Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Ispaniya La ligasi-2016/2017
| 22-tur, 11 fevral, soat 20:15 | ||
ALAVES |
0 : 6 |
BARSELONALuis Suares (37, 67)
Neymar (40) Lionel Messi (59, 63) Ivan Rakitich (65) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Fernando Pacheko (D) 05.Laguardiya 22.Karlos Vigaray 15.Teo Ernandes 04.Aleksis 16.Daniyel Torres 06.Markos Lyorente 23.Nenad Krstichich 09.Kristian Santos 25.Aleksandr Katay 07.Ruben Sobrino |
01.Mark-Andre ter Shtegen (D) 19.Lukas Din 23.Samuel Yumtiti 24.Jeremi MatYE 22.Aleyks Vidal 21.Andre Gomes 04.Ivan Rakitich 05.Serxio Buskets 10.Lionel Messi 11.Neymar 09.Luis Suares |
|
| ZAHIRA | ||
|
13.Adrian Ortola (D) 03.Raul 19.Manu Garsiya 08.Viktor Kamarasa 21.Kiko Femenia 10.Oskar Romero 20.Deyverson |
13.Yasper Sillessen (D) 18.Xordi Alba 06.Denis Suares 20.Serxi Roberto 08.Andres Inyesta 28.Karles Alena 17.Pako Alkaser |
|
Matn
| 90+3' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "Barselona" safarda o‘ta yirik hisobda g‘alaba qozondi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi |
| 85' | ![]() |
Aleish Vidal jiddiy jarohat oldi. Unga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda |
| 83' | ![]() |
Oho! Luis Suares jarima maydonchasi tashqarisidan parashyut uslubida zarba berdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 82' | ![]() |
Chap qanotdan yetkazilgan uzatmaga Messi jarima maydonchasi ichida ikki marta zarba berishga ulgurdi. Himoyachilarga tegib qaytdi to‘p |
| 77' | ![]() |
Mezbon futolchisi chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va kuchli zarba berdi. To‘p Ter Shtegendan maydonni tark etdi |
| 74' | ![]() |
Neymar ofsaydda deb topildi |
| 72' | ![]() |
"Barsa"da uchinchi o‘zgarish: Andre Gomesh o‘rniga Serxi Roberto tushirildi |
| 71' | ![]() |
Messi darvozagacha 28 metrlar masofadan jarima zarbasini tepdi. To‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi |
| 68' | ![]() |
"Barselona"da 2ta o‘zgarish bo‘ldi: Buskets va Lyuka Din o‘rniga Inyesta va Alba tushirildi |
| 67' | ![]() |
GOOOOOOL! Luis Suares, 0:6! MSN triosi tomonidan yaratilgan gol! |
| 65' | ![]() |
GOOOOOOL! Ivan Rakitich, 5:0! Messidan uzatma qabul qilgan Suares, to‘pni ortda ochilayotgan Rakitichga qoldirdi. Ivanning kuchli zarbasini Pacheko qaytara olmadi |
| 63' | ![]() |
GOOOOOOOL! Lionel Messi, 0:4! Suares argentinalik futbolchini birga bir vaziyatga chiqardi. Bu yerda markaziy himoyachilar va darvozabon vaziyatni yaxshi baholay olishmadi |
| 62' | ![]() |
"Alaves" futbolchisi "Barsa" jarima maydonchasi ichida zarba berdi. Ter Shtegen yaqin burchakni yopdi va to‘pni egallab oldi |
| 61' | ![]() |
Ivan Rakitich sariq kartochka oldi |
| 59' | ![]() |
GOOOOOOL! Lionel Messi, 0:3! Argentinalik futbolchi jarima maydonchasi tashqarisidan himoyachilardan to‘pni olib qo‘ydi, ichkariga kirdi va zarba berdi. To‘p darvozabonning oyoqlari orasidan o‘tib, to‘rga borib tushdi! La ligada 17-gol |
| 59' | ![]() |
Serxio Buskets sariq kartochka oldi. U keyingi o‘yinni o‘tkazib yuboradi |
| 58' | ![]() |
"Alaves"da o‘zgarish bo‘ldi: Katay o‘rniga Oskar Romero tushdi |
| 57' | ![]() |
Vuuuuuh! Basklar yana bir imkoniyatdan foydalana olishmadi. Chap qanotdan yetkazilgan uzatmani Aleksandr Katay jarima maydonchasi ichida egalladi, ammo Din yaxshi harakat bilan xavfni bartaraf etdi |
| 54' | ![]() |
Mezbonlar uchrashuvda ilk marta burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Xavfli vaziyat yuzaga kelmadi |
| 52' | ![]() |
Kataloniyaliklar ketma-ket ikki marta burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Ammo bundan ular samara chiqara olishmadi |
| 49' | ![]() |
"Barsa" futbolchilari burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Suares bosh bilan bergan zarba noaniq chiqdi |
| 47' | ![]() |
VUUUUUUUH! "Alaves" futbolchisi ajoyib imkoniyatdan foydalana olmadi! Chap qanotdan yetkazilgan uzatmaga Kristian Santos 8-9 metrlardan zarba berdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi! |
| 46' | ![]() |
"Alaves"da o‘zgarish bo‘ldi: Krstichich o‘rniga Kiko Feminia tushdi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Alaves" - "Barselona" - 0:2. Tanaffus |
| 43' | ![]() |
Qarshi hujumda Neymar chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi, ammo Messiga aniq uzatma bera olmadi |
| 40' | ![]() |
GOOOOOOOL! Neymar, 0:2! Messi chap qanotdan ichkariga kirayotgan Suares tomon uzatma berdi. Darvozabon to‘pni qo‘li bilan qaytarish chog‘ida to‘p Suaresning yuziga tegib, Neymarga kelib tushdi. Braziliyalik futbolchi 3 metrdan bo‘sh darvozani ishg‘ol qildi! |
| 39' | ![]() |
Lyuka Din ofsaydda qoldi |
| 37' | ![]() |
GOOOOOOL! Luis Suares, 0:1 Aleish Vidal o‘ng qanotdan darvozabon maydonchasiga uzatma berdi va urugvaylik hujumchi to‘pni darvozaga burib qo‘ydi! |
| 35' | ![]() |
Rakitich 15 metrlardan darvoza tomon zarba berdi. BUrchak to‘pi bo‘yicha hisob — 0:6... |
| 31' | ![]() |
Neymarning uzatmasidan keyin Messi olis ustun tomonda to‘pni egalladi va uni darvozabon maydonchasiga yetkazdi. Himoyachilar xavfni bartaraf etishdi |
| 25' | ![]() |
Vuuuuuh! Xavfli javob! Andre Gomesh jarima maydonchasi kirdi va kuchli zarba berdi. Bu safar Pacheko qahramonlik ko‘rsatdi |
| 25' | ![]() |
VUUUUUUUUH! "Barselona" burchak to‘pini o‘yinga kiritgan vaziyatlar mezbonlar qarshi hujumga o‘tib ketishdi. Teo Fernandes Lyuka Dindan o‘tib ketdi va birga bir vaziyatga chiqib zarba berdi. Ter Shtegen zarbani qaytardi va to‘pni egallab oldi! |
| 22' | ![]() |
Vuuuuh! Messi bir nechta futbolchilarni aldab, jarima maydonchasiga kirdi va o‘ng oyoqda zarba berdi. To‘p o‘yinchilarga tegib qaytdi. Burchak to‘pi |
| 22' | ![]() |
Neymar burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Markaziy himoyachi bosh bilan to‘pni qaytardi |
| 18' | ![]() |
Burchakka yaqin joydan Neymar jarima to‘pini o‘yinga kiritishdi. Mezbonlar to‘pni qaytarishdi |
| 16' | ![]() |
Messining uzatmasidan keyin Neymar chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi, ammo o‘z vaqtida uzatma bermadi. Himoyachini aldash chog‘ida to‘pni yo‘qotdi |
| 15' | ![]() |
Vuuuuuh! "Barselona" chap qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazib berdi. Himoyachi bosh bilan qaytargan to‘pni Vidal egalladi va 12 metrlardan chap oyoqda zarba berdi. To‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi |
| 11' | ![]() |
Maydon markazida to‘p nazorat uchun kurash kechmoqda |
| 9' | ![]() |
Burchak to‘pidan keyin mehmonlar ikki marta hujum tashkil qilishdi. "Alaves" xavfni bartaraf etdi |
| 9' | ![]() |
"Barsa" ishtirokidagi hujum burchak to‘pi bilan yakunlandi |
| 6' | ![]() |
Samuel Umtiti ogohlantirish oldi. Himoyachi maydon markazida taktik fol ishlatdi |
| 6' | ![]() |
Oho! Lyorente jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba berishga muvaffaq bo‘ldi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 4' | ![]() |
Oho! Messi jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi va o‘tkir burchak ostida zarba berdi. Pacheko to‘pni egallab oldi |
| 3' | ![]() |
Rakitich o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va olis ustun tomon uzatma berdi. To‘pga hech kim yetib kela olmadi |
| 1' | ![]() |
Mezbonlar dastlabki hujumdayoq to‘pni raqib jarima maydonchasiga yetkazishdi. Xavf bartaraf etildi |
| 1' | ![]() |
To‘pni o‘yinga Messi kiritib berdi. Boshladik! |
| ' | ![]() |
O‘yin 1 daqiqalik sukut bilan boshlanadigan bo‘ldi |
| ' | ![]() |
"Barselona" bugun "Alaves" mehmoni bo‘lmoqda. Yana 5 daqiqadan keyin o‘yin boshlanadi |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Ispaniya La ligasining 22-turi doirasida markaziy o‘yinlardan birini onlayn translyasiya shaklida e’tiboringizga havola qilamiz |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|