Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Ispaniya La ligasi-2016/2017
| 23-tur, 18 yanvar, 20:15. Bosh hakam: Undiango Malyenko | ||
REAL MADRIDAlvaro Morata (33)
Garet Beyl (83) |
2 : 0 |
ESPANYOL |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
13.Kiko Kasilya (D) 02.Daniel Karvaxal 03.Pepe 05.Rafayel Varan 06.Nacho 08.Toni Kroos 22.Isko 16.Mateo Kovachich 07.Krishtianu Ronaldu 17.Lukas Vaskes 21.Alvaro Morata |
13.Diyego Lopes (D) 06.Oskar Duarte 23.Diyego Reyes 12.Aaron Martin 20.Pape Diop 14.Xose Xurado 18.Xavi Fuego 09.Xose Reyes 15.David Lopes 19.Pablo Pyatti 07.Jerar Moreno |
|
| ZAHIRA | ||
|
25.Ruben Yaniz (D) 12.Marselo 14.Kazemiro 10.Xames Rodriges 20.Marko Asensio 18.Mariano Dias 11.Garet Beyl |
01.Roberto Ximenes (D) 03.Ruben Dyuarte 05.Viktor Alvares 17.Ernan Peres 28.Mark Roka 10.Felipe Kaysedo 22.Alvaro Vaskes |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Mateo Kovachich (41)
Isko (48) Kazemiro (83) |
Jerar Moreno (28)
Xavi Fuyego (53) Pape Diop (68) Aaron Martin (80) |
|
Matn
| 90+2' | ![]() |
O‘yin tugadi. "Real" o‘z uyida g‘alaba qozondi va peshqadamlik qilishda davom etadi |
| 90+2' | ![]() |
Qiziq vaziyat! Himoyachi raqib jarima maydonchasi ichida Ronaldu ushlab yiqitdi. Referi penalti belgilamoqchi bo‘lib qo‘li bilan ishora qilgandi, ammo laynsmen bayrog‘ini ko‘tarib, ofsayd qayd etdi. Ammo laynsmen adashdi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi |
| 89' | ![]() |
Ronaldu raqib jarima maydonchasi yiqildi, bu penalti emas deb hisobladi hakam |
| 85' | ![]() |
Ronaldu ofsaydda |
| 83' | ![]() |
GOOOOOOOL! Garet Beyl, 2:0! Qarshi hujumda Iskoning uzatmasidan keyin Beyl yakkama-yakka vaziyatga chiqdi va olis burchakni aniq nishonga oldi! |
| 82' | ![]() |
Kazemiro ogohlantirish oldi |
| 82' | ![]() |
"Espanyol"da o‘zgarish: Xurado o‘rniga Alvaro Vaskes tushdi |
| 81' | ![]() |
"Real" safida o‘zgarish: Nacho o‘rniga Marseo tushdi |
| 80' | ![]() |
Aaron Martin ogohlantirildi |
| 78' | ![]() |
Jarima maydonchasiga yetkazilgan uzatmani Vaskes to‘xtatmasdan darvoza tomon burdi, ammo noaniq |
| 77' | ![]() |
Karvaxal olis masofadan zarba berdi. Loyes to‘pni egalladi |
| 75' | ![]() |
Kataloniyaliklar burchak to‘pini bartaraf etishdi |
| 74' | ![]() |
Mezbonlardan qarshi hujum. Jarima maydonchasiga yetkazilgan uzatmani Diyego Lopes egallab oldi |
| 72' | ![]() |
Xurado olis masofadan zarba berdi |
| 71' | ![]() |
Diqqat! Maydonga Garet Beyl tushmoqda! U Morataning o‘rniga tushirilmoqda |
| 69' | ![]() |
Vuuuuh! Ronaldu! Morata chap qanotdan yaxshi uzatma berdi. Krishtianu darvozabon maydonchasi chizig‘i ustidan bosh bilan zarba berdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 68' | ![]() |
Pape Diop sariq oldi |
| 67' | ![]() |
Kroos burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Xavfli vaziyat yuzaga kelmadi |
| 65' | ![]() |
Mezbonlar raqib jarima maydonchasi ichida yaxshi bosim tashkil qilishdi, ammo ish zarbagacha yetib bormadi |
| 62' | ![]() |
Mehmonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Madridliklar to‘pni egallab, qarshi hujumga o‘tishdi. Ammo Lukas Vaskes aniq zarba bera olmadi |
| 62' | ![]() |
Vuuuh! Ernan Peres maydon egalari jarima maydonchasi burchagidan zarba berishga muvaffaq bo‘ldi. Kasilya to‘pni qaytardi |
| 61' | ![]() |
"Real"da o‘zgarish: Kovachich o‘rniga Kazemiro tushdi |
| 61' | ![]() |
Ronalduning uzatmasidan keyin Kovachich jarima maydonchasiga kirdi, ammo himoyachiga nisbatan fol ishlatdi |
| 59' | ![]() |
Oho! Ronaldu raqib jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi va zarba berishga harakat qildi. To‘p himoyachiga tegib qaytdi |
| 58' | ![]() |
"Espanyol" xavfli qarshi hujumga o‘tdi. Uch futbolchi mezbonlarning 2 himoyachisiga qarshi chiqib borishdi, ammo imkoniyatdan foydalana olishmadi |
| 56' | ![]() |
Kroos olis masofadan zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 54' | ![]() |
Ronaldu tepgan jarima zarbasi natijasida to‘p jonli devorga tegib qaytdi |
| 53' | ![]() |
Xavi Fuyego ogohlantirish oldi. U Ronalduning qo‘lidan tortib qoldi |
| 50' | ![]() |
"Real"ning xavfli hujumi. Morata raqib jarima maydonchasi tashqarisida to‘pni egallab turdi va chap qanotdan ichkariga kirayotgan Ronalduga yetkazdi. Krishtianu 11 metrli nuqta atrofiga pas berdi. Himoyachilar to‘pni egallab olishdi. |
| 48' | ![]() |
Isko sariq kartochka oldi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 46' | ![]() |
"Espanyol" safida o‘zgarish: Xose Reyes o‘rniga Ernan Peres tushdi |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shildi va u yakuniga yetdi. Tanaffus. Hozircha "Real" - "Espanyol" - 1:0 |
| 45' | ![]() |
Xavfli vaziyat! Ronaldu jarima maydonchasiga yetkazgan to‘pni Vaskes Morata tomon qoldirdi. Ammo hujumchi buni kutmagandi shekilli, zarba berishga ulgurmadi. Himoyachilar xavfni bartaraf etishdi |
| 41' | ![]() |
Mateo Kovachich sariq kartochka oldi. Qarshi hujumga o‘tayotgan raqibni chalib yiqitdi |
| 38' | ![]() |
Ehh, Morata, ajoyib imkoniyatdan foydalana olmadi. Nacho chap qanotdan yetkazilgan uzatma uchun kurash paytida himoyachi yiqilib tushdi. Morata esa chap oyoqda aniq zarba bera olmadi |
| 36' | ![]() |
Ronaldu raqib jarima maydonchasining o‘ng qanotida to‘pni egalladi va uzatma berdi. Himoyachilar yaxshi harakat qilishdi |
| 33' | ![]() |
GOOOOOOL! Alvaro Morata, 1:0! Isko tomonidan yetkazilgan uzatmani bosh bilan darvozaga joyladi! |
| 32' | ![]() |
Ronaldu! "Espanyol" darvozasini ishg‘ol qildi! Ammo to‘p uzatilayotganida Krishtianu biroz ofsaydda qolgan deb topdi laynsmen |
| 31' | ![]() |
VUUUUUUH! "Espanyol" himoyachisi oddiy vaziyatda to‘pni Lukas Vaskesga berib qo‘ydi. Uning uzatmasidan keyin Ronaldu o‘ng tomonda jarima maydonchasiga kirdi va olis ustun tomonga pas berdi. Himoyachi to‘p yo‘nalishini biroz o‘zgartirmaganida Alvaro bo‘sh darvozani ishg‘ol qilardi |
| 29' | ![]() |
Jarimadan to‘p o‘yinga kiritilgan paytda Morata darvozabon maydonchasi chizig‘i ustida zarba berdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 28' | ![]() |
Jerar Moreno ogohlantirildi. Kovachichni ortda tepib yiqitgani uchun |
| 27' | ![]() |
Vuuuuuh! Ronaldu chap qanotda chiroyli fint ishlatib, to‘pni raqibning oyoqlari orasidan o‘tkazgan holda va jarima maydonchasiga kirdi. Ammo uning uzatmasini himoyachilar qaytarishdi |
| 26' | ![]() |
Ehh, Kovachichning yuzi yorildi. Ko‘zining ostidan qon oqmoqda |
| 24' | ![]() |
"Madrid" juda ko‘p burchak to‘plariga ega bo‘lmoqda, ammo ulardan foydalana olmayapti |
| 21' | ![]() |
Vaskesning faolligi evaziga burchak to‘pi ishlandi va o‘yinga kiritildi. Varan bosh bilan zarba berishga urindi. Muvaffaqiyatsiz |
| 20' | ![]() |
"Real" burchak to‘pini kombinasiya shaklida o‘yinga kiritdi. Kroosning fikrini Isko kech tushundi va to‘p maydonni tark etdi |
| 17' | ![]() |
Kroos burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. XAvfli vaziyat yuzaga kelmadi |
| 16' | O‘yin yuqori bo‘lmagan tempda davom etmoqda. | |
| 14' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatmani Diyego Lopes egallab oldi |
| 13' | ![]() |
Oho! Morata chap tomondan jarima maydonchasiga kirib keldi, bir himoyachini 2 marta aldab, Iskoga uzatma berdi. To‘p himoyachining oyog‘idan maydonni tark etdi |
| 12' | ![]() |
Oho! Kroos burchakdan yetkazib bergan to‘pga Pepe bosh bilan zarba berdi. Ammo zarba aniq chiqmadi |
| 10' | ![]() |
Lukas Vaskes o‘ng qanotdan raqib jarima maydonchasiga uzatma berdi. Himoyachi to‘pni bosh bilan qaytardi |
| 8' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatmaga David Lopes bosh bilan zarba berdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 8' | ![]() |
"Espanyol" burchak to‘pi ishladi |
| 7' | ![]() |
Ronaldu chap qanotdan uzatma berishga harakat qildi. Himoyachilar to‘pni egallab, maydon markaziga qaytarishdi |
| 4' | ![]() |
Realchilar to‘pni nazorat qilishmoqda |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi! |
| ' | ![]() |
Diqqat, jamoalar maydonga chiqib kelishdi |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Ispaniya La ligasida 23-tur o‘yinlari davom etmoqda. "Real" o‘z maydonida "Espanyol"ni qabul qilmoqda |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|