Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Ispaniya La ligasi-2016/2017

24-tur. 26 fevral. soat 20:15

ATLETIKO

Diyego Godin (70)

1 : 2

BARSELONA

Rafinya (64)
Lionel Messi (86)
JAMOALAR TARKIBI
13.Yan Oblak (D)
03.Filipe Luis
02.Diyego Godin
16.Shime Vrsalko
15.Stefan Savich
08.Saul Niguyes
06.Koke
10.Yannik Karrasko
14.Gabi
07.Antuan Grizmann
21.Kevin Gameyro
  01.Mark-Andre ter Shtegen (D)
24.Jeremi MatYE
03.Jerar Pike
23.Samuel Yumtiti
20.Serxi Roberto
12.Rafinya
08.Andres Inyesta
05.Serxio Buskets
11.Neymar
10.Lionel Messi
09.Luis Suares
ZAHIRA
01.Migel Moyya (D)
24.Xose Ximenes
19.Lukas Ernandes
22.Tomas Parti
23.Nikolas Gaytan
11.Anxel Korrea
09.Fernando Torres
  13.Yasper Sillessen (D)
18.Xordi Alba
19.Lukas Din
04.Ivan Rakitich
06.Denis Suares
21.Andre Gomes
17.Fransisko Alkaser
SARIQ KARTOCHKA
Saul Niges (56)
Stefan Savich (66)
Gabi (73)
Anxel Korrea (74)
 
Serxio Buskests (55)
Lionel Messi (82)

Matn

90+4'
O‘yin tugadi! "Barselona" qiyin kechgan o‘yinda g‘alaba qozondi
90+1'
Vuuuuuh! Autdan otib berilgan to‘pga Godin bosh bilan zarba berdi. Pike to‘pni tepib yuborishga ulgurdi
90'
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shildi
89'
"Barselona" to‘pni nazorat qilishga o‘tdi
86'
GOOOOOOOOL! Lionel Messi! 1:2! Jarima zarbasi "Barsa" omad keltirdi. Kataloniyaliklar raqib jarima maydonchasi ichida bosim uyushtirishdi. Suaresning uzatmasidan keyin Messi zarba berdi. Dastlabki zarbani himoyachi qaytardi, ikkinchi zarbani Oblak qaytara olmadi!
85'
"Barsa"da so‘nggi o‘zgarish: Serxi Roberto o‘rniga Andre Gomesh tushdi
82'
Lionel Messi sariq oldi. Hakamga keskin e’tiroz bildirgani uchun
80'
Vuuuuh! Autdan otib berilgan to‘pni Suares gavdasi bilan yaxshi himoyalagancha raqibdan olib o‘tdi va jarima maydonchasiga kirib, Messiga uzatma berdi. Lionel bergan zarba yo‘liga himoyachi oyoq qo‘yishga ulgurdi
79'
Jarimadan yetkazilgan uzatmani himoyachilar qaytarishdi
78'
Neymar jarima zarbasi ishladi. Darvozagacha 27 metr masofa
77'
Luka Din maydonga tushdi
76'
Jeremi Matyo jarohat oldi. U o‘yinni davom ettira olmadi. Maydonga Luka Din tushishga tayyorlanmoqda
74'
Anxel Korrea ogohlantirildi
73'
Gabi sariq oldi
72'
"Atletiko"da o‘zgarish: Gameyro o‘rniga Anxel Korrea tushirdi
71'
"Barselona"da o‘zgarish bo‘ldi: Inyesta o‘rniga Ivan Rakitich tushdi
70'
GOOOOOOL! Diyego Godin, 1:1! Jarimadan yetkazilgan uzatmani himoyachi bosh bilan darvozaga joylab qo‘ydi
70'
Mezbonlar chap qanotda jarima zarbasi ishlashdi
68'
"Atletiko"da o‘zgarish: Karrasko o‘rniga Fernando Torres tushdi
66'
Stefan Savich ogohlantirildi. Hakamga ko‘p e’tiroz bildirgani uchun
66'
Karrasko chap qanotdan o‘ta noaniq uzatmani amalga oshirdi
64'
GOOOOOOL! Rafinya! 0:1! "Barselona" bosimni oshirdi, raqib jarima maydonchasi ichida ketma-ket zarbalar berdi hamda Rafinyaning zarbasi to‘rga borib tushdi!
62'
"Atletiko" qarshi hujumda burchak zarbasi ishladi
61'
"Barsa" bosimni oshirmoqda. Bu safar ham Neymar burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Xavf bartaraf etildi
60'
"Barselona" to‘pni nazoratini o‘ziga og‘dirdi. Neymar burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Godin bosh bilan qaytardi
57'
Kataloniyaliklar raqib hujumini bartaraf etishdi
56'
O‘yin qo‘pollashmoqda. Saul Niges ogohlantirildi. Neymarga nisbatan qo‘pol o‘yin uchun
55'
Xavfli vaziyat! Vrsalko o‘ng qanotdan hujumga qo‘shildi va jarima maydonchasiga kirib, darvoza oldiga uzatma berdi. Grizmann bosh bilan aniq zarba bera olmadi
55'
O‘yindagi birinchi sariq. Uni Buskets oldi. Maydon markazida Grizmanni yaqqol yiqitdi
54'
Pike burchak zarbasi ishladi va uni Neymar o‘yinga kiritdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi
53'
Messiga nisbatan fol ishlatildi. DaArvozagacha 30 metr
52'
VUuuuuuh! Grizmann jarima maydonchasiga chap tomondan kirdi va yakkama-yakka vaziyatda o‘tkir burchak ostida zarba berdi. Ter Shtegen oyog‘i bilan xavfni bartaraf etdi!
51'
O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatma uchun kurashda Karrasko fol ishlatdi
49'
VUUUUUUUH! Ehhh, Suares! Messining chiroyli uzatmasidan keyin Luis birga bir vaziyatga chiqib ketdi. Ammo urugvaylik hujumchi aniq zarba bera olmadi
47'
Gameyro ofsaydda qoldi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Tanaffus. Hozircha hisob ochilmadi
43'
Vuuuuuh! Jarimadan yetkazilgan uzatmaga Pike bosh bilan zarba berdi. Oblak chiziq ustida to‘pni egallab oldi
43'
Endi kataloniyaliklar bosimni oshirishmoqda
39'
Burchakdan yetkazilgan uzatmani Umtiti egalladi va zarba berdi. Noaniq
38'
Vuuuuuuh! Messining jarimadan yo‘llagan zarbasini Yan Oblak mahorat bilan qaytardi!
37'
Luis Suaresga nisbatan fol ishlatildi. Shundoqqina jarima maydonchasi chizig‘i oldida!
35'
Vuuuuh! Qarshi hujumda Luis Suares to‘p bilan oldinga o‘tdi va jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. To‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi
34'
Vuuuuuuh! Ter Shtegen "Barsa"ni goldan qutqarmoqda! Grizmann maydon markazida raqibdan to‘pni olib qo‘ydi va hujumga asos qoldi. Gameyroning uzatmasidan keyin Antuan jarima maydonchasiga kirdi hamda yakkama-yakka vaziyatda narigi tomondagi jamoadoshiga uzatma berdi. Ter Shtegen uning niyatini o‘qidi va to‘pni egallab oldi!
33'
Mezbonlar yaxshi hujum. O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani Gameyro olis ustun tomonda bosh bilan darvoza oldiga yetkazdi. Ter Shtegen to‘pni egallab oldi
32'
"Atletiko" uchrashuvdagi beshinchi burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. XAvfli vaziyat yuzaga kelmadi
29'
Vuuuh! "Barselona" raqib darvozasini ishg‘ol qildi, ammo hakam golni bekor qildi. Suares darvozabonga nisbatan fol ishlatdi deb hisobladi hakam
27'
Grizmann jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. Noaniq
26'
VUUUUUUH! Grizmann jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba berdi. To‘sin ostiga kirayotgan to‘pni Ter Shtegen qaytarishga muvaffaq bo‘ldi!
25'
"Barselona" ba’zi-ba’zida to‘pni nazorat qilyaptiyu, man xavfli hujum qila olmayapti
22'
Maydon markazida Neymar, Gabi va Vrsalko to‘qnashib ketishdi
19'
"Atletiko" ketma-ket bosim uyushtirmoqda. "Ko‘k-anorranglilar" bir amallab himoyalanishmoqda
18'
Chap qanotdan yetkazilgan uzatmaga Koke bosh bilan zarba berishga urindi. Buskets to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
16'
Yana bir xavfli vaziyat! Grizmann jarima maydonchasi ichida zarba berishga muvaffaq bo‘ldi. Ter Shtegen seyv namoyish qildi
16'
Vuuuh! Gabi jarima maydonchasiga uzatma berdi. Gameyro to‘pga zo‘rg‘a yetdiyu, ammo to‘p orqaga — jarima maydonchasiga ketdi. Gabining zarbasini ter Shtegen egalladi
15'
O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani Ter Shtegen egallab oldi
14'
Neymar chap qanotda Vrsalkoni chiroyli aldab o‘tib, jarima maydonchasiga uzatma berdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi
13'
"Barsa" to‘pni nazorat qilmoqda
9'
Oho! Olis masofadan yetkazilgan to‘pni tepib yuborishda Oblak xatoga yo‘l qo‘ydi. To‘pni Messi egallab oldi. Ammo himoyachilar unga bo‘sh qolgan darvoza tomon zarba berishga yo‘l qo‘yishmadi
8'
Vuuh! Messi jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berishga muvaffaq bo‘ldi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi
7'
Messi jarima to‘pini olis ustun tomon yetkazdi. Pike to‘pga sakramadi, negadir
6'
Chap qanotdan Suaresga nisbatan fol ishlatildi
4'
"Atletiko" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Umtiti to‘ni egalladi, biroq Godin darvoza tomon zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi
3'
Madridliklar xavfli hujumi! "Barselona" jarima maydonchasiga yetkazilgan uzatma darvozabon maydonchasi yaqinida ochilgan Karraskoga yetib keldi. Yannik darvoza tomon aniq zarba bera olmadi!
1'
Bahs boshlandi!
'
Assalomu alaykum! Ispaniya chempionatining 24-turi doirasida «Atletiko» o‘z uyida «Barselona»ni qabul qilmoqda.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.