Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Osiyo chempionlar ligasi. «A» guruhi
| 1-tur. 20 fevral, 20:40. Bosh hakam: Ahmad al-Kaf (Ummon) | ||
AT-TA’VUN (S.Arabistoni)Talal al-Absiy (68)
|
1 : 0 |
LOKOMOTIV |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
23.Sulton Al-G‘amdiy 04.Rikardo Machado 05.Talal al-Absiy 06.Abdulrahmon al-Baraka, 10.Jihod al-Hussayn 14.Muhammad Abu Sabon 16.Nayif al-Musa 17.Mahmud Muoz 19.N'Diye 29.Sanmartin 49.Ahmad az-Zayn |
01.Ignatiy Nesterov 05.Kaxi Maxaradze 11.Sadriddin Abdullayev, 15.Sardor Mirzayev 17.Salim Mustafoyev 18.Temur Kapadze 20.Islom To‘xtaxo‘jayev 28.Shuhrat Muhammadiyev 33.Oleg Zoteev 42.Gnotcha Kone 99.Jaloliddin Masharipov |
|
| ZAHIRA | ||
| 12.Ma’mur Ikromov 07.Kruzo 08.Salamat Quttiboyev 10.Marat Bikmayev 29.Quvondiq Ro‘ziyev 37.Sherzod Fayziyev 77.Diyor Turopov |
||
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Talal al-Absiy (80)
Madallah al-Oyan (85) |
Muhammad Kone (76)
|
|
Matn
| 90+4' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "Lokomotiv" OCHL-2017ni mag‘lubiyat bilan boshladi |
| 90+3' | ![]() |
Ehh, Masharipov! Olis masofadan yetkazilgan uzatmani yaqin masofadan darvozaga bura olmadi |
| 90+2' | ![]() |
Mezbonlar himoyachisi o‘zini jarohat olganga solib yotibdi |
| 90' | ![]() |
Vuuuuh! Qarshi hujumda saudiyaliklar ajoyib imkoniyatdan foydalana olishmadi. N'Diyening zarbasi biroz noaniq bo‘ldi |
| 87' | ![]() |
"Lokomotiv"da uchinchi o‘zgarish: Temur Kapadze o‘rniga Salamat Quttiboyev tushdi |
| 85' | ![]() |
Madallah al-Oyan ogohlantirildi |
| 83' | ![]() |
Raqib jarima maydonchasiga yetkazilgan uzatmaga Kapaze yetib bora olmadi |
| 81' | ![]() |
Jarimadan yetkazilgan uzatmani himoyachilar qaytarishdi |
| 80' | ![]() |
Talal al-Absiy ogohlantirildi. U o‘zidan o‘tib, darvozabon bilan yakkama-yakka chiqishi mumkin bo‘lgan Masharipovni qo‘li bilan yiqitdi |
| 77' | ![]() |
Jarimadan berilgan zarba xavfli bo‘ldi. Nesterov musht bilan to‘pni qaytardi |
| 76' | ![]() |
Muhammad Kone sariq kartochka oldi |
| 68' | ![]() |
GOOL! Talal al-Absiy, 1:0! Burchakdan yetkazilgan uzatmaga chiqishda Nesterov qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi. Absiy esa bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qildi |
| 67' | ![]() |
"Lokomotiv"da o‘zgarish: Sadriddin Abdullayev o‘rniga Quvondiq Ro‘ziyev tushirildi |
| 66' | ![]() |
Mehmonlar to‘pni yaxshi nazorat qilishmoqda, ammo hozircha keskinroq hujum tashkil qila olishmayapti |
| 62' | ![]() |
Maydon egalari burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Hujumchi bosh bilan zarba berishga harakat qildi, ammo to‘p biroz yeta olmadi |
| 60' | ![]() |
Bikmayev o‘ng qanotdan uzatma berdi. Mirzayev bosh bilan zarba berdi, ammo hakam Sardorni fol qilgan deb hisobladi |
| 59' | ![]() |
Mirzayev yaxshi harakat qildiyu, ammo jarima maydonchasida ochilayotgan Bikmayev aniq uzatma bera olmadi |
| 58' | ![]() |
"Ta’vun" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Nesterov musht bilan to‘pni urib yubordi |
| 57' | ![]() |
"Lokomotiv"da o‘zgarish: Oleg Zoteev o‘rniga Marat Bikmayev tushdi. |
| 55' | ![]() |
Muhammadiyev o‘ng qanotdan yaxshi uzatma berdi. Himoyachilar xavfni bartaraf etishdi |
| 52' | ![]() |
VUUUUUH! Kone jarima maydonchasi yaqinida to‘pni raqiblarga oldirib qo‘ydi. Natijada buraydaliklar gol urishlariga bir baxya qoldi. Baraka jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi va zarba berdi. To‘p ustunga tegib qaytdi. Takroriy zarba paytida to‘p futbolchining oyog‘iga yaxshi tegmay qoldi |
| 49' | ![]() |
N'Diye jamoamiz jarima maydonchasi chizig‘i ustida to‘pni ko‘kragi bilan qabul qildi va o‘girilgancha zarba berdi. Muvaffaqiyatsiz zarba |
| 47' | ![]() |
"Lokomotiv" jarima maydonchasi ichida N'Diye va Kone to‘qnashib ketishdi. Mezbonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishadi |
| 47' | ![]() |
Maydon egalari jarima to‘pini o‘yinga kiritishdi. Kapadze bosh bilan qaytardi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45' | ![]() |
Ahmad al-Kafning hushtagi yangradi va birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha hisob — 0:0 |
| 44' | ![]() |
Vuuuuh! Muhammad Kone juda qaltis harakat qildi. Baxtimizga vaziyat gol bilan yakunlanmadi |
| 42' | ![]() |
Vuuuuh! Nesterov qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi. U himoyachidan to‘pni qabul qildi, ammo o‘z vaqtida tepib yubormadi. Hujumchining bosimi ostiga tegan to‘pni boshqa futbolchi jarima maydonchasi tashqarisida egallab oldi va darvoza tomon zarba berdi. Ignatiy to‘pni egallab oldi! |
| 40' | ![]() |
"Lokomotiv" to‘pni ancha nazorat qildi va jarima maydonchasiga uzatma berdi. Mirzayev biroz ofsaydda qolgan ekan |
| 38' | ![]() |
Masharipov chap tomondan raqib jarima maydonchasiga uzatma berdi, himoyachi to‘pni qaytardi |
| 36' | ![]() |
"Lokomotiv" yaxshi kombinasiyani amalga oshirdi. Jarima maydonchasiga yetkazilgan uzatmani Al-G‘amdiy egallab oldi |
| 36' | ![]() |
Mezbonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi, bu "Loko"ga muammo yaratmadi |
| 35' | ![]() |
O‘ng qanotdan jarima maydonchasiga yetkazilgan uzatmani To‘xtaxo‘jayev bosh bilan qaytardi |
| 31' | ![]() |
Chap qanotda belgilangan jarima to‘pini Sadriddin Abdullayev o‘yinga kiritdi. Al-G‘amdiy to‘pni qo‘lidan chiqarib yubordi, ammo hakam negadir fol qayd etib, o‘yinni to‘xtatdi |
| 30' | ![]() |
"Loko" darvozasi oldiga uzatma berildi. Nesterov to‘pni egallab oldi |
| 29' | ![]() |
"At-Ta’vun" futbolchisi ofsaydda qoldi |
| 27' | ![]() |
Xavfli vaziyat! N'Diye o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirib keldi va chap oyoqda kuchli zarba berdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 26' | ![]() |
To‘p u jamoadan bu jamoaga o‘tmoqda, ammo hozircha xavfli vaziyat yo‘q |
| 20' | ![]() |
To‘p nazorati toshkentliklar tomoniga o‘tdi desak ham bo‘ladi. Ular "Ta’vun"ni to‘psiz yugurishga majbur qilishmoqda |
| 17' | ![]() |
Muhammadiyev o‘ng qanotda chiroyli ortda qoldirdi va jarima maydonchasiga uzatma berdi. Himoyachi bosh bilan to‘pni qaytardi |
| 16' | ![]() |
"Lokomotiv" dastlabki burchak zarbasini o‘yinga kiritdi. Abdullayev yerlatib jarima maydonchasidagi Masharipovga uzatma berdi. Jaloliddin bir futbolchini yaxshi aldab o‘tdiyu, ammo sheriklariga aniq uzatma bera olmadi |
| 11' | ![]() |
Maxaradze maydon markazida taktik fol ishlatib, raqibning qarshi hujumini to‘xtatdi. Hakam uni og‘zaki ogohlantirish bilan cheklandi |
| 8' | ![]() |
"Lokomotiv" ijrosida raqib darvozasi tomon dastlabki zarba berildi. Mirzayev chap qanotdan tashlab berilgan uzatmaga Abdullayev jarima maydonchasi chizig‘i ustidan zarba berdi. Noaniq |
| 5' | ![]() |
Vuh! Saudiyalik futbolchi chap tomondan jarima maydonchasiga kirib keldi va darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Nesterov oyog‘i bilan to‘pni qaytardi, so‘ngra Maxaradze bosh bilan to‘pni darvozabonga tashlab berdi |
| 5' | ![]() |
Mezbonlar ketma-ket hujum qilishmoqda. "Lokomotiv" futbolchilari to‘pni o‘zlarida ushlay olishmayapti |
| 3' | ![]() |
Vuuuuuh! "At-Ta’vun futbolchisi jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. Nesterov qaytargan to‘pni hujumchi darvozaga joyladi. Baxtimizga, ofsayd tufayli gol inobatga olinmadi! |
| 2' | ![]() |
Buraydaliklarning hujumini temiryo‘lchilar bartaraf etishdi |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi. To‘pni Jaloliddin Masharipov o‘yinga kiritib berdi. |
| ' | ![]() |
Diqqat, jamoalar maydonga chiqib kelishdi! |
| ' | Toshkentning "Lokomotiv" klubi musobaqani Saudiya Arabistonida boshlamoqda. Temiryo‘lchilar "At-Ta’vun" klubiga qarshi maydonga chiqadi | |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari. Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichining yangi mavsumiga start berilayotgani bilan barchani tabriklaymiz |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|