andre Gomes
10.Lionel Messi
11.Neymar
17.Pako Alkaser
  01.Xorka Iraisos (D)
04.Emerik Laport
27.Eray Alvarez
06.Mikel San-Xose
24.Mikel Balensiaga
18.Oskar de Markos
15.Inigo LekuYE
22.Raul Garsiya
08.Ander Iturraspe
10.Iker Muniain
11.Inaki Uilyams
ZAHIRA
13.Yasper Sillessen (D)
18.Xordi Alba
20.Serxi Roberto
06.Denis Suares
14.Xavyer Maskerano
04.Ivan Rakitich
09.Luis Suares
  29.Aleks Remiro (D)
25.Enrik Saborit
02.Eneko Boveda
07.Benyat Echebarriya
05.Xavyer Eraso
14.Susayeta
20.Aris Aduris
SARIQ KARTOCHKA
Jerar Pike (23)
 
Iturraspe (28)
Oskar de Markos (34)

Matn

90+4'
O‘yin yakunlandi. "Barselona" - "Atletik Bilbao" - 3:0. E’tiboringiz uchun rahmat
90+3'
"Barselona" yana bir imkoniyatni qo‘ldan chiqardi. Burchak to‘pi
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi
89'
Vuuuuh! Turonning uzatmasidan keyin Vidal o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va zarba berdi. Iraisos zarbani qaytardi. Takroriy zarbani Rakitich berdi. Juda noaniq
87'
Oho! Neymar jarima maydonchasi ichida De Markosni aldab o‘tdi va darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. To‘p boshqa himoyachiga tegib, maydonni tark etdi
82'
O‘yin tempi ancha tushdi
80'
Ehhhh, Eraso! Yakkama-yakka vaziyatda na aniq zarba berdi, na aniq uzatma!
75'
Himoyachilarning xatosidan keyin Neymar jarima maydonchasiga kirib keldi, ammo Laport unga imkoniyat qoldirmadi. Burchak to‘pi esa samarasiz bo‘ldi
74'
"Atletik"da o‘zgarish: Raul Garsiya o‘rniga Xavyer Eraso tushdi
72'
Neymar jarima maydonchasi tashqarisidan chap oyoqda olis burchak tomon zarba berdi. Darvozabon ikkinchi urinishda to‘pni egallab oldi
71'
Emerik Laport sariq kartochka oldi
69'
Inyaki Ulyams ofsaydda qoldi
67'
GOOOOOL! Aleish Vidal, 3:0! Himoyachi markaziy hujumchi pozisiyasida paydo bo‘ldi hamda ikki himoyachi va Neymarni aldab o‘tib, darvozani ishg‘ol qildi!
66'
Mehmonlarning hujumi samarasiz chiqdi
63'
"Barselona"da o‘zgarish: Lionel Messi o‘rniga Serji Roberto tushdi
62'
Mezbonlar yaxshi hujum tashkil qilishdi, ammo Messi so‘nggi himoyachini aldab o‘ta olmadi
61'
"Bilbao" futbolchisi ofsaydda qoldi
59'
Vuuuuh! Messi ayyorona pas bilan Neymarni birga bir vaziyatga chiqarishga urindi, ammo to‘pni markaziy himoyachilar egallab olishdi. Lionel esa tezda yetib kelib, himoyachilardan to‘pni olib qo‘yib, jarima maydonchasi ichida zarba berdi. To‘p to‘rga yon tomondan kelib tegdi
57'
Vuuuh! Neymar Messi bilan "devor" o‘ynab jarima maydonchasiga kirib keldi va chap oyoqda zarba berdi. Ammo ancha noaniq
56'
Uilyams o‘ng tomonda "Barsa" jarima maydonchasiga kirdi va zarba berdi. Juda noaniq
55'
Jarohat olgan Rafinya o‘yinni davom ettira olmaydi. Ivan Rakitich maydonga tushdi
54'
Kesma uzatma natijasida Raul Garsiya to‘pni jarima maydonchasi ichida qabul qildi va o‘tkir burchak ostida zarba berdi. Ter Shtegen to‘pni qabul qilib oldi
52'
"Atletik"da o‘zgarish bo‘ldi. Inigo Lekuye o‘rniga Aris Aduris tushirildi
52'
Rafinyaning yuzidan qon oqmoqda. Yarim himoyachi darvozabon Ter Shtegen bilan to‘qnashib ketdi.
49'
Vuuuh! Burchak to‘pi o‘yinga kiritilganidan keyin Turon to‘pni darvozabon maydonchasiga yetkazdi. Rafinyaning bosh bilan zarbasidan keyin to‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
48'
Neymar burchak to‘pini o‘yinga kiritdi, ammo Gomesh hujumda fol ishlatdi
46'
Neymar chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va Messiga uzatma berdi. Himoyachi to‘pni tepib yubordi
46'
Ikkinchi bo‘limga start berildi
46'
"Barsa"da o‘zgarish: Jerar Pike o‘rniga Xavyer Maskerano maydonga tushdi
45+1'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Barselona" - "Atletik" - 2:0. Tanaffus
43'
Vuuuuh, Ehhh, Neymar! U chap qanotda bir himoyachini aldab o‘tib, jarima maydonchasiga kirdi va olis burchakka zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
42'
Vuuuh! O‘ng qanotda Messi himoyachidan to‘pni olib qo‘ydi va jarima maydonchasiga yorib kirib, sheriklariga uzatma berdi. Ammo to‘pni himoyachi egallab oldi
40'
GOOOOOOL! Lionel Messi, 2:0! O‘tkir burchakdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarba berib, argentinalik futbolchi darvozani ishg‘ol qildi. Bunda Iraisosning aybi yetarli. U zarbani ko‘rmay qoldi shekilli
39'
Jarima maydonchasining o‘ng tomonida Vidal yiqitildi. Jarima to‘pi
37'
Balensiga olis masofadan zarba berishga qaror qildi. Noaniq
34'
Boya ogohlantirishsiz qolib ketgan Oskar de Markos maydon markazidagi qoidabuzarligi uchun sariq kartochka oldi
32'
"Barselona" ko‘pchilik bo‘lib qarshi hujumga o‘tayotganida Neymar maydon maydon markazida to‘pni raqib futbolchisiga oldirib qo‘ydi. Natijada mehmonlar xavfli hujum tashkil qilishdi. Uilyams chap qanotda Pikeni aldab jarima maydonchasiga kirdi va zarba berdi. To‘p Ter Shtegenning ko‘kragiga tegib qaytdi
29'
Kataloniyalik himoyachilarning xatosidan so‘ng Raul Garsiya 17 metrlardan zarba berdi. Ter Shtegen to‘pni egallab oldi
29'
Neymar yo‘llagan jarima zarbasini Iraisos egallab oldi
28'
Neymar chiroyli fint bilan Oskar de Markosni aldab, jarima maydonchasiga kirayotganida, himoyachini uni qo‘li bilan tortib qoldi. Hakam himoyachiga sariq kartochka bermagani qiziq bo‘ldi
28'
Iturraspe sariq kartochka oldi
24'
Oho! San-Xose "Barsa" jarima maydonchasiga kirib keldi. So‘ng yo noaniq zarba berdi, yoki to‘p Matyoning oyog‘idan maydonni tark etdi. Hakam esa burchak to‘pi emas, erkin zarba tepilishiga ishora qildi
23'
Iturraspening jarimadan zarbasi noaniq bo‘ldi
22'
Pike sariq kartochka olishga majbur bo‘ldi. U Ter Shtegenning to‘pni qabul qildiyu, raqibga oldirib qo‘ydi. So‘ngra uni tortib yiqitdi
21'
Messi bir necha futbolchilarni aldab, jarima maydonchasiga kirib keldi, ammo zarba berishga ulgurmadi
18'
GOOOOOOL! Pako Alkaser, 1:0! Neymar chap qanotda bir himoyachini aldab ichkariga kirdi va to‘pni orqaroqqa uzatdi. Alkaser 6-7 metrlardan zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi
17'
Messi raqib jarima maydonchasi ichida zarba berishga harakat qildi. To‘p himoyachidan o‘tmadi
14'
Mehmonlar 2-3 daqiqa davomida hujum tashkil qilib, kataloniyaliklarni himoyalanishga majbur qilishdi
12'
Vuuuh! Uilyams ajoyib imkoniyat. Laport chap qanotdan chiroyli uzatma bilan to‘pni hujumchining boshiga qo‘ndirdi. Inyakining zarbasiga aniqlik yetishmadi
11'
Messining uzatmasidan keyin Matyo chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi va darvoza oldiga uzatma berdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi
6'
Matyo chap qanotdan hujumga qo‘shilib, raqib jarima maydonchasiga kirdi, ammo to‘pni yo‘qotdi
3'
VUUUUUUH! "Barselona"ni goldan darvoza ustuni qutqardi!!! Iker Muniain 7-8 metrdan yaqin burchakka zarba bergandi. Umtiti qaytgan to‘pni vaziyatdan uzoqlashtirdi
2'
Ehhh, Neymar! Vidalning uzatmasidan keyin Alkaser o‘ng qanotdan oldinga o‘tdi va jarima maydonchasiga uzatma berdi. Neymar to‘pni egalladiyu, ammo zarba samarali chiqmadi
1'
Uchrashuv boshlandi. To‘pni o‘yinga mehmonlar kiritib berishdi.
'
Diqqat! "Kamp Nou" stadioni! "Barselona" o‘z uyida Bilbaoning "Atletik" klubini qabul qilmoqda
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.