Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Ispaniya La ligasi-2016/2017

16-turning qoldirilgan o‘yini. 22 fevral, 22:45

VALENSIYa

Simone Dzadza (4)
Fabian Orelyana (9)

2 : 1

REAL MADRID

Krishtianu Ronaldu (44)
JAMOALAR TARKIBI
01.Diyego Alves (D)
05.Elyakim Mangalya
14.Xose Gayya
24.Esekyel Garay
02.Joao Kanselo
10.Daniel Parexo
17.Nani
08.Enso Peres
12.Simone Dzadza
09.Munir el-Haddodiy
15.Fabian Orelyana
  01.Keylor Navas (D)
02.Daniel Karvaxal
05.Rafayel Varan
04.Serxio Ramos
12.Marselo
14.Kazemiro
19.Luka Modrich
08.Toni Kroos
10.Xames Rodriges
07.Krishtianu Ronaldu
09.Karim Benzema
ZAHIRA
13.Xaume Domenek (D)
23.Aymen Abdennur
06.Gilyerme Sikeyra
07.Mario Suares
11.Zakariya Bakkali
18.Karlos Soler
20.Alvaro Medran
  13.Kiko Kasilya (D)
06.Nacho
22.Isko
16.Mateo Kovachich
11.Garet Beyl
17.Lukas Vaskes
21.Alvaro Morata
SARIQ KARTOCHKA
Simone Dzadza (17)
 
Daniyel Karvaxal (30)

Matn

'
"Valensiya" - "Real Madrid" 2:1. La ligada hali intirga o‘lmagan!
90+5'
"Real" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Darvozabon va himoyachilar to‘pni qaytarishdi. Shu pallada o‘yin tugadi!
90+3'
Munir ofsaydda qoldi
90+2'
VUUUUUUUH! Marselo chap qanotdan uzatma berdi. Ronaldu darvozabon maydonchasi oldidan bosh bilan zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi. Krishtianu ofsaydda ham qolgan ekan
90+1'
Vuuuh! Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Beyl bosh bilan zarba berdi. To‘p himoyachining oyog‘iga tegib qaytdi!
90'
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shildi
90'
Daniyel Parexo sariq kartochka oldi
89'
Vuuuh! Ramos jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi
87'
Vuuuh! "Valensiya" jarima maydonchasi ichida mehmonlar bosim tashkil qilishdi. Hujumda uyushtirilgan fol mezbonlarni xavfdan qutqardi
86'
Lukas Vaskes o‘ng qanotdan uzatma berdi. To‘p olis ustun va to‘sin kesishgan joy yuqorisidan o‘tib ketdi
84'
Beyl ofsaydda qoldi
83'
Ronaldu o‘ng qanotdan havolatib bergan uzatmani Mangalya bosh bilan qaytardi
82'
Benzema ofsaydda qoldi
80'
Vuuuh! Parexo o‘z vaqtida uzatma berganidami, Munir birga bir vaziyatga chiqardi
79'
Ronalduning jarima zarbasi jonli devorga tegib qaytdi. Krishtianuning uzatmasi paytida Ramos ofsaydda qoldi
79'
Ronalduga nisbatan fol ishlatildi. Darvozagacha 25 metr
77'
"Valensiya" himoyachilari bosimi ostida qolgan "Real" himoyachilari va darvozaboni xato qilishiga oz qoldi
77'
Kazemiro jarima maydonchasi tashqarisidan noaniq zarba berdi
76'
"Real"da uchinchi o‘zgarish: Luka Modrich o‘rniga Lukas Vaskes tushdi
74'
Beylning o‘ng qanotdan uzatmasini Diyego Alves egallab oldi
74'
"Valensiya"da o‘zgarish: Dzadza o‘rniga Mario Suares tushdi
71'
VUuuuh! "Valensiya" xavfli qarshi hujumga o‘tib ketdi. Munir to‘p bilan katta masofani bosib o‘tdi va jarima maydonchasiga kirib, to‘xtadi. Ramos esa uning oyog‘ini bosib yiqitdi. Munirning oyog‘i jarima maydonchasi chizig‘i ustida edi. Bu penalti yoki jarima zarbasi edi. Hakam esa o‘sha joyda bo‘lishiga qaramay hushtak chalmadi
70'
Parexoning uzatmasidan keyin Dzadza birga bir vaziyatga qochayotgandi, ammo ofsayd!
68'
Vuuuh! Jarimadan yetkazilgan uzatmaga Benzema bosh bilan zarba berdi. Alves ajoyib seyv namoyish qildi. Biroq Karim zarbani himoyachining yelkasiga chiqib berdi. Tabiiyki, bu — fol
67'
Mangalya ogohlantirildi. U o‘zidan o‘tib ketayotgan Benzemani ochiqchasiga yiqitdi
67'
VUUUUUH! Varanning xatosidan keyin Dzadza to‘pni olib qo‘ydi va Rafaelni aldab o‘tib, birga-bir vaziyatda zo‘rg‘a zarba berdi. Boisi, masofa qisqa edi. Navas to‘pni qaytardi
66'
Vuuuuh! "Valensiya" jarima maydonchasiga yetkazilgan uzatmani himoyachi qaytargan to‘pni Karvaxal egalladi va olis ustun tomon uzatma berdi. To‘p Ronalduning yelkasidan darvozabonning qo‘liga borib tushdi
65'
Marselo chap qanotdan zarba berdi. To‘p to‘rga yon tomondan kelib tegdi
62'
Beyl o‘ng qanotdan raqib jarima maydonchasiga uzatma berdi. To‘p uchun Ronaldu va himoyachi sakradi. "Valensiya" vakili ustun keldi
61'
"Real"da kutilgan o‘zgarish: Xames Rodriges o‘rniga Garet Beyl tushdi
61'
VUUUUUUH! Parexo! U chap qanotda Varan va Karvaxalni chiroyli aldab o‘tib, Navas bilan yakkama-yakka vaziyatda zarba berdi. Keylor zarbani qaytardi
60'
Parexo jarimadan yetkazgan uzatmani Ramos bosh bilan qaytardi
59'
Rafael Varan sariq kartochka oldi. U oyog‘ini baland ko‘tarib, Gayyaning yuzidan tepib yubordi
58'
Karvaxal o‘ng qanotdan raqib darvozasi yaqiniga uzatma berdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi
56'
"Valensiya"da o‘zgarish: Fabian Orelyana o‘rniga Karlos Soler tushdi
55'
Ronaldu jarimadan bergan zarba natijasida to‘p jonli devorga tegib qaytdi. Kroosning zarbasidan keyin esa burchak to‘pi ishlandi. Burchak to‘pi xavfli vaziyatni taqdim etmadi
54'
Avvalgi hujumda Mangalya o‘z jarima maydonchasi ichida Ronalduni yiqitdi. Hakam penalti belgilashga jazm qilmadi
54'
Enso Peres sariq kartochka oldi. Mehmonlar jarima maydonchasi burchagidan zarba berishadi
53'
Navbatdagi uzatmani Alves egalladi
52'
Vuuuh! Marselo chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va o‘tkir burchak ostida kuchli zarba berdi. Diyego Alves to‘pni egallab oldi
50'
Kroos burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Mangalya bosh bilan to‘pni qaytardi. Keyin Marselo o‘yin qoidasini buzdi
49'
Xames o‘ng qanotdan mezbonlar jarima maydonchasiga uzatma berdi. To‘p olis ustun tomondan maydonni tark etdi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+2'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Valensiya" - "Real" 2:1. Tanaffus
45+1'
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shildi
45'
VUUUUUUH! Krishtianu Ronaldu! Birinchi bo‘limning o‘zidayoq hisobni tenglashtirish mumkin edi. U Benzemadan to‘pni qabul qilib, jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. To‘p Mangalyaning oyog‘idan o‘z yo‘nalishini o‘zgartirdi va shundoqqina ustun yonidan o‘tib ketdi. Bir necha santimetrlar...
44'
GOOOOOOOL! Krishtianu Ronalduuuuu, 2:1! Chap qanotdan yetkazilgan uzatmani portugaliyalik futbolchi bosh bilan raqib darvozasini ishg‘ol qildi!
43'
Munir el-Haddodiy ogohlantirish oldi
43'
"Valensiya" xavfli vaziyat yaratdi. Maydon markazida mezbonlar to‘pni egallashdi. Dzadza o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va uzatma berdi. Madriliklar xavfni bartaraf etishdi
40'
"Valensiya" murabbiyi majburiy o‘zgarish qildi. Jarohat olgan Nani o‘rniga Gilyerme Sikeyra tushdi
39'
Oho! Karvaxal o‘ng qanotda ikki himoyachidan o‘tib ketdi va darvozabon maydonchasidagi Ronalduga uzatma berdi. Krishtianu tovoni bilan to‘pni darvoza tomon burdi. To‘pni Alves egalladi
37'
"Valensiya"dan xavfli hujum. Nani chap qanotdan Kazemirodan o‘tib ketib, jarima maydonchasiga kirdi va to‘pni orqaroqqa yetkazdi. Parexo 18 metrlardan bergan zarbasi noaniq chiqdi
36'
Modrich o‘ng qanotdan oldinga o‘tdi va jarima maydonchasi ochilgan Ronaldu tomon uzatma berdi. Diyego Alves to‘pni egallab oldi
35'
Burchak to‘pini maydon egalari hozircha ishonch bilan qaytarishmoqda
35'
Vuuuuuh! "Real"ning xavfli hujumini darvozabon va himoyachilar qiyinchilik bilan bartaraf etishdi
30'
Vuuuuuh! Parexo jarimadan dahshatli zarba yo‘lladi. Navas zarbani qaytardi. Ajoyib seyv!
29'
Karvaxal sarmq kartochka oldi. U Dzadzani yiqitdi. "Valensiya" jarima maydonchasi burchagiga yaqin joydan jarima zarbasi tepadi
28'
"Valensiya" to‘liq himoyaga o‘tdi. Madrid xavfli hujum qilish uchun variant qidirmoqda. Hozircha topmadi
24'
Karvaxal o‘ng qanotdan raqib jarima maydonchasiga uzatma berdi. To‘p hech kimga tegmay, maydonni tark etdi
22'
Marseloga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda
21'
VUUUUUUUH! Benzema! Diyego Alves! Karim jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli va "to‘qqizlik" tomon aniq zarba berdi. Darvozabon to‘pni qaytardi!
20'
Ronaldu himoyachining oyoqlari orasidan to‘pni o‘tkazib, Benzemani jarima maydonchasiga boshladi. Ammo Karim bunday uzatmani kutmagandi
19'
Simone Dzadza sariq kartochka oldi. Ramosni yiqitgani uchun
18'
Vuuh! Xamesning uzatmasidan keyin Ronaldu jarima maydonchasining o‘ng tomonida to‘pni qabul qildi va o‘tkir burchak ostida zarba berdi. Laynsmen ofsayda qayd etdi, muxlislardan yana hushtaklar
15'
VUUUUUUUH! "Real" juda qulay imkoniyatga ega bo‘ldi. Benzema maydon markazida raqibdan o‘tib ketdi va ajoyib qarshi hujumga asos qoldi. Ronaldu chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va narigi ustun tomon zarba berdi. Xames o‘tkir burchak ostida to‘pni darvoza tomon burdi. Ustun yoniga yetib kelgan himoyachi ko‘kragi bilan to‘pni qaytarib qoldi
14'
VUUUUUUH! Munir el-Haddodiy "Real" darvozasini ishg‘ol qilishiga bir baxya qoldi! Marselo qutqarmoqda!
13'
Vuuuh! Ronaldu jarima maydonchasi burchagidan zarba berdi. To‘p yaqin ustun yonidan o‘tib ketdi. Muxlislar Krishtianuning zarbasini hushtakbozlik bilan qarshi olishdi
11'
Mehmonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Darvoza tomon zarba berildi. Kuchli bo‘lmagan zarbani Alves egallab oldi
9'
GOOOOOOOL! Orelyana, 2:0! Dahshatli start! Varan maydon markazida to‘pni yo‘qotib qo‘ydi va "Valensiya" qarshi hujumda "Real"ni jazoladi!
7'
Maydon egalari burchak to‘pidan keyin tashkil etilgan 2ta hujumni bartaraf etishlariga to‘g‘ri keldi
7'
Toni Kroos jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. Burchak to‘pi ishlandi
4'
GOOOOOOOL! Simone Dzadza, 1:0! JUda chiroyli gol! Chap qanotdan yetkazilgan uzatmani Dzadza mehmonlar jarima maydonchasi ichida qabul qildi va 180 gradusga aylangancha zarba berdi. Burchakka kirib ketgan to‘pni Navas qaytara olmasdi
2'
"Real" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Darvozaga zarba berilmadi
1'
O‘yin start oldi! Boshladik!
'
"Valensiya" o‘z maydonida madridliklarni qabul qilmoqda. O‘yin boshlanish arafasida
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Bugun "Real"ning qoldirilgan o‘yinidan matnli onlayn translyasiya olib boramiz.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.